O zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi (2023)

O“ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
UZVIYLASHTIRILGAN DAVLAT TA’LIM STANDARTI VA O‘QUV DASTURI
( Mehnat ta’limi, tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya) (1 –9 sinflar )
TOSHKENT 2010

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING
QO‘SHMA HAY’AT MAJLISI QARORI
2010 yil 1 iyul ¹ 6/2 / 4/1 Toshkent sh.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2010 yil 17 martdagi qo‘shma yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirliklarining 134- va 62-sonli qo‘shma buyruqlariga asosan, umumta’lim fanlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalarining yuqori pedagogik mahorat va tajribaga ega amaliyotchi o‘qituvchilari, yetakchi olim, metodist va mutaxassislarni jalb etgan holda 31 ta ishchi guruhi tuzildi.
Mazkur ishchi guruhlar tomonidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlarining sharhlari, o‘quv dasturlari va darsliklari uzviylik, uzluksizlik hamda o‘quvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mosligi jihatidan tahlil qilinib, tegishli xulosa va takliflar tayyorlandi.
Tahlillar asosida o‘quvchilarning yosh imkoniyatlari va psixofiziologik xususiyatlariga asoslanmasdan umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga kiritilgan yoki 12 yillik majburiy ta’limga o‘tish davrida quyi bosqichlarga o‘tkazilgan, sinflar, ta’lim bosqichlari (umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi) mazmunida takrorlangan, izchilligi ta’minlanmagan jami 813 soat hajmdagi mavzular aniqlanib, optimallashtirildi.
Shundan, 247 soat hajmdagi mavzular umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturlaridan chiqarilib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga, 327 soat hajmdagi mavzular esa sinfdan-sinfga o‘tkazildi, 239 soat hajmdagi mavzular sinflarda takrorlanganligi uchun qisqartirilib, maqbullashtirildi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tkazilgan va sinflar kesimida maqbullashtirilgan soatlar hisobidan amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘shimcha 240 soat, murakkab mavzularni kengaytirib o‘qitish uchun 359 soat, yangi mavzular uchun 214 soat ajratildi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida 413 soat hajmdagi mavzular optimallashtirilib, 333 soat hajmdagi mavzularga qo‘shimchalar kiritildi va to‘ldirildi, qolgan 80 soati mavjud mavzular tarkibiga singdirildi.
Natijada, umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlarining sharhlari va umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan 18 ta umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari qayta ishlanib Respublika ta’lim markazi huzuridagi fanlar bo‘yicha Ilmiymetodik kengashlar hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning fan komissiyalarida muhokama etilidi va tasdiqlandi.
Bundan tashqari, barcha umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘qituvchilar uchun taqvim-mavzu rejalarining namunalari ishlab chiqildi hamda optimallashtirilgan o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar tayyorlandi.
Shu asosda umumiy o‘rta ta’limda foydalanib kelinayotgan darsliklar mazmuniga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritildi, masalan, 8-sinf iqtisodiy bilim asoslari fanidan 6,3%, geografiya fanidan 3,5%, 9-sinf biologiya fanidan (sitologiya va genetika asoslari) 6,2% o‘zgarishlar darsliklar mazmuniga singdirildi.
Shuningdek, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida, oliy ta’limning o‘quv dasturlari qayta ishlanib, ularning takomillashtirilgan loyihalari tayyorlandi.
Oliy ta’lim tizimidagi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining uzluksizligi va uzviyligi, fanlar mazmunidagi takrorlanishlarni bartaraf etish va o‘quv reja hamda dasturlarni optimallashtirish, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish maqsadida, Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga mos holda sakkizta bilim sohasi bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhlari tomonidan tanlangan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining uzluksizligi va uzviyligi tanqidiy tahlil qilindi.
Ishchi guruhlar tomonidan tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ushbu yo‘nalishlarga mos keluvchi magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari, o‘quv soatlarini solishtirish, o‘quv dasturlari va ularning mazmunini taqqoslab chiqish, fanlar bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari (darslik va o‘quv qo‘llanmalari)ni tanqidiy tahlil qilish asosida, o‘quv reja va dasturlarini optimallashtirish hamda ta’limning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini unifikatsiyalash, iqtisodiyot tarmoqlari, boshqaruv va xo‘jalik yuritish sub’ektlari uchun chuqur va fundamental, ayniqsa, yuqori va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida, Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatorining yangi tahriri tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.
Klassifikatorga yangidan kiritilgan 4 ta bakalavriat yo‘nalishlari va 128 ta magistratura mutaxassisliklari, birlashtirilgan 25 ta bakalavriat yo‘nalishlari va 275 ta magistratura mutaxassisliklari, shuningdek, nomi va shifri o‘zgartirilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari rivojlangan xorijiy davlatlar va respublikada to‘plangan ilg‘or tajribalar asosida yaratildi hamda ish beruvchi yirik korxona va tashkilotlar, Fanlar Akademiyasining tarmoq institutlari va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishildi.
Bugungi kunda “O‘zstandart” agentligiga topshirilgan 1258 ta Davlat ta’lim standartlaridan 583 tasi ro‘yxatdan o‘tkazildi va bu jarayon davom etmoqda.
Kun tartibidagi masalani har tomonlama muhokama qilgan holda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida, qo‘shma Hay’at majlisi
Q A R O R Q I L A D I:


  1. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Respublika ta’lim markazi huzuridagi fanlar bo‘yicha Ilmiy-metodik kengashlar hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash fan komissiyalarining qo‘shma qarorlari bilan tavsiya etilgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan o‘quv dasturlari 1-ilovaga asosan tasdiqlansin va 2010—2011 o‘quv yilidan amaliyotga joriy etilsin.

  3. Umumta’lim fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha monitoring guruhi 2-ilovada berilgan tarkibda tasdiqlansin.

  4. O‘qituvchilar uchun ishlab chiqilgan taqvim-mavzu rejalarining namunalari hamda uzviylashtirilgan o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

  5. Uzviylashtirilgan davlat ta’lim standartlarining sharhlari, o‘quv dasturlarining mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining o‘quv-seminarlarini o‘tkazish tartibi 4-ilovaga va o‘quv-mavzu rejasi 5- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  6. Umumta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish bosh boshqarmasi (Y.Asadov), Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi (F.Ahmedov), Respublika ta’lim markazi ( I.Zokirov), O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi Ta’lim standartlari va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish boshqarmasi (R.Nimatov), Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi ( B.Raximov) ga :

umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari uchun o‘tkaziladigan o‘quv-seminarlarini belgilangan
muddatlarda yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash; pedagog xodimlarning avgust kengashlarida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining umumta’lim
fanlari bo‘yicha sho‘’ba ishlarini birgalikda tashkil etish;
- joriy yilning 15 avgustiga qadar uzviylashtirilgan davlat ta’lim standartlarining sharhlari, o‘quv dasturlarini Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining ta’lim portallariga joylashtirish vazifalari yuklatilsin.
7 . Xalq ta’limi vazirligi Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi (U.Daulanov), Respublika ta’lim markazi (I.Zokirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (A.Narimbetov), O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi (E.Ermatov) ga:

  • ichki imkoniyatlar doirasida hamda homiylarni jalb etgan holda barcha umumta’lim fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish yuzasidan metodik tavsiyalar va taqvim-mavzu rejalar namunalarini chop ettirish uchun mablag‘larni izlab topish;

  • umumta’lim fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan davlat ta’lim standartlarining sharhlari va o‘quv dasturlarini bosqichma-bosqich

o‘qitish tillari (rus, qoraqalpoq va boshq.) ga tarjima qilish;

  • umumta’lim fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan davlat ta’lim standartlarining sharhlari va o‘quv dasturlari, ularni o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha tayyorlangan metodik tavsiyalar, taqvim-mavzu rejalar namunalarini har bir ta’lim muassasasiga yetkazish vazifalari yuklatilsin.

8 . Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi (F.Ahmedov), A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti ( M.Aliyev), Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi (B.Raximov), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti (X.Rashidov) va hududiy pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlariga:

  • umumta’lim fanlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslari o‘quv rejalarini uzviylashtirilgan davlat ta’lim standartlarining sharhlari hamda o‘quv dasturlari mazmunidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish;

  • umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga uzviylashtirilgan o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha amaliy-metodik yordam ko‘rsatish vazifalari yuklatilsin.

  1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari ( U.Tashkenbayev) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida, qayta ishlangan va takomillashtirilgan oliy ta’limning o‘quv dasturlari loyihalarini Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasidan o‘tkazish, kelishish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlatish hamda 2010-2011 o‘quv yilidan amaliyotga joriy etish yuzasidan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ko‘rsin.

  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahri, barcha viloyatlar xalq ta’limi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalariga:

  • 2010-2011 o‘quv yilidan umumta’lim fanlaridan uzviylashtirilgan o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha aniq tashkiliypedagogik chora- tadbirlarni belgilab, amalga oshirish;

  • umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari uchun o‘tkaziladigan o‘quv-seminarlarining muddatida, tegishli mutaxassislarni to‘liq jalb etgan holda, yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash;

  • har bir ta’lim muassasasini o‘quv dasturlari, taqvim -mavzu rejalar namunalari va ularni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar bilan ta’minlash;

  • pedagog xodimlarning avgust kengashlarida umumta’lim fanlari bo‘yicha sho‘’balar ishini, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini jalb etgan holda, birgalikda o‘tishini ta’minlash;

  • umumta’lim fanlaridan uzviylashtirilgan o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish ishlarining monitoringini olib borish va har chorak yakuni bilan Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi monitoring guruhiga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.

Belgilab qo‘yilsinki, umumta’lim fanlaridan uzviylashtirilgan o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish, uning monitoringini olib borish, natijalarni tahlil etib, hisobotlar tayyorlash ishlarini tashkil etishga ta’limning hududiy boshqaruv idoralari va ta’lim muassasalari rahbarlari shaxsan mas’uldirlar.

  1. Ushbu qo‘shma qaror qabul qilinishi munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligining 2009 yil 26 iyundagi 6/4-sonli qarori, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligining 2009 yil 6 oktyabrdagi 41QB/273-sonli, Oliy va o‘rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirliklarining 31 martdagi 134- va 62-sonli qo‘shma buyruqlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

  2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosarlari U.Toshkenbayev, Sh.Javlonov va Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari B.Daniyarov zimmalariga yuklatilsin.

O‘zbekiston

O‘zbekiston

Respublikasi

Respublikasi

Oliy va o‘rta

Xalq ta’limi

maxsus ta’lim vaziri

vaziri

________ B.Xodiyev

___________ A.Maraximov

O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv rejasi

MEHNAT TA`LIMI FANIDAN DAVLAT TA`LIM STANDARTI
O`quvchilar mehnat ta`limi faniga oid quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlari shart:


  • mehnat jarayoni haqida dunyoqarashga ega bo`lish;

  • umummehnat bilim, ko`nikma va malakalariga ega bo`lish;

  • kasb-hunarlar haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish;

  • xalq xo`jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalari to`g`risida bilimlarga ega bo`lish;

  • turli materiallarga boshlang`ich badiiy ishlov berish ko`nikmalariga ega bo`lish;

  • milliy mehnat an`analari, urf-odatlarini bilish;

  • buyumni texnologik xaritasini tayyorlash ko`nikmalariga ega bo`lish;

Mazkur Davlat ta`lim standartida umumiy o`rta ta`lim maktablarida mehnat ta`limi va kasb tanlashga yo`naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o`quvchilarning mehnat va kasb tanlashga tayyorgarlik darajasining me`yorlari ifodalanadi.
Ushbu standart umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun mehnat ta`limi fanidan o`quv dasturi, darslik, qo`llanma va boshqa rasmiy me`yoriy materiallarni ishlab chiqish, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun asos sifatida xizmat qiladigan me`yoriy hujjatdir.
I. Mehnat ta`limining maqsadi va vazifalari
Mehnat ta`limining maqsadi o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko`nikmalari va malakalarini, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ularning ahamiyatini tushunishga o`rgatish, ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo`lida mehnat faoliyatiga qo`shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishdan iborat.
Mehnat ta`limining vazifalari: turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki ma`lumotlarni o`rgatish, o`lchashtekshirish asboblaridan, ma`lumot manbalaridan foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarni belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o`rgatish; xalq xo`jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar to`g`risida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish; mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena qoidalari asoslarini; o`quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, raqobatbardosh iste`mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni iste`molchilarga yetkazish vositalarini o`rgatish, ish boshqaruv (menejerlik) unsurlari, homiylik,
ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirib borish; o`quvchilarni bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash; xalq hunarmandchiligi kasblarini o`rgatish orqali xalqning milliy ruhini, yashash tarzini, an`analarini tiklash va rivojlantirish. Milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini o`rgatish, ulardan o`z amaliy faoliyatlarida foydalanish ko`nikmalarini mustahkamlash; yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari, yangi texnika, jihozlarning qo`llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida hamda jahon tajribalariga mos holda o`rganishlarini ta`minlash; turli sohalarga oid kasbiy faoliyat turlarida qo`llaniladigan asbob-
uskunalar, jihozlar, moslamalardan foydalanishni o`rgatish; o`quvchilarda umummehnat ko`nikma va malakalarini shakllantirish, ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy moyilliklariga ko`ra, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo`ladigan sifatlarni, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish.
II. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablar
O`quvchilar qog`oz ishlab chiqarishining texnik bosqichlari, ularning yaratilish jarayonlari to`g`risida ma`lumotga ega bo`ladilar, qog`oz bilan ishlash usullari, qog`oz turlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari, qog`oz ishlab chiqarish yo`nalishi bo`yicha kasb egalari haqida umumiy tushunchalarni, qog`oz turlaridan foydalanib, geometrik shakllar asosida qirqish, yelimlash, buklash usullarida turli o`yinchoqlar, hayvon va parrandalar, manzara, kompozitsiya hamda tabriknomalar tayyorlash malakasini egallash.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlashda chok turlaridan namunalar, yumshoq o`yinchoqlar tikish hamda turli kiyimlarni ta`mirlash ishlarini bajarish. To`qish va uning turlari, asbobmoslamalardan xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilingan holda foydalanish. Xalq hunarmandchiligi yo`nalishi bo`yicha kashtachilikning eng sodda elementlarini tikish.
O`quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini texnik modellashtirish orqali rivojlantirish. Sodda turli texnikaviy moslamalarni yasash.
O`quvchilarni loy yoki plastilin bilan ishlash ko`nikmalarini o`stirish. Plastilin va loydan turli o`yinchoqlar, haykalchalar yasash ko`nikmalarini egallash.
Tabiiy materiallar bilan ishlash jarayonida o`quvchilarning tasavvuri, ijodiy qobiliyatini o`stirish, chiqindi va badiiy materiallardan turli qirqish, yelimlash, qo`zg`aluvchan va qo`zg`almas biriktirish usullari orqali hayvonlar, parranda, qushlar, uy-ro`zg`or buyumlari, qiziqarli o`yinchoqlar yasash ko`nikmasini egallash.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida milliy badiiy qurish-yasash san`atining sodda elementlari asosida applikatsiya, mozaika usullaridan foydalanib, manzara, buyumlardan kompozitsiya qurish-yasash malakasini egallash.
1- sinf
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi fani haqida umumiy ma`lumotni bilish. Qog`ozlar va kartonlar haqida umumiy ma`lumotlarni, qog`ozni buklash usullarini, "Qish" manzarasini applikatsiya usulida ishlashni, archaga osiladigan turli o`yinchoqlar, quti, shapka, xo`tikcha, stakan, buzoqcha yasashni, turli bayramlar uchun niqoblarni yasashni, maydalangan rangli qog`ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasashni, rangli qog`ozlardan qirqilgan geometrik shakllar bilan ishlashni, rangli qog`ozdan qirqilgan geometrik shakllarni bir-biriga óelimlashni, bayramlarga tabriknomalar tayyorlashni, meva va sabzavot urug`laridan applikatsiya usulida yo`lsimon naqsh tuzishni, tikuvchilik haqida ma`lumotni, tikuvchilikda ishlatiladigan asboblarni saqlash, to`g`ri chok tikishni; loy va plastilin bilan ishlashni, plastilindan turli hayvonlar shaklini yasashni bilish; pazandachilik haqida umumiy ma`lumotni; pazandachilik asbob-uskunalari haqida ma`lumotlarni; qishloq xo`jaligi mehnati turlari, o`simliklar va gullarni parvarishlashni bilish; tabiiy materiallar haqida umumiy ma`lumotni, maktab yer uchastkasidagi gullarni parvarishlashni, tabiiy, chiqindi materiallardan o`yinchoqlarni hamda turli maketlarni qurish-yasashni bilish.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozni buklash usulidan foydalanib, quticha; chiqindi materiallar uchun quti, xo`tikcha, soyabonli shapka, stakan, buzoqcha, kitob uchun xat cho`p, archaga osiladigan turli o`yinchoqlar, maydalangan rangli qog`ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini, turli bayramlar uchun niqoblar, plastilindan mevalar, tort maketini, chiqindi va tabiiy materiallardan turli o`yinchoqlar yasay olish. Sabzavot va mevalarning urug`idan applikatsiya usulida yo`lsimon naqsh tuza olish. Tikuvchilikda ishlatiladigan asboblardan foydalanib, to`g`ri chok tika olish. Maktab yer uchastkasidagi gullarni parvarishlay olish.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: ish qurollardan to`g`ri foydalanish. Qish faslini applikatsiya usulida ishlash. Archaga osiladigan turli o`yinchoqlarni, rangli qog`ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasash. Sabzavot va mevalarning urug`idan applikatsiya usulida yo`lsimon naqsh tuzish. "Navro`z" bayramiga tabriknoma tayyorlash. Plastilindan jo`ja yasash. Qirqilgan geometrik shakllarni bir-biriga yelimlash.
2- sinf
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozni buklash, qirqish orqali manzarali gullar shaklini, kitobcha uchun muqova tayyorlashni, rangli qog`ozlardan archa bezaklarini, o`yinchoq quyon, oq qush, baliq, qayiq, pingvin, samolyot, pirpirak, ikkiga buklangan qog`ozlarni qirqish usullarini, applikatsiya usulida naqsh tuzishni, "Bahorgi guldasta" mavzusida kompozitsiya va tabriknomalar tayyorlashni, uchiriladigan qog`oz qush, turli o`yinchoqlar, to`g`ri chokda igna uchun yostiqcha, gul tikishni bilish, plastilindan turli shakllarga ega bo`lgan o`yinchoqlar, xalq hunarmand ustalari ishlagan ish namunalariga qarab loy va plastilindan o`yinchoqlarni, uy jihozlaridan namunalar yasashni bilish; svetofor maketini qurish-yasashni bilish; tabiiy turli sabzavot va mevalarning urug`lardan yo`lsimon va kvadrat ichida applikatsiya usulida naqsh tuzishni, mozaika usulida qo`qongul shaklini, tuxum po`choqlaridan hajmdor o`yinchoqlar, quritilgan barglardan hayvonlar, o`yinchoqlar yasashni bilish; maktab yer uchastkasida bahorgi dala ishlarini bajarishni bilish.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozni qirqish va buklash orqali manzarali gullardan kompozitsiya, archa bezaklarini, o`yinchoq pirpirakni, ikkiga buklangan qog`ozlardan qirqib, applikatsiya usulida naqsh yasay olish. Qog`ozdan applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlay olish. Igna uchun yostiqcha tika olish. Harakatlanadigan o`yinchoqlar yasay olish. Plastilindan turli shakllarga ega bo`lgan o`yinchoqlar, uy jihozlaridan namunalar yasay olish. Tabiiy urug`lardan applikatsiya usulida naqsh tuza olish. Tuxum po`choqlaridan hajmdor o`yinchoqlar yasay olish. Quritilgan barglardan hayvonlar shaklini yasay olish. Chiqindi materiallardan o`yinchoqlar yasash ishlarini bajara olish. Maktab yer uchastkasida bahorgi dala ishlarini bajarish ko`nikmalarini shakllantirish.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozni qirqish va buklash orqali manzarali gullardan kompozitsiya, archa bezaklarini, o`yinchoq pirpirakni, ikkiga buklangan qog`ozlardan qirqib, applikatsiya usulida naqsh tuzish. Qog`ozdan applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlash. To`g`ri chokda igna uchun yostiqcha tikish. Plastilindan uy jihozlarini yasash. Tabiiy urug`lardan applikatsiya usulida naqsh tuzish. Quritilgan barglardan hayvonlar shaklini yasash. Chiqindi materiallardan modellar yasash.
3- sinf
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozdan turli parrandalar yasash usulini, pape-mashe usulida idishlar tayyorlash va bezash usulini, mozaika usulida archa bezaklarini, lola, qo`ziqorin, sichqon; qog`ozdan hajmdor gul tayyorlash usulini hamda bayramlarga tabriknomalar tayyorlashni, bezak chok turlari, kartondan guldon, chovgum ushlagich, yumshoq o`yinchoq tikishni bilish. To`qish haqida ma`lumotni, to`qishda ishlatiladigan asbobuskunalarni va ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari, to`qishning oddiy usullari, texnik modellash haqida ma`lumot hamda turli harakatli o`yinchoqlar yasashni bilish; plastilin va loydan turli idishlar, tabiiy materiallardan turli o`yinchoq yasashni, tabiiy xom ashyolar bilan ishlashni, urug`lardan mozaika yasashni bilish; "Qush bolasi" mavzusida kompozitsiyani, "Yil fasllari" manzarasini qurish-yasashni bilish.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozdan turli parrandalar, pape-mashe usulida idishlar tayyorlash va bezash usulidan foydalana olish, qog`oz va mozaika usulida archa bezaklarini yasay olish; qog`ozdan hajmdor gul tayyorlash usulini va bayramlarga tabriknomalar tayyorlay olish, bezak chok turlarini tika olish; kartondan guldon, chovgum ushlagich, sodda yumshoq o`yinchoqlar tikish bosqichlarini bajara olish; to`qishning oddiy usullarini bajara olish; turli harakatli o`yinchoqlar modelini yasay olish; plastilin va loydan turli idishlar, tabiiy materiallardan turli o`yinchoq yasay olish; "Yil fasllari" manzarasini qurish-yasash ko`nikmalarini egallashi lozim.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozdan turli parrandalarni yasash, mozaika usulida archa bezaklarni yasash; qog`ozdan hajmdor gul tayyorlash. Bayramlarga tabriknomalar tayyorlash. Bezak chok turlarini tikish. To`qishning oddiy usullarini bajarish. Turli harakatli o`yinchoqlar yasash. Plastilin va loydan turli idishlar yasash. Tabiiy materiallardan turli o`yinchoq yasash.
4- sinf
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik qoidalari asosida unumli foydalanishni, turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlashni, duradgorlik, temirchilik asboblari haqidagi ma`lumotni, qog`ozdan turli buyumlar maketi: savat, xo`roz, qaldirg`och, kabutar yasashni va bezashni, qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasashni, to`g`ri to`rtburchak ichida applikatsiyadan foydalanib, naqsh tuzishni bilish; gilamdagi naqsh elementlarini, kulolchilik kasbi haqida ma`lumot, pape-mashedan kosa yasashni, oddiy xamir tayyorlashni, yumshoq o`yinchoq (3-4 qismdan iborat) tikishni, to`qish usullarini, kichik hajmda buyumlar to`qish, gazlama gullaridan applekasiya usulida guldasta tayyorlashni, ipdan o`yinchoq yasashni, uchuvchi, suzuvchi, harakatlanuvchi modellar, plastilindan ertak qahramonlarini yasashni, oshxona jihozlari haqidagi ma`lumotni, plastilindan oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasashni bilish; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xom ashyolardan gullar yasashni bilish; gullarni parvarish qilishni bilish.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy mashg`ulotlarni bajara olish; turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlay olish. Qog`ozdan turli buyumlar yasashni va bezashni, qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasashni, to`g`ri to`rtburchak ichida applekasiyadan foydalanib, naqsh tuzishni, gilamdagi naqsh elementlarni hosil qila olish; pape-mashe usulida kosa yasay olish; oddiy xamir tayyorlay olish; yumshoq o`yinchoq (3-4 qismdan iborat) tikish ko`nikmalarini egallash; to`qish usullaridan foydalanib, kichik hajmda buyumlar to`qiy olish, gazlama gullaridan applekasiya usulida guldasta tayyorlay olish; ipdan o`yinchoq yasay olish; plastilindan ertak qahramonlarini, oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasay olish; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xom ashyolardan gullar yasay olish; maktab yer uchastkasida ishlash va gullarni parvarish qilish ko`nikmalarini egallash.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy mashg`ulotlarni bajarish; turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlash; qog`ozlarni turli ko`rinishda murakkab shakllarda buklab o`yinchoqlar yasash; qog`ozdan qorbobo ustaxonasi uchun archa bezaklarini yasash, to`g`ri to`rtburchak ichida gilamdagi naqshlarni hosil qilish; yumshoq o`yinchoq tikish; kichik hajmda buyumlar to`qish, ipdan o`yinchoq yasash; plastilindan ertak qahramonlarini, oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasash; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xom ashyolardan gullar yasash.
III. O`quvchilarni tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablar
(5-9 sinflar uchun )
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar yog`ochning xususiyatlari to`g`risida boshlang`ich bilimlarni egallashi, ularni rejalash, yo`nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo`l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika va ilg`or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish hamda foydalanish, xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to`g`risida bilim va amaliy ko`nikmalarni; dizayn talablari darajasidagi ro`zg`orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; xalq hunarmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; yog`ochga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Metallga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar metallarning xususiyatlari to`g`risida boshlang`ich bilimlar, rejalash, ishlov berish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo`l hamda elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika, ilg`or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish hamda foydalanish, mehnat qonunchiligi va xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to`g`risida bilim, amaliy ko`nikmalarga; ro`zg`orbob hamda xaridorgir, dizayn talablari darajasidagi buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; metallga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; metallarga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Elektrotexnika ishlari bo`limi: o`quvchilar elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilish; elektr o`tkazish simlarining turlari; elektr o`tkazgichlarni montaj qilish, izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish; bitta xonani yoritish zanjir sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish o`rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash bo`limi: o`quvchilar pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari hamda kichik ta`mirlash; oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ish usullari; yurtimiz me`morchiligi tarixi, xona inter’yeri va jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlari; xonalar, fan bo`yicha o`quv kabinetlarida mebel va qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi hamda undan foydalanish qoidalari; uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari; ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; uy va xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
"Servis xizmati" yo`nalishi
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar gazlama turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berish, bichish-tikish asoslarini o`rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, tikuv, yigiruv asbobuskunalari va mashinalari, ularning turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishadilar; gazlamaga ishlov berish texnologiyasi xalq hunarmandchiligi tarmoqlari: kashtachilik, do`ppido`zlik, zardo`zlik, quroqchilik, popopchilik, milliy o`yinchoqlar tayyorlash va boshqa yo`nalishlari asoslarini egallaydilar; gazlamaga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Pazandachilik asoslari bo`limi: o`quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va qandolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning inson hayotidagi o`rni, xususiyatlari, to`yimliligi, turlari, ovqatlanish me`yori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo`llarini o`rganadilar; oshxonalarning jihozlanishi; oziq-ovqat sanoati, sanitariyagigiyena hamda mehnat xavfsizlik texnikasi qoidalarini; uy-ro`zg`or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jamg`armasi, uni sarflash madaniyati, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarga hamda pazandachilikka oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Buyumlarni ta`mirlash bo`limi: Turli chokidan so`kilgan buyumlarni ta`mirlash. Kiyimlarni saqlash va tuzatish usullari. Iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish.
Qishloq xo`jaligi yo`nalishi
Qishloq xo`jaligi asoslari bo`limi: o`quvchilar qishloq xo`jaligi sohalari; dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari; agronomiya asoslari, qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash va melioratsiya asoslari; fermerlik va mulkdorlikning boshqa turlari; qishloq xo`jaligida tadbirkorlik; mahsulotlar bozori haqida tushunchalar; madaniy ekinlarning kelib chiqishi, tarqalishi, o`sishi va rivojlanishi; tuproqning tuzilishi, unumdorligi; yerga ishlov berish va bunda qo`llaniladigan mehnat qurollari, mashina, moslamalar va ularning umumiy tuzilishi hamda ishlash jarayonlari, ularga qo`yiladigan agrotexnik talablar; o`g`it turlari, o`g`itlash muddati va unda ishlatiladigan mashinalar; urug`larni tayyorlash va ularga ishlov berish; urug` va ko`chat ekish usullari hamda mashinalari; g`alla, don, dukkakli, tugunakli va ildiz-mevali ekinlar; sabzavot, poliz, meva, moyli, tolali va ziravor ekinlar yetishtirishda ishlatiladigan mehnat qurollari va mashinalar majmuasi; yopiq joylarda ( issiqxonalarda) ekin yetishtirishning ahamiyati, istiqboli, xususiyatlari va ularda ishlatiladigan kichik o`lchamli mashinalar; yetishtirilgan hosilni yig`ib-terib olish, birlamchi ishlov berish va saqlashga oid bilimlar va amaliy ko`nikmalar; chorvachilik biologiyasi; chorva mollari, parrandachilik va boshqalar; chorvachilikda naslchilik; ozuqabop ekinlar; chorvachilikda sanitariya-gigiyena talablari, zootexnika, zooveterinariya asoslari; chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish usullari; qishloq xo`jaligi sohalari bo`yicha kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Elektrotexnika ishlari bo`limi: o`quvchilar elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilish; elektr o`tkazish simlarining turlari; elektr o`tkazgichlarni montaj qilish, izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish; bitta xonani yoritish zanjir sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrofmuhit va inson sog`ligiga ta`siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash bo`limi: o`quvchilar pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari, kichik ta`mirlash; oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ish usullari; yurtimiz me`morchiligi tarixi, xona inter’yeri hamda jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlari; xona va fanlar bo`yicha o`quv xonalarida mebel va qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari; uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari; ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; uy va xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
Texnologiya va dizayn yo`nalishi
Ishlab chiqarish asoslari bo`limi: o`quvchilar O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari va tarkibi, ularning bir-biriga bog`liqligi; texnologik jarayonlar, yangi texnika, ilg`or texnologiyalar; mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishdagi kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyalari; kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlari; mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi; zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari; mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini tayyorlash.
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar yog`ochga va metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyalari; hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari; hunarmandchilik bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari; hunarmandlar tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar; hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash; kompozitsion yaxlitlik; xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turlari; xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullari; zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash ish usullariga oid bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
Kasbga yo`naltirish asoslari bo`limi: o`quvchilar kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining ta`rifi; qo`l mehnatidan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan kasblar; kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yiladigan talablar; O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan farqini bilish. O`quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi; kasb tanlashga doir reja tuzish; kasb tanlashdagi xatolar, qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlari; kasb tanlashda shaxs qiziqish va moyilliklari, qobiliyatlarini e`tiborga olish; kasb tanlashda onglilik va mustaqillik; o`z-o`zini tarbiyalash, kasb tanlashning mohiyati; kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish; o`zi xohlagan kasbga yaroqli ekanligini aniqlash, o`z ruhiyatidagi kasbga moyillikni tarbiyalash usullari; kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy reja ishlab chiqish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
"Servis xizmati" yo`nalishi
Ishlab chiqarish asoslari bo`limi: o`quvchilar O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari va tarkibi, ularning bir-biriga bog`liqligi; texnologik jarayonlar, yangi texnika, ilg`or texnologiyalar; mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishdagi kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyalari; kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlari; mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi; zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari; mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini tayyorlash.
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar pazandachilik va gazlamaga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyalari; hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari; hunarmandchilik bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari; hunarmandlar tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar; hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash; kompozitsion yaxlitlik; xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasbhunar turlari; xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullari; zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash ish usullariga oid bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
Kasbga yo`naltirish asoslari bo`limi: o`quvchilar kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining ta`rifi; qo`l mehnatidan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan kasblar; kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yiladigan talablar; O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan farqini bilish. O`quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi; kasb tanlashga doir reja tuzish; kasb tanlashdagi xatolar, qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlari; kasb tanlashda shaxs qiziqish va moyilliklari, qobiliyatlarini e`tiborga olish; kasb tanlashda onglilik va mustaqillik; o`z-o`zini tarbiyalash, kasb tanlashning mohiyati; kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish; o`zi xohlagan kasbga yaroqli ekanligini aniqlash, o`z ruhiyatidagi kasbga moyillikni tarbiyalash usullari; kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy reja ishlab chiqish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
"Qishloq xo`jaligi asoslari" yo`nalishi
Ishlab chiqarish asoslari bo`limi: O`zbekiston xalq xo`jaligi va ishlab chiqarish turlari. O`zbekiston qishloq xo`jaligida moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligi. Dehqonchilik va chorvachilik sohasidagi bozor munosabatlariga asoslangan faoliyat turlari va ularning istiqbollari. Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha. Yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi. Agrotexnika, mexanizatsiya, yarim avtomatlar va h.k. orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Ekin yetishtiriladigan issiqxonalar tuzilishi, ularda yetishtiriladigan ekin turlari. Issiqxonalarda ekin yetishtirish texnologiyasi. Dehqonchilik va chorvachilik bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari. Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlari.
Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi.
Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi. Qishloq xo`jalik asoslari yo`nalishida ishlab chiqarish texnologiyasi va uning mohiyati. Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishning intensiv va ekstensiv yo`nalishlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish. Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlariga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash.
Kasbga yo`naltirish asoslari bo`limi: o`quvchilar kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining ta`rifi; qo`l mehnatidan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan kasblar; kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yiladigan talablar; O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan farqini bilish. O`quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi; kasb tanlashga doir reja tuzish; kasb tanlashdagi xatolar, qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlari; kasb tanlashda shaxs qiziqish va moyilliklari, qobiliyatlarini e`tiborga olish; kasb tanlashda onglilik va mustaqillik; o`z-o`zini tarbiyalash, kasb tanlashning mohiyati; kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish; o`zi xohlagan kasbga yaroqli ekanligini aniqlash, o`z ruhiyatidagi kasbga moyillikni tarbiyalash usullari; kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy reja ishlab chiqish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
5- sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi; metallga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari; metallning turmushda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari; metallarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari; metallga ishlov berishda qo`l asbobuskunalari, moslamalarning tuzilishi va turlari, vazifalari, foydalanish qoidalari; chilangarlik dastgohi; o`lchash va rejalash asboblari; arralar va freza turlari; vazifalari, foydalanish qoidalari; o`lchash va rejalash asboblari: chizg`ichlar, buklama metr, metall qalam va boshqalar; metallga ishlov berish stanoklari va ular haqida tushuncha; mashinalarning asosiy qismlari; stanokda parmalash; metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruktsiyalash elementlari; yupqa tunuka va simdan buyumlar tayyorlash; metall buyumlarni harakatsiz va yarim harakatchan biriktirish turlari; metallarga ishlov berishda qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi va dizayn elementlari; metallga ishlov berishga oid kasb-hunarlar haqidagi bilimlarni bilish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochning turmushda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari; yog`ochlarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari; yog`ochning yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari; duradgorlikda ishlatiladigan yog`ochlar; duradgorlik dastgohi, qo`l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari; o`lchash va rejalash asboblari; arralar va randalar turlari; iskanalar, bolta va teshalar; bolg`alar va ularning turlari; egov va jilvir qog`ozlar tuzilishi hamda turlari; yog`ochga ishlov berish stanoklari; mashinalarning asosiy qismlari; stanokda parmalash; duradgorlik buyumlaridan detallarini tayyorlash; duradgorlik birikmalari to`g`risida ma`lumotlar; yelimlash, mixlar, burama mixlar va boshqa vositalar bilan biriktirish; buyumlar yuzasiga qoplamalar yopishtirish; duradgorlik buyumlarining sirtini pardozlash va detallarni konstruktsiyalash; yog`ochdan uy-ro`zg`or buyumlari tayyorlashda foydalanish; yog`ochga ishlov berishda qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari; yog`ochga ishlov berishga oid kasb-hunarlar haqidagi bilimlarni egallash.
Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilishni, elektr o`tkazish simlarining turlarini elektr o`tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlarini, elektr asboblarini, sohaga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni, elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ishlarini, oyna romlarini kichik ta`mirlash, qishda issiqlikni saqlash usullarini, xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlarini bilish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarning turlari, xossalari, sifatlari, shakllari, o`lchamlari, qo`llanilishi va ishlatilish texnologiyalari bo`yicha ma`lumotlar asosida laboratoriya ishlarini; metallga ishlov berishda ishlatiladigan qo`l asboblarini turlarga ajratish va ularning ishga yaroqliligini aniqlay olish; asboblarni ishga tayyorlash hamda ishlay olish; metallga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuchharakatning uzatilish yo`li, stanokni ishga tayyorlay olish; detallar va buyumlar konstruktiv yechimlarini topa olish; metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajara olish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: mahalliy hududda o`sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog`och turlarini farqlay olish; yog`ochlarning sifati, nuqsonlarini ajrata olish; asbob-uskuna va moslamalarni ishga tayyorlash, foydalanish hamda ta`mirlay olish; yog`ochga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuchharakatning uzatilish yo`li, stanokni ishga tayyorlay olish; tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuza olish, tanlash, rejalash va tayyorlash; yog`ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajara olish.
Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilishni, elektr o`tkazish simlarining turlarini, elektr o`tkazgichlarni montaj qilish, izolyatsiyalash ishlarini, elektr asboblarini, elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini amaliy mashg`ulotda qo`llay olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: pol qoplamalari va mebellarning hamda loklangan qoplamali yuzalarini saqlash va kichik ta`mirlash ishlarini, oyna romlarini kichik ta`mirlash hamda qishda issiqlikni saqlash usullarini qo`llay olish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metalldan buyum va mahsulotlar tayyorlashda ularning turlari, xossalari, sifatlari, shakllari, o`lchamlari, qo`llanilishi va ishlatilish texnologiyalarini to`g`ri qo`llay olish; metallga ishlov berishda qo`l asboblaridan bajariladigan mehnat jarayoni xususiyatidan kelib chiqib to`g`ri foydalanish; asboblarni ishga tayyorlash va saqlash qoidalariga rioya qilish; metallga ishlov berish stanoklarini bajariladigan jarayoni xususiyatiga ko`ra ishga tayyorlash; metallarga ishlov berishda xalq hunarmandchiligi elementlarini qo`llash.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: mahalliy hududda o`sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog`och turlarini farqlash; yog`ochlarning sifatini va ularning nuqsonlarini aniqlash; asbob-uskuna va moslamalarni ishga tayyorlash, foydalanish va ta`mirlash; tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuzish, tanlash, rejalash va tayyorlash; yog`ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajarish.
Elektrotexnika ishlari: elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: pol qoplamalari va mebellarning hamda loklangan qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash usullarini o`rganish.
"Servis xizmati" bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: pazandachilik o`quv xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya gigiyena talablari, pazandachilik tarixi va taraqqiyoti, oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini inson organizmi uchun ahamiyatini bilish. O`zbek milliy oshxonasining o`ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi, oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalarini bilish. Plita, muzlatgich, idish-tovoq, yuvish moslamalari, oshxona stollari, quritgich moslama, shkaflar haqida umumiy tushuncha. Plita turlari, tuzilishi va foydalanish qoidalarini bilish. Tuxum va uning ozuqaviy qiymati, pishirish usullari, dasturxonga tortish qoidalari, buterbrod va issiq ichimlik turlarini tayyorlash. Kundalik ovqatlanish uchun dasturxon bezashni, sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash, ularning sifatiga va saqlanishiga qo`yiladigan talablar, yaxna taomlarni did bilan bezatib, dasturxonga tortish tartibi, ochiq, yopiq va gazak uchun tayyorlangan (ka-na-pe) buterbrodlarni tayyorlash va dasturxonga tortish tartib-qoidasi, sanitariya-gigiyena, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni bilish. O`zbek milliy oshxonasining rivojlanish tarixi, uning taomlari, tasnifi hamda taomlarning tayyorlanishidagi o`ziga xos xususiyatlari. "Tvorogli", "Murabboli" blinchiklar tayyorlash tartibi va dasturxonga tortishni bilish. Pazandachilikka oid kasb-hunarlar haqidagi bilimlarni bilish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: xavfsizlik texnikasi qoidalari
va sanitariya-gigiyena talablari, tabiiy tolali gazlamalardan: paxta va zig`ir tolalardan to`qilgan gazlamalar, ularning xususiyatlarini bilish. Qo`l ishlari va uni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar haqida umumiy ma`lumot va namunalar tayyorlashni bilish. Ushlagich tayyorlash, dazmol bilan ishlash, dazmollash usullarini bilish. Qo`l yuritmali tikuv mashinasining asosiy tuzilishi va ishlash tartibi, tikuv mashinasini ishga tayyorlash, mashinada ipsiz tikishni bilish. Bichish va tikish haqida ma`lumot, gavdadan o`lchov olish, masshtab lineyka, fartuk va bog`ichli qalpoqcha chizmasini chizish, fartuk va bog`ichli qalpoqchani modellashtirish va andoza tayyorlash, fartuk va bog`ichli qalpoqcha bichish, bog`ichli qalpoqchani tikish, fartukni tikish, dazmollash usullarini bilish. Xalq hunarmandchiligi to`g`risida umumiy ma`lumot. Milliy kiyimlar haqida tushuncha. Kashtachilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar, ishlatiladigan naqshlar, rang tanlashni va choklardan namunalar tikishni bilish. Milliy o`yinchoq (qo`g`irchoq) turlari, ishlatiladigan asbobmoslamalar, gazlamalar va ularni turlari. Qo`g`irchoq andozasini tayyorlash, andozani gazlama ustiga joylashtirish, bichish va tikishni bilish. To`qish uchun asbob-moslamalar. To`qish usullaridan foydalanib, namunalar to`qish. XTQ va sanitariya-gigiyena talablari. Ko`zoynak uchun g`ilof to`qishni bilish. Gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi; Turli chokidan so`kilgan buyumlarni ta`mirlab, tikishni bilish.
"Servis xizmati" bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalari; plita turlari va foydalanish qoidalari; tuxumning pishirish usullari, dasturxonga tortish qoidalari, buterbrod va issiq ichimlik turlarini tayyorlay olish; kundalik ovqatlanish uchun dasturxon bezashni, sabzavotlardan yaxna taomlar; ochiq, yopiq va gazak uchun tayyorlangan ( ka-na-pe) buterbrodlarni tayyorlash va dasturxonga tortish qoidalarini bajara olish;
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari; tabiiy tolali gazlamalardan paxta va zig`ir tolalardan to`qilgan gazlamalarning xususiyatlari; qo`l choklaridan namunalar, ushlagich tayyorlash; dazmollash usullari; tikuv mashinasini ishga tayyorlash; mashinada ipsiz tikish qoidalari; fartuk va bog`ichli qalpoqcha chizmasini chizish; modellashtirish, bichish va tikish, dazmollash usullari; kashtachilikda ishlatiladigan choklardan namunalar tikish; milliy o`yinchoq (qo`g`irchoq) andozasini tayyorlash, bichish va tikish; to`qish usullaridan namunalar to`qiy olish;
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi; turli chokidan so`kilgan buyumlarni ta`mirlab, tika olish.
"Servis xizmati" bo`yicha quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalari; plitadan foydalanish qoidalari; tuxum pishirish usullari, buterbrod va issiq ichimlik turlarini tayyorlash; kundalik ovqatlanish uchun dasturxon bezash, sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash; ochiq, yopiq va gazak uchun tayyorlangan (ka-na-pe) buterbrodlarni tayyorlash va dasturxonga tortish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari; tabiiy tolali gazlamalardan: paxta va zig`ir tolalardan to`qilgan gazlamalarni farqlash; qo`l choklaridan namunalar tayyorlash; ushlagich tayyorlash; dazmollash usullari; tikuv mashinasini ishga tayyorlash; mashinada ipsiz tikish; fartuk va bog`ichli qalpoqcha chizmasini chizish; modellashtirish va andoza tayyorlash, bichish va tikish, dazmollash usullari; milliy o`yinchoq (qo`g`irchoq)ni andozasini tayyorlash, bichish va tikish; to`qish usullaridan namunalar to`qish;
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi; turli chokidan so`kilgan buyumlarni ta`mirlash va tikish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: mahalliy hududda yetishtiriladigan ekinlar va ularning turlarini, ekin navlari va ularning hosildorligini, urug`chilik va ko`chat tayyorlash asoslarini, urug`larning sifatini aniqlash usullarini, ekilgan urug`ning unib chiqish tezligi va unga ta`sir etuvchi omillarni, turli ekinlarni parvarish qilish qoidalarini, mahalliy qishloq xo`jalik ekinlari ro`yxatini tuzishni, ularning urug` va ko`chatlarini tayyorlashni, ekish va parvarish qilish qoidalarini, tuproqqa ishlov berish va o`g`itlash texnologiyasini bilish. Texnik ma`lumotlarni, tuproqqa ishlov berishni, o`g`it solishni, urug`, ko`chat ekishni, o`simliklarni parvarish qilishni va hosilni yig`ishtirishda foydalaniladigan qishloq xo`jalik mashina va uskunalarni, ularning asosiy qismlari va ishlash jarayonlarini, tuproqqa ishlov beradigan, o`g`it soladigan, urug` ekadigan, ko`chat o`tkazadigan, o`simliklarni parvarish qilish mexanizmlari va moslamalarni umumiy tuzilishini bilish. Chorvachilik sohalari: qoramolchilik, qo`ychilik, parrandachilik va boshqa uy hayvonlarini parvarish qilishga doir boshlang`ich ma`lumotlarni, parrandachilik, qo`ychilik va qoramolchilik fermalaridagi ish jarayonlarini bilish.
Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilishni, elektr o`tkazish simlarining turlarini elektr o`tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlarini, elektr asboblarini, sohaga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni, elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ishlarini, oyna romlarini kichik ta`mirlash, qishda issiqlikni saqlash usullarini, xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlarini bilish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: mahalliy qishloq xo`jalik ekinlarining urug` va ko`chatlarini tayyorlay olish. Qishloq xo`jalik uskunalaridan xavfsizlik texnika qoidalariga amal qilgan holda foydalana olish. Chorvachilik sohalari: qoramolchilik, qo`ychilik, parrandachilik va boshqa uy hayvonlarini parvarish qilish ko`nikmalarini egallash.
Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilishni, elektr o`tkazish simlarining turlarini, elektr o`tkazgichlarni montaj qilish, izolyatsiyalash ishlarini, elektr asboblarini, elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini amaliy mashg`ulotda qo`llay olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: pol qoplamalari va mebellarning loklangan, qoplamali yuzalarini saqlash hamda kichik ta`mirlash ishlarini, oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullarini qo`llay olish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: mahalliy hududda yetishtiriladigan turli ekinlarni parvarish qilish qoidalariga amal qilish. Tuproqqa ishlov berish va o`g`itlash texnologiyasini amaliy ish faoliyatida qo`llash. Tuproqqa ishlov beradigan, o`g`it soladigan, urug` ekadigan, ko`chat o`tkazadigan, o`simliklarni parvarish qilish mexanizmlari va moslamalaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish. Chorvachilik sohalari: qoramolchilik, qo`ychilik, parrandachilik va uy hayvonlarini parvarish qilish.
Elektrotexnika ishlari: elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash usullarini o`rganish.
6- sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: qora metall qotishmalari cho`yan va po`latning asosiy mexanik xossalari; tayyorlanadigan buyumlar; metallarni o`lchash va rejalash asboblaridan foydalanish; shtangentsirkul bilan o`lchash usullari; tokarlik-vint qirqish stanogining vazifasi, qo`llanilishi, tuzilishi, asosiy qismlari va ularning vazifasi; tokar va chilangarning ish o`rnini tashkil qilish; tokarlik ishlarida moslamalardan foydalanish; metallga issiqlik va sovuqlik ishlov berishning mohiyati; texnika va konstruktsiyalash elementlari; buyumlarni tayyorlash: loyihalash, o`lchash, rejalash, biriktirish, pardozlash, rejalash, arra bilan kesish, egovlash, zubilo bilan ishlash usullari, bir necha detal va tayyorlanmaga ishlov berish, metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini bilish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochning fizikaviy xossalari; yog`och turlarining xususiyatlari; duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo`yoq turlari, xususiyatlari, ishlatilish sohalari; yog`ochlarni rejalash, o`yish, parmalash asboblarining turlari, ularni ishlatish va saqlash qoidalari; qo`l randa va parmalash qurilmalarining tuzilishi; stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari; yog`ochga ishlov beradigan tokarlik stanogi, unda bajariladigan jarayonilar; stanoklar tuzilishidagi umumiylik; ulardagi harakat uzatish mexanizmlari, kinematikasi; yog`ochga ishlov berish texnologiyasi asosida uy-ro`zg`or buyumlarini tayyorlash; yelimlarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari; yog`ochga ishlov berishni o`rgatishda fanlararo aloqalar; yog`ochga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini bilish.
Elektrotexnika ishlari: bitta xonani yoritish zanjir sxemasini, maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulashni, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`sirini, elektr energiyasini tejamli ishlatish usullarini, elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: yurtimiz me`morchiligi tarixiga oid qisqacha ma`lumotlarni, xona inter’yeri hamda jihozlanish dizayniga talablarini, sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlarini, xona va fanlar bo`yicha o`quv kabinetlarida mebel va qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlashni taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlashni bilish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarga ishlov berish, materiallarning xususiyatlarini aniqlay olish; o`lchash, rejalash va dastlabki ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash usullarini bajara olish, metallga ishlov beruvchi asboblarining ishchi qismlarini sozlash va ta`mirlash; parmalash va tokarlik-vint qirqish stanoklarining qismlaridan ishchi detallarni ajratish; tayyorlanadigan detal eskiz chizmalarini, texnologik xaritalarni tuzish va o`qish; materialni tejamli sarflashni rejalash; metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini bajara olish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`och-taxta materiallarining turlarini va xususiyatlarini aniqlash; yog`och asosli yarimtayyor mahsulotlar namunalari bilan tanishish va ishlatilish sohalarini aniqlash; yelimlar va bo`yoqlarni ishlatish; yog`ochga ishlov berish asboblaridan foydalanish usullarini qo`llash; asboblarni sozlash va ta`mirlash; yog`ochga ishlov beruvchi tokarlik va parmalash stanoklarining tuzilishini, ularni ishga tayyorlash hamda xavfsiz ishlatish qoidalariga amal qilish; silindr shaklidagi detallar eskizini tuzish; yog`ochdan tayyorlanadigan buyumni tanlash, rejalash, o`lchash; yog`och va boshqa materiallardan xalq hunarmandchiligi ish usullari asosida buyumlar tayyorlay olish.
Elektrotexnika ishlari: maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulashni, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`sirini, elektr energiyasini tejamli ishlatish usullarini, elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlata olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: xona inter’yeri hamda jihozlanish dizayniga talablarini, o`quv xonalarida mebel, qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri eskizini tayyorlashni bilish. Tayyorlangan eskiz asosida xonalarni jihozlay olish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarga ishlov berishda materiallarning xususiyatlaridan to`g`ri foydalanish; buyum va mahsulotlarni tayyorlashda o`lchash, rejalash va dastlabki ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash usullarini bajarish; metallga ishlov beruvchi asboblarning ishchi qismlarini sozlash va ta`mirlash; parmalash va tokarlik-vint qirqish stanoklarining qismlaridan ishchi detallarni ajratish; tayyorlanadigan detal eskiz chizmalarini chizish, texnologik xaritalarni tuzish va o`qish; materialni tejamli sarflash; metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini qo`llash.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`och-taxta materiallarining turlarini va xususiyatlari hamda yarimtayyor mahsulotlarni ishlatilish sohalarini aniqlash; yelimlar va bo`yoqlarni ishlatish; yog`ochga ishlov berish asboblaridan foydalanish usullarini qo`llash; asboblarni sozlash va ta`mirlash; yog`ochga ishlov beruvchi tokarlik va parmalash stanoklarini ishga tayyorlash hamda xavfsiz ishlatish; silindr shaklidagi detallar eskizini tuzish; yog`ochdan tayyorlanadigan buyumni tanlash, rejalash, o`lchash; yog`och va boshqa materiallardan xalq hunarmandchiligi ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.
Elektrotexnika ishlari: bitta xonani yoritish zanjir sxemasini o`rganish. Stol lampasini elektr zanjirini tuzish va tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: o`quv xonalarida mebel va qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash, taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash.
"Servis xizmati" bo`yicha quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo`yiladigan talablar, sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari; un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati hamda ahamiyati; pazandachilik xonasida ishlash uchun sanitariya-gigiyena talablari, oshxona asboblarida metall, chinni, sopol, plastmassa, shisha idishlardan to`g`ri foydalanishning ahamiyati; sovutgich va muzlatgich, termos, mikroto`lqinli elektrpechlarning tuzilish va ahamiyati, foydalanish texnologiyasi; qandolatchilikda ishlatiladigan texnologik jihozlardan: ko`pirtirgich (mikser)ning turlari, tuzilishi, ahamiyati, undan foydalanish qoidalari; sut va sut mahsuloti turlari; sut mahsulotlari sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish sharoiti va muddati; xamir turlari; o`zbek milliy taomlarini (suyuq ovqatlar) tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari; o`zbek milliy taomlaridan parxez taomlar tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish tartibi; dasturxon, salfetkasochiqlarning turlari, ulardan foydalanish, saqlash va yuvishni bilish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi; xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari; jun va ipak tolali gazlamalar, ularning olinishi; jun va ipak tolalarining xossalari; furnitura haqida umumiy ma`lumot; ilgaklar, xalqalar tikish, tugmachalar va pistonlar qadash; taqilma turlari; oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi; ishlash prinsipi; oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishga tayyorlash; tikuv mashinasida ishlatiladigan kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanish; tikuv mashinasidagi kichik nosozliklarni tuzatish; beldan kiyiladigan kiyim turlari; yubkalar haqida ma`lumot; o`lchov olish; yubka chizmasini chizish, modellashtirish, gazlama ustiga andozani joylashtirish, yubkani bichish va tikish; zardo`zlik san`ati tarixi va uning rivojlanishi; zardo`zlikda ishlatiladigan materiallar, asbob-uskunalar, naqsh turlari, ish o`rnini tashkil qilish, bo`zni korcho`pda taranglab tortish, zamindo`zi va guldo`zi usulida tikishni bilish; choynak yopqichga gul naqshini zar ipdan tikish, buyumga oxirgi ishlov berishni bilish; nozmunchoq (biser) va undan foydalanish haqida ma`lumot, nozmunchoq to`qish uchun zaruriy xom ashyo va moslamalar, nozmunchoqdan gul, geometrik va boshqa shakllar to`qishni bilish; milliy bosh kiyimlardan do`ppi tikish texnologiyasi, do`ppini bichish, bo`laklarga tanlangan naqsh elementlarini biser, piston yordamida tikib, tugatish, bo`laklarni birbiriga ulash, ishni yakunlash qoidalarini bilish; qiz bolalar sumkachasini tikish texnologiyasi, andoza tayyorlash, zaruriy gazlama, iplar tanlash, sumkachani bichish, sumkacha bo`laklariga tanlangan naqsh elementlarini biser, piston yordamida tikish, qiz bolalar sumkacha bo`laklariga tanlangan naqsh elementlarini biser, piston bilan tikib, tugatish, bo`laklarni bir-biriga ulash, ishni yakunlash qoidalarini bilish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: Kiyimni tuzatish ishlarini, kiyimga qarab turish qoidalari va yamoq solishni bilish.
"Servis xizmati" bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: pazandachilik xonasini jihozlanishiga va ishlash uchun sanitariya-gigiyena talablari, oshxona asboblarida metall, chinni, sopol, plastmassa, shisha idishlardan to`g`ri foydalanish qoidalari, tvorojnik, pudring tayyorlash va dasturxonga tortish tartib- qoidalari, yog`li qatlanib, tayyorlangan xamirdan "Somsa" pishirish, o`zbek milliy ( suyuq ovqatlarni) tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari, milliy taomlardan "Mastava" tayyorlash, tushlik uchun dasturxon tuzash, o`zbek milliy taomlaridan parxez taomlar tayyorlash, suyuq va quyuq taomlar tayyorlash va dasturxonga tortish qoidalarini bajara olish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: jun va ipak gazlamalarining xossalarini aniqlay olish, "Molniya" taqilmasini tika olish, oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishlashga tayyorlay olish, ichki kiyim choklaridan namunalar; yubka chizmasini chizish, andoza tayyorlash, bichish va tikish ko`nikmalarini egallash; zar ipni o`rash, kartonga naqsh ( gul) ni tushirish va qirqish, zamindo`zi va guldo`zi usulida choynak yopqich tika olish; nozmunchoqdan gul, geometrik va boshqa shakllarni to`qiy olish; milliy bosh kiyimlardan do`ppi va qiz bolalar sumkachasini tika olish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: yamoq solish qoidasi asosida buyumga yamoq solish ko`nikmasini egallash.
"Servis xizmati" bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo`yiladigan talablar; sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari, oshxona asboblarida metall, chinni, sopol, plastmassa, shisha idishlardan to`g`ri foydalanish, sovutgich va muzlatgich, termos, mikroto`lqinli elektrpech, ko`pirtirgichlardan foydalanish qoidalari, turli pishiriqlar tayyorlash va dasturxonga tortish tartib-qoidalari, yog`li qatlanib, tayyorlangan xamirdan "Somsa" pishirish; o`zbek milliy ( suyuq) taomlar tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari; milliy taomlardan "Mastava" tayyorlash; tushlik uchun dasturxon tuzash; o`zbek milliy taomlaridan parxez taomlar tayyorlash, suyuq va quyuq taomlar tayyorlash va dasturxonga tortish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: jun va ipak gazlamalarining xossalarni aniqlash; "Molniya" taqilmasini tikish; oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishga tayyorlash; ichki kiyim choklaridan namunalar tikish; yubka chizmasini chizish, andoza tayyorlash, bichish va tikish; zar ipni o`rash, kartonga naqsh (gul)ni tushirish va qirqish, zamindo`zi va guldo`zi usulida choynak yopqich tikish, nozmunchoqdan gul, geometrik va boshqa shakllarni to`qish; milliy bosh kiyimlardan do`ppi tikish; qiz bolalar sumkachasini tikish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: Yamoq solish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: tuproqning turi va sifatini, hosildorligini aniqlash usullarini, mahalliy hududda keng tarqalgan qishloq xo`jaligi ekinlarining agrotexnika jarayonlarini, o`simliklarni parvarish qilish va oziqlantirish qoidalarini, o`simliklarning o`sish tezligi va sog`lomligini nazorat qilish usullarini bilish; qishloq xo`jaligida ishlatiladigan texnika turlarini va ular haqida ma`lumotlarni, yerga ishlov beruvchi qo`l va mexanizatsiyalashtirilgan qurollarni, ularning tuzilishi va ishlash tamoyillarini, yer tekislash traktori, kultivatorning turlarini, tuzilishini va vazifalarini bilish; mahalliy hududda kengroq tarqalgan qishloq xo`jalik yo`nalishlari: bog`dorchilik, uzumchilik, gulchilik va boshqalar haqida umumiy ma`lumotlarni bilish; chorvachilikka doir boshlang`ich ma`lumotlarni, chorvachilik, otlar, quyonlarni o`stirish, baliqchilik xo`jaliklaridagi ish jarayonlarini, mahsulot va estetik vazifalariga ko`ra hayvonlarni parvarishlashni, quyonlar, qo`ylar va parrandalarni o`stirish texnologiyasini, hayvonlarga ozuqa tayyorlash va ularni boqishni, ozuqa turlarini, ularning xususiyatlarini va sifatini aniqlash usullarini bilish.
Elektrotexnika ishlari: bitta xonani yoritish zanjir sxemasini, maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulashni, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`sirini, elektr energiyasini tejamli ishlatish usullarini, elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: yurtimiz me`morchiligi tarixiga oid qisqacha ma`lumotlarni, xona inter’yeri va jihozlanish dizayniga talablarini, sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlarini, o`quv xonalarida mebel, qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri eskizini tayyorlashni bilish. Tayyorlangan eskiz asosida xonalarni jihozlay olish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: tuproqning turi, sifati va hosildorligini aniqlay olish; o`simlikliklarning o`sish tezligi va sog`lomligini nazorat qilish usullarini egallay olish; qishloq xo`jaligida ishlatiladigan yerga ishlov beruvchi qo`l va mexanizatsiyalashtirilgan qurollardan ish jarayonida qo`llay olish; mahalliy hududda keng tarqalgan asosiy yo`nalishlar (bog`dorchilik, uzumchilik, gulchilik va boshqalar) faoliyatining ish usullarini egallay olish; chorvachilikda (mahalliy hudud asosida) quyonlar, baliqchilik xo`jaliklaridagi ish jarayoni, parvarishlash usullarini egallay olish.
Elektrotexnika ishlari: maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulashni, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`sirini, elektr energiyasini tejamli ishlatish usullarini, elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlata olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: xona inter’yeri hamda jihozlanish dizayniga talablarini, o`quv xonalarida mebel hamda qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri va eskizlarini tayyorlashni taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlay olish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: mahalliy tuproq hosildorligini aniqlash; qishloq xo`jaligida ishlatiladigan texnika turlarini ish faoliyatida qo`llash; mahalliy hududda kengroq tarqalgan qishloq xo`jalik yo`nalishlari bo`yicha amaliy ishlarni bajarish; chorvachilik, otlar, quyonlar o`stirish, baliqchilik xo`jaliklaridagi ish jarayonlarini boshqarish; mahsulotlarni tayyorlashda va hayvonlarni parvarishlashda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
Elektrotexnika ishlari: bitta xonani yoritish zanjir sxemasini o`rganish; stol lampasini elektr zanjirini tuzish va tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: o`quv xonalarida mebel hamda qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash.
7- sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: rangli metallar va ularning qotishmalarini mexanik xossalari; tayyorlanadigan buyumlar; yupqa tunukalar, sim turlari, undan yasaladigan detallar; sterjen, tunuka va simlarni qirqish, bukish va to`g`rilash asboblaridan foydalanish; shtangentsirkul, nutromer, shablonlar, mikrometrning tuzilishi va o`lchash usullari; nonius bilan hisoblash; o`lchash asboblari yordamida aniqlik sinflarini tekshirish; frezerlash, tokarlik, parmalash, charxlash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ishlash qoidalari; charxlash usullari; tokarlik, frezerlash stanoklarida detallarga ishlov berish texnologiyasi; metallardan tayyorlanadigan buyumlarga, detallarga ishlov berish, konstruktsiyalash elementlari; mahsulot tayyorlashda rang va ranglar uyg`unligini xis qilish; xromatik va axromatik ranglar; ranglarning inson psixologiyasiga ta`siri; rang va muhit; rangli metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini bilish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochning kimyoviy va texnologik xossalari; yog`ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta`sirlarga chidamliligini ta`minlashga xizmat qiluvchi materiallar; yog`ochni quritish va saqlash qoidalari; yog`ochdan tayyorlangan buyumlarga pardoz berishda ishlatiladigan materiallar; yog`ochga ishlov berishda qo`l asboblaridan foydalanish texnologiyasi; tokarlik, parmalash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ular bilan ishlash qoidalarini, tokarlik stanogida detallarga ishlov berish texnologiyasi; yog`ochga ishlov berish texnologiyasi; uy-ro`zg`or, turmushda va maktabda qo`llanilayotgan texnika va konstruktsiyalash elementlari; eskizlar asosida buyumlar tayyorlash; shakli silindrsimon, konussimon va fasonli, burchakli sathlar birikuvidan hosil qilingan detallar; chizmalarda texnik talablarni ifodalanish qoidalari; buyumlarning tashqi shaklini dizayn talablari asosida o`rganish va baholash; buyum shaklining xarakteristikasi; simmetriya va assimetriya; yog`och va metallga ishlov berishni uyg`unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini bilish.
Elektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish o`rni tashkil etishni, kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlarini, kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari hamda ish usullarini, elektr montaj ishlari va asboblarini ishga tayyorlash. Mazkur yo`nalishlar bilan bog`liq kasb-hunar turlarini bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish qoidalarini, uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlarini, ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, uy va xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblarini, qurilish va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni bilish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarga chilangarlik va tokarlik ishlov berish turlari va usullari; sterjen, tunuka, simlarga ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ular bilan ishlash; metallga ishlov berish asboblari turlari haqida ma`lumotlarni aniqlash va referat yozish; tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash stanoklarida oddiy jarayonlarni bajarish; uy-ro`zg`or, turmush va maktab uchun metall materiallardan buyumlar tayyorlash; texnologik xaritalar tayyorlash, chizish, foydalana olish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochlar va ularga ishlov berish materillarini turlarga ajratish va xususiyatlarini aniqlash; yog`ochga qo`lda ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ish joyini tashkil qilish; yog`ochga ishlov berishda tokarlik va parmalash stanoklarida jarayonilarini bajarish; konussimon va fason burchak sathli detallarni va ularning eskizlarini tuzish va chizmalarini tayyorlash; tayyorlanadigan detallar texnologik xaritalari; yog`och va metallga ishlov berishni uyg`unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari asosida buyumlar tayyorlay olish.
Elektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rni tashkil eta olish, kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlarini, kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari hamda ish usullarini, elektr montaj ishlari va asboblarni ish jarayoniga tayyorlay olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi hamda undan foydalanish qoidalarini, uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlarini, ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, uy va xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblaridan foydalana olish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: chilangarlik va tokarlikda metallarga ishlov berish usullarini bajarish; tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash stanoklarida oddiy jarayonlarni bajarish; uy-ro`zg`or, turmush va maktab uchun metall buyumlar materiallardan buyumlar tayyorlash; texnologik xaritalar tayyorlash, chizish, foydalanish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochga qo`lda ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ish joyini tashkil qilish; yog`ochga ishlov berishda tokarlik va parmalash stanoklarida jarayonlarni bajarish; konussimon va fason burchak sathli detallarni va ularning eskizlarini tuzish va chizmalarini tayyorlash; tayyorlanadigan detallarni texnologik xaritalarini; yog`och va metallga ishlov berishni uyg`unlashtiruvchi xalq hunarmandchilik turlari bo`yicha ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.
Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullarini o`rganish; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar ( Svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta`minoti tizimining sxematik tasvirini tayyorlash; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlarini bajarish.
"Servis xizmati" bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: Go`sht va go`shtli mahsulotlarning ozuqaviy qiymati, ahamiyati; baliq va baliq mahsulotlarining ozuqaviy qiymati, ahamiyati va mohiyati; go`sht va baliq turlari, ularning sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish muddatlari, go`shtdan taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish, go`shtga birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari; baliqdan taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish, baliqqa birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari, asbob va moslama turlari va ularda ishlash qoidalari, sabzavot va mevalarni konservalash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish, elektr go`sht maydalagichning tuzilishi, vazifalari, ishlash prinsipi, xavfsizlik texnika qoidalari, qandolat mahsulotlari tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish, qandolatchilik jihozlaridan foydalanib, "Chak-chak" tayyorlash; mayda to`g`ralgan go`shtdan "Gulyash", "Bistrogin" tayyorlab, dasturxonga tortish; karam va uzum bargidan do`lma tayyorlash va dasturxonga tortish; o`zbek milliy taomlardan palov tayyorlash texnologiyasini bilish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari haqida umumiy ma`lumot, kimyoviy tolalardan tayyorlangan gazlamalar, sun`iy va sintetik gazlamalarning xossalari va ularga qo`yiladigan talablar, kiyim haqida umumiy ma`lumot, kiyimlar assortimenti va o`lchami, kiyim tikishning asosiy bosqichlari, qo`lda bajariladigan ishlarning texnik shartlari, elektr yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, ishlatilishi, maxsus ish bajaradigan tikuv mashinalar, milliy liboslarda ko`ylak va uning turlari haqida ma`lumot, gavdadan o`lchov olish va yozish, hisoblash formulasi, ko`ylak asos chizmasini chizish, ko`ylakni va bo`yin o`mizini modellashtirish hamda andoza tayyorlash, andozani gazlamaga joylashtirish va bichish, bichiq bo`laklariga ishlov berish, birinchi kiydirib ko`rish, bo`yin va yeng o`mizlariga ishlov berish, ko`ylak etagini tikish; xalq hunarmandchiligi, "Quroqchilik" haqida umumiy ma`lumot, uning tarixi, usullari, kerakli ish qurollari; tikiladigan "Quroq" buyumiga eskiz chizish va shablonlar tayyorlash, gazlamalarni ajratish, sifatini aniqlash va shablonlarni qirqib tayyorlash, tanlangan shakllarni shablon asosida tikish, quroqning "Yo`lyo`l" usulidan foydalanib, ushlagich tikish; quroqning "Paxta" yoki "Parket" usulidan foydalanib, yelpig`ich tikish; "Uycha" (olma yoki qovoq guli) shaklida choynak yopg`ich tikish; tayyorlangan mahsulotga astar tikish, qaviq ishlari, tayyorlangan mahsulotga oxirgi ishlov berish, dizayner-modelyer kasbi to`g`risida tushuncha, bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi modellar eskizini; kiyim turlari asosida yangi modellar yaratish; parda haqida ma`lumot, parda tikish uchun gazlama va kerakli xom ashyo, jihoz va moslamalar tanlash; parda modeliga qarab gazlamani hisoblash; oddiy va murakkab usullarda pardalar tikish texnologiyasi, kichik hajmda parda tikishni bilish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikishni bilish.
"Servis xizmati" bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: go`sht va baliq turlari, ularning sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish muddatlari; "Mimoza" salatini tayyorlash; go`shtdan taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish; go`shga birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida taom tayyorlash; asbob va moslama turlari hamda ularda ishlash qoidalari; sabzavot va mevalarni konservalash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish; sabzavot va mevalarni konservalash; qandolat mahsulotlari tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish; "Chak-chak" pishirig`ini tayyorlash; palov tayyorlash va dasturxonga tortish tartibi; "Gulyash", "Bistrogin" tayyorlab, dasturxonga tortish; karam va uzum bargidan do`lma tayyorlash va dasturxonga tortish qoidalarini bajara olish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari; kimyoviy tolalarning xususiyatlarini o`rganish; tashqi ko`rinishga qarab cho`zilishi, g`ijimlanishi, suv o`tkazishi, issiqdan saqlash xossalari, yonishi; qo`lda bajariladigan ishlar uchun asbob va moslamalar; merejka usulida tikish, tikuv mashinalarini tozalash va moylash; mashinadagi nuqsonlar, paralel zig-zak qator, mayda va yirik baxya qator tikish; ichki kiyim choklaridan namunalar tikish; milliy liboslardan ko`ylakni tikish; tikiladigan "Quroq" buyumiga eskiz chizish va shablonlar tayyorlay olish; quroqning "Yo`l-yo`l", "Paxta", "Parket" usullaridan foydalanib, buyumlar tika olish; bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi modellar yaratish, kichik hajmda oddiy va murakkab usullarda pardalar tika olish; to`y va bayram kechalari uchun liboslar ansamblini yarata olish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: Iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tika olish. "Servis xizmati" bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: go`sht va baliq turlari, ularning sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish muddatlari. "Mimoza" salatini tayyorlash; go`shtdan taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish; go`shga birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida taom tayyorlash; asbob va moslama turlaridan foydalanish qoidalari; sabzavot va mevalarni konservalash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish; sabzavot va mevalarni konservalash; qandolatchilik mahsulotlari tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish; "Chak-chak" pishirig`ini tayyorlash; palov tayyorlash va dasturxonga tortish tartibi; "Gulyash", "Bistrogin" tayyorlab, dasturxonga tortish; Karam va uzum bargidan do`lma tayyorlash va dasturxonga tortish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari; kimyoviy tolalarning xususiyatlari, tashqi ko`rinishga qarab cho`zilishi, g`ijimlanishi, suv o`tkazishi, issiqdan saqlash xossalari, yonishi, qo`lda bajariladigan ishlar uchun asbob va moslamalar; merejka usulida tikish, tikuv mashinalarini tozalash va moylash; mashinadagi nuqsonlar, paralel zig-zak qator, mayda va yirik baxya qator tikish; ichki kiyim choklaridan namunalar tikish; milliy liboslardan ko`ylakni tikish; tikiladigan "Quroq" buyumiga eskiz chizish va shablonlar tayyorlash; bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi modellar yaratish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi: Iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: qishloq xo`jalik ekinlarida uchraydigan kasalliklar, zararkunandalarning turlari va ularga qarshi kurashish usullarini, mahalliy hududda uchraydigan qishloq xo`jalik ekinlar kasalliklari va zararkunandalarining ro`yxatini tuzishni, ularga qarshi kurashish tadbirlarini bilish; o`g`it solish, urug`larni ekish, hosilni yig`ishtirish, tashish va tozalash mashinalarini, ekinlarni ekish usullarini va ko`chat o`tkazishni, organik va mineral o`g`itlar solish mashinalarining turlarini, o`g`itlashni, donli va moyli ekinlarni, ekinlarni ekishni, sug`orishni va parvarish qilishning ilg`or usullarini, urug`larni ekish seyalkalarining tuzilishini, organik va mineral o`g`itlarni sochuvchi moslamalar va sug`orish mashina agregatlarini, ekinlarga ishlov berish, parvarish qilishni bilish; hayvonlarni boqish va ularni parvarishlashni, quyonlar, qo`ylar, qoramollar va uy hayvonlari, asalari, parranda, baliq, ipak qurtini parvarish qilish qoidalarini, qishloq xo`jaligi hayvonlarining mahsuldorligiga ta`sir etuvchi omillarni, chorva ozuqalarini tayyorlashning mexanik, issiqlik, kimyoviy, bakteriologik usullarini, ularning iqtisodiy samaradorligini, ozuqalarni qayta ishlash texnologik jarayonlarini, jonivorlarni boqish ratsionini bilish; traktorlar, mashinalar va ish agregatlarini, traktor va mashinaning elektr ta`minotini, yoritish tizimini, traktor va mashina bilan ishlashdagi xavfsizlik texnika qoidalari va yo`llarda harakatlanish qoidalarini, traktor va mashinaning boshqaruv qismlari, dvigateli, traktor va mashinalarga texnik qarovlarini bilish.
Elektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rni tashkil etishni, kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlarini, kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari hamda ish usullarini, elektr montaj qilish va asboblarni ishga tayyorlash; elektrotexnika ishlari bilan bog`liq kasb-hunar turlarini bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi hamda undan foydalanish qoidalarini, uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlarini, ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, uy va xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblarini, qurilish hamda ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni bilish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: mahalliy hududda uchraydigan qishloq xo`jalik ekinlar kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish usullaridan foydalana olish; organik va mineral o`g`itlar solish, mashinalarda o`g`itlashning ilg`or usullarini qo`llay olish; urug`lar, ekinlar ekish, ko`chat o`tkazish, sug`orish va parvarish qilish, hosilni yig`ishtirishning ilg`or usullarini amaliyotda qo`llay olish; uy hayvonlarini (quyonlar, qo`ylar, qoramollar, asalari, parranda, baliq, ipak qurti) parvarish qilish ko`nikmalarini egallash.
Elektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rni tashkil etishni, kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlarini, kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari hamda ish usullarini, elektr montaj ishlari va asboblarni ishga tayyorlay olish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi hamda undan foydalanish qoidalarini, uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlarini, ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, uy va xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblaridan foydalana olish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: mahalliy hududda uchraydigan qishloq xo`jalik ekinlardagi kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlarini, organik va mineral o`g`itlar solish, urug`lar, ekinlar ekish, ko`chat o`tkazish, sug`orish va parvarish qilish, hosilni yig`ishtirishning ilg`or usullarini bajarish, uy hayvonlarini parvarish qilish.
Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullarini o`rganish; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar ( Svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimini sxematik tasvirini tayyorlash; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlarini bajarish.
8- sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlarini, uyushmalari va uning istiqbollarini, xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalarini, xalq hunarmandchiligini tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bilish.
Ishlab chiqarish asoslari: O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlarini, O`zbekiston xalq xo`jaligida sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligini, texnologik jarayon haqida asosiy tushunchani, yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi, mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish (materiallarni kesish, qirqish, biriktirish, payvandlash va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlarni, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbolini, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlarini, mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishini bilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslashni bilish.
Kasb tanlashga yo`llash: kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifini, kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablarni, O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini bilish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlashda ish usullarini qo`llay olish.
Ishlab chiqarish asoslari: sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini ( maketi, modeli) tayyorlay olish va unda qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay olish.
Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishda, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini qo‘llay olish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bajarish.
Ishlab chiqarish asoslari: sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini tayyorlash.
Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`im tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishini va o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimiga amal qilish.
"Servis xizmati" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlarini, uyushmalari va uning istiqbollarini, xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalarini, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bilish.
Ishlab chiqarish asoslari: O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlarini, O`zbekiston xalq xo`jaligida sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligini, texnologik jarayon haqida asosiy tushunchani, yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi, mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish (gazlamalarning olinishi, ularni bichish-tikish, pardozlash, mahsulotlarga birinchi va ikkinchi ishlov berish, yarim fabrikatlar va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlarni, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbolini, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlarini, mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishini bilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslashni bilish.
Kasb tanlashga yo`llash: kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifini, kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablarni, O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini bilish.
"Servis xizmati" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bajara olish.
Ishlab chiqarish asoslari: yo`nalish asosida sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay olish.
Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini qo‘llay olish.
"Servis xizmati" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bajarish.
Ishlab chiqarish asoslari: yo`nalish asosida sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini tayyorlash.
Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimiga amal qilish.
"Qishloq xo`jaligi asoslari" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: O`zbekiston xalq xo`jaligi va ishlab chiqarish turlarini; O`zbekiston qishloq xo`jaligida moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligini; dehqonchilik va chorvachilik sohasidagi bozor munosabatlariga asoslangan faoliyat turlari va ularning istiqbollarini; texnologik jarayon haqida asosiy tushunchani; yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishini; agrotexnika, mexanizatsiya, yarim avtomatlar va h.k. orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni; ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlarni; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbolini; ekin yetishtiriladigan issiqxonalar tuzilishi, ularda yetishtiriladigan ekin turlarini; issiqxonalarda ekin yetishtirish texnologiyasini; dehqonchilik va chorvachilik bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalarini; kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlarini; mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishini bilish.
Kasb tanlashga yo`llash: kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifini, kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablarni, O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini bilish.
"Qishloq xo`jaligi asoslari" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Ishlab chiqarish asoslari: issiqxona maketini tayyorlay olish, unda qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay olish; issiqxona yoki boshqa turdagi yopiq xonalarda mahsulot (ko`chatlar, ko`katlar, gulchilik, bodring, pomidor, limon va h.k.) yetishtira olish. Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini egallay olish. Qishloq xo`jalik miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay olish.
Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlarini, ularning bir-biridan farqini ajarata olish.
"Qishloq xo`jaligi asoslari" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Ishlab chiqarish asoslari: issiqxona maketini tayyorlash, unda qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash; issiqxona yoki boshqa turdagi yopiq xonalarda mahsulot (ko`chatlar, ko`katlar, gulchilik, bodring, pomidor, limon va h.k.) yetishtirish. Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini egallash. Qishloq xo`jalik miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay olish.
Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishilari, ularni bir-biridan farqlash.
9- sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni, xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbobuskunalar, hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholashni, kompozitsion yaxlitlikni, xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlashni bilish.
Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligini, yog`ochga va metallga ishlov berish texnologiyalarida ishlab chiqarish va uning mohiyatini, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati, ularning mazmuni, texnologik hujjatlarning yagona tizimi, uning davlat standartlari, mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasini, olinadigan daromad hamda uni taqsimlash qoidalari, ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari, mehnatni ilmiy tashkil etishni, tabiatni muhofaza qilishni bilish.
Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklarni, kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqbolini, kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini bilish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholashni, kompozitsion yaxlitlikni, xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlay olish.
Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligini, yog`ochga va metallga ishlov berish texnologiyalarida ishlab chiqarish va uning mohiyatini, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni, maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini, detallarni vintlar, mixparchinlar, payvandlash, yelimlash usuli bilan qo`zg`almas, yarim harakatchan va qo`zg`aluvchan biriktirish texnologiyasi asosida mahsulot namunasini tayyorlay olish.
Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olishni, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillikni, kasblarning murakkablik omillarini, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini tahlil qilish.
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlash.
Ishlab chiqarish asoslari: maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini, detallarni vintlar, mixparchinlar, payvandlash, yelimlash usuli bilan qo`zg`almas, yarim harakatchan va qo`zg`aluvchan biriktirish texnologiyasi asosida mahsulot namunasini tayyorlay olish.
Kasb tanlashga yo`llash: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy mashqlar bajarish. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash va himoya qilish.
"Servis xizmati" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini, xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbobuskunalar, hunarmandchilik mahsulotlarni tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholashni, kompozitsion yaxlitlikni, xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlashni bilish.
Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligini, gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va pazandachilik asoslari yo`nalishlarida ishlab chiqarish, uning mohiyatini, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni, texnologik hujjatlarning yagona tizimi, uning davlat standartlari, mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasini, olinadigan daromad, uni taqsimlash qoidalari; ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari, mehnatni ilmiy tashkil etishni, tabiatni muhofaza qilishni, maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini, texnologiya asosida mahsulot namunasini tayyorlashni bilish.
Kasb tanlashgayo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklarni, kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqbolini, kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini bilish.
"Servis xizmati" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholashni, kompozitsion yaxlitlikni, xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlay olish.
Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligini, gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va pazandachilik asoslari yo`nalishlari bo`yicha ishlab chiqarish, uning mohiyatini, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni, maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini, texnologiya asosida mahsulot namunasini tayyorlay olish.
Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini tahlil qilish.
"Servis xizmati" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlash.
Ishlab chiqarish asoslari: maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llari asosida mahsulot namunasini tayyorlay olish.
Kasb tanlashga yo`llash: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy mashqlar bajarish. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash va himoya qilish.
"Qishloq xo`jaligi asoslari" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligini; qishloq xo`jalik asoslari yo`nalishida ishlab chiqarish texnologiyasi va uning mohiyatini; dehqonchilik, chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishning intensiv va ekstensiv yo`nalishlari; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasini; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalarini; ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslarini; mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarishni; dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlariga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni bilish.
Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklarni, kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqbolini, kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini bilish.
"Qishloq xo`jaligi asoslari" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Ishlab chiqarish asoslari: dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash bo`yicha ish usullarini egallay olish; maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash.
Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini tahlil qila olish.
"Qishloq xo`jaligi asoslari" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Ishlab chiqarish asoslari: maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalarida shakllangan tejamkorlik tizimi va mehnat unumdorligini hisoblash.
Kasb tanlashga yo`llash: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy mashqlar bajarish. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash va himoya qilish.
MEHNAT TA`LIMI FANIDAN O`QUV
DASTURI
(1 - 9-SINFLAR )
Uqtirish xati
Ushbu o`quv dasturlari umumiy o`rta ta`lim maktablarida Davlat ta`lim standarti asosida mehnat ta`limi fanini o`qitishning mazmunmohiyatini, maqsad va vazifalarini belgilaydi.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida mehnat ta`limi fanini o`qitishning maqsadi - o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko`nikma, malakalarini, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o`rgatish hamda kasb tanlashga tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta`limiy - tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo`ladi:
Ta`limiy vazifa - o`quvchilarning barkamol shaxs bo`lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasb asoslarini (texnologiyasini) o`rgatish va kasb tanlash bilan uyg`unlashtirish orqali kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratish bilan egallagan bilimlarini uzviy rivojlantirish asosida mehnat qurollari, vositalari, jarayonlari, hududiy ishlab chiqarishning asoslarini o`rgatish; texnika va texnologiyalar asosida egallanayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg`or vakillari faoliyati bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy vazifa - o`quvchilarning umummehnat ko`nikmalarini shakllantirish jarayonida ma`naviy-ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlarini shakllantirib borish.
Rivojlantiruvchi vazifa - o`quvchilarning kasbgacha tayyorgarligini rivojlantirish, mehnat ta`limi mazmunini takomillashtirish orqali barkamol shaxs bo`lib yetishishlariga yordam berish.
Ijodiy vazifa - mehnat ta`limi jarayonida kasb-hunar asoslariga oid bilim, ko`nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo`lishini ta`minlash uchun o`quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishi.
Amaliy vazifa - buyum, narsa namunalar asosida zaruriy buyurtmalarni amalda bajara olish.
Maktabda mehnat ta`limidan o`tkaziladigan mashg`ulotlar qo`yidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:

  • o`quvchilarda dastlabki nazariy va amaliy mehnat tajribalarini hosil qilish, zamonaviy texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada kengaytirish, ularda kishilar mehnati va mehnat jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatda bo`lishga tayyorlash;

  • o`ziga topshirilgan har qanday ishni uddalay bilish, mehnatning o`ziga xos madaniyati va uning nazariy asoslarini egallash, o`z ishini va o`rtoqlarining ishlarini rejalashtirish hamda tashkil eta olishga o`rgatish;

  • o`quvchilarni mehnat ta`limi mashg`ulotlari jarayonida aqlli, odobli, yaxshi ahloqiy sifatlar shakllangan, did-farosatli hamda jismonan sog`lom qilib tarbiyalashni amalga oshirish.

Mehnat ta`limi fanining mazmunida shartli ravishda 5-9 sinflardan boshlab o`quvchilar kamida uchta yo`nalish bo`yicha tayyorgarlik ko`rishlari nazarda tutiladi. Masalan, qiz, o`g`il bolalar hamda ular uchun umumlashgan yo`nalishlar tanlanishi mumkin.
Mehnat ta`limining yo`nalishlaridan tegishlisi maktab atrofidagi korxona, tashkilot va kasb-hunar kollejlarida keng tarqalgan sohalarga muvofiq tanlab olinadi. Har bir maktabda mehnat ta`limining quyidagi yo`nalishlaridan tegishlilari asos qilib olinadi:
· Texnologiya va dizayn
· Servis xizmati
· Qishloq xo`jaligi asoslari
Ushbu ta`lim yo`nalishlari mazmunan xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo`naltirish bilan uyg`unlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Mehnat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha mashg`ulotlarni tashkil qilish va o`tkazish ketma - ketligi mahalliy sharoit hamda imkoniyatlarni hisobga olgan holda ta`lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Har bir yo`nalish bo`yicha ishlatiladigan elektr, ilg`or texnika va texnologiyalar asoslari o`rgatiladi.
Mazkur yo`nalishlar yuzasidan quyidagi bo`limlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalar shakllantiriladi:
1-4 sinflar uchun :

  1. Qog`oz va karton bilan ishlash.

  2. Gazmol va tolali materiallar bilan ishlash.

  3. Plastilin va loy bilan ishlash.

  4. Turli materiallar bilan ishlash.

  5. Badiiy qurish-yasash.

5-7 sinflar uchun :

  1. Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi.

  2. Metallga ishlov berish texnologiyasi.

  3. Uy-ro`zg`or buyumlarni ta`mirlash.

  4. Elektrotexnika ishlari.

  5. Pazandachilik asoslari.

  6. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi.

  7. Buyumlarni ta’mirlash texnologiyasi.

  8. Qishloq xo’jaligi asoslari.

8-9 sinflar uchun :

  1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.

  2. Ishlab chiqarish asoslari.

  3. Kasbga yo`naltirish asoslari.

Har bir dars mashg`ulotida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinadi.
O`quvchilarga mehnat ta`limi yo`nalishlari bo`yicha kasblar turlari haqida axborotlar beriladi. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 5-9 sinflarida o`quvchilar soni shahar maktablarida 25 va undan ortiq bo`lsa, moddiy texnik va kadrlar ta`minoti yetarli bo`lsa mehnat ta`limi darslari shu sinflardagi o`quvchilarni ikki guruhga bo`lgan holda olib boriladi.
Mehnat ta`limining barcha yo`nalishlari bo`yicha 5 va 6 - sinflarda 6 kun (24 soat), 7-sinfda 10 kun (40 soat) 8-sinfda 16 kun (96 soat), jami 160 soat amaliyot o`tkazish rejalashtirilgan.
Amaliyotning maqsadi - o`quvchilarga o`rgatilayotgan bilim, ko`nikma va malakalarni bevosita unumli ishlab chiqarish mehnati jarayonida qatnashish orqali (sanoat, qishloq xo`jalik va umumiy ovqatlanish korxonalari, ustaxonalar, tashkilot, muassasa yoki hunarmand ustalar huzurida) mustahkamlashni bozor munosabatlari qoidalari asosida tashkil qilishdan iborat. Amaliyot ta`lim muassasasi yoki ishlab chiqarish korxonasi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, o`quv yilida ko`zda tutilgan ta`til vaqtida o`tkaziladi.
1- sinf
Qog`oz va karton bilan ishlash (13 soat)
Qog`oz va uning turlari, qog`ozdan buklash usulida turli o`yinchoqlar, qog`ozdan savatcha, kitob uchun xat cho`p, "Qish" manzarasini applikatsiya usulida ishlash, archaga osiladigan turli o`yinchoqlar ( xo`tikcha, chiqindi materiallar uchun paket, soyabonli shapka, quticha, stakan, buzoqcha) yasash. Turli bayramlar uchun niqoblar, maydalangan rangli qog`ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasash. Rangli qog`ozlardan qirqilgan geometrik shakllar bilan ishlash. Navro`z bayramiga tabriknoma tayyorlash. Sabzavot va mevalarning urug`idan applikatsiya usulida yo`lsimon naqsh tuzish.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (2 soat)
Tikuvchilik haqida ma`lumot. Tikuvchilikda ishlatiladigan asbobuskunalar va xavfsizlik texnikasi qoidalari. Chok turlari haqida ma`lumot, to`g`ri chok tikishni o`rganish.
Plastilin va loy bilan ishlash (6 soat)
Loy yoki plastilin bilan ishlash qoidalari haqida tushuncha. Plastilindan turli haykalchalar, jo`ja shaklini yasash. Pazandachilikda ishlatiladigan xom ashyolar, asbob-uskunalar haqida suhbat. (Plastilindan tort, mevalar shaklini yasash)
Turli materiallar bilan ishlash (4 soat)
"Oltin kuz" mavzusida gerbariy tayyorlash. Qishloq xo`jalik mehnati turlari, o`simlik va gullarni parvarishlash.
Badiiy qurish-yasash (8 soat)
Tabiiy va turli materiallardan o`yinchoqlar, parranda yoki hayvonlar shakllarini qurish-yasash. Hokandoz, rangli qog`ozdan qirqilgan geometrik shakllarni bir-biriga yelimlash, qog`ozni buklash va yelimlash orqali o`yinchoqlarni, turli maketlar va uchuvchi planer qurish yasash.
2- sinf
Qog`oz va karton bilan ishlash (13 soat)
Qog`ozlarni buklash usullari, rangli qog`ozlardan turli gullar shaklini yasash. Qog`ozni qirqish va buklash orqali dekorativ gullar, kitobcha uchun muqova tayyorlash. Rangli qog`ozlardan archa bezaklarini yasash. Rangli qog`ozlardan quyoncha, oq qush, baliq, qayiq, pingivin, samolyot, pirpirak, ikkiga buklangan qog`ozlardan qirqib, applikatsiya usulida naqsh yasash. Qog`oz va karton yordamida "Bahorgi guldasta" ni applikatsiya usulida tayyorlash. Uchiriladigan qog`oz qush yasash. Qog`ozdan applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlash. Qog`ozdan turli o`yinchoqlar yasash.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (5 soat)
Tikuvchilikda xavfsizlik texnika qoidalari. To`g`ri chok turidan foydalanib, igna uchun yostiqcha, gul shaklini tikish.
Texnik modellash (2 soat) Harakatlanadigan o`yinchoqlar yasash.
Plastilin va loy bilan ishlash (4 soat)
Turli shakllarga ega bo`lgan o`yinchoqlar, xalq hunarmand ustalari ishlagan ish namunalariga qarab plastilin yoki loydan o`yinchoqlar, plastilindan uy jihozlarining namunalarini yasash.
Turli materiallar bilan ishlash (7 soat)
Tabiiy urug`lardan applikatsiya usulida naqsh tuzish. Tuxum po`choqlaridan hajmdor o`yinchoqlar yasash. Mozaika usulida qo`qongul shaklini, turli sabzavot va mevalarning urug`laridan yo`lsimon va kvadrat ichida naqshlar tuzish, tabiiy materiallar bilan ishlash, quritilgan barglardan hayvonlar shaklini, tabiiy materiallardan jonivorlar, chiqindi materiallardan o`yinchoqlar yasash. Maktab yer uchastkasida bahorgi dala ishlarini bajarish.
Badiiy qurish-yasash (3 soat)
Rangli qog`ozlardan archa bezaklarini, Navro`z bayramiga sinfni bezash uchun turli materiallardan osma o`yinchoqlar qurish-yasash.
3- sinf
Qog`oz va karton bilan ishlash (13 soat)
Qog`ozdan turli parrandalar, turli geometrik shakllar, rangli qog`ozlardan lola, qo`ziqorin, sichqon, o`yinchoqlar, gerlandiyalar, archa bezaklarini tayyorlash va bezash, mozaika usulida o`yinchoqlar yasash. Rasm uchun ramka tayyorlash. Qog`ozdan gullar, pape-mashe usulidan idishlar, hajmdor gul, applikatsiya usulida bayramlarga tabriknomalar yasash.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (7 soat)
Chok turlaridan foydalanib, kartondan guldon, chovgum ushlagich, yumshoq o`yinchoq tikish. To`qish turlari haqida ma`lumot, to`qishning oddiy usullari, turli geometrik shaklarni to`qish.
Texnik modellash 2 soat Turli harakatli o`yinchoqlar yasash.
Plastilin va loy bilan ishlash (3 soat)
Plastilin yoki loydan turli idishlar, hayvonlar, o`yinchoqlar yasash
Turli materiallar bilan ishlash (2 soat)
Tabiiy materiallardan turli o`yinchoq yasash. Chiqindi materiallardan turli o`yinchoqlar yasash.
Badiiy qurish-yasash (7 soat)
Tabiiy xom ashyolardan applikatsiya usulida, urug`lardan mozaika qurish - yasash. "Qush bolasi bilan" kompozitsiyasini qurish-yasash. "Yil fasllari" manzarasini qurish-yasash.
4- sinf
Qog`oz va karton bilan ishlash (10 soat)
Mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik qoidalari asosida unumli foydalanish. Qog`ozlarni turli ko`rinishda murakkab shakllarda buklab, o`yinchoqlar yasash. Turli bayramlarga applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlash. Duradgorlik, temirchilik kasb-hunarlari haqida ma`lumot. Qog`ozdan turli buyumlar savat, qaldirg`och, kabutar, xo`roz yasash. Qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasash. "Kuz" manzarasini applikatsiya usulida ishlash. To`g`ri to`rtburchak ichida applikatsiyadan foydalanib, naqsh tuzish. Gilamdagi naqshlar. Kulolchilik kasbi haqida ma`lumot. Pape-mashe usulida kosa yasash. Xamir tayyorlashga o`rgatish ( qog`ozdan chuchvara ).
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (7 soat)
Chok turlari, yumshoq o`yinchoqlar tikish, to`qish haqida ma`lumot, to`qishda ishlatiladigan asbob-uskunalar, ulardan foydalanish va xavfsizlik qoidalari, to`qish usullari. Gazlama gullaridan applikatsiya usulida guldasta tayyorlash. Ipdan o`yinchoq yasash.
Texnik modellash (2 soat)
Uchuvchi, suzuvchi va harakatlanuvchi texnik modellar yasash.
Plastilin va loy bilan ishlash (5 soat)
Plastilin bilan ishlash. Ertak qahramonlarini yasash. Oshxona jihozlari bilan tanishtirish. Plastilindan oshxona jihozlarini yasash. Uy-ro`zg`or buyumlari bilan tanishtirish. Plastilindan uy-ro`zg`or buyumlarini yasash.
Turli materiallar bilan ishlash (5 soat)
Kuzgi gullarga qarab donlardan, urug`lardan gul, tabiiy material, xom ashyolardan gullar yasash. Gullarni o`stirish.
Badiiy qurish-yasash (5 soat)
Urug`lardan mozaika usulida turli hayvonlarni qurish-yasash. Mustaqil ravishda tabiiy xom ashyolardan kvadrat ichida naqsh qurish- yasash. Duradgorlik asboblari bilan tanishtirish. Turli idishlar yasash va uni bezash. Geometrik shakllardan "Kuz" manzarasini qurish-yasash.
5- sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi
Metallga ishlov berish texnologiyasi (18 soat)
Umumiy tushunchalar (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi. Metallga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari. Metallning turmushda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, sohalari. Metallarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari.
Amaliy mustaqil ishlar: Metallarning turlari, xossalari, sifatlari, shakllari, o`lchamlari, qo`llanilishi va ishlatilishi texnologiyalari bo`yicha ma`lumotlar asosida laboratoriya ishlarini bajarish.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat) Shakllantiriladigan bilimlar: Metallga ishlov berishda qo`l asbobuskunalari, moslamalarining tuzilishi va turlari, vazifalari, foydalanish qoidalari. Chilangarlik dastgohi. O`lchash va rejalash asboblari: chizg`ich, buklama metr, metall qalamlar va boshqalar. Arralar va frezalar turlari. Zubilo, otvyortka va omburlar. Bolg`alar va ularning turlari: po`lat, yog`och, plastik bolg`alar va to`qmoqlar. Jilvir qog`ozlar tuzilishi va turlari.
Amaliy mustaqil ishlar: Metallga ishlov berishda ishlatiladigan qo`l asboblarini turlarga ajratish va ularning ishga yaroqliligini aniqlash. Asboblarni ishga tayyorlash va ishlash.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Metallga ishlov berish stanoklari va ular haqida tushuncha. Mashinalarning asosiy qismlari (dvigatel, uzatish mexanizmi, isitgich).
Amaliy mustaqil ishlar: Metallga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yo`li, stanokni ishga tayyorlash bosqichlarini o`rganish.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasi (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruktsiyalash elementlari. Yupqa tunuka va simdan buyumlar tayyorlash. Metall buyumlarda biriktirish turlari: harakatsiz (payvand) va yarim harakatchan (shlitsali, shponkali, rezbali). Metallarga ishlov berishda qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari. Metallga ishlov berishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar: Detallar va buyumlar konstruktiv qirqimlarini topish. Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi (42 soat)
Umumiy tushunchalar (6 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi. Yog`ochga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari. Yog`ochning turmushda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari. Yog`ochlarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari. Yog`ochning yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari. Duradgorlikda ishlatiladigan yog`ochlar: terak, tog`terak, shumtol, qarag`ay, eman, nok, chinor va boshqalar.
Amaliy mustaqil ishlar: Mahalliy hududda o`sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog`och turlarini o`rganish. Yog`ochlarning sifatini va ularning nuqsonlarini aniqlash.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (20 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Duradgorlik dastgohi, qo`l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari. O`lchash va rejalash asboblari: chizg`ichlar, buklama metr, qalamlar, xastkash va boshqalar. Arralar va randalar turlari. Iskanalar, bolta va teshalar. Bolg`alar va ularning turlari: po`lat, yog`och, plastik bolg`alar va to`qmoqlar. Egov va jilvir qog`ozlar tuzilishi, turlari.
Amaliy mustaqil ishlar: Asbob-uskuna va moslamalarni ishga tayyorlash, foydalanish va ta`mirlash.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berish stanoklari va ular haqida tushuncha. Mashinalarning asosiy qismlari (dvigatel, uzatgich mexanizmi, organi).
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yo`li, stanokni ishga tayyorlash bosqichlarini o`rganish.
Mahsulotlar ishlab chiqarsh texnologisi (14 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Duradgorlik buyumlari detallarini tayyorlash. Duradgorlik birikmalari to`g`risida ma`lumotlar: yelimlash, mixlar, burama mixlar (shurup) va boshqa vositalar bilan biriktirish. Buyumlar yuzasiga qoplamalar yopishtirish. Duradgorlik buyumlarining sirtini pardozlash va detallarni konstruktsiyalash. Yog`ochdan uy-ro`zg`or buyumlari tayyorlashda foydalanish. Yog`ochga ishlov berishda qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari. Yog`ochga ishlov berishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar: Tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuzish, tanlash, rejalash va tayyorlash. Yog`ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
Elektrotexnika ishlari (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilish. Elektr o`tkazish simlarining turlari. Elektr o`tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari. Elektr asboblari. Sohaga oid kasbhunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar: Elektr o`tkazgich simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ishlari. Oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari. Xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari.
Amaliy mustaqil ishlar: Pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash isitish usularini o`rganish.
"Servis xizmati" yo`nalishi
Pazandachilik asoslar (18 soat)
Umumiy tushunchalar (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Pazandachilik o`quv xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya gigiyena talablari. Pazandachilik tarixi va taraqqiyoti. Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini inson organizmi uchun ahamiyati.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbek milliy oshxonasining o`ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi. Oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalari.
Amaliy mashg`ulot: Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish, to`g`rash usullaridan foydalanib, salatlar tayyorlash, dasturxonga tortish qoidalari.
Pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: plita, muzlatgich, idish-tovoq, yuvish moslamalari, oshxona stollari, quritgich moslama, shkaflar haqida umumiy tushuncha. Plita turlari, tuzilishi va foydalanish qoidalari.
Amaliy mashg`ulot: Kartoshka bo`tqasini tayyorlash.
Taom tayyorlash texnologiyasi (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Tuxum va uning ozuqaviy qiymati, pishirish usullari. Dasturxonga tortish qoidalari. Buterbrod va issiq ichimlik turlarini tayyorlash. Kundalik ovqatlanish uchun dasturxon bezash. Sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash. Ularning sifatiga va saqlanishiga qo`yiladigan talablar. Yaxna taomlarni did bilan bezatib, dasturxonga tortish tartibi. Ochiq, yoriq va gazak uchun tayyorlangan (ka-na-pe) buterbrodlarini tayyorlash va dasturxonga tortish tartib, qoidasi. Sanitariyagigiyena, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. O`zbek milliy oshxonasining rivojlanish tarixi, uning taomlari, tasnifi hamda taomlarning tayyorlanishidagi o`ziga xos xususiyatlari. "Tvorogli", "Murabboli" blinchiklar tayyorlash tartibi va dasturxonga tortish. Sohaga oid kasbhunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mashg`ulot: Tuxumni qaynatib, qovurib pishirish usullari. Dasturxonga tortish qoidalari. Buterbrod va issiq ichimlik turlarini tayyorlash. Yaxna taomlar tayyorlash. Ochiq, yoriq va gazak uchun tayyorlangan buterbrodlarni tayyorlash. Go`shtli salatlar. Mevali va sut mahsulotli salatlar tayyorlash va dasturxonga tortish. "Tvorogli", "Murabboli" blinchiklar tayyorlash tartibi va dasturxonga tortish.
Tayanch ma`lumotlar: mehnat xavfsizligi qoidalari va sanitariyagigiyena talablari. Pazandachilik va qandolatchilik korxonalari, oshxonalarda ishchilar mehnatining mazmuni va ish o`rni.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi ( 48 soat)
Umumiy tushunchalar (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariyagigiyena talablari. Tolalar haqida ma’lumot. Tabiiy tolali gazlamalardan paxta va zig`ir tolalardan to`qilgan gazlamalar, ularning xususiyatlari.
Amaliy mashg`ulot. Sarja (polotno) to`qish. Gazlamaning o`ng va teskari tomonlarini, bo`ylama va ko`ndalang iplarini aniqlash.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Qo`l ishlari va uni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar haqida umumiy ma`lumot.
Amaliy mashg`ulot. Qo`l choklaridan namunalar tayyorlash.
Ushlagich tayyorlash. Dazmol bilan ishlash. Dazmollash usullari.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Qo`l yuritmali tikuv mashinasining asosiy tuzilishi va ishlash tartibi. Tikuv mashinasini ishga tayyorlash. Mashinada ipsiz tikish.
Amaliy mashg`ulot: Mashinada ishlash qoidalari. Mashinada ipsiz tikish. Mashinaga ip o`tkazish. Biriktiruvchi, ziy choklarini tikish.
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi (36 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Bichish va tikish haqida ma`lumot. Gavdadan o`lchov olish. Masshtabli lineyka. Fartuk va bog`ichli qalpoqcha chizmasini chizish. Fartuk va bog`ichli qalpoqchani modellashtirish va andoza tayyorlash. Fartuk va bog`ichli qalpoqcha bichish. Bog`ichli qalpoqchani tikish. Fartukni tikish. Bog`ichni va belbog`ni tikish. Ko`krak qismini tikish. Qoplama cho`ntakni tikish. Fartuk qismlarini birlashtirish va oxirgi ishlov. Dazmollash usullari. Xalq hunarmandchiligi to`g`risida umumiy ma`lumot. Milliy kiyimlar haqida tushuncha. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi asosida "Qiyiqcha" tikish texnologiyasi. Kashtachilikda ishlatiladigan naqshlarni chizish va qiyiqchaga tushirish. Kashtachilikda ishlatiladigan chok namunalaridan tikish. Qiyiqchani bichish va tikish. Milliy qo`g`irchoq turlari va tikish texnologiyasi. Qo`g`irchoq andozasini tayyorlash, andozani gazlama ustiga joylashtirish va bichish. To`qish uchun asbob-moslamalar. To`qish usullaridan namunalar. XTQ va sanitariya-gigiyena talablari. To`qish choklarini o`rganish. Ko`zoynak uchun g`ilof to`qish.
Amaliy mashg`ulot: Fartuk va bog`ichli qalpoqcha chizmasini chizish. Fartuk va bog`ichli qalpoqchani modellashtirish va andoza tayyorlash. Fartuk va bog`ichli qalpoqcha bichish. Bog`ichli qalpoqchani tikish. Fartukni tikish. Bog`ichni va belbog`ni tikish. Ko`krak qismini tikish. Qoplama cho`ntakni tikish. Fartuk qismlarini birlashtirish va oxirgi ishlov. Dazmollash usullari. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi asosida "Qiyiqcha" tikish texnologiyasi. Kashtachilikda ishlatiladigan naqshlarni chizish va qiyiqchaga tushirish. Kashtachilikda ishlatiladigan choklardan namunalar tikish. Qiyiqchani bichish va tikish. Milliy qo`g`irchoq turlari va tikish texnologiyasi. Qo`g`irchoqni andozasini tayyorlash, andozani gazlama ustiga joylashtirish va bichish. To`qish usullaridan namunalar. XTQ va sanitariya-gigiyena talablari. To`qish choklarini o`rganish.
Ko`zoynak uchun g`ilof to`qish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi 2 soat
Amaliy mashg`ulot: Choklari so`kilgan turli buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi.
"Qishloq xo`jaligi asoslari" yo`nalishi
Qishloq xo`jalik asoslari (60 soat)
O`simlikshunoslik (14 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: qishloq xo`jaligi moddiy oziq-ovqatlar yetishtirishning asosiy sohasi. Yer qishloq xo`jaligining asosiy omili. Dehqonchilik va chorvachilikni uyg`unlashtirish istiqbollari. Mahalliy hududda yetishtiriladigan ekinlar va ularning turlari. Ekin navlari va ularning hosildorligi, urug`chilik, ko`chat tayyorlash asoslari. Urug`larning sifatini aniqlash usullari. Ekilgan urug`ning unib chiqish tezligi va unga ta`sir etuvchi omillar. Turli ekinlarni parvarish qilish qoidalari.
Amaliy mustaqil ishlar: mahalliy qishloq xo`jalik ekinlari ro`yxatini tuzish. Ularning urug` va ko`chatlarini tayyorlash, ekish va parvarish qilish qoidalarini o`rgatish. Tuproqqa ishlov berish va o`g`itlash texnologiyasi.
Qishloq xo`jaligi asbob-uskunasi va unda foydalanish (20 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirish texnologiyasi va texnikasiga oid tushunchalar. Tuproqqa ishlov berish, o`g`it solish, urug` ekish, ko`chat ekish, o`simliklarni parvarish qilish va hosilni yig`ishtirishda foydalaniladigan qishloq xo`jalik mashinalari, uskunalari, ishlash jarayonlari.
Amaliy mustaqil ishlar: tuproqqa ishlov beradigan, o`g`it soladigan, urug` ekadigan, ko`chat o`tkazadigan, o`simliklarni parvarish qilish mexanizmlari va moslamalari.
Qishloq xo`jaligi mashinalari (6 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: qishloq xo`jaligida ishlatiladigan yerga ishlov beruvchi mashinalarning turlari va asosiy qismlari.
Amaliy mustaqil ishlar: yerga ishlov beruvchi mashinalarning ishchi qismlarini sozlash qoidalarini o`rganish.
Chorvachilik asoslari (20 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: chorvachilik sohalari: qoramolchilik, qo`ychilik, parrandachilik va boshqa uy hayvonlarini parvarish qilishga doir boshlang`ich ma`lumotlar.
Amaliy mustaqil ishlar: uy hayvonlarini parvarish qilish. Parrandachilik, qo`ychilik va qoramolchilik fermalaridagi ish jarayonlari bilan tanishish.
Elektrotexnika ishlari (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilish. Elektr o`tkazish simlarining turlari. Elektr o`tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari. Elektr asboblari. Sohaga oid kasbhunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar: Elektr o`tkazgich simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Pol qoplamalari va mebellarning hamda loklangan qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ishlari. Oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari. Xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari.
Amaliy mustaqil ishlar: Pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash, isitish usullarini o`rganish.
6- sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi
Metallga ishlov berish texnologiyasi (18 soat)
Umumiy tushunchalar (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: qora metallar qotishmalari, cho`yan va po`latning asosiy mexanik xossalari: qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo`rtlik. Tayyorlanadigan buyumlar.
Amaliy mustaqil ishlar: Metallarga ishlov berish, materiallarning xususiyatlarini o`rganish.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat) Shakllantiriladigan bilimlar: Metallarni o`lchash va rejalash asboblari ( millimetrli chizg`ich, nutromer, shtangentsirkul) dan foydalanish.
Shtangensirkul bilan o`lchash usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: O`lchash, rejalash va dastlabki ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ishlash usullarini o`rganish. Metallga ishlov beruvchi asboblarning ichki qismlarini sozlash.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Tokarlik-vint qirqish stanogining vazifasi, qo`llanishi, tuzilishi, asosiy qismlari. Tokar va chilangarning ish o`rnini tashkil qilish. Stanoklarda ishlashdagi xavfsizlik texnika qoidalari. Tokarlik ishlarida moslamalardan foydalanish asoslari. Metallga issiqlik va sovuqlik ishlov berishning mohiyati.
Amaliy mustaqil ishlar: Parmalash va tokarlik-vint qirqish stanoklarining qismlaridan ichki detallarni ajratish. Ichki detallarning tuzilishini, ishlash tamoyilini o`rganish.
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (8 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: texnika va konstruktsiyalash elementlari. Buyumlarni tayyolash: loyihalash, o`lchash, rejalash, biriktirish, pardozlash. Rejalash, arra bilan kesish, egovlash, zubilo bilan ishlash usullari. Bir necha detal va tayyorlanmaga ishlov berish. Metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Tayyorlanadigan detal eskizini chizmalarini, texnologik xaritalarni tuzish va o`qish. Materialni tejamli sarflashni rejalash. Metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini o`rganish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi (40 soat)
Umumiy tushunchalar (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochning fizikaviy xossalari. Yog`och turlarining xususiyatlari. Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo`yoqlar turlari, xususiyatlari, ishlatilish sohalari.
Amaliy mustaqil ishlar: yog`och-taxta materiallarining turlari va xususiyatlarini aniqlash. Yog`och asosli yarimtayyor (yarimfabrikat) mahsulotlar namunalari bilan tanishish va ishlatilish sohalarini aniqlash. Yelimlar va bo`yoqlarni ishlatish.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (16 soat) Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochlarni rejalash, o`yish, asboblarining turlari, ularni ishlatish va saqlash qoidalari. Qo`l randa va parmalash qurilmalarining tuzilishi, ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari.
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov berish asboblaridan to`g`ri foydalanish usullarini o`rganish. Asboblarni sozlash.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish(6 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari. Yog`ochga ishlov beradigan tokarlik stanogining ish tamoyillari, unda bajariladigan jarayonilar. Stanoklar tuzilishidagi umumiylik. Ulardagi harakat uzatish mexanizmlar kinematikasi.
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov beruvchi tokarlik va parmalash stanoklarining tuzilishini, ularni ishga tayyorlash hamda xavfsiz ishlatish qoidalarini o`rganish.
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (14 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar. Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi asosida uy-ro`zg`or buyumlarini tayyorlash (sabzavotlarni to`g`rash taxtasi, egovga dastak yasash va x.k.). Yelimlarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari. Yog`ochga ishlov berishni o`rgatishda fanlararo aloqalar. Yog`ochga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Silindr shaklidagi detallar (egov, o`qlov) eskizini tuzish. Yog`ochdan tayyorlanadagin buyumni tanlash, rejalash, o`lchash. Yog`och va boshqa materiallardan xalq hunarmandchiligi ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.
Elektrotexnika ishlari (6 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Bitta xonani yoritish zanjir sxemasi. Maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`siri. Elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari. Elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar: Bir xonani yoritish zanjir sxemasini o`rganish. Stol lampasini elektr zanjirini tuzish va tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Yurtimiz me`morchiligi tarixiga oid qisqacha ma`lumotlar. Xona inter’yeri hamda jihozlanish dizayniga talablar. Sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlari.
Amaliy mustaqil ishlar: o`quv xonalarida mebel hamda qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri va eskizlarini tayyorlash. Taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash.
Servis xizmati yo`nalishi
Pazandachilik asoslari (18 soat)
Umumiy tushunchalar (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo`yiladigan talablar. Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: pazandachilik xonasida ishlash uchun sanitariya-gigiyena talablari. Oshxona asboblarida metall, chinni, sopol, plastmassa, shisha idishlardan to`g`ri foydalanishning ahamiyati.
Pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: sovutgich va muzlatgich, termos, mikroto`lqinli elektrpechlarning tuzilishi va ahamiyati, foydalanish texnologiyasi. Qandolatchilikda ishlatiladigan texnologik jihozlardan: ko`pirtirgich (mikser)ning turlari, tuzilishi, ahamiyati, undan foydalanish qoidalari.
Taom tayyorlash texnologiyasi (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: sut va sut mahsulot turlari. Sut mahsulotlari sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish sharoiti va muddati. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati. Xamir turlari. Oshirma va oshirmasdan tayyorlanadigan xamirlar haqida ma`lumot. O`zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar va parxez taomlar tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari. Dasturxon, sochiq turlari, ulardan foydalanish, saqlash va yuvish.
Amaliy mashg`ulot: qatiq, suzma, brinza, tvorog, qurt tayyorlash tartib qoidalari. Yog`li qatlanib, tayyorlangan xamirdan "Somsa", "Qatlama" pishirish. O`zbek milliy (suyuq ovqatlar) tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari. Milliy taomlardan "Mastava" tayyorlash. Tushlik uchun dasturxon tuzash. Sut va sut mahsulotlaridan parxez taomlar tayyorlash.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (48 soat)
Umumiy tushunchalar (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariyagigiyena talablari. Jun va ipak tolali gazlamalar, ularning olinishi. Jun va ipak tolalarning xossalari.
Amaliy mashg`ulot: jun va ipak gazlamalarning xossalarini aniqlash.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: furnitura haqida umumiy ma`lumot. Ilgaklar, xalqalar tikish, tugmachalar va pistonlar qadash. Taqilma turlari. Amaliy mashg`ulot: "Molniya" taqilmasini tikish.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi. Ishlash prinsipi. Oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishga tayyorlash. Tikuv mashinasida ishlatiladigan kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanish. Tikuv mashinasidagi kichik nosozliklarni tuzatish.
Amaliy mashg`ulot: Oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishlashga tayyorlash. Ichki kiyim choklaridan namunalar tikish.
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi (38 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Beldan kiyiladigan kiyim turlari. Yubkalar haqida ma`lumot. O`lchov olish. Yubka chizmasini chizish. Yubka eskizlarini chizish va modellashtirish. Yubka chizmasini tekshirish. Andoza va gazlamani tayyorlash. Gazlama ustiga andozani joylashtirish. Yubkani bichish va tikish. Birinchi kiydirib ko`rish. Kiydirib ko`rishdan so`ng kamchiliklarni tuzatish. "Molniya" taqilmasini tikish. Yubkaning bel va etak qismlariga ishlov berish. Yubkani bezash va oxirgi ishlov berish. Zardo`zlik san`ati tarixi va uning rivojlanishi. Zardo`zlikda ishlatiladigan materiallar (gazlama turlari, karton, zar iplar). Zardo`zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Zar ipni o`rash. Zardo`zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish. Ish o`rnini tashkil qilish. Bo`zni korcho`pda taranglab tortish. Zamindo`zi va guldo`zi usulida tikishni o`rgatish. Choynak yopqichining gul naqshini zar ipdan tikish. Tikilgan mahsulotni korcho`pdan tushirib tayyorlash texnologiyasini o`rganish (astar tikish). Buyumga oxirgi ishlov berish. Nozmunchoq (biser) va undan foydalanish haqida ma`lumot. Nozmunchoq to`qish uchun zaruriy xom ashyo va moslamalar. Nozmunchoqdan gul, geometrik va boshqa shakllar to`qish. Milliy bosh kiyimlardan do`ppi tikish texnologiyasi. Qiz bolalar sumkasini tikish texnologiyasi.
Amaliy mashg`ulot: Yubka chizmasini chizish, andoza tayyorlash, bichish va tikish. Yubkaning belbog`, etak qismiga ishlov berish va bezash. Yubkaga oxirgi ishlov berish. Zar ipni o`rash. Kartonga naqsh (gul) ni qirqish. Zamindo`zi va guldo`zi usulida tikish. Choynak yopqich tikish. Nozmunchoqdan gul, geometrik va boshqa shakllarni to`qish. Milliy bosh kiyimlardan do`ppi tikish. Qiz bolalar sumkachasini tikish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi 2 soat
Shakllantiriladigan bilimlar: Kiyimlarni saqlash usullari. Kiyimga qarab turish qoidalari. Yamoq solish texnologiyasi. Amaliy mashg`ulot: Yamoq solish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi
O`simlikshunoslik (6 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: tuproqning turi va sifatini, hosildorligini aniqlash usullari. Mahalliy hududda keng tarqalgan qishloq xo`jaligi ekinlarining agrotexnika jarayonlari. O`simliklarni parvarish qilish va oziqlantirish qoidalari. O`simlikliklarning o`sish tezligi va sog`lomligini nazorat qilish usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: mahalliy tuproq turi va hosildorligi, ekinlar ekish uchun qulayligini aniqlash. Ma`lum ekin turi uchun agrotexnika tadbirlari.
Qishloq xo`jaligi asbob-uskunasi va unda foydalanish (20 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: qishloq xo`jaligida ishlatiladigan texnika turlari va ular haqida ma`lumot. Yerga ishlov beruvchi qo`l va mexanizatsiyalashtirilgan qurollar. Ularning tuzilishi va ishlash tamoyillari. Yer tekislash traktori, kultivatorning turlari, tuzilishi va vazifalari.
Amaliy mustaqil ishlar: yerga ishlov beruvchi qo`l va mexanizatsiyalashtirilgan qurollar. Ularning tuzilishi va ishlash tamoyillari. Yer tekislash traktori, kultivatorning turlari, tuzilishi va ishlash jarayonini o`rganish.
Qishloq xo`jaligi mashinalari (12 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: mahalliy hududda kengroq tarqalgan qishloq xo`jalik yo`nalishlari: bog`dorchilik, uzumchilik, gulchilikda qo`llaniladingan mashina va moslamalar haqida umumiy ma`lumotlar.
Amaliy mustaqil ishlar: tanlangan qishloq xo`jalik yo`nalishi bo`yicha amaliy ishlarni bajarish.
Chorvachilik asoslari (20 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: chorvachilikka doir boshlang`ich ma`lumotlar.
Amaliy mustaqil ishlar: chorvachilik, otlar, quyonlar o`stirish, baliqchilik xo`jaliklaridagi ish jarayonlarini o`rganish.
Hayvonlarni saqlash va parvarish qilish: ish, mahsulot va estetik vazifalariga ko`ra hayvonlarni parvarishlash. Quyonlar, qo`ylar va parrandalarni o`stirish texnologiyasi. Hayvonlarga ozuqa tayyorlash va ularni boqish. Ozuqa turlarini, ularning xususiyatlarini va sifatini aniqlash usullarini o`rgatish.
Elektrotexnika ishlari (6 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Bir xonani yoritish zanjir sxemasi. Maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`siri. Elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari. Elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar: Bir xonani yoritish zanjir sxemasini o`rganish. Stol lampasini elektr zanjirini tuzish va tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Yurtimiz me`morchiligi tarixiga oid qisqacha ma`lumotlar. Xona inter’yeri hamda jihozlanish dizayniga talablar. Sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlari.
Amaliy mustaqil ishlar: o`quv xonalarida mebel, qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash. Taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash.
7- sinf
Texnologiya va dizayn yo`nalishi
Metallga ishlov berish texnologiyasi (18 soat)
Umumiy tushunchalar (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: rangli metallar va ularning qotishmalari ( oltin, kumush, mis, bronza, latun, duraluminiy va boshqalar)ning mexanik xossalari: qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo`rtlik. Tayyorlanadigan buyumlar. Yupqa tunukalar, simlar turlari, ulardan yasaladigan detallar.
Amaliy mustaqil ishlar: metallarga chilangarlik va tokarlik ishlov berish turlari va usullari.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Sterjen, tunuka va simlarni qirqish, bukish va to`g`rilash asboblaridan foydalanish. Shtangensirkul, nutromer, shablonlar, mikrometrning tuzilishi va o`lchash usullari. Nonius bilan hisoblash. O`lchash asboblari yordamida aniqlik sinflarini tekshirish.
Amaliy mustaqil ishlar: Sterjen, tunuka, simlarga ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash. Metallga ishlov berish asboblari turlari haqidagi ma`lumotlarni aniqlash va referat yozish.
Stanoklar va ulardan foydalanish (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Frezerlash, tokarlik, parmalash, charxlash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ishlash qoidalari. Charxlash usullari. Tokarlik, frezerlash stanoklarida detallarga ishlov berish texnologiyasi.
Amaliy mustaqil ishlar: Tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash stanoklarida oddiy jarayonilarni bajarish.
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Metallardan tayyorlanadigan buyumlarga, detallarga ishlov berish, konstruktsiyalash elementlari ( kesish, qirqish, arralash, teshish, pardozlash, bo`yash). Rangli metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Uy-ro`zg`or, turmush va maktab uchun metall materiallardan buyumlar tayyorlash. Texnologik xaritalar tayyorlash, chizish, foydalanish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi (38 soat)
Umumiy tushunchalar (6 soat)
Shakllantiradigan bilimlar: Yog`ochning kimyoviy va texnologik xossalari. Yog`ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta`sirlarga chidamliligini ta`minlashga xizmat qiluvchi materiallar. Yog`ochni quritish va saqlash qoidalari. Yog`ochdan tayyorlangan buyumlarga pardoz berishda ishlatiladigan materiallar.
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochlar va ularga ishlov berish materiallarini turlarga ajratish va xususiyatlarini aniqlash.
Asbob-uskunalar va ulardan foydalanish (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berishda qo`l asboblaridan (xatkash, go`niya, arra, randa, iskana va b.) foydalanish texnologiyasi.
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga qo`lda ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ish joyini tashkil qilish.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Tokarlik, parmalash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ishlash qoidalari. Tokarlik, stanogida detallarga ishlov berish texnologiyasi.
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov berishda tokarlik va parmalash stanoklarida ishlarni bajarish.
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi (12 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi. Uy-ro`zg`or, turmushda, maktabda qo`llanilayotgan texnika va konstruktsiyalash elementlari. Eskizlar asosida buyumlar tayyorlash. Shakli silindrsimon, konussimon va fasonli, burchakli sathlar birikuvidan hosil qilingan detallar. Chizmalarda texnik talablarni ifodalanish qoidalari. Yog`och va metallga ishlov berishni uyg`unlashtirish xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Konussimon va fason burchak sathli detallarni va ularning eskizlarini tuzish hamda chizmalarini tayyorlash. Tayyorlanadigan detallarning texnologik xaritalari. Yog`och va metallga ishlov berishni uyg`unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.
Elektrotexnika ishlari (8 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarishda ish o`rni. Kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari. Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarishda ish asboblari hamda ish usullari. Asboblari elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog`liq kasb-hunar turlari.
Amaliy mustaqil ishlar: Elektr montaj ish asbob turlari va ularda ishlash usullarini o`rganish. Elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar ( svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari. Uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari. Ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari. Uy va xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblari. Qurilish va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar: Shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimi sxematik tasvirini tayyorlash. Suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo‘mraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlari.
Servis xizmati yo`nalishi
Pazandachilik asoslari (18 soat)
Umumiy tushunchalar (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Go`sht va go`shtli mahsulotlarning ozuqaviy qiymati, ahamiyati. Baliq va baliq mahsulotlarining ozuqaviy qiymati, ahamiyati va mohiyati. Go`sht va baliq turlari, ularning sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish muddatlari.
Amaliy mashg`ulot: Go`shtdan taom tayyorlash.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Go`shtdan taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish. Go`shtga birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari. Baliqdan taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish. Baliqqa birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Amaliy mashg`ulot: Baliqdan taom tayyorlash.
Pazandachilikda ishlatiladigan jihozlar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Asbob va moslama turlari, ulardan foydalanish qoidalari. Sabzavot va mevalarni konservalash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish. Elektr go`sht maydalagichning tuzilishi, vazifalari, ishlash prinsipi. Xavfsizlik texnika qoidalari. Amaliy mashg`ulot: Sabzavot va mevalarni konservalash.
Taomlar tayyorlash texnologiyasi (8 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Qandolat mahsulotlari tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish. Qandolatchilik jihozlaridan foydalanib, "Chak-chak" tayyorlash. Go`shtdan taom tayyorlash texnologiyasi, dasturxonga tortish. Karam va uzum bargidan do`lma tayyorlash va dasturxonga tortish. O`zbek milliy taomlaridan palov tayyorlash texnologiyasi.
Amaliy mashg`ulot: "Chak-chak" pishirig`ini tayyorlash. Palov tayyorlash va dasturxonga tortish tartibi. Karam va uzum bargidan do`lma tayyorlash va dasturxonga tortish.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (46 soat)
Umumiy tushunchalar (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari haqida umumiy ma`lumot. Kimyoviy tolalardan tayyorlangan gazlamalar sun`iy va sintetik gazlamalarning xossalari va ularga qo`yiladigan talablar.
Amaliy mashg`ulot: Kimyoviy tolalarning xususiyatlarini o`rganish. Tashqi ko`rinishga qarab cho`zilishi, g`ijimlanishi, suv o`tkazish, issiqdan saqlash xossalari, yonishi.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Kiyim haqida umumiy ma`lumot. Kiyimlar assortimenti va o`lchami. Kiyim tikishning asosiy bosqichlari. Qo`lda bajariladigan ishlarning texnik shartlari.
Amaliy mashg`ulot: Qo`lda bajariladigan ishlar uchun asbob va moslamalar. Merejka usulida tikish.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Elektr yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, ishlatilishi. Maxsus ish bajaradigan tikuv mashinalari.
Amaliy mashg`ulot: Tikuv mashinalarini tozalash va moylash. Mashinadagi nuqsonlar, parallel zig-zak qator, mayda va yirik baxya qator tikish. Choklaridan namunalaridan tikish.
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi (34 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Milliy liboslarda ko`ylak va uning turlari haqida ma`lumot. Gavdadan o`lchov olish va yozish. Hisoblash formulasi. Ko`ylak asos chizmasini chizish. Ko`ylakni va bo`yin o`mizini modellashtirish hamda andoza tayyorlash. Andozani gazlamaga joylashtirish va bichish. Bichiq bo`laklariga ishlov berish. Birinchi kiydirib ko`rish. Bo`yin va yeng o`miziga ishlov berish. Ko`ylak etagini tikish. Ko`ylakka oxirgi ishlov berish. Xalq hunarmandchiligi "Quroqchilik" haqida umumiy ma`lumot. Uning tarixi, usullari, kerakli ish qurollari. Tikiladigan "Quroq" buyumiga eskiz chizish va shablonlar tayyorlash. Gazlamalarni ajratish, sifatini aniqlash va shablonlarni qirqib tayyorlash. Tanlangan shakllarni shablon asosida tikish. Quroqning "Yo`l-yo`l" usulidan foydalanib, ushlagich; "Paxta" yoki "Parket" usulidan foydalanib, yelpig`ich; "Uycha" (olma yoki qovoq guli) shaklida choynak yopg`ichini tikish. Tayyorlangan mahsulotga astar tikish. Qaviq ishlari. Tayyorlangan mahsulotga oxirgi ishlov berish. Dizayner-modelyer kasbi to`g`risida tushuncha berish. Bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi modellar eskizini yaratish. Kiyim turlari asosida yangi modellar yaratish. Xonani bezashda pardalarning roli. Parda tikish uchun gazlama va kerakli xom ashyo, jihoz va moslamalar tanlash. Parda modeliga qarab gazlamani hisoblash. Oddiy va murakkab usullarda pardalar tikish texnologiyasi. Kichik hajmda parda tikish.
Amaliy mashg`ulot: Milliy liboslardan ko`ylakni tikish. Tikiladigan "Quroq" buyumiga eskiz chizish va shablonlar tayyorlash. Quroqning "Yo`l-yo`l", "Paxta", "Parket" usullarini o`rgatish. Quroq usullaridan foydalanib, buyumlar tikish. Tayyorlangan mahsulotga astar tikish va qavish. Bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi modellar yaratish. Bayram kechalari uchun liboslar ansamblini yaratish. Kichik hajmda pardalar tikish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish.
Amaliy mashg`ulot: Iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish.
Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi
O`simlikshunoslik (6 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: qishloq xo`jalik ekinlardagi kasalliklar hamda uchraydigan zararkunandalarning turlari va ularga qarshi kurashish usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: mahalliy hududda uchraydigan qishloq xo`jalik ekinlari kasalliklari va zararkunandalarining ro`yxatini tuzish. Ularga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish.
Qishloq xo`jalik texnikasi va undan foydalanish (20 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: O`g`it solish, urug`larni ekish, hosilni yig`ishtirish, tashish va tozalash mashinalari. Ekinlarni ekish usullari va ko`chat o`tqazish. Organik va mineral o`g`itlar solish mashinalarining turlari. O`g`itlash. Donli va moyli ekinlar. Ekinlarni ekish, sug`orish va parvarish qilishning ilg`or usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Urug`larni ekish seyalkalarining tuzlishini o`rgatish. Organik va mineral o`g`itlarni sochuvchi moslamalar va sug`orish mashina agregatlari. Ekinlarga ishlov berish, parvarish qilish. Traktorlar va mashinalar (8 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Ma`lum turdagi traktorlar va mashinalar va ish agregatlari. Traktor va mashinaning elektr ta`minoti, yoritish tizimi. Traktor va mashina bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari va yo`llarda harakatlanish qoidalarini o`rgatish.
Amaliy mustaqil ishlar: Traktor va mashinaning boshqaruv qismlari, dvigateli va elektr ta`minoti tizimi. Traktor va mashinalarga texnik qarovlar o`tkazish.
Chorvachilik asoslari (22 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: hayvonlarni boqish va ularni parvarishlash. Quyonlar, qo`ylar, qoramollar va uy hayvonlari, asalari, parranda, baliq, ipak qurtini parvarish qilish qoidalari. Qishloq xo`jaligi hayvonlarining mahsuldorligiga ta`sir etuvchi omillar. Chorva ozuqalarini tayyorlashning mexanik, issiqlik, kimyoviy, bakteriologik usullari, ularning iqtisodiy samaradorligi. Ozuqalarni qayta ishlash texnologik jarayonlari, jonivorlarni boqish ratsioni.
Amaliy mutaqil ishlar: Chorva va parrandalarni parvarishlash. Ozuqalar tayyorlash. Jonivorlarni boqish va parvarish qilish usullari.
Elektrotexnika ishlari (8 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarishda ish o`rni. Kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari. Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarishda ish asboblari hamda ish usullari. Asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog`liq kasb-hunar turlari.
Amaliy mustaqil ishlar: Elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullarini o`rganish. Elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar ( svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari. Uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari. Ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari. Uy va xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblari. Qurilish va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar: Shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimining sxematik tasvirini tayyorlash. Suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo‘mraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlari.
8- sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi (14 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari. Xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari.
Amaliy mashg`ulot: quticha (shkatulka), to`qmoq bolg`a (turlari), kubok, mebel eshigi uchun ushlagich (ruchka), xatkash.
Amaliy mustaqil ishlar: Xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlashdagi ish usullarini egallash.
Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari. O`zbekiston xalq xo`jaligida, sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligi. Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha. Yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi. Mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish (materiallarni kesish, qirqish, biriktirish, payvandlash va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlari. Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi.
Amaliy mustaqil ishlar: Sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini ( maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash.
Kasb tanlashga yo`llash (4 soat)
Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat
turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi. Kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablar. O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlari. O`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi.
Amaliy mustaqil ishlar: Kasblarni tasniflash bo`yicha topshiriqlar bajarish. Tanlangan kasb-hunar turini egallashda inson salomatliga qo`yilgan talablar haqida referat tayyorlash.
Servis xizmati yo`nalishi
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi (14 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari. Xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarda ishtirok etish tartib qoidalari.
Amaliy mashg`ulot: To`qishning murakkab usullari. Bolalar panchosini to`qish. Bayram sovg`asi uchun suvenir tayyorlash. Bluzka tikish.
Amaliy mustaqil ishlar: Xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlashdagi ish usullarini egallash.
Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari. O`zbekiston xalq xo`jaligida yengil va oziq-ovqat sanoatining ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligi. Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha. Yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi. Mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish (gazlamalarning olinishi, ularni bichish-tikish, pardozlash, mahsulotlarga birlamchi va ikkilamchi ishlov berish, yarim fabrikatlar va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlari. Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi.
Amaliy mustaqil ishlar: yengil va oziq-ovqat sanoatlar miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash.
Kasb tanlashga yo`llash (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi. Kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablar. O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlari. O`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi.
Amaliy mustaqil ishlar: Kasblarni tasniflash bo`yicha topshiriqlar bajarish. Tanlangan kasb-hunar turini egallashda inson salomatliga qo`yilgan talablar haqida referat tayyorlash.
Qishloq xo`jaligi asoslari
Ishlab chiqarish asoslari (30 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari. O`zbekiston xalq xo`jaligida qishloq xo`jalik asoslari yo`nalishi bo`yicha sanoatda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligi. Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha. Yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi. Mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish (agrotexnika, mexanizatsiya, yarim avtomatlar va h.k) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standarti. Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi.
Amaliy mustaqil ishlar: qishloq xo`jalik asoslari yo`nalishi bo`yicha sanoatda miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xom ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash.
Kasb tanlashga yo`llash (4 soat)
Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat
turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi. Kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablar. O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlari. O`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi.
Amaliy mustaqil ishlar: Kasblarni tasniflash bo`yicha topshiriqlar bajarish. Tanlangan kasb-hunar turini egallashda inson salomatliga qo`yilgan talablar haqida referat tayyorlash.
9- sinf
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar. Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash. Kompozitsion yaxlitlik. Xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash.
Amaliy mashg`ulot: kichik hajmda belanchak, shaxmat doska va donalarini yasash.
Amaliy mustaqil ishlar: Xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash bo`yicha ish usullarini egallash. Loyihalash bosqichida mahsulot tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlash.
Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi. Yog`och va metallga ishlov berish texnologiyasi yo`nalishlarida ishlab chiqarish va uning mohiyati. Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish.
Amaliy mustaqil ishlar: Maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini o`rganish. Detallarni vintlar, mixparchinlar, payvandlash, yelimlash usuli bilan qo`zg`almas, yarim harakatchan va qo`zg`aluvchan biriktirish texnologiyasi asosida mahsulot namunasini tayyorlash.
Kasb tanlashga yo`llash (8 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: kasb tanlashga doir reja tuzish. Kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklar. Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish. Kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik. Kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish. Kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy mashqlar bajarish. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash hamda himoya qilish.
Servis xizmati yo`nalishi
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar. Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash. Kompozitsion yaxlitlik. Xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash.
Amaliy mashg`ulot: turli mavzuga oid panolar tayyorlash, kalta shim ( kapri), zamonaviy modelda ko`ylak tikish.
Amaliy mustaqil ishlar: Xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash bo`yicha ish usullarini egallash. Loyihalash bosqichida mahsulot tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlash.
Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)
Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor
munosabati bilan uzviyligi. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va pazandachilik asoslari yo`nalishlarida ishlab chiqarish va uning mohiyati. Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish.
Amaliy mustaqil ishlar: Maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini o`rganish.
Kasb tanlashga yo`llash (8 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: kasb tanlashga doir reja tuzish. Kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklar. Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish. Kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik. Kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish. Kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy ishlar. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash hamda himoya qilish.
Qishloq xo`jaligi asoslari
Ishlab chiqarish asoslari (26 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi. Qishloq xo`jalik asoslari yo`nalishida ishlab chiqarish texnologiyasi va uning mohiyati. Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi.
Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish.
Amaliy mustaqil ishlar: Maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini o`rganish.
Kasb tanlashga yo`llash (8 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: kasb tanlashga doir reja tuzish. Kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklar. Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish. Kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik. Kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish. Kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy ishlar bajarish. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash va himoya qilish.
TASVIRIY SAN'AT FANIDAN DAVLAT TA'LIM STANDARTI
O'quvchilar tasviriy san'at faniga oid quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari shart:

  • tasviriy san'atning kishilar hayotidagi ahamiyatini tasavvur qilish;

  • tasviriy, amaliy-bezak san'ati, me'morlik san'atida ishlatiladigan asosiy atama va tushunchalarni hamda ularning ma'nosini bilish;

  • miniatyura san'ati haqida umumiy ma'lumotga ega bo'lish;

  • tasviriy san'atning nazariy asoslarini bilish va ularga amaliy tasviriy faoliyatda rioya qila olish;

  • tasviriy san'at asarlarining ifodalilik vositalari (chiziq, siluet, rang, ritm, simmetriya, assimetriya, kompozitsiya)ni bilish va ularni amalda qo'llay olish;

  • tasviriy san'atning asosiy tur va janrlarini bilish;

  • o'zbek xalq amaliy bezak san'atining turlari va uning mashhur ustalari va ularning asarlarini bilish;

  • tasviriy san'atda ijod qiluvchi eng mashhur o'zbek va chet el rassomlarining hayoti va ijodini, ularning ayrim asarlarini bilish;

  • O'zbekiston va chet el mamlakatlarining eng mashhur me'morchilik obidalarini bilish;

  • 15-20 rang nomlarini bilish va ularni amaliy faoliyatda to'g'ri qo'llay olish;

  • tasviriy va amaliy san'at asarlarini badiiy idrok eta olish;

  • badiiy bezak ishlarini erkin bajara olish;

  • qush, hayvon, odamni asliga qarab rasmi va haykalini tasvirlay olish;

  • tasviriy faoliyatda turli material va uslublardan foydalana olish;

  • afsonaviy mavzularda rasm va haykallar ishlaganda ularni fantaziya asosida tasvirlay olish;

  • tasvirlar ishlaganda o'zbek san'atining milliy badiiy an'analarida maqsadga muvofiq foydalana olish;

  • tasviriy faoliyat jarayonida texnika xavfsizligi va gigiyena qoidalariga rioya qila olish.

I. Davlat ta'lim standartiga sharh
Tasviriy san'at ta'limining maqsad va vazifalari:
Tasviriy san'at o'quv fanining maqsadi o'quvchilarda ma'naviy madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan badiiy-estetik madaniyatni, tasviriy savodxonlikni shakllantirishdan iborat.
Tasviriy san'at o'quv fani o'quvchilarda badiiy va axloqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. U mazmunan tasviriy, dekorativ-amaliy, me'morlik kabi san'at turlarini o'z ichiga oladi:

  • borliqdagi va san'atdagi go'zalliklarni ko'ra bilish, idrok etish va qadrlashga o'rgatish;

  • badiiy - ijodiy qobiliyatni o'stirish;

  • tasviriy san'atning qonun-qoidalarining oddiy nazariy asoslarini o'rgatish;

  • tasviriy malaka (rasm ishlash, haykal yasash v.b.)larni rivojlantirish;

  • estetik va badiiy didni o'stirish;

  • o'quvchilarning badiiy fikr doirasini kengaytirish;

  • tasviriy, amaliy va me'morlik san'ati yuzasidan asosiy tushunchalar berish (san'atning turlari, janrlari, oqimlar, atama va iboralar v. b.).

  • san'atga qiziqishni o'stirish va unga nisbatan muhabbatni tarbiyalash;

  • tasviriy, amaliy san'at asarlarini badiiy idrok etishni va estetik zavqlanish hissini tarbiyalash;

  • badiiy kasb-hunarlar haqida tasavvurlarni shakllantirish.

II. O'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan zaruriy talablar
1 - sinf Borliqni idrok etish:

  • tabiat va uning go'zalligi, fasllarning o'ziga xosligi;

  • yil fasllari (kuz, qish, bahor va yoz) va ularning o'ziga xos holatlari ( yomg'ir, qor, shamol, tong, oqshom, shafaq)ning ko'rinishida rang tuslarining ahamiyati;

  • har bir faslda o'ziga xos go'zallikni anglash va idrok etish;

  • tasviriy san'at asarlarida shu kabi holatlarni taqqoslash va unga nisbatan estetik munosabat bildirish.

Naturaga qarab tasvirlash:

  • tasviriy san'at darslarida qo'llaniladigan o'quv qurollari (qalam, rangli qalamlar, moybo'yoqlar, haykaltaroshlik steklari)dan foydalanish, ular yordamida tasviriy vositalar, turli ko'rinishdagi chiziq (shtrix)lar, rang dog'lari va qoplamalar (barg, gul, daraxt, bulut va shu kabi tasvirlar)ni hosil qilish;

  • naturaning holati, buyumlarning tuzilishi va nisbatlari.

Kompozitsion faoliyat:
- berilgan mavzu asosida elementar kompozitsion tasvirlar hosil qilish, uni qog'oz sathida to'g'ri joylashtirish (kompanovka), odamlar, hayvonlarning ko'rinishlarini turli holatlarda tasvirlash;

  • mustaqil kompozitsiya tuzish va bu jarayonda ijodiy izlanish metodidan foydalanish. Xalq ertaklari, sevimli multfilmlar syujetlari bo'yicha illyustrativ rasm ishlash;

  • naqqoshlik namunalaridan elementar kompozitsiyalar hosil qilish. - unda ranglardan maqsadga muvofiq ravishda foydalana olish. Bo'yoqlarni o'zaro aralashtirish usuli bilan yangi rang tuslarini hosil qilish.

O'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak:

  • tasviriy san'at darslarida qo'llaniladigan ish jihozlari va o'quv qurollarining nomlari va ular bilan ishlashni;

  • tabiiy materiallar va ularning nomlarini;

  • tuzilishi jihatidan sodda bo'lgan o'yinchoqlarni rasmga, chizmaga ko'ra haykalini ishlash;

  • asosiy (qizil, sariq va zangori) va hosila (zarg'aldoq, ko'k, binafsha va yashil) ranglarni, shuningdek, oq, qora, kul rang kabi rang nomlarini;

  • ranglar haqida (issiq va sovuq) tasavvurga ega bo'lish;

  • qalam, qog'oz, bo'yoq va mo'yqalamdan to'g'ri foydalanish usullarini bilish;

  • tasvir mazmuniga ko'ra qog'oz o'lchami va holati (gorizontal, vertikal)ni to'g'ri belgilay olish;

  • rasm chizish va haykal yasash tartibini bilish;

  • tasviriy san'atning "natyurmort", "manzara", "portret" janrlarida ijod qilgan 5 ta rassomning ismi va familiyasi hamda ular yaratgan tasviriy san'at asarlarining nomlarini ayta olish.

Quyidagi ko'nikmalarni egallashlari zarur:

  • tasviriy san'at darslarida qo'llaniladigan ish jihozlari va o'quv qurollaridan foydalana olish;

  • tabiiy materiallardan foydalanish tartib qoidalariga amal qila olish;

  • tuzilishi jihatidan sodda bo'lgan o'yinchoqlarni rasmga, chizmaga ko'ra haykalini ishlash;

  • asosiy (qizil, sariq va zangori) va hosila (zarg'aldoq, ko'k, binafsha va yashil) ranglarni, shuningdek, oq, qora, kul rang kabi ranglar bilan ishlashni;

  • ranglar haqida (issiq va sovuq) tasavvurga ega bo'lish;

  • qalam, qog'oz, bo'yoq va mo'yqalamdan to'g'ri foydalanish;

  • tasvir mazmuniga ko'ra qog'oz o'lchami va holatini (gorizontal, vertikal) to'g'ri belgilay olish;

  • rasm chizish va haykal yasash tartibini.

Quyidagi malakalarga ega bo'lishlari lozim:

  • qalam va mo'yqalamda to'g'ri va egri chiziqlar chizish;

  • mo'yqalamning mo'yna qismini bosish orqali turli shakllar hosil qilish;

  • narsaning o'ziga qarab tasvirlashda ular shaklidagi xarakterli xususiyat va o'lchovlarni to'g'ri olish (keng, tor);

  • mavzu asosida rasm ishlashda narsaning kuzatuvchiga nisbatan turlicha uzoqlikda joylashganligini hisobga olib, olisdagi narsalarni kichikroq o'lchamda qog'ozning teparoq qismiga, yaqinda joylashgan narsalarni esa qog'ozning pastrog'iga kattaroq o'lchamda chizish orqali bo'shliqni ifodalash;

  • ishlanayotgan rasmning mazmuniga ko'ra qog'oz holatini (gorizontal, vertikal) to'g'ri tanlash;

  • tasviriy faoliyat jarayonida gigiyena qoidalariga amal qilish.

2 - sinf Borliqni idrok etish:

  • tabiatda uchraydigan tabiiy hodisalar, fasllar va uning o'ziga xos holatlari, ko'rinishlari borasida 1-sinfda egallangan tasavvur, estetik tushunchalarni takomillashtirish;

  • borliqni kompleks idrok etish (tabiat, uning elementlari: daraxt, tog', adir, suv, maysa, uylar, odamlar, hayvonot dunyosi va boshqalar); - tabiat va unda mavjud bo'lgan barcha voqea-hodisalarning o'zaro bog'liqligi, ulardagi go'zallik, buyum va narsalarning o'zaro aloqasi, shakllari, nisbatlari va boshqalar.

Naturaga qarab tasvirlash:

  • turli ko'rinishlar va holatlardagi chiziqlar (shtrixlar)ni chizish; ulardan naturaning holati, shakli, konstruktiv tuzilishi va boshqa xarakterli xususiyatlarni tasvirlashda yordamchi chiziqlardan foydalanish malakalarini shakllantirish;

  • loy va plastilindan turli jonivorlar (shu jumladan o'yinchoq hayvonlar)ning rasmi va hajmdor ko'rinishdagi namunasidan haykalchalar yasash;

- ularning harakatdagi holatlarini, xarakterli ko'rinishlarini, tana qismlarining nisbatlarini to'g'ri tasvirlay olish.
Kompozitsion faoliyat:

  • tabiatni idrok etish jarayonida shakllangan taassurotlar asosida mustaqil manzara ko'rinishini ishlash;

  • unda tabiatdagi holat va kayfiyatlarni rang vositasida ifodalash;

  • mavzu bo'yicha (o'qituvchi tomonidan taklif etilgan yoki mustaqil tanlangan) mustaqil kompozitsiya ishlash;

  • kompozitsion faoliyatni tasviriy san'at turlari va janrlarida qo'llash.

  • turli shaklda (yo'lsimon, kvadrat) naqsh kompozitsiyalarini tuzish, uning xususiyatiga monand rang tuslarini ishlatish;

  • sovuq va issiq ranglarning o'ziga xosliklaridan kompozitsiya mazmuni mohiyati tarzida foydalanish; loy va plastilindan mustaqil ravishda dekorativ haykaltaroshlik (mayda

plastika) kompozitsiyalarini ishlash.
O'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak:

  • tasviriy san'atning "natyurmort", "manzara", "portret", "maishiy", "tarixiy" janrlarida ijod qilgan yana 6-7 rassomning ismi-sharifi hamda ular yaratgan asarlarning nomlarini bilish;

  • tanlangan mavzuning mazmuniga ko'ra, qog'oz o'lchami va holatini to'g'ri tanlashni (uzunchoq, to'g'ri to'rtburchak, yotiq yoki tik qo'yish);

  • narsa va uning bezagi o'rtasidagi bog'liqlikni tushungan holda tasvirlashni;

  • rasmlardagi obrazlarni va turli kayfiyatlarni (quvonchli, qayg'uli ) ifodalashda ranglardan to'g'ri foydalanishni;

  • birinchi sinfda o'rganilganlardan tashqari yana 4-5 ta rang nomlarini bilishlari va ularning tuslarini farqlay olishni;

  • daraxtlarning tuzilishini (tanasi, shox-shabbalari, bargi, guli, mevalari);

  • geometrik shakllar (doira, to'rtburchak, uchburchak va boshqalar)ning nomlari va shaklining o'ziga xosligini;

  • geometrik shakllar (kvadrat, doira, uchburchak va h.k.) shaklida naqsh hosil qilish tartibini;

  • loy va plastilin bilan ishlash tartibini;

- milliy bayramlar ("Navro'z" v.b.) uchun bezak ishlash xususiyatlarini;

  • o'zbek xalq amaliy san'atida qo'llaniladigan iboralar nomini ( uchburchak, lolagul, shobarg, marg'ula va boshqalar) bilishlari kerak.

Quyidagi ko'nikmalarni egallashlari zarur:

  • tasviriy faoliyatda berilgan mavzuga mos badiiy material (qog'oz, plastilin, mato va bosh.) va tasvirlash texnikasi (akvarel, rangli qalam va h. k.) ni qo'llay olish;

  • birinchi sinfda egallagan bilim, malakalarini mustaqil tarzda takomillashtirishga odatlanish;

  • tabiatni kuzatish jarayonida undagi turli holatlarni anglash, taassurotlardan tasviriy faoliyatda foydalana olish;

  • hayotdagi turli shakllar (aylana, uchburchak, to'rtburchak va h.

k.)ni ko'ra bilish hamda ularning ijtimoiy mohiyatiga ko'ra foydalana olish;

  • maishiy turmushda qo'llaniladigan amaliy buyum san'ati hamda badiiy hunarmandlik namunalarini ko'ra bilish, ulardan andoza ola bilish hamda o'z tasviriy faoliyatiga tatbiq eta olish.

Quyidagi malakalarga ega bo'lishlari lozim:

  • san'atdagi va atrof muhitdagi narsa va hodisalarning shakli va ranglarini ishlagan rasmlarida ifodalay olishni;

  • mo'yqalamni qog'ozga tegizish orqali turli shakllar (barglar, gullar, nuqtalar, to'g'ri va egri chiziqlar chizish va boshqalar)ni hosil qilishni; - qog'oz yuzasidagi shaklni bir tekisda bo'yashni;

  • bo'yoqlarni palitrada (suv bo'yoqlar bilan och yoki to'q bo'yoqlar qo'shish orqali aralashtirib, u yoki bu ranglarning och, to'q tuslarini) hosil qilishni;

  • tabiiy shakllar (anor, lola, paxta, barg v.b.)ni tasvirlash, ulardan dekorativ rasm ishlash jarayonida foydalana olish.

3 - sinf Borliqni idrok etish:

  • tabiatdagi go'zallikni estetik idrok etishni shakllantirish;

  • tabiat va undagi borliqni mazmun jihatidan (qishloq manzarasi, tog' manzarasi, daryo, shahar manzarasi va bosh.) estetik idrok etish;

  • tabiat va uning ob'ektlari o'rtasidagi aloqadorlik, undagi go'zallikni his qilish, estetik idrok etish va undan atrofdagilarni ham bahramand etish;

  • inson va tabiat munosabatlari, uning estetik va ekologik jihatlari.

Naturaga qarab tasvirlash:

  • naturaning xarakterli jihatlari (shakli, rangi, o'lchami, nisbatlari, fazoviy holati)ni tasviriy san'at qonunlari (yorug'-soya, rang) asosida tasvirlash;

  • turli geometrik shakllar, tabiat namunalari (barg, shox, gul, meva), hayvonot va hashorat dunyosi (kapalak, qush), uy-ro'zg'or buyumlari, sport, san'at atributlari, o'quv qurollaridan tashkil topgan 1-2 buyumli natyurmortni bosqichlar bilan ishlash, bu jarayonda rang va uning tuslaridan to'g'ri foydalanish;

  • loy yoki plastilindan reproduksiya yoki haykal namunasiga qarab odam, hayvon va parrandalarning haykalini yasash.

Kompozitsion faoliyat:

  • mavzu asosida mustaqil kompozitsiya ishlashda asosiy va yordamchi vositalarni o'rinli qo'llash. Kompozitsiya mavzusini ochib beruvchi asosiy ob'ektlardan oqilona foydalanish (bo'rttirish, badiiylashtirish, stilizatsiyalash va h.k.);

  • individual va jamoa bo'lib kompozitsiya ishlash. Bo'laklar, elementlarni bir butunga bo'ysundirish;

  • xalq amaliy san'ati namunalari asosida turli shaklda (yo'lsimon, kvadrat, aylana) naqsh kompozitsiyalarini tuzish va uning mazmuniga mos rang, rang tuslaridan foydalanish;

  • adabiy asarlarning mazmuni asosida illustrativ rasm ishlash;

  • uning kompozitsiyasini topish ijodiy jarayonning (qoralama, eskiz ishlash) mohiyatini anglash va undan tasviriy ijodiy faoliyatda foydalanish;

  • bayram va turli sanalarga oid dekorativ kompozitsiya ishlash;

  • rangli qog'ozlarni buklash va qirqish orqali turli shakl va naqsh elementlarini hosil qilish, ularni har xil rang va shaklda ustma-ust, yonma-yon yopishtirib naqsh kompozitsiyasini hosil qilish; - haykaltaroshlik materiallaridan mavzuiy kompozitsiya ishlash.

O'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak:

  • 2, 3 - sinflarda o'tilganlardan tashqari yana 4-5 rang nomlarini;

  • kishilar hayotida tasviriy san'atning tutgan o'rni, uning asosiy tur va janrlarini;

  • rasm ishlash jarayonlarining o'ziga xos go'zalliklarini;

  • O'zbekistonning taniqli rassomlari va haykaltaroshlarning ismifamilyasini, ularning asarlari nomlarini;

  • bu asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalardagi go'zalliklarni ko'ra bilish va asar mazmunini so'zlab berishni;

  • tasviriy san'at iboralarini (iliq, sovuq, axromatik va xromatik rang nomlarini);

  • dekorativ haykaltaroshlikda qo'llaniladigan dekorativ elementlarning nomini;

  • tabiiy materiallarning nomlari va ularni mashg'ulotga tayyorlashni.

Quyidagi ko'nikmalarni egallashlari zarur:

  • o'z ish joyini mashg'ulotga tayyorlash;

  • qalam va mo'yqalamni to'g'ri ushlay olish;

  • to'g'ri va qiya ko'rinishdagi chiziqlarni qiynalmasdan o'tkaza olish;

- borliqni idrok etishdan olgan taassurotlarini ishlagan rasmlarida aks ettira olish;

  • rasm chizib bo'lingach, qog'oz sirtini suv bilan yuvib bo'yash jarayoniga tayyorlash;

  • suv bo'yoq (akvarel) bilan ishlash tartibini (suv bo'yoq bilan ishlashdan oldin unga suv tomizib chiqish, mo'yqalamni bo'yoqqa teztez botirib turishni);

  • ranglarning murakkab tuslarini hosil qila olish (masalan: ko'kish, yashil, qizg'ish, jigarrang, qoramtir va h.k.);

  • mo'yqalamni ish tugagandan so'ng tozalab yuvib qo'yish; - o'z ish joyini yig'ishtirib qo'yish.

Quyidagi malakalarga ega bo'lishlari lozim:

  • haykaltaroshlikdan 2-3 ta figurali yaxlit kompozitsiya tuza olishni;

  • loydan yoki plastilindan haykallar ishlashda alohida-alohida, "yaxlit" va "aralash" ishlov berish usullaridan foydalana olishni;

  • ranglarning murakkab tuslarini hosil qilish (ko'kish, yashil, qizg'ish, jigarrang, qoramtir va h.k.);

  • rasmda narsalarni kompozitsiya qonuniyatlariga bog'liq ravishda joylashtirishni;

  • dekorativ ishda assimetrik tasvirlarni ifodalashda muvozanatni saqlay olishni;

  • o'simliksimon naqsh elementlaridan mustaqil naqsh kompozitsiyasini tuza olishni;

  • tabriknoma kompozitsiyalarini ishlay olishni.

4 - sinf Borliqni va san'atni idrok etish:

  • borliqni kuzatib, undagi nafislik va go'zallikni ko'ra bilish, idrok etish;

  • olgan taassurotlardan badiiy-ijodiy faoliyatlarda foydalana bilish;

  • kuzatuvlar orqali ayrim ob'ekt va hodisalarni qalam va bo'yoqlar bilan bajarish;

  • tabiatning turli fasllaridagi ko'rinishlar, o'zgarishlar, undagi kayfiyatlar haqida tasavvurga ega bo'lish hamda ularni tasvirlay olish;

  • tabiatdagi jonzot va narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari, o'lchov nisbatlarini ma'lum miqdorda tahlil qilish va umumlashtirish ko'nikmasiga ega bo'lish.

San'atshunoslik asoslari:

  • tasviriy san'at, dekorativ-amaliy san'at, me'morlik san'atlarisan'atning alohida turlari ekanligi;

  • tasviriy san'at-san'atning bir turi ekanligi;

  • tasviriy san'atni kishilar hayoti va faoliyatidagi ahamiyati;

  • uni kishilar turmushi bilan bog'liqligi;

  • O'zbekiston xududidan topilgan eng qadimgi tasviriy san'at asarlari; ( Afrosiyob, Varaxsha, Tuproqqal'a v.b. )

  • tasviriy san'atning turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) va janrlari (portret, manzara, natyurmort, turmush, tarixiy, animal, afsonaviy);

  • rangtasvir turlari-dastgohli rangtasvir, monumental rangtasvir, miniatyura, freska, mazoika;

  • haykaltaroshlik turlaridan dastgohli haykalatroshlik (relef, barelef, gorelef) dekorativ haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik);

  • grafika turlari (dastgohli grafika, kitob grafikasi, gazeta-jurnal grafikasi, shtamp, plakat, etiketka v.b.);

  • O'zbekistonning eng mashhur rassomlari va ularning asarlari. Markaziy Osiyoning hozirgi mashhur rassomlari va ularning asosiy asarlari;

  • Sharq miniatyurasi va uning maktablari;

  • O'rta Osiyo miniatyurasi. Yevropada Uyg'onish davri tasviriy san'ati; - Jahonning mashhur rassomlarining asarlaridan 3-4 tasini nomini;

  • rassomlardan Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, O'rol Tansiqboev, Chingiz Ahmarovlarning hayoti va ijodi;

  • jahon tasviriy san'atidagi asosiy oqimlar (realizm, romantizm, imprisionizm, abstraksionizm, formalizm v.b.);

  • dunyoning eng yirik muzeylari, O'zbekistondagi eng yirik san'at muzeyi;

  • tasviriy san'atda ishlatiladigan asosiy atama va iboralarning 5-8 tasi nomini;

  • rassom va haykaltaroshlarning ish qurollari;

  • tasviriy san'at asarlarining ifodalilik vositalari (chiziq, rang, ritm, simmetriya, assimetriya, hajm, kompozitsiya);

  • dekorativ-amaliy san'at-san'atning bir turi ekanligi;

  • dekorativ-amaliy san'atning kishilar hayoti va turmushidagi ahamiyati;

  • o'zbek xalq amaliy san'ati va uning asosiy turlari. Naqqoshlik, ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi, misgarlik, sopoldo'zlik, kashtachilik, zardo'zlik v.b;

  • amaliy san'at ustalarining ish qurollari;

  • o'zbek xalq amaliy san'ati rivoj topgan markazlar;

  • amaliy san'atning ifodalilik vositalari (ritm, simmetriya, asimmetriya, rang, kompozitsiya);

  • amaliy san'at buyumlaridagi badiiy bezaklarni ularning vazifasi va shakliga bog'liqligi;

  • tabiiy shakllarni stilizatsiyalash;

  • Toshkentdagi o'zbek xalq amaliy san'ati muzeyi;

  • miniatyura-dekorativ san'atning bir turi ekanligi;

  • me'morlik-san'atning bir turi ekanligi va uni kishilar hayoti bilan bog'liqligi;

  • O'zbekiston hududida yer ostidan topilgan eng qadimgi me'morlik binolari (Afrosiyob, Varaxsha, Dalvarzintepa, Bolalik tepa v.b.);

  • O'zbekistonning hozirgi zamon me'morligi;

  • XVIII-XIX asrlarda Sharq va G'arbning mumtoz me'morligi;

  • Jahonning hozirgi zamon ilg'or me'morligining o'ziga xos xususiyatlari.

Naturaga qarab tasvirlash
Naturaga qarab tasvirlash ikki qismdan tashkil topadi:
1 . Naturaga qarab rasm ishlash. 2. Naturaga qarab haykal ishlash.
1 . Naturaga qarab rasm ishlash :

  • hayotdagi estetik qiymatga ega bo'lgan narsalar, shuningdek qush, hayvon, odam tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlarini asliga yaqinlashtirgan holda elementar tarzda rasmini ishlash;

  • ayrim narsa va predmetlarni alohida yoki natyurmort tarzida rasmini ishlash;

  • rasmning qog'oz formati va o'lchovini to'g'ri olish;

  • naturaning fazoviy holatini, undagi perspektiv qisqarishlarni tasvirlay olish;

  • naturaning estetik jihatlarini ko'ra bilish, rasmda ifodalay olish.

2. Naturaga qarab haykal ishlash:

  • hayotda mavjud qiziqarli, jihatlari bilan kishi e'tiborini o'ziga tortadigan hashoratlar, qushlar, mayda o'lchovdagi hayvonlar, ularni xarakterli holatda yumaloq va relefli haykalini loy yoki plastilin bilan ishlash;

  • ularning tuzilishi, shakli, hajmi, o'lchovlarini asliga yaqinlashtirgan holda harakatsiz yoki harakatli tasvirlash.

3 . Kompozitsion faoliyatning mazmuni, uning asosiy qoidalari 1 . Rangtasvir kompozitsiya. 2. Dekorativ kompozitsiya.
3 . Haykaltaroshlik kompozitsiya.
Kompozitsiyaning uch turi bo'yicha ijodiy ishlarni bajarish:

  • kompozitsiya haqida umumiy tushunchalar;

  • kompozitsiyaning elementar qoidalari va unga bo'lgan asosiy talablar.

Rangtasvir kompozitsiya:

  • tevarak-atrofdan; shuningdek tarixiy voqea va hodisalardan, ko'rinishlar, mehnat jarayonlarini kuzatish asosida olingan syujetlarni ijodiy tarzda tasavvurdan tasvirlash;

  • afsonaviy mavzularda, shuningdek boshqa sayyoralar, suv ostidagi hayot ko'rinishlarning fantaziya asosida rasmini ishlash.

Dekorativ kompozitsiya:

  • dekorativ kompozitsiyaning o'ziga xos xususiyatlari;

  • yo'lsimon, kvadrat, to'rtburchak, doira shaklida naqshlar ishlash; - gazlama yoki gulqog'oz uchun bezak eskizini ishlash;

  • kvadrat yoki to'rtburchak shaklidagi quticha tomonlari uchun naqsh eskizini ishlash;

  • tabiiy materiallardan kompozitsiya ishlash yo'llari va usullari;

  • tabiiy shakllarni stilizatsiyalash;

  • milliy o'zbek liboslari eskizini ishlash;

  • adabiy asarlarning mazmuni asosida kitoblarni ichki va tashqi bezak eskizini ishlash;

  • dazmol, choynak uchun taglik, shuningdek, naqshli yoki ganchli namoyon, panjara uchun eskizlar ishlash.

Haykaltaroshlik kompozitsiyasi:

  • haykallarni yasashda turli elementlardan tashkil topgan kompozitsiyalarni ijodiy tarzda tuzish;

  • loy yoki plastilindan qiziqarli shaklda afsonaviy haykalchalar va o'yinchoqlar yasash.

4- sinf
O'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak:

  • ish qurollari va jihozlarini, ular bilan ishlay olishni;

  • yil fasllarini kuzatish hamda undagi go'zalliklar haqida tushunchaga ega bo'lish;

  • oddiy shakl va tuzilishdagi narsalarni to'g'ri tasvirlay olishni; - bo'yoqlarni aralashtirib yangisini olishni;

  • berilgan qog'oz yuzasini bir me'yorda bo'yay olishni;

  • asosiy va qo'shimcha ranglarni, iliq va sovuq, axromatik va xromatik ranglarni farqlay olishni;

  • sodda mazmunda rasm chizish, haykal (yumaloq va relefli) yasash, bajara olishni.

Quyidagi ko'nikmalarni egallashlari zarur:

  • narsalarni shakliga ko'ra to'g'ri tasvirlash;

  • ranglarni tasvir ob'yekti (buyum)ga nisbatan to'g'ri qo'llash;

  • mustaqil tarzda o'quv dasturidagi mavzular bo'yicha rangtasvir janrlarida ijodiy faoliyat yuritish;

  • tasviriy faoliyatni texnika havfsizligi, tartiblilik va ozodalik qoidalariga amal qilgan holda tashkil etish;

  • turli shaklda ijodiy oddiy naqshlar chiza olishni;

  • manzara va turmush janridagi asarlarning mazmunini o'qiy olishni.

Quyidagi malakalarga ega bo'lishlari lozim:

  • tasviriy va amaliy san'atda ishlatiladigan 5-8 ta atama va tushunchalarni;

  • manzara va turmush janrlarida rasm ishlaganda unga mazmunini to'g'ri tanlay olishni;

  • tasviriy san'at turlarini farqlashni;

  • 15-20 ta atrofida rang nomlarini;

  • turli tasviriy ishlarni bajarganda texnika xavfsizligi va gigiyena qoidalariga rioya qilishni.

  1. - sinf San'atshunoslik asoslari:

  • tasviriy san'at turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik);

  • tasviriy san'at janrlari (portret, manzara, natyurmort, batal, animal, maishiy);

  • san'at turlari va janrlari tarixi, zamonaviy holati, rassomlarning hayoti, ijodi, asarlari;

  • rangtasvirda ranglar, ularning xususiyatlari va texnologiyalari.

    Tasviriy faoliyat (naturaga qarab tasvirlash):


    • naturadan rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik turlarida ishlash; - tasviriy san'at turlarining tasviriy vositalarida janrli (manzara, portret) syujetlar yaratish;

    • tabiatning obrazli tasvirlari (turli holatlari)ni, turli badiiy materiallar va texnikada tasvirlash (qalamda, flomaster, akvarel, guash, tush);

    • manzarada chiziqli va havo perspektivasi;

    • manzara ob'yektiga monand tarzda tasvir sathini tanlash va unda elementlarni (daraxt, adir, tog', ufq, jilg'a va h.k.) gorizontal, vertikal, diagonal bo'yicha, shuningdek, planlilik (birinchi plan, o'rta plan, orqa plan)da joylashtirish;

    • naturadan 2-3 predmetdan iborat mavzuiy natyurmort (mevalar, uy-ro'zg'or buyumlari, sport yoki san'at atributlari va bosh.)ni tasvirlash;

    • naturadan odam, hayvon, qushlarni turg'un va harakatdagi holatlarini hajmdor (yumaloq), rel'ef, barel'ef shakllarini (haykallarini) ishlash (loyda, plastilinda).

    Kompozitsion faoliyat:

    • mustaqil tarzda mavzuiy portret-kompozitsiya ishlash (Onam portreti, do'stim portreti, ustozim portreti, men sevgan qahramon portreti va h.k.);

    • turli mazmunlarda mavzuiy kompozitsiya variantlarini mustaqil tanlash, unda kompozitsiyaning yordamchi vositalari (qoralama, eskiz)dan foydalanish;

    • kompozitsiya qonuniyatlari (o'lcham, ranglar, ularning nisbati va uyg'unligi; kompozitsiya markazi, kompozitsiyada muvozanat, harakat, simmetriya, assimetriya, ritm), vositalari (chiziq, yorug'-soya, rang surtmalari va dog'lari, hajm, faktura v h.k.);

    • kompozitsion faoliyatda grafik usul, vosita va materiallardan foydalanish;

    • haykaltaroshlikdan berilgan mavzu asosida mustaqil kompozitsiya ishlash. Unda haykaltaroshlikning turli materiallari, shakllaridan foydalanish;

    • real haykaltaroshlik va mayda plastika (dekorativ haykaltaroshlik ) namunalarini yaratishda tarixiy badiiy an'analardan foydalanish (Hamro Rahimova, A.Muxtorov, U.Jo'raqulov va boshqa xalq ustalari ijodiy namunalari misolida).

    O'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak:
    - tasviriy san'atning turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) va asosiy janrlari (portret, natyurmort, manzara)ning xususiyatlarini bilish;

    • tasviriy san'atning tur va janrlarida qo'llaniladigan badiiy materiallar, tasviriy vosita va usul, texnikasini bilish;

    • tasviriy san'at tarixi va nazariyasini mazkur standartida nazarda tutilgan xususiyatlarini, portret, manzara, natyurmort janrlarida ijod qilgan rassomlarning hayoti va ijodini bilish;

    • tasviriy san'atning portret, natyurmort va manzara janrlarida kartina yaratish qonuniyatlarining asosiy elementlarini bilish;

    • tasviriy san'atning turlarida janrlarning umumiy va farqlanuvchi jihatlarini bilish (masalan, portret janrining rangtasvir, grafika va haykaltaroshlikdagi umumiyligi);

    • tasviriy san'at turlarining bir-biri bilan bog'liqligini (masalan : qalamtasvir tasviriy san'atining barcha turlarning asosi ekanligi) bilish va o'z faoliyatlarida unga amal qilish;

    • O'zbekison va jahon tasviriy san'ati, ularning namoyondalaridan boshlang'ich maktabda o'rgatganlariga qo'shimcha 5-6 nafarini va ularning asarlarini bilish;

    • rassomlarning ijodiy usullarini farqlay bilish;

    • berilgan topshiriqning mazmuniga muvofiq material, texnika va ifoda vositalarini bilish;

    • tasviriy san'atga oid atamalarni tushunish va ulardan o'z nutqlarida to'g'ri foydalana bilish;

    • tasviriy san'atning ifoda vositalarini ijodiy jarayonda qo'llanilishi, tasviriy san'atning tur va janrlariga muvofiq tarzda ularni tanlash xususiyatlarini bilish.

    Quyidagi ko'nikmalarni egallashlari zarur:

    • turli buyum va predmetlarning konstruktiv tuzilishlarini, odam gavdasining harakatdagi holati, tanasining turli bo'laklari nisbatlarini ( qalamtasvirda, haykaltaroshlikda) to'g'ri tasvirlay bilish;

    • berilgan topshiriqqa mos tarzda kompozitsiyaning rangshunoslik yechimini to'g'ri hal eta olish (masalan: manzarada turli holat hamda kayfiyatlarni tasvirlashda rang va uning tuslaridan, shuningdek, kontrast, issiq-sovuq ranglardan maqsadli foydalana olish);

    • kompozitsion faoliyatda chiziq, chizgi (shtrix), rang surtmasi, dog', yorug'-soya kabi grafik tasvir vositalarini, hajm, fazo va perspektivani tasvirlashda, rang va uning tuslari va koloritini tasvir mazmuniga mos tarzda tasvirlashda, havo perspektivasini ifodalashda qo'llay olish;

    • grafika va rangtasvirda manzara ishlay olish;

    • plastilin va loydan relefsimon (qabariq) tasvir ishlay olish;

    • yaxlit kompozitsiya, obraz yaratishda ranglarning mutanosibligini saqlay olish;

    • tasviriy san'at turlari (grafika, rangtasvir) va janrlarida (manzara, portret, natyurmort) rasm ishlay olish.

    Quyidagi malakalarga ega bo'lishlari lozim:

    • turli buyum va predmetlarning konstruktiv tuzilishlarini, odam gavdasining harakatdagi holati, tanasining turli bo'laklari nisbatlarini ( qalamtasvirda, haykaltaroshlikda) to'g'ri tasvirlay bilish;

    • berilgan topshiriqqa mos tarzda kompozitsiyaning rangshunoslik yechimini to'g'ri hal eta olish, misol uchun, manzarada turli holat hamda kayfiyatlarni tasvirlashda rang va uning tuslaridan foydalana olish;

    • kompozitsion faoliyatda chiziq, chizgi, dog' yorug'-soya kabi grafik tasvir vositalarini, hajm, fazo va prespektivani tasvirlashda, rang, uning tuslari va koloritini tasvir mazmuniga mos tarzda, havo perspektivasini ifodalashda qo'llay olish;

    • yaxlit kompozitsiya, obraz yaratishda ranglarning mutanosibligini saqlay olish;

    • tasviriy san'at turlari (grafika, rangtasvir) va janrlarida (manzara, portret, natyurmort) rasm ishlay olish;

    • tasviriy san'atning tur va janrlariga muvofiq tarzda tasviriy vosita va usullardan amaliy faoliyatda maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilish;

    • kompozitsiya yaratishda yordamchi vositalar (qoralama, eskiz)dan mustaqil tarzda foydalana olish;

    • tasviriy faoliyat (rangtasvir)da issiq va sovuq ranglar gammasidan foydalana bilish;

    • mustaqil tasviriy faoliyatda kompozitsiya qonuniyatlariga amal qilish;

    • adabiy asar syujeti asosida portret-illyustrasiya ishlay bilish, unda mazmun va tasvir mutanosibligini ifodalay olish.

    1. - sinf San'atshunoslik asoslari:

  • o'rta asrlar san'ati. San'atdagi usul va yo'nalishlar (me'morlikda roman, gotika usullari);

  • Sharq me'morligidagi shakl va usullar (peshtoq, gumbaz, minora);

  • Sharq miniatyura san'ati: O'rta Osiyo, Hindiston, Eron, Arabiston,

    Turkiya miniatyura maktablari;


    • Sharq miniatyura san'atida umumiylik va o'ziga xoslik;

    • miniatyurada sintetik jarayonlar (syujetli kompozitsiyalar, naqqoshlik, xattotlik va boshq.);

    • miniatyura markazlari (Buxoro, Hirot, Tabriz va bosh.);

    • Sharq miniatyura san'atida umumiylik va o'ziga xoslik;

    - Sharq miniatyura san'atining yirik namoyondalari (Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Murod Muhammad Samarqandiy);

    • O'zbekiston zamonaviy miniatyura san'ati. O'zbek miniatyurachi rassomlari (Sh.Muhammadjonov, N.Xolmatov, H.Nazirov, A.Tursunov, Sh.Shoyoqubov va bosh.);

    • miniatyura san'ati namunalari (Dehlaviy, Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy, Bobur, Sharofutdin ali Yazdiy asarlari misolida), ular saqlanadigan yirik muzeylar (Nyu-York-Metropoliten muzeyi, ParijFransiya milliy kutubxonasi, London-Britaniya muzeyi, SanktPeterburg-Ermitaj, Hindiston, Turkiya muzey va kutubxonalari, Toshkent Sharqshunoslik kutubxonasi va h.z.);

    • dastgoh rangtasviri, uning turlari, ijodkorlari, rassomning kartina yaratish jarayoni;

    • tasviriy san'atda buyuk siymolar tasviri (M.Nabiev - Amir Temur, Beruniy, Bobur, Ibn Sino portretlari; I.Jabborov - Amir Temur haykali, Toshkent, Samarqand, A.Ikromovning Mirzo Ulug'bek; T.Quryozov - Jaloliddin Manguberdi; J.Umarbekov - Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro yoshligi; O.Qozoqov - Kamoliddin Behzod);

    • Uyg'onish davri Yevropa tasviriy san'ati (Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelandjelo, A.Dyurer va bosh.);

    • XIX asr oxiri XX asr boshlari rus tasviriy san'ati (A.Bryullov, Tropinin, I.Shishkin, I.Levitan, A.Vasilev, V.Kuinji, B.Savrasov, I.Repin, V.Serov, A.Surikov va bosh.);

    • O'zbekiston tasviriy san'ati (O'.Tansiqboev, N.Karaxon,

    R.Timurov, N.Qo'ziboev, R.Ahmedov, M.Nabiev, Ch.Ahmarov, J.Umarbekov, B.Jalolov, A.Ikromjonov va boshq.);

    • haykaltaroshlik turlari (dastgoh, mahobatli va dekorativ haykaltaroshlik).

    Tasviriy faoliyat (naturaga qarab tasvirlash):

    • natyurmort o'quv modeli (natura) sifatida, uning kompozitsiyasi, tasviriy vositalari;

    • buyumlarni (naturani) tasvirlashga ijodiy yondoshish, unga badiiy talqin berish, shaxsiy munosabatlarni badiiy obrazlar vositasida aks ettirish;

    • naturani tasvirlashda tasviriy faoliyatning bosqichlari (qoralama ishlash, uning konstruktiv va fazoviy holatini aniqlash, kompanovka, rang yechimi, uning to'yinganlik darajasi, tuslari, yorug'-soya imkoniyatlarining hajmini sezdirishdagi ahamiyati, rangda (qalamda) naturani umumlashtirish;

    • turli mavzulardagi naturalarni (portret, natyurmort, manzara ) har xil tasviriy vositalar (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik)da ishlash.

    Kompozitsion faoliyat:

    • o'rta murakkablikda hajmdor haykal ishlash (odam gavdasi, uning tuzilishi, qismlari nisbatlari, ishlash xususiyatlari; odam gavdasining harakatdagi va harakatsiz, mehnat, sport mavzulari) holatlarida muvozanat, tayanch nuqtasi;

    • haykaltaroshlik kompozitsiyasida harakatdagi va harakatsiz gavda ( odam, hayvon, parranda)ni tasvirlashda karkaslardan foydalanish;

    • mazmunli, muayyan holat (yomg'ir, qor, quyosh, shamol, tong, oqshom)dagi tabiat manzarasini xotiradan yoki tasavvurdan ishlash;

    • tarixiy mavzularda, folklor asarlari, xalq dostonlari asosida batal yoki portret janrlarida ishlash (Shohnoma, Alpomish, Go'ro'g'li,

    Rustamxon, Kuntug'mish va boshqa manbalar);

    • muayyan mavzu bo'yicha mustaqil syujetli kompozitsiya yaratish; - kompozitsiya yechimini "Ijodiy izlanish" metodi asosida topish ( qoralama, eskizlar ishlash, ularni tahlil etish va umumlashtirish ).

    O'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak:

    • atrof-muhitdagi (inter'yerdagi, manzaradagi va h.k.) go'zallikni ko'ra olish, uni baholash va sharhlay olish;

    • rassomlarning, amaliy san'at ustalari va me'morlarning ijodiy faoliyatlari, san'at asarlarining ijtimoiy mohiyatini to'g'ri anglay bilish;

    • turli janrlardagi san'at asarlarining yaratilish texnikasini ajrata olish va ularni tahlil eta bilish;

    • rassomlar, ularning asarlarini og'zaki yoki yozma nutqda sharhlay bilish;

    • o'rta asrlar san'ati, uning uslub va yo'nalishlarini bilish;

    • Sharq san'ati, Sharq miniatyura san'atining tarihi, ularning tasviriyifodaviy usullarining o'ziga xos xususiyatlarini bilish;

    • miniatyuradagi rassomlar, ularning asarlarini bilish;

    • miniatyura san'ati bilan realistik tasviriy san'atning umumiylik hamda farqli jihatlarini bilish;

    • san'atdagi usul va yo'nalishlar, uning Sharq san'atidagi talqinini to'g'ri baholay bilish;

    • dastgoh asarlari, syujetli kartinalarning yaratilish jarayoni, haykaltaroshlik turlari (dastgoh, monumental, hiyobon uchun ishlanadigan haykal) haqida tasavvurga ega bo'lish;

    • odam gavdasiing anatomik nisbatlari haqida nazariy ma'lumotlarga ega bo'lish;

    • odam gavdasining harakatdagi holat qonuniyatlari (tayanch nuqtasi, harakat dinamikasi)ni bilish;

    • syujetli kartinalarning mazmuni va shaklini badiiy idrok etish;

    • jahon va O'zbekistonning mohir rassomlari, haykaltaroshlari, ularning hayoti, ijodi, asarlarini bilish.

    Quyidagi ko'nikmalarni egallashlari zarur:

    • atrof muhitdagi go'zallik haqidagi bilimlarini o'z faoliyatiga tatbiq eta olish;

    • tasviriy amaliy san'at va me'morlik san'atining ijtimoiy xususiyatlaridan amaliy jihatdan foydalana bilish;

    • o'z tasviriy-ijodiy o'quv faoliyatida tasviriy san'at ashyolari, badiiy materiallar va tasvirlash texnikasini amaliy jihatdan qo'llay olish;

    • tasviriy san'atdan o'quv faoliyatida milliy va sharq san'ati an'analarini sintetik tarzda qo'llay bilish;

    • tasviriy faoliyatda namunalardan (rassom, haykaltarosh asari)dan o'z faoliyatida to'g'ri foydalana olish;

    • miniatyura san'ati usulida rasm (illyustratsiya) ishlay olish;

    • tasviriy faoliyat uchun qo'shimcha materiallarning amaliy asoslarini real hayotda ko'ra bilish va ulardan foydalana olish;

    • tasviriy faoliyatda shaxsiy gigiyena va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish.

    Quyidagi malakalarga ega bo'lishlari lozim:
    - tasvirlanayotgan buyumlar guruhi (natyurmort)ni plastik yaxlitlikda ifodalash;

    • haykaltaroshlikda odam va hayvonlarni obrazli tasvirlash, unda ob'yektning o'ziga xos xususiyatlari, xarakteri, nisbatlarini to'g'ri talqin etish;

    • miniatyura san'ati usulida rasm (illyustratsiya) ishlay olish;

    • tasviriy faoliyatda Sharq miniatyura san'atining tasviriy usullarini tatbiq eta olish;

    • kompozitsiya yaratishda eskiz variantlarini ishlash va ularni umumlashtira olish;

    • o'z ijodiy faoliyatlarida dramatizm va lirizm kayfiyatlarini tasvirlay olish;

    • o'z "asari" uchun material to'plash va ulardan tasviriy faoliyatda foydalana olish;

    • tasvirlanayotgan buyumlar guruhi (natyurmort)ni plastik yaxlitlikda ifodalash;

    • haykaltaroshlikda odam va hayvonlarni obrazli tasvirlash;

    • syujetli kartina yaratish usullarini o'z tasviriy faoliyatiga tatbiq eta bilish.

    1. sinf San'atshunoslik asoslari:

  • san'atdagi oqim va yo'nalishlar, ularning kelib chiqish sababi, asosiy omillari;

  • oqim va yo'nalishlar (impressionizm, postimpressionizm, fovizm, kubizm, puantelizm, syurrealizm, abstraksionizm) nomlanishining mazmuni va mohiyati;

  • XIX asr oxiri XX asr boshlaridan Yevropa tasviriy san'atidagi oqimlarning yirik namoyondalari (K.Mone, O.Renuar, K.Pisarro, A.Matiss, P.Sezann, A.Sinzyak, Van Gog, Pol Gogen va b.);

  • zamonaviy O'zbekiston tasviriy san'atida oqim va yo'nalishlarning tasviriy talqini (A.Mirsoatov, A.Yunusov, O.Qozoqov, A.Nuriddinov,

    S.Alibekov, B.Jalolov);


    • tasviriy san'at tarixida ramziylik tasviri, geraldika;

    • O'zbekiston amaliy bezak san'atida qo'llaniladigan shakllarning ramziy ma'nolari (o'simlik va hayvonot dunyosi misolida);

    • dizayn san'atining tarixi, uning maishiy turmushni madaniylashtirishdagi o'rni, buyumlar, jihozlar, katta va yirik o'lchamdagi texnika vositalari (avtomobil, samolyot va h.z.)ni, binolar va ularning inter’yerlari va boshqalarni badiiy loyihalashtirish;

    • qadimiy O'zbekiston madaniyati va san'ati (me'morlik san'ati misolida, unda san'at turlarining sintezi);

    • me'moriy ansambl va atrof muhit landshafti;

    • kitobat san'ati, Sharq kitobat san'atining nodir namunalari;

    • jahon va O'zbekiston kitobat san'atining yirik namoyondalari ( O.Domge, G.Dore, Ye.Kibrik, D.Shmarinov, V.Favorskiy, D.Bisi; I.Ikromov, T. Muhamedov, A.Bobrov).

    Tasviriy faoliyat:

    • namuna asosida naqsh elementlari, kompozitsiyalarni chizish va bo'yash;

    • naturadan (namunadan) manzara ishlash, unda turli oqim va yo'nalishlar usullarini qo'llash;

    • turli mavzuda kubizm usulida natyurmort ishlash;

    • me'moriy ansambl (jamoaviy ish) maketini yasash hamda unga badiiy ishlov berish.

    Kompozitsion faoliyat:

    • tabiiy shakllarni stillizatsiyalash vositasida naqsh elementlarini hosil qilish, ulardan mustaqil ravishda naqsh kompozitsiyasini yaratish;

    • turli shakllarni badiiy loyihalash (texnikaviy dizayn, libos dizayni, me'morlik dizayni, jihozlar, anjomlar dizayni);

    • shakl va mazmun mutanosibligi. Kulolchilik namunalari shakllarining variantlarini yaratish (grafik yechim);

    • me'moriy ansambl kompozitsiyasi (jamoa ishi). Uning maketini karton va qog'ozdan yasash, unda shakl, nisbat, masshtab, simmetriya, atrof-muhit bilan uyg'unligi);

    • geraldika (ramzlar, muhrlar, gerblar) bo'yicha kompozitsiya variantlarini yaratish;

    • me'moriy mavzuda manzara-kompozitsiya ishlash (akvarel, guash bo'yoqlari, oddiy va rangli qalamlar, flomaster, pastel va boshqa yumshoq grafik materiallar);

    • ixtiyoriy manbalar (ertak, hikoya, rivoyat, qissa, roman, doston, badiiy va video yoki multfilm) asosida kitobat san'ati elementlari (muqova, titul varag'i, badiiy harf, frontiptis, illyustratsiya v.b.)ni ishlash.

    O'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak:

    • san'atning ijtimoiy mohiyati va inson shaxsiy kamolotidagi ahamiyatini anglash;

    • tasviriy san'atdagi oqim va yo'nalishlarni, uning yirik vakillari asarlarini bilish;

    • hozirgi zamon san'atida sodir bo'layotgan badiiy jarayonlar haqida tassavurga ega bo'lish;

    • dizayn san'ati va uning turmushdagi ahamiyatini bilish;

    • o'zbek amaliy bezak san'ati tarixi, uning taniqli ustalari, ularning asarlar xususiyatlarini bilish. Amaliy bezak san'ati buyumlarining dizayn yechimini, ularning funksional mohiyatiga mosligini tushunish;

    • amaliy bezak san'atining mazmun va shakl mutanosibligi xususiyatlarini bilish;

    • badiiy bezak motivlari, ramzlari, tasviriy-ifodaviy vositalarini to'g'ri talqin eta bilish;

    • me'morlik tarixiga oid bilimlarga ega bo'lish hamda uni sintetik san'at turi sifatida idrok etish;

    • badiiy loyihalash, maket yasashning texnologik xususiyatlarini bilish;

    • kitob san'atining tarixi, uning o'ziga xos xususiyatlari, tasviriy usul va vositalari, kitob bezovchi rassomlar haqida ma'lumotga ega bo'lish;

    • kitobat san'atini yaxlit kompozitsiya, sintetik san'at asari sifatida idrok etish;

    • tasviriy san'atning geraldika sohasi va uning ma'nosini bilish;

    - o'rganilgan san'at turlariga oid atama va tushunchalarlarni talqin etish.
    Quyidagi ko'nikmalarni egallashlari zarur:

    • Tasviriy faoliyatni tashkil etishda tozalik va xavfsizlik qoidalariga amal qilish;

    • tasviriy faoliyatning turlari, uning bosqichlarini bilish va o'z faoliyatiga uning talablarini tatbiq etish;

    • tasviriy vosita va texnikalarni berilgan topshiriq xususiyatiga mosligini ta'minlay bilish;

    • maishiy turmushdagi estetik holatlar (rang, shakl, mazmun go'zalligi va h.k.) ga moslashish, uni targ'ib qilish;

    • shaxsiy hayotida milliy san'at (me'morlik, amaliy bezak san'ati, kitobat san'ati va h.k.) an'analariga amal qilish va uni ijobiy davom ettirishga intilish;

    • bo'yoqlar (akvarel, guash) va anjomlar (mo'yqalam, qalam va

    h.k.)dan to'g'ri foydalanish;

    • geraldika sohasida mustaqil ravishda ramziy belgi(tasvir) ishlay olish;

    • amaliy san'at kompozitsiyasi, mazmuniga mos shakl va rang qo'llay olish;

    • jamoa bo'lib ishlash ko'nikma va malakalariga ega bo'lish;

    • shaxsiy ish tajribasini jamoaning tasviriy faoliyatiga tatbiq eta olish.

    Quyidagi malakalarga ega bo'lishlari lozim:

    • Turli texnikalar va tasvir usullaridan badiiy obraz yaratishda foydalana olish;

    • turli usulda impressionizm, kubizm va boshqa usulda rasm ishlay olish;

    • tabiiy shakllarni uslublashtirish va ulardan amaliy bezak kompozitsiyasida foydalana olish;

    • me'moriy mavzularda rasm ishlay olish va unda tarixiy me'morlik va zamonaviy elementlarini aks ettira olish;

    • kitob san'atining turli badiiy-grafik elementlarining funksiyasini bilish, adabiy asar mazmuniga mos tasviriy obraz yarata olish, kitobning badiiy elementlaridan yaxlit maket yarata olish;

    • xona inter’yeri, buyumlarning dizayni bo'yicha eskizlar ishlash;

    • berilgan topshiriqqa muvofiq tarzda badiiy material (qog'oz, bo'yoq, kerakli anjomlar va h.k.) va tasvir vositasi, texnikasini tanlay bilish;

    • bajarilayotgan ishning mazmuni va mohiyatiga ko'ra mustaqil tarzda tasviriy usul, material va vosita tanlay olish va undan amaliy foydalana bilish;

    • tasviriy faoliyat jarayonida olingan bilim va malakalarni o'z hayotiga tatbiq etish.

    TASVIRIY SAN'AT FANIDAN O'QUV
    DASTURI
    Uqtirish xati
    Tasviriy san'at o'quv fani umumiy o'rta ta'lim fanlari ichida ma'naviy sog'lom avlod tarbiyasi masalasini ijobiy hal etishda keng imkoniyatlarga ega. Tasviriy san'at darslarida san'at va san'atkor olami, san'atning ijtimoiy vazifasi va o'ziga xos xususiyati, uning tasviriy ifodaviy vositalarini o'rganib borish orqali o'quvchilar atrof muhit, tasviriy, amaliy san'at va me'morchilikdagi go'zalliklarni ko'ra bilish, qadrlash va muhofaza qilishni o'rganib boradilar. O'quv fanining bosh maqsadi o'quvchilarda estetik madaniyatni va badiiy tafakkurni yuksaltirish hamda tasviriy savodxonlikni tarbiyalashdan iboratdir.
    Estetik madaniyat san'at tarixi va undagi badiiy jarayonlarni to'g'ri tushuna bilish, o'z fikrini o'zgalarga gapirib berish, badiiy tafakkur tushuniladi. Tasviriy savodxonlik esa tasviriy san'atning barcha turlaridan ( rang tasvir, grafika va haykaltaroshlik), shuningdek, amaliy san'at, dizayn va me'morchilikning o'ziga xos tasviriy usullaridan, ifodaviy vositalardan amaliy-ijodiy faoliyatda to'g'ri foydalana olishni nazarda tutiladi.
    Tasviriy san'at ta'limining vazifalari quyidagilardan iborat:

    • tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardagi go'zalliklarni ko'ra bilish va idrok etish hamda kuzatish asosida olingan taassurotlarni hayotga tatbiq etishga o'rgatish;

    • o'quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatlarni o'stirish;

    • o'quvchilarning tasviriy-ijodiy malakalarini shakllantirish;

    • bolalarda ko'rish xotirasini, chamalash qobiliyatini, rang sezishni, kompozitsion madaniyatni, fazoviy fikrlash, obrazli tasavvur va kombinatsiyalash kabi xususiyatlarni rivojlantirish;

    • xalq amaliy san'ati, tasviriy san'at bilan tanishtirish orqali bolalarni badiiy-estetik didini o'stirish;

    • o'quvchilarni tasviriy va amaliy- bezak san'ati bilan tanishtira borib, ularda ushbu san'at turlarining o'ziga xos xususiyatlarini idrok etishga o'rgatish vositasida ularni badiiy fikr doirasini kengaytirish;

    • o'quvchilarda amaliy va tasviriy san'atga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash;

    • estetik va emotsional sezgirlikni o'stirish.

    Mazkur o'quv fanidagi ta'lim va tarbiya asosan ikki bo'limdan (amaliy va nazariy) tashkil topadi:
    Amaliy ishlar 1-sinfdan 4-sinfgacha, asosan to'rtta o'quv masalalarini hal qilishga qaratiladi:

    1. Kompozitsion faoliyat.

    2. Rang va bo'yoqlar.

    3. Shakl, proporsiya, konstruktsiya.

    Boshlang'ich sinflarda o'tiladigan amaliy mashg'ulotlar jarayonida bolalarda ijodkorlik, mustaqil fikr yuritish va ishlash qobiliyatlarini tarbiyalash yetakchi o'rinni egallaydi.
    1-4 sinflarda bo'yoq bilan ishlash mashg'ulotlarida ranglarning turli tus va och-to'qligini farqlay bilishga, kerakli ranglarni tanlay olishga o'rgatish asosiy vazifadir. Bu sinflarda ko'proq guash, akvarel bo'yog'i va ularning aralashmalaridan foydalaniladi.
    Borliqni idrok etish
    Borliqni idrok etish mashg'ulotlarida kompozitsiyaga oid tegishli muhim ob'ektlarni yaxshilab kuzatadilar.
    Borliqni to'laqonli idrok etish, tevarak-atrofni, hayotdagi voqea va hodisalarni bevosita kuzatish asosida olingan taassurotlar, tushunchalar hamda atrof-muhitga nisbatan estetik munosabatda bo'lish bilan bog'liqdir.
    Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar o'simliklar, hayvonlar, qushlar, baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko'rinishlari, kayfiyati haqida tasavvurga ega bo'ladilar va ularni tasvirlaydilar.
    San'atni idrok etish
    Mazkur bo'limning maqsadi o'quvchilar tomonidan san'at asarlarini ongli idrok etish va baholash, uning jamiyat va odamlar hayotidagi ahamiyatini tushunishga yordam berishdan iborat.
    Badiiy obrazni idrok etish malakalarini rivojlantirish-san'at asarlarini o'rganishning asosidir. O'quvchilar asar haqida mulohaza yuritib, idrok etishni, uning mazmunini maxsus terminlarni qo'llagan holda so'zlab berishni bilishlari lozim.
    San'atni idrok etishga 1-4 sinflarda maxsus soatlar ajratilmaydi. U rangtasvir kompozitsiyasi, naturaga qarab tasvirlash mashg'ulotlarida amalga oshiriladi. 3-sinfdan boshlab esa san'atni idrok etish bo'yicha maxsus darslar tashkil etiladi.
    Naturaga qarab tasvirlash Naturaga qarab tasvirlash ikki turga bo'linadi:
    a) naturaga qarab rasm ishlash; b) naturaga qarab haykal ishlash.

    1. Naturaga qarab rasm ishlash o'quvchilarda narsa va hodisalarning hajmi va fazoda joylashuvi, ularning bir muncha tirik belgilari haqida tasavvurga ega bo'lish imkonini beradi, tasvirlash malakalarini o'stiradi.

    Naturaga qarab rasm chizish vazifalari 1-2 dars davomida va qisqa muddatli (5-15 daqiqa davomida bajaradigan lavha va chizgilar) bo'lishi mumkin. Xomaki ish va chizgilar darsning muayyan mavzusidan kelib chiqib, darsning boshlanish qismi, o'rtasi yoki oxirida bajarilishi mumkin. O'quvchilarning ko'rib, eslab qolish qobiliyatini, makon haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish uchun ularga eslab va tasavvur qilib rasm chizish bo'yicha ko'proq vazifa berish kerak bo'ladi.

    1. Naturaga qarab haykal ishlash darslarida o'quvchilar naturani ko'ra bilish, uning shaklini, hajmini, tuzilishi va o'lchov nisbatlarini to'g'ri olishga o'rgatadi. Haykallarni alohida-alohida va yaxlit loy bo'laklaridan ishlash yo'llarini ham o'rganadilar. Bunday darslarda o'quvchilar hajmi va relefli haykallar ishlaydilar.

    Haykaltaroshlik ishlarida natura hajmdor qilib tasvirlanayotganligi tufayli ish jarayonida turli tomonlarga aylantirib turiladi. Dars o'tkazilayotgan xonada naturaning shakli yaqqol ko'rinib turishi maqsadga muvofiqdir.
    Kompozitsion faoliyat
    Kompozitsion faoliyat bo'limi quyidagi qismlardan tashkil topadi: a) rangtasvir kompozitsiyasi;
    b) dekorativ kompozitsiya;
    v) haykaltaroshlik kompozitsiyasi.
    a) Rangtasvir kompozitsiyasi mavzu asosida, xotira va tasavvurdan rasmlar ishlash tarzida tashkil etiladi. Bunda tanlangan mavzuga ko'ra, uning elementlari qog'oz yuzasida bir-biriga bog'liq holda joylashib, yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi.
    Kompozitsiyada asar yaratishning muayyan qoidasini simmetriya, nosimmetriya, muvozanat, detallarning o'lchovi, shakli, rangi kabilarga rioya qilinadi.
    Rangtasvir kompozitsiyasi mashg'ulotlari asosan tevarak-atrofdagi hayotni aks ettiruvchi mavzularda rasm ishlashga asoslanadi. O'quvchilar mashg'ulotning bu turida rasmni naturadan emas, balki xayoldan va tasavvurdan ishlaydilar.
    Rangtasvir kompozitsiyasi mashg'ulotlarining asosiy vazifalari o'quvchilarga narsalarning shakli, rangi, ularning tuzilishi haqidagi tushunchalar berish, eng qiziq mavzu tanlay olish, qog'ozda rasmini to'g'ri joylashtirishga o'rgatish kabilardan iboratdir.
    Kompozitsiya qonuniyatlarini o'quvchilar ongiga yetkazishda tasviriy san'at asarlarining reproduksiyalaridan foydalanish va ularni tahlil qilishning ahamiyati katta.
    Adabiy asarlarga illustrasiyalar ishlash esa o'quvchilarning eng qiziqarli mashg'ulotlaridan bo'lib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi qahramonlarning obrazlarini o'z rasmlarida ifodalashga harakat qiladilar.
    Zamonaviy mavzulardagi asarlarga yoki dostonlarga hamda ertaklarga kompozitsiya ishlash uchun avvalo, bolalar mavzuga oid odam, hayvon rasmlari va ba'zi bir narsalarning o'ziga qarab rasmini chizib oladilar.
    b) Dekorativ kompozitsiya turli shakldagi naqshlarning namunasidan ko'chirish, mustaqil ijodiy naqsh ishlash hamda dekorativ-bezak ishlarini qamrab oladi.
    1-4 sinflarda dekorativ tarzda qayta ishlangan tabiiy va geometrik shakllarga asoslangan yo'lsimon, kvadrat, doira, to'rtburchak shaklllardagi naqshlar chizdiriladi.
    Rangshunoslik bo'yicha o'quvchilar 2 sinfda "Asosiy va hosila ranglar" bilan tanishadilar. Bo'yoqlarni o'zaro aralashtirish orqali yangi rang tuslarini hosil qilish bilan amaliy ravishda shug'ullanadilar. Asosiy (qizil, sariq va ko'k) ranglar va ularning o'zaro aralashuvidan hosil bo'lgan hosila (yashil, binafsha va zarg'aldoq) ranglardan o'z ish faoliyatlarida to'g'ri foydalana olishni o'rganadilar. O'quvchilar 2 sinfda "Iliq va sovuq ranglar","Rang tuslari va ularning nomlari" kabi mavzularda nazariy bilimlarni ham egallab boradilar. O'quvchilar "Ranglar xalqasi" bilan yaqindan tanishadilar va tevarak-atrofdan ana shunday rang tuslarini topishni o'rganadilar.
    O'quvchilarda atrof-muhitdagi, borliqdagi rang tuslarning boyligi va xilma-xilligi haqida tushuncha hosil qilish uchun "Tabiatda rang" mavzusi kiritilgan. O'quvchilar sayohat paytida darsda o'rgangan ranglarni va ularning tuslarini tabiat qo'ynidan topishga harakat qiladilar.
    v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi real haykaltaroshlik va dekorativ
    haykaltaroshliklarga bo'linadi.
    Real haykaltaroshlikda o'quvchilar o'qituvchi tomonidan tavsiya etilgan mavzularda haykallarni asliga o'xshatib ishlaydilar. Bunda o'quvchilar tasviriy san'at mashg'ulotlarining boshqa turlarida orttirgan bilim, ko'nikma va malakalarga tayanadilar.
    Dekorativ haykaltaroshlik - haykaltaroshlikning turlaridan biri bo'lib, u o'quvchilarda turli dekorativ bezakli releflar va o'yinchoqlar ishlash orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi.
    Amaliy va tasviriy san'at darslari ko'rgazmali qurollar va zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlanishi kerak. O'qituvchi o'quvchilarning ish joyini mashg'ulotga tayyorlash va ish tugagach, uni yig'ishtirib qo'yishga, ish jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishga odatlantirib borishi lozim.
    Dastur tuzilishiga ko'ra 5-7 sinflarda mujassamlashtirilgan olti yo'nalishdan iborat.

    1. Suhbat.

    2. Rangtasvir.

    3. Grafika (qalamtasvir)

    4. Haykaltaroshlik.

    5. Me'morlik

    6. Amaliy va dizayn san'ati.

    Bu yo'nalishlarning o'quv-tarbiya vazifalari quyidagi faoliyat turlarida amalga oshiriladi:

    • tasviriy san'at vositasida o'quvchilarning atrof - muhitdagi, san'atdagi go'zalliklarni ko'ra bilishga va ularga estetik munosabat bildirishga, san'atning ijtimoiy mohiyatini va ahamiyatini teran anglagan holda me'moriy yodgorliklarni, tasviriy, amaliy va dizayn san'ati asarlarini milliy iftixor, qadriyat sifatida e'tirof etish va muhofaza qilishga o'rgatish;

    - o'quvchilarni tasviriy, amaliy va dizayn san'ati, me'morchilikning tasviriy vositalari, ifodaviy-obrazli vositalari bilan tanishtira borib, ulardagi tasviriy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, san'at bilan muntazam shug'ullanish ehtiyojini tarkib toptirish;

    • o'quvchilarni san'at bilan muloqot jarayonida olgan taassurotlarini tasviriy va amaliy san'at, dizayn san'atining (rangtasvir, qalamtasvir, haykaltaroshlik, amaliy san'at, badiiy loyihalashtirish va b.) turlarida ularga xos tasviriy-ifodaviy vositalar, qonuniyatlar asosida o'zlarining ijodiy faoliyatlarida qo'llay bilishga o'rgatish;

    • tasviriy san'atning nazariy va amaliy asoslarini o'rganish jarayonini o'quvchilarda estetik did, estetik ong, badiiy tasavvur va tafakkurni tarkib toptirish hamda rivojlantirishga yo'naltirish orqali ma'naviy barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish;

    • ijodiy-tasviriy faoliyatga moilligi bor o'quvchilarning badiiy iste'dodlarini takomillashtirish, ularni badiiy kasb va hunarlarga yo'llash.

    1. San'atshunoslik asoslari (faoliyati).

    2. Tasviriy faoliyat (naturaga qarab tasvirlash).

    3. Kompozitsion faoliyat (mavzuli va bezak kompozitsiyasi).

    Rangtasvir yo'nalishi dasturdagi eng salmoqli qism bo'lib, unda o'quvchilar tasviriy faoliyatning oddiy ko'rinishlari (nuqtaga qarab tasvirlash)dan tortib, murakkab shakllari (eskizlar asosida tematik kartina, dastgoh rangtasviri namunasini yaratish)da o'zlarini sinab ko'radilar; manzara va portret janrlarida rang orqali kayfiyatni ifodalash, miniatyura usulida illyustrativ kompozitsiyalar ishlashni amalda bajaradilar; turli oqim yo'nalishida ishlangan asarlarning talqinini o'rganadilar va amaliy mashqlar bajaradilar; rangshunoslik va uning texnologik jarayonlariga oid nazariy va amaliy bilimlarini boyitadilar.
    Grafika (qalamtasvir) yo'nalishidagi mashg'ulotlar ham keng qamrovli materiallarni o'qitishni nazarda tutadi. Eng muhimi, o'quvchilarda qalamtasvir badiiy ijodning barcha turlarining asosi ekanligini amaliytasviriy faoliyatda his etishga imkon yaratadi.
    Haykaltaroshlik mashg'ulotlarining salmog'i boshlang'ich sinfdagiga nisbatan kamaygan bo'lsada, uning mazmuni, shakl va kompozitsion "yuklamalari" ancha murakkablashganligi bois o'qituvchidan har bir darsga puhta tayyorgarlik ko'rishni talab etadi.
    Dasturda haykaltaroshlik mashg'ulotlari mavzularining umumiyligi ( rangtasvirda portret, qalamtasvirda portret, haykaltaroshlikda portret), o'zaro bog'liqligi bilan bir qatorda xususiyligi (haykaltaroshlikda lirizm va dramatizm), uning o'ziga xos turlari (dastgoh, monument, xiyobonlar uchun ishlanadigan dekorativ haykallar, hajmli haykaltaroshlik, yarim qabariq ((relef) haykaltaroshlik), haykaltaroshlikning ifodaviy vositalari kabi komponentlariga alohida e'tibor berish lozim.
    Me'morlik san'atiga oid materiallarni o'tishda ham kompleks yondashuv talab etiladi. 5-sinfda asosan me'morlik tarixiga oid materiallar, 6-7- sinflarda me'moriy ko'rinishlar aks ettirilgan manzara, me'moriy mavzuda tarixiy xarakter kasb etuvchi kompozitsiyalar va nihoyat, me'morlik obidalarining elementlarini yasash va ularni yaxlit kompozitsion ansamblga yig'ish.
    Amaliy va dizayn san'ati o'z mazmuni, mohiyatiga ko'ra bir yo'nalishga birlashtirildi. Boisi, dizayn san'ati bo'yicha dasturda berilgan mavzu va topshiriqlarda (milliy zamonaviy libos eskizi, inter’yer eskizi) amaliy san'at elementlaridan foydalanish ko'zda tutilgan.
    Dizayn san'ati nisbatan yangi san'at turi. Shuning uchun o'ziga xos terminologiyasini o'quvchilarga tushuntirib berish lozim. Zero, dizayn turmushning barcha jabhalarida mavjud. Shu jihatdan dizayn san'ati bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'quvchilarda yuksak madaniyatni shakllantirib boradi.
    San'atshunoslik asoslari bo'yicha faoliyat turi san'at tarixi va nazariyasining oddiydan murakkabga o'tish tamoyiliga asosan quriladi. Bu faoliyat turi o'quvchilarning nazariy jihatdan tasviriy va kompozitsion faoliyatga, shuningdek, badiiy obrazlarni umumlashtirish, professional san'at asarlaridagi obrazlar yechimini sharhlay bilish malakalarini hosil qila borib, ularga badiiy tanqidchilik asoslaridan elementar bilimlar beradi. Shu tariqa o'quvchilar bu faoliyat turlarida tasviriy, amaliy san'atninig badiiy-ifodaviy vositalari va qonuniyatlarining (rang, mazmun, shakl, faktura, nisbat, perspektiva, kompozitsion markaz, muvozanat, tasvirlash texnikasi, texnologiyasi va h.k.) mavzu va mazmunga monand tarzda qo'llay bilish, unda eskizlardan foydalanish kabi vazifalarni hal etishni o'zlashtira boradilar.
    Dasturda milliy va umuminsoniy badiiy qadriyatlarni hamohang tarzda o'rgatishga alohida e'tibor qaratilgan. Milliy san'atga oid o'quv materiallari doirasida Sharq va G'arb san'ati tarixi, miniatyurachi rassomlarning hayoti va ijodini o'rganish, san'at turining tasviriy talqini (qutichaga naqsh va rasm ishlash, Sharq va o'zbek xalq ertaklariga miniatyura usulida illyustrasiya ishlash va h.k.) ham o'quv vazifasi sifatida tavsiya etiladi.
    1 - sinf
    Borliqni idrok etish (3 soat)
    Borliqni idrok etish mashg'ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat: O'quvchilar e'tiborini borliqdagi ajoyib narsa, ko'rinish va hodisalarga qaratish orqali (shuningdek, shakllar, ranglar va boshqalar) ularda borliqqa nisbatan qiziqish uyg'otish, ularda chizish istagini hosil qilish va rivojlantirish, tabiatning turli fasllaridagi o'ziga xos go'zalligini ko'ra bilishga o'rgatish;

    • tabiat go'zalligini idrok etishda asosiy tasavvurlar va fantaziyani qo'llashga o'rgatish (daraxt, shox-shabbalarda, qor uyumlarida turli shakllarni ko'rish va boshqalar);

    • o'quvchilarni tabiatdagi, hayotdagi, ijtimoiy hodisalardagi ( mahallalardagi, shaharlardagi va qishloq maydonlarining badiiy bezagidagi) go'zallikni ko'ra bilishga va idrok etishga o'rgatish;

    • o'quvchilarda tasviriy san'atning hayot bilan, atrof-muhit bilan bog'liqligi haqida tushuncha berish.

    Borliqni idrok etish darslarida bolalar tabiat quchog'iga sayrga olib chiqiladi va u yerda kuzatish bilan birga turli daraxtlarning shoxlari, ildizlari, barglari hamda boshqa tabiiy materiallar to'plab boriladi.
    Borliqni idrok etish mashg'ulotlarida sinfda mavzu bilan bog'liq bo'lgan filmlar, slaydlar, san'at asarlarining reproduktsiyalari namoyish etiladi. Musiqa asarlari tinglanadi, she'rlar o'qiladi. Shuningdek, badiiy materiallar, o'quv asboblari, rassomlarning faoliyatlari bilan ham tanishtiriladi.
    Namunaviy topshiriqlar
    "Oltin kuz", "Bahor keldi", "Kumush qish", "Yozgi ishlar" haqida suhbat.
    Naturaga qarab tasvirlash (13 soat)
    a) Naturaga qarab rasm ishlash (8 soat)

    • o'quvchilarda qalam bilan turli yo'nalishlarda erkin to'g'ri, egri, to'lqinsimon, qiya va aylana shaklidagi chiziqlar o'tkazish malakalarini hosil qilish;

    • rasmni qog'oz yuzasida turlicha joylashtirishga o'rgatish;

    • narsaning shakli, rangi, fazoviy holati, o'lchovlarini o'zaro solishtirish orqali to'g'ri ko'rishga va tasvirlay olishga o'rgatish;

    • narsaning rangini bir me'yorda bo'yash malakalarini hosil qilish;

    • rasm ishlash jarayonida shakl, mutanosiblik, qismlarning o'zaro bog'liqligiga, chiziladigan narsa - qush, hayvonlar, inson tana qismlarining o'lchovlari o'rtasidagi nisbatlarni to'g'ri olishga o'rgatish.

    Namunaviy topshiriqlar
    Bayroqcha, soat, baliqcha, havo sharlari, tandir non, o'rik, tol, shaftoli, olcha barglari, mevali daraxtlarning gullari, bahorgi gullarning o'ziga qarab rasmini ishlash.
    b) Naturaga qarab haykal ishlash (5 soat)

    • haykaltaroshlikda ishlatiladigan materiallar va asboblar bilan tanishtirish;

    • o'quvchilarning narsalarni (shakli, hajmi, o'lchovlarini) o'zaro taqqoslash orqali loy va plastilin bilan ishlash malakalarini shakllantirish; - haykaltaroshlikka doir maxsus atamalar bilan tanishtirish.

    Namunaviy topshiriqlar
    O'yinchoqlar-tuya, echki, o'rdakcha, toychoq, xo'roz, buzoqcha, jo'jalarning haykalchasini va baliq relefini o'ziga qarab haykalini yasash.
    Kompozitsion faoliyat (17 soat)
    Kompozitsiya mashg'ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat: a) Rangtasvir kompozitsiyasi (5 soat)

    • o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlari va fantaziyasini o'stirish;

    • rasm chizishda bolalarni qog'ozdan maqsadga muvofiq ravishda foydalana olishga o'rgatish;

    • rasmda tasvirlanayotgan narsalarning ko'rinishlarini mazmunan bir-biriga bog'lay bilish va ularni qog'oz yuzasida tasvirlay olishga o'rgatish;

    • mazmunli rasmda tasvirlanayotgan qismlarni shakl va rang jihatidan muvozanatini saqlay bilishga o'rgatish;

    • odamlar, hayvonlar, daraxt va boshqa shu kabilarning tana tuzilishini hamda ularning o'zaro bog'liqligini, ulardagi go'zalliklarni rasmlarda tasvirlay olishga o'rgatish;

    • bolalarni axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalashga ko'maklashish.

    Namunaviy topshiriqlar
    "Kuz sahovati", "Bahorgi ishlar", "Kapalaklar raqsi", "O'rik gulladi", "Elkanli qayiqlar", "Kuzgi shudgor", "Qahraton qish", "Varrak uchirish", "Ikki echki", "Sholg'om", "Mosh boshqa maqtanmaydi" nomli hikoyalar asosida rasm ishlash.
    b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)

    • o'quvchilarning tasviriy malaklarini o'stirish; yo'lsimon naqshlarning xususiyati bilan tanishtirish;

    • bo'yoqni suv bilan eritish va u bilan kerakli yuzalarni tekis bo'yash;

    • mo'yqalamning uchi bilan ishlashga o'rgatish; naqsh unsurlarining takrorlanishi yoki qaytarilishi (shakli va rangi jihatidan) to'g'risida ma'lumot berish; ertak va hikoyalarning mazmuniga mos holda rasm ishlash yuzasidan dastlabki tushunchalar berish va amaliy ishlarni bajarishga o'rgatish;

    • o'quvchilarda shakl va rangni sezish hislarini o'stirish;

    • naqshlarning go'zalligini his qilishni rivojlantirish; tabiiy materiallar va rangli qog'ozlardan kesish, qirqish va yopishtirish orqali turli dekorativ bezaklar, naqshlar tuzishga o'rgatish.

    Rangshunoslik yuzasidan esa quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

    • o'quvchilarni asosiy va hosila ranglar bilan tanishtirish; asosiy va hosila ranglar haqida tushuncha berish, asosiy ranglarning tuslarini ( masalan, och qizil, qizg'ish, to'q qizil va h.k.) suv bilan aralashtirish orqali rang hosil qilishga o'rgatish;

    • asosiy ranglarni o'zaro aralashtirish orqali hosila ranglarni (yashil, binafsha, zarg'aldoq ranglar) topa bilish malakalarini rivojlantirish;

    • asosiy va hosila rang tuslarini tevarak-atrofdagi narsalardan topa bilish va nomlarini ayta bilishga o'rgatish;

    Namunaviy topshiriqlar
    Geometrik shakllardan, barglar, gullarning tasvirlaridan yo'lsimon va kvadrat shaklida naqshlar ishlash. Qog'ozdan yasalgan (bolalar uchiradigan) "Laylak"ni badiiy bezash. Tabiiy materiallardan (barglar, o't-o'lanlar, gullar, meva va sabzavot urug'lari va h.k.) hayvon va qush tasvirlarini ishlash, naqshlar tuzish. Mo'yqalam bilan ishlash yuzasidan mashqlar bajarish.
    v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)

    • o'quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni o'stirish;

    • loy va plastilin bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;

    • narsalarning hajmi, shaklini his qilish hamda ularni tasvirlash, chamalash qobiliyatlarini o'stirish;

    • ma'lum bir mazmunni haykaltaroshlikning ifodalilik vositalari yordamida tasvirlashga o'rgatish.

    Namunaviy topshiriqlar
    "Tovuq va jo'jalar", "O'rdak va o'rdakchalar" mavzusida kompozitsiyalar ishlash. "Sabzavot va mevalar", "Ajdarho", "O'yinchoq toychoq", puflab chalinadigan "O'yinchoq hushtak" mavzularida dekorativ haykallar ishlash.
    Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san'at asarlarining ro'yxati: N. Karaxan "Oltin kuz"; B. Jalolov "Usta ayol"; I. Haydarov "Oltin kuz"; O'. Tansiqboev "Tog'da kuz"; "O'zbekistonda mart"; "Yusufxona"; "Jonajon o'lka"; K. Bogoduxov "Qorasuvda bahor"; P. Temirov "Bibixonim hovlisida bahor"; Z. Inog'omov "Bahor"; "Choyga".
    2 - sinf
    Borliqni idrok etish (3 soat)
    Borliqni idrok etish mashg'ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:

    • o'quvchilarning borliq haqidagi tasavvurlarini boyitish hamda chuqurlashtirish, yil fasllaridagi manzara va kayfiyatga (quvonchli, g'amgin, hayolchan, tashvishli) nisbatan sezgirligini oshirish;

    • bolalarda jonajon tabiatga bo'lgan muhabbat tuyg'usini rivojlantirishga erishish; uning go'zalliklarini qadrlash tuyg'usini tarkib topdirish; - yil fasllarining o'ziga xos go'zalligini ko'ra bilishga o'rgatish; - hayvonot olamining turli-tumanligi bilan tanishtirish.

    O'quvchilarning borliq haqidagi tasavvurlari va tushunchalarini boyitish maqsadida turli fasllarda tabiat qo'yniga sayrlar tashkil etiladi. Sinfda yil fasllariga doir slaydalar, reproduksiyalar ko'rsatiladi. Kuzatilgan tabiat manzaralarini xotiradan rasmlarini chizadilar. Tabiatni kuzatish jarayonida bolalarning e'tibori odamlar, daraxtlar, uylar, bulutlar, hayvonlar, qushlar va ularning o'ziga xos shaklga ega ekanligiga, qaratiladi. Hayvonlar, qushlar, baliqlarning slayd va suratlarini kuzatish orqali ularning rasmlari chizdiriladi. Bular o'z navbatida o'quvchilarning mavzu asosida rasm chizish borasidagi tasavvurlari, tushunchalarini boyitib boradi.
    Namunaviy topshiriqlar
    Tabiatning kuz, qish, bahor, yoz faslidagi ko'rinishlarini, gullar, dekorativ qushlar, parrandalar, baliqlar, shahar ko'rinishlarini idrok etish. Borliqni idrok etish jarayonida tanlangan mavzuga oid ob'yektlarning xomaki rasmlarini ishlash. "Yozgi ishlar" mavzusida suhbat.
    Naturadan rasm ishlash (13 soat)
    Naturaga qarab tasvirlash mashg'ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat:
    a) Naturaga qarab rasm ishlash (8 soat)
    Tasvirlanadigan narsalarning shakli, ularning taqsimlari, konstruktiv tuzilishi, makondagi holati, rangini rasmda to'g'ri tasvirlash malakalarini o'stirish;

    • to'rtburchak, dumaloq shakllar haqida tushuncha hosil qilish;

    • tik, yotiq, qiya chiziqlar chizish malakalarini yanada o'stirish;

    • tasvirlashda yordamchi chiziqlardan foydalanishga o'rgatish; rangning och va to'q tuslarini ko'rish va aks ettira olish malakalarini rivojlantirish (masalan, to'q qizil, och qizil);

    • bo'yoqlar bilan ishlaganda tasvirning zirh chizig'idan chiqib ketmagan holda bo'yashga o'rgatish.

    Namunaviy topshiriqlar
    O'rik guli va bargi, kuzgi va bahorgi gullar, mevalar, hasharotlar, o'yinchoq mashinalar, xalq amaliy san'ati buyumlari, loydan ishlangan qush va hayvon o'yinchoqlarning o'ziga qarab rasmini ishlash.
    b) Naturaga qarab haykal ishlash (5 soat)

    • o'quvchilarning loy va plastilin bilan ishlay olish malakalarini yanada o'stirish;

    • naturadan, xotira va tasavvurdan, mavzu asosida haykalchalar ishlashga o'rgatishni davom ettirish;

    • narsalarning hajmi, shaklini his qila olishga o'rgatish;

    • odam va jonivorlarning tana qismlaridagi o'zaro mutanosibliklarni saqlagan holda haykalchalar yasash yuzasidan nazariy va amaliy tushunchalar berish;

    Namunaviy topshiriqlar
    O'yinchoqlardan - tulki, tuya, echki, qo'chqor qo'y haykalchalarini hamda o'yinchoq xo'roz relefini loy yoki plastilindan yasash.
    Kompozitsion faoliyat (18 soat)
    a) Rangtasvir kompozitsiyasi (6 soat)

    • o'quvchilarda ijodiy qobiliyat va badiiy didni o'stirish;

    • o'quvchilarda tasviriy san'atdan maxsus bilimlarni tarkib topdirish; - chizish va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini o'stirish;

    • qog'oz yuzasida kompozitsiya elementlarini maqsadga muvofiq joylashtirishga, ularni o'lchov va rang jihatidan to'g'ri olishga o'rgatish;

    • bo'yoqlar yordamida rasmdagi kayfiyatni (quvonchli, ma'yuslik, tashvishli va boshqalar) ifodalay olish;

    • o'quvchilarda xotira va kuzatuvchanlikni o'stirish;

    • qog'oz yuzasini tasvir bilan mavzu mazmuniga muvofiq ravishda to'ldirish va planlilikni tasvirlashga o'rgatish.

    Namunaviy topshiriqlar
    "Shamol esyabdi", "Momaqaldiroq oldidan", "Shahrimiz ko'chalari", "Oqshom", "Qish ziynati", "Varrak uchirish musobaqasi", "Qushlar uya qurmoqda", "Daraxtlarning qishgi ko'rinishlari", "Bayram libosidagi shahar", "Yelkanli qayiqlar musobaqasi", "Kuz ne'matlari", "Hosil bayrami" mavzusida shuningdek, "Yaxshilikka yomonlik", "Shamol botir" nomli ertaklar syujetlari asosida rasm ishlash. Navro'z-bahor bayrami. "Qanotli do'stlar" mavzusida mustaqil ravishda va jamoa tarzida rasmlar ishlash.
    b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)

    • dekorativ kompozitsiyalarda ritmning mohiyati, buyum bilan uning bezagi o'rtasidagi bog'liqlik haqida dastlabki tushunchalar hosil qilish;

    • o'quvchilarni birinchi sinfdagiga nisbatan yo'lsimon va to'rtburchak shaklidagi naqshlarning xususiyatlari bilan chuqurroq tanishtirish;

    • naqsh ishlash yuzasidan badiiy ijodiy qobiliyatlarni yanada o'stirish;

    • o'zbek xalq amaliy san'atining eng muhim xususiyatlari bilan tanishtirish;

    • dekorativ kompozitsiyaning umumiy shaklini hisobga olib, rasmni qog'oz betida to'g'ri joylashtirish yuzasidan bilim va malakalarni mustahkamlash;

    • o'zbek xalq amaliy san'ati an'analariga rioya qilgan holda dekorativ ishlarga mos rang tanlashga o'rgatish;

    • mo'yqalam va bo'yoqlar bilan ishlash malakalarini o'stirish;

    • bu sinflarda o'quvchilarga iliq va sovuq ranglar, rang tuslari, xromatik va axromatik ranglar, ularning nomlari va tuslari haqida tushuncha berish.

    Namunaviy topshiriqlar
    Yo'lsimon va kvadrat shakldagi naqsh namunalaridan ko'chirish. Turli narsalar sirtini bezash uchun mustaqil ravishda yo'lsimon va kvadrat shaklda naqshlar ishlash. S. Abduqahhorning "Uch jo'ja va o'rdakcha" she'ri, "Qish ertagi", "Musavvir Qorbobo", xalq ertaklaridan "Maqtanchoq quyon", "Bo'ri bilan tulki", "Qizg'anchiq it", "Bo'ri va echki" kabi she'r, hikoya va ertaklar asosida rasm ishlash.
    v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)

    • loy va plastilin yordamida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o'stirish;

    • sodda mazmundagi kompozitsiyalar tuzishni o'rgatish;

    • o'quvchilarning dekorativ haykaltaroshlikning o'ziga xos xususiyatlariga doir bilimlarini mustahkamlash;

    • bolalarning mustaqil ravishda ijod qila olish qobiliyatlarini o'stirish.

    Namunaviy topshiriqlar
    S. Abduqahhorning "Uch jo'ja va o'rdakcha" she'ri, shuningdek, "Bo'ri bilan quyon" xalq ertagiga doir, shuningdek puflab chalinadigan hushtak o'yinchoqlarni loydan dekorativ haykalchalarini yasash.
    Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san'at asarlarining ro'yxati:
    N. Karaxan. "Yoz oqshomi", "Bug'doyzor"; O'. Tansiqboev "Tog'dagi qishloq", "Oqshom", "Issiqko'l oqshomi"; M. Novikov "Turkistonda qish";Z. Inog'omov "Bahor", "Arpa"; G'. Abdurahmonov "Paxtakor stadioni"; R. Temurov "Paxta dalasida", "Oqshom"; Sh. Abdurashidov
    "Baxmalda yoz"; I. Haydarov "Saraton"; P. Benkov "Registonda ilk bahor"; I. Limakov "Bizning ko'cha"; M. Novikov "Qish manzarasi"; K.Cheprakov "Mehmonga"; O. Tatevosyan "Bog' yo'li"; K. Yusupov "Hunarmandlar shahri".
    3- sinf
    Borliqni idrok etish (3 soat)
    Borliqni idrok etish mashg'ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
    Qish faslidagi tabiat manzaralarining go'zalliklarini, uning o'ziga xos xususiyatlarini idrok etish; tevarak-atrofdagi va tabiatdagi afsonaviy go'zalliklarni ko'ra bilish va idrok etish; daraxt shoxi va ildizlaridagi qor uyumlari va bulutlardagi turli shakllarni ko'ra bilishga o'rgatish, kuzatuvchanlikni, fantaziyani, obrazli tafakkurni rivojlantirish; dekorativ qush va hayvonlarni, baliqlarning o'ziga xos ranglarini, tuzilishidagi go'zalliklarni idrok etishga o'rgatish; shahar va qishloq ko'rinishlarini o'ziga xos jihatlari bilan tanishtirish.
    Namunaviy topshiriqlar
    Mo'jizakor tabiat ko'rinishlarini idrok etish. Shahar ko'chalarini idrok etish. Hayvon va qushlarni, baliqlarni idrok etish. "Yozgi ishlar" mavzusida suhbat o'tkazish.
    Naturaga qarab tasvirlash (13 soat)
    Naturaga qarab tasvirlash mashg'ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:

    1. Naturaga qarab rasm ishlash (7 soat)

    Alohida narsalarning rasmini ishlashda uni qog'oz yuzasida to'g'ri joylashtirishga doir bilim va malakalarni mustahkamlash, o'rgatish; narsalarning asliga qarab rasm ishlashda imkoni boricha ko'proq rang va ularning tuslaridan foydalanishga odatlantirish; simmetrik shakldagi narsalarni chizishda o'q chizig'idan foydalanishga o'rgatish; turli shakldagi narsalarning tuzilishini ko'ra bilishga o'rgatish; rasm ishlash malakalarini rivojlantirish; naturaning shakli, rangi, o'lchovlari, o'lchov nisbatlari, narsa bo'laklarining o'zaro bog'liqligini ko'ra bilishga va ularning xarakterli tomonlarini rasmda tasvirlay bilishga o'rgatish.
    Namunaviy topshiriqlar
    Olma, uzum, anor, behi kabi mevalarni, momaqaymoq, binafsha, lolaqizg'aldoq kabi gullarni, shuningdek kapalak, ninachi, tillaqo'ng'iz, kabi hashorotlarni, qaldirg'och, sa'va kabi qushlarni o'ziga qarab alohida rasmini ishlash. 2-3 mevalardan tashkil topgan oddiy natyurmortlarning rasmini ishlash.

    1. Naturaga qarab haykal ishlash (6 soat)

    Naturaning (narsa, qush, hayvonlar) shakli, hajmi, tuzilishidagi o'ziga xos muhim tomonlarini ko'ra olish va ularni loy yoki plastilindan tasvirlash yuzasidan malakalarni mustahkamlash; loy va plastilin, stek bilan ishlashni yanada rivojlantirish; naturaning xarakterini nazarda tutib haykal ishlashning u yoki bu usulidan foydalanish, qo'l bilan paypaslash ( butun bo'lakdagi loydan ortiqcha joylarini olib tashlash, ayrim bo'laklarni ulash) yuzasidan olingan malakalarni mustahkamlash.
    Namunaviy topshiriqlar
    O'yinchoq kosmonavt, qo'chqor, qo'y, turna, ot, xo'tik, ho'kiz kabilarning haykali va releflarini ishlash.
    Kompozitsion faoliyat (18 soat)
    Kompozitsiya mashg'ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat: a) Rangtasvir kompozitsiyasi (6 soat)
    Turli ko'rinish va voqealarni tasvirlaganda obraz va ob'yektlarni bo'rttirib ko'rsatish uchun ranglardan o'rinli foydalanish; hayvon va odamlarning holatlarini ifodali tasvirlay olish; bir narsani ikkinchisi panalab turgan holda tasvirlash; mazmunli rasmlarda planlikni tasvirlashga oid olingan bilimlarni yanada mustahkamlash; mazmunli rasmlardagi ob'yektlarni o'lchov nisbatlarini to'g'ri olish; undagi asosiy va ikkinchi darajali ob'yektlarni ajratib ko'rsatish malakalarini mustahkamlash; o'quvchilarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga ko'maklashish.
    Namunaviy topshiriqlar
    "Kuzgi ishlar", "Qishgi o'yinlar", "Shimoldagi bug'ular", "Akvariumdagi baliqlar", "Fantastik daraxt", "Dorboz bola", "Yomg'irli kun", "Jonajon o'lka", "Tog'da kuz", "Tog'larning bahorgi ko'rinishi", "Qishgi o'yinlar", "Hayvonot bog'ida" mavzularida jamoa bo'lib va yakka holda rasmlar ishlash.
    b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)
    Ijodiy qobiliyat va badiiy didni yanada o'stirish; to'rtburchak va doira shaklidagi naqshlarning xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish, hamda ana shunday naqshlardan namuna ko'chirish va mustaqil ravishda ijodiy ishlashga o'rgatish; dekorativ amaliy san'atga doir iboralar va ularning ma'nosi bilan yaqindan tanishtirish; naqshlarda (yo'lsimon, to'rtburchak, doira) shakllar bilan birga ranglarning almashinib kelishi haqida tushunchalar berish; o'quvchilarning dekorativ ishlarda qo'llaniladigan materiallarning turli xususiyatlari haqidagi bilimlarini yanada kengaytirish; o'zbek xalq amaliy san'ati namunalari asosida loydan o'yinchoqlar yasashga doir bilim va malakalarni yanada mustahkamlash; o'quvchilarning rang tuslari va ularning nomlari haqidagi tushunchalarini yanada boyitish.
    Illyustrativ rasm ishlashda rangtasvir mashg'ulotlaridagi kabi hayvon va odamlarning holatlarini ifodali tasvirlay olish; ertak va hikoyadagi biron bir vaqtni rasm uchun tanlay bilish, rasmda asosiy va ikkinchi darajali ob'yektlarni ajratib ko'rsata bilishga oid bilim va malakalarni rivojlantirish.
    Namunaviy torshiriqlar
    Meva va gullar tasviridan yo'lsimon, kvadrat, to'rtburchak shaklda naqsh namunalaridan ko'chirish. Ijodiy tarzda naqshlar ishlash. Hayvonlar tasvirini tabiiy materiallardan (barglar, o't-o'lanlar va hokazo) applikatsiya yo'li bilan ishlash. "Toshbaqa bilan chayon" masali, o'zbek xalq ertaklaridan "Sham ko'targan mushuk", "Bo'ri bilan mergan", "Echki va uning bolalari" va "Tulki bilan tovus" ertaklari asosida rasm ishlash. "Navro'z" bayramiga atab tabriknoma eskizini tayyorlash.
    v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)
    Harakatdagi odam, hayvonlarning asosiy va tana qismlari, harakatdagi holatlarini, xalq ustalarining o'yinchoq yasash texnikasi bilan yaqindan tanishishtirish va bu texnikada ishlash malakalarini hosil qilish; tasvirlashga o'rgatish; tasvirlanayotgan obrazning kayfiyatini haykalda ifodalay olish, obraz yoki detallarning o'zaro bog'liqligini hisobga olib tasvirlashga o'rgatish. Namunaviy topshiriqlar
    "Tuyalar karvoni" (jamoa ish), "Sirk sahnasidagi tomosha", "Xo'tik yetaklagan bola" mavzusida, shuningdek, "Bo'ri bilan mergan" ertagi asosida haykallar ishlash.
    Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san'at asarlarining ro'yhati:
    G.Kazakov "Qovun bozori"; U.Mo'min "Xirmon","Anorlar"; M.Jo'raboev "Hosil"; P.Benkov "Dugonalar"; P.Leviskiy "Susambil"ga ishlangan illyustrasiyalar; R.Ahmedov "Dam olish"; Ye.Melnikov "Anorlar"; Yu. Yelizarov "Tarvuzli natyurmort"; O'.Tansiqboev "Sirdaryo", "Tog'da kuz", "Chorvoq qurilishida"; A.Mahkamov "Dorbozlar", "O'zbekiston ko'chma sirki" seriyasidan. Q.Basharov "O'zbekiston kuzi", "Shaftolilar", "Shohimardon yo'li"; N.Karaxan "SariChelak ko'li"; D.Mursalimov "Eski shaharda"; N. Kashina "Childirma ushlagan qiz"; T.Muhamedov "Sham ko'targan mushuk" nomli xalq ertagiga ishlangan illyustrasiya. S.Abdullaev "Olmali natyurmort".
    4- sinf
    Borliqni idrok etish (3 soat)
    Borliqni idrok etish mashg'ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat: san'at, transport, qurilish va qishloqlardagi kishilar mehnatining o'ziga xos tomonlari bilan tanishtirish; kuzatilgan mehnat jarayonlaridan olingan taassurotlardan tasviriy faoliyatlarda foydalanishga o'rgatish; o'quvchilarning kuzatuvchanligi va xotirasini, obrazli tafakkurini yanada o'stirish.
    Namunaviy topshiriqlar
    Yaqin atrofdagi qurilishlar, ferma va paxtani qayta ishlash korxonalaridagi turli ta'mirlash ishlari olib borilayotgan joylardagi mehnat jarayonlarini idrok etish.
    San'atni idrok etish (2 soat)
    San'atni idrok etish mashg'ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat: tasviriy san'at turlari (rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika), rangtasvir asarlarining asosiy janrlari (manzara, natyurmort) bilan tanishtirish; bolalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish; tasviriy san'atni sevish va uni qadrlashga o'rgatish; tasviriy san'at asarlariga nisbatan sezgirlikni o'stirish va ular haqida mustaqil fikrlar bildira olishga o'rgatish.
    Namunaviy topshiriqlar
    Tasviriy san'at turlari (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika) haqida suhbat. Rangtasvir janrlari (manzara, natyurmort) haqida suhbat. Haykaltaroshlik turlari (haykal, relef), Grafika (rasm, plakat, illustrasiya) tasviriy san'atning bir turi. Qishloq joylardagi "bahorgi va kuzgi ishlar" mavzusida suhbat o'tkazish va boshqalar.
    Naturaga qarab tasvirlash (12 soat)
    Naturaga qarab tasvirlash mashg'ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat:

    1. Naturaga qarab rasm ishlash (7 soat)

    Bolalar e'tiborini narsalarning simmetrik tuzilishiga, shakliga, ranglarning go'zalliklariga jalb etgan holda savodli rasm ishlash malakalarini takomillashtirish; bo'yoqlarning murakkabroq aralashmalari va turlicha rang tuslaridan foydalanishga o'rgatish; bolalarning o'z tasviriy imkoniyatlariga yarasha narsalarning soya va yorug' qismlarini, bo'yoqlarning och va to'q tuslari yordamida ifodalay olishga o'rgatish; narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlarini hamda o'lchov nisbatlarini aniqroqroq tasvirlay bilishga o'rgatish.
    Namunaviy topshiriqlar
    Kuzgi gullar, gullayotgan daraxt shoxchasi, qovun, anor, choynak, piyola o'yinchoq-toychoq kabilarni o'ziga qarab alohida yoki guruh shaklida rasmlarini ishlash.

    1. Naturaga qarab haykal ishlash (5 soat)

    Tasvirlanayotgan narsalarning shakli, tuzilishi, hajmi va o'lchov nisbatlarini his etish hamda ularni asliga yaqinlashtirgan holda tasvirlay olishga o'rgatish; loy, plastilin kabi materiallar bilan ishlash malakalarini yanada o'stirish; tasvirlanayotgan odam, hayvon, qush haykallarini yaxlit yoki alohida-alohida loy (yoki plastilin) bo'laklaridan ishlash yo'llarini o'zlashtirish; odam, hayvon va qushlarni harakatdagi rasmini to'g'ri tasvirlashga o'rgatish.
    Namunaviy topshiriqlar
    O'yinchoq fil, jirafa, sher, xo'roz, hayvon va qushlarning o'ziga yoki rasmiga qarab haykallarini ishlash.
    Kompozitsion faoliyat (17 soat)

    1. Rangtasvir kompozitsiyasi (5 soat)

    Atrof-muhitda ro'y berayotgan voqea va hodisalarni kuzatish; kompozitsiya ishlashda detallarni asimmetrik joylashtirish, uning muvozanatini saqlash qoidalariga rioya qilishga o'rgatish; rangtasvirda asosiy bo'laklarni bo'rttirib ko'rsatishga o'rgatish (Rang, shakl, yorug'-soyalar yordamida ajratib ko'rsatish va boshqalar); elementar tarzda chiziqli va havo perspektivasi qoidalaridan foydalangan holda rasm ishlashga o'rgatish; rangtasvirda jo'shqin harakatni, quvonchli kayfiyatni, mayus ob-havoni turli vositalar (ranglar, shakllar) yordamida ifodalay olishga o'rgatish.
    Namunaviy topshiriqlar
    "Mehmonlar me'morchilik yodgorliklari oldida", "Bahor keldi", "Tog'larning bahorgi ko'rinishi", "Navro'z bayrami" (jamoa ishlari), "Poyga", "Yomg'irli kun", "Sport o'yinlari", "Vertolyot uchib keldi", "Hindcha raqs", "Oltin fasl", "Qovun sayli", "Shum bola" mavzusida rasm ishlash.

    1. Dekorativ kompozitsiya (6 soat)

    Dekorativ bezak ishlarini bajarish orqali ijodiy qobiliyatlarini o'stirish; o'zbek xalq amaliy san'ati bilan keng tanishtirish hamda dekorativ ishlarda foydalanishga o'rgatish; qalam va bo'yoqlar bilan ishlash malakalarini yanada o'stirish; ertak, hikoya, masallar asosida illyustrasiyalar ishlaganda tasvirlanayotgan naqshlarning ma'no jihatdan uzviy bog'liqlikda tasvirlashga o'rgatish; turmushda ranglarning tutgan o'rni va ularning kishi ruhiyatiga, kayfiyatiga ta'siri haqidagi tushunchalarini kengaytirish, tasviriy san'at asarlarida tasvirlangan voqeahodisalarning ta'sirchan chiqishida ranglarning ahamiyati to'g'risida nazariy ma'lumotlar berish; havo perspektivasi haqidagi tushunchalarni kengaytirish; ranglarning iliq va sovuq, to'q va och tuslarini o'z o'rnida qo'llash haqidagi bilimlarini mustahkamlash.
    Namunaviy topshiriqlar
    O'zbek xalq amaliy san'ati namunalaridan doira, to'g'ri to'rtburchak shaklida naqsh namunalaridan ko'chirish. "8-mart" bayramiga bag'ishlab tabriknoma tayyorlash; "Sehrli gilamcha" mavzusida applikatsiya ishlarini bajarish. O'zbek xalq ertaklaridan "Ur to'qmoq", "Susambil" va "Vafodor it" hikoyalari asosida rasm ishlash.
    v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)
    Haykaltaroshlik kompozitsiyasini ishlaganda undagi detallarni o'zaro bog'langan holda tasvirlashga o'rgatish; xalq hunarmandlari kabi o'yinchoqlar yasash va bezashga o'rgatish, dekorativ relef ishlash malakalarini rivojlantirish; hajmli dekorativ o'yinchoqlarning haykallarini badiiy bezashda mo'yqalam va bo'yoqlar bilan ishlash malakalarini yanada o'stirish.
    Namunaviy topshiriqlar
    "Afsonaviy dev", "Poyga", "Xokkey o'ynayotgan bola" mavzusida ( jamoa bo'lib va shaxsiy) haykallar ishlash.
    Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san'at asarlarining ro'yhati:
    A. Abdullaev "Shahlo" portreti; A. Mirzayev "To'y"; J. Umarbekov "Qo'shiq"; A. Mirsoatov "G'azalkent chiroqlari"; Z. Inog'omov "Kuz"; O'. Tansiqboev "Chorvoq qurilishida"; J. Quttimurodov "Sohibjamol"; T. Muhamedov "Uch og'a ini botirlar", "Namaki" ertaklariga ishlangan illustrasiyalar; Q. Basharov "O'zbekistonning qo'shiq va o'yinlari", "Hosil bayrami"; M. Nabiev "Zahiriddin Muhammad Bobur" portreti; R. Choriev "Oq tulporlar"; B. Jalolov "Ibn Sino"; I. Haydarov "O'zbekiston kuzi"; A. Boymatov "Abu Ali Ibn Sino"; M. Musaboev "Mirzo Ulug'bekka o'rantilgan yodgorlik"; D. Gorlov. I.Yefimov, A. Komarov, V. Vatagin, L. Kazbekovlarning qush va hayvonlarni tasvirlovchi rasmlari.
    5- sinf 1 - chorak (9 soat ) Tasviriy san'atning ifodaviy vositalari.
    Tasviriy san'atning ifodaviy vositalari, qalam tasvir-badiiy ijod asosi sifatida, oq-qora grafikaning tasviriy-ifodaviy vositasi, hajmhaykaltaroshlik asosi, rangtasvir xususiyatlari.

    1. - chorak (7 soat ) Tasviriy san'atda tabiat tasviri.

    San'atning mohiyatini anglash tasviriy faoliyatning asosidir, rangtasvirda manzara, grafikada manzara, tasviriy san'atda animalistik janr.

    1. - chorak (10 soat ) Buyumlar dunyosiga munosabat.

    Rangtasvirda natyurmort, grafikada natyurmort, natyurmort-rangtasvir kartinalarining bir qismi sifatida.

    1. chorak (8-soat ) Insonga razm solish.

    Tasviriy san'atda portret janri, haykaltaroshlikda portret, grafikada portret, rang tasvirda portret.
    6- sinf
    1 - chorak (9 soat )
    O'rta asrlar san'atida inson go'zalligining tasvirlanishi.
    O'rta asr san'atining usul va yo'nalishlari, haykaltaroshlikda lirika va dramatizm, inson tasvirining-asosiy mavzusi, qalamtasvirhaykaltaroshlikda hajmlarning tasviriy ifodasi sifatida, haykaltaroshlikda hayvonot dunyosining tasviri.
    2- chorak (7 soat ) Sharq san'ati.
    Sharq miniatyura san'ati, miniatyura - kitob illustrasiyasi sifatida, sharqiy Osiyoning badiiy madaniyati, yil fasllari manzarasi Xitoy va Yaponiya rassomlarining sevimli mavzusi.
    3- chorak (10 soat ) Dastgoh rangtasviri.
    Dastgoh rangtasviri tasviriy san'atning serqirra turlaridan biri sifatida, natyurmort kompozitsiyasi, manzarada kayfiyat, tasviriy san'atda buyuk siymolar tasviri. Portret va ikonografiya.
    4- chorak (8 soat ) Tasviriy san'atda syujetli kartinalar.
    Rangtasvirda syujetli kartinalar, syujetli kartinaning murakkab olami.
    Rassom kartina ustida qanday ishlaydi? Rangtasvir ustalari, mening san'atim tengdoshlarim nigohida.
    7 sinf

    1. - chorak (9 soat )

    San'atda oqim va yo'nalishlari: umuminsoniy va milliy xususiyatlar.
    San'atda oqim va yo'nalishlar, impressionistik rangtasvir. Puantelizm, tasviriy san'atda kubizm uslubi, tasviriy san'atda ramziy belgi va geraldika. O'zbekistonning amaliy bezak san'atida ramziy shakllar.

    1. - chorak (7 soat ) Amaliy bezak va dizayn san'ati.

    O'zbekiston naqsh ramzlari, amaliy bezak san'atining obrazli tizimi, amaliy bezak san'atida shakl va mazmun, dizayn san'ati.

    1. - chorak (10 soat ) Me'morlik san'ati.

    O'zbekistonning me'moriy yodgorliklari, sharq me'morligi, men istagan shahar, me'moriy manzara.

    1. - chorak (8 soat ) Kitobat san'ati.

    Kitobat san'ati sintetik san'at turi sifatida: rassom-yozuvchi-noshir, kitobat san'atining badiiy grafik - elementlari, kitob illyustrasiyasi, maket va uning konstruktsiyasi.
    CHIZMACHILIK FANIDAN DAVLAT TA`LIM STANDARTI
    O`quvchilar chizmachilik faniga oid quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarini egalashlari shart:

    • to`g`ri burchakli proyeksiyalash asoslari to`g`risida tushunchaga ega bo`lish;

    • chizmalarni bajarish va tutashmalarni yasash usullarni bilish;

    • chizmachilik asboblaridan ratsional foydalana olish;

    • buyumlarning asliga qarab uni tahlil qila olish; - detal chizmasiga qarab geometrik tahlil qilish;

    • sodda buyumlarning chizmasi, eskizini bajarish va o`qiy olish;

    • chizmalarda kesimlar va qirqimlarni bajarish hamda belgilashning asosiy qoidalarini bilish;

    • yig`ish va qurilish chizmalarini o`qish to`g`risida umumiy tushunchaga ega bo`lish;

    • detallarning asosiy birikmalarini bilish hamda, chizmalarini chizish va o`qiy olish;

    • oddiy qurilish chizmalarini o`qiy olish.

    1. Davlat ta`lim standartiga sharh

    Umumiy o`rta ta`lim maktablarida chizmachilik kursi ta`limning umumiy maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilib, o`quvchilarning tabiat va texnikani ko`rgazmali idrok etishiga, predmetlarning tuzilishini va fazoviy munosabatlarini chuqurroq bilishiga, ko`z bilan ko`rib bo`lmaydigan jarayonlar va xodisalarni sinchiklab o`rganishga yordam beradi. Shuningdek, chizmalarni o`qish va bajarish orqali bolalarning fazoviy tasavvuri va mantiqiy tafakkurini, texnikaviy ijod, bunyodkorlik, loyihalash kabi sifatlarni rivojlantiradi.
    Maktab chizmachilik ta`limining maqsadi o`quvchilarni murakkab bo`lmagan texnik chizmalarni bajarish, o`qish va o`z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda etishga o`rgatishdan iborat.
    O`quvchilar chizmachilik asoslariga oid quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlari shart:

    1. Chizmachilik ta`limining maqsadi va vazifalari

    1. O`quvchilarda chizmalarni taxt qilish qoidalarini va chizma asboblaridan o`z o`rnida foydalanish malaka va ko`nikmasini hosil qilish.

    2. Bolalarda ish o`rnini to`g`ri tashkil etish, intizom va ijtimoiy mulkni asrab-avaylash kabi fazilatlarni tarbiyalash.

    3. Geometrik yasashlar, sirkul va lekalo yordamida bajariladigan egri chiziqlar bo`yicha ko`nikmalar hosil qilish.

    4. Proyeksiyalash usullarini o`rganish, murakkab bo`lmagan detallarning to`g`ri burchakli hamda aksonometrik proyeksiyalarini bajarish ko`nikmalariga ega bo`lish.

    5. Chizmalar tarkibini tahlil qilish va o`qish malakalarini hosil qilish.

    6. O`quvchilarning fazoviy tasavvuri hamda grafik tafakkurini rivojlantirish.

    7. Chizmalarda kesim, qirqim shartliliklar va soddalashtirishlardan foydalana olishga o`rgatish.

    8. Kompyuter yordamida oddiy chizmalar yasash ko`nikmalarini shakllantirish.

    9. Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar, yig`ish chizmalari bo`yicha umumiy tushunchalar berish.

    10. Qurilish va sxema chizmalarining asoslari bilan tanishtirish.

    11. Ma`lumotnoma adabiyotlardan foydalana bilishga o`rgatish.

    Mazkur Davlat ta`lim standarti o`quvchilarga beriladigan bilim, ko`nikma va malakalarning me`yorini belgilaydi, chizmachilik oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarishni ta`minlash va nazorat qilishni amalga oshiradi.
    O`quvchilarning grafik tayyorgarlik darajasiga qo`yilgan talablar majmuasini belgilab beradi.
    "Chizmachilik" kursining mazmuni ilmiy fanlar "Chizma geometriya" va "Muhandislik grafikasi" bilan aniqlanadi.
    Hozirgi zaman chizmalarini tayyorlash va o`qish uchun zarur bo`lgan bilimlardan kelib chiqib, umumiy o`rta ta`lim maktablarida grafik ta`limning mazmunini aniqlashda quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

    1. Umumiy o`rta ta`lim maktablari chizmachilik kursining mazmuni didaktik prinsiplardan kelib chiqib, chizmalarni o`qish va bajarish bo`yicha standartlashtirilgan (fazoviy yechimlar uchun zarur bo`lgan chizma geometriyaning klassik metodlari bularning nazariy asosidir).

    2. Grafik va amaliy ishlar mazmunini chizmalarini o`qishga hamda ta`lim jarayonida loyihalash masalalaridan foydalanilgan holda xalqaro standartlarda qabul qilingan shartli va simvolik belgilar bilan muvofiqlashtirishga yo`naltirish.

    3. Maktab chizmachilik ta`limi mazmuniga ajratilgan tasvirlash metodiga tegishli chizmalarni tanlashda, materiallarni texnik va amaliy mohiyati, hayotda qo`llanish ko`lami kengligi hal qiluvchi rol o`ynashini e`tiborga olish.

    Bunday tasvirlash metodi chizmachilikda asosiy hisoblangan to`g`ri burchakli proyeksiyalash (kompleks chizma) va aksanometrik proyeksiyalar metodidir. Bulardan tashqari, bolalarni tasvirlarni almashtirish, texnologik, arxitektura-qurilish va sxema-chizmalarning asoslari bilan tanishtirish.

    1. Chizmachilik ta`limi mazmunini tuzishda politexnik ta`lim vazifalari, turdosh predmetlar va mehnatga tayyorgarligi talablarini hisobga olish.

    "Politexnik ta`lim" tushunchasini quyidagicha izohlash mumkin. O`quvchilarga faqat politexnik bilim va malakalar beradigan alohida o`quv predmeti yo`q. O`quvchi maktabdagi barcha ta`lim-tarbiya vositalari, ayniqsa, grafik ta`lim orqali politexnik ma`lumotga ega bo`ladi.
    Ta`limdagi politexnik prinsip o`quvchilarni o`quv va mehnat faoliyati ob`ektlarining politexnik mazmuni hamda uning o`quvchi tomonidan ochib berilishi va o`quvchilarning qabul qilish tizimlarini ifodalaydi.

    1. Grafik ta`lim mazmunida bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun O`zbekistonning mustaqillik davri prinsiplaridan biri bo`lgan ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy-nazariy meroslaridan faxrlanish tuyg`ularini tarkib toptirishdan iborat.

    Binobarin, fan va madaniyatning mumtoz namoyondalari qoldirgan ilmiy-nazariy meros bugungi va kelgusi avlod tafakkuri doirasini kengaytirishga bevosita yordam beradi. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan asosiy prinsiplardan tashqari quyidagi shart-sharoitlarga:

    • hozirgi zamon fan va texnikasi, ishlab chiqarish taraqqiyoti vazifalari bilan uzviy bog`langan asosiy yo`nalishlarni o`zida aks ettiradigan bilimlar, ko`nikmalar va malakalar tizimi;

    • o`quv materiallari rivojlangan xorijiy mamlakatlar grafik ta`lim mazmuni tajribalariga mutanosibligi;

    • o`quv predmetni o`rganish uchun tanlangan mazmunning belgilangan vaqt doirasiga singishi;

    • grafik ta`lim mazmunining hozirgi va istiqboldagi maktablar moddiy-texnika hamda didaktik vosita imkoniyatlariga mos kelishiga amal qilinishi lozim.

    Grafik ta`lim hajmining majburiy minimumi umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`quvchilarga berilishi zarur bo`lgan ta`lim mazmuni minimumini ifodalaydi. Maktab grafik ta`limi me`yorlarini belgilashda o`quvchilar texnikaviy garafikaning asoslaridan standart doirasida amaliy va nazariy ko`nikmalarga ega bo`lishlari nazarda tutiladi. Bular quyidagi bloklarda ifodalanadi:

    • chizmalarni taxt qilish qoidalari ;

    • chizmachilik shriftlari;

    • geometrik yasashlar;

    • proyeksiyalash usullari;

    • chizmalarni o`qish va bajarish;

    • texnik rasm va eskizlar;

    • kesim va qirqimlar, chizmalarda shartlilik, soddalashtirishlar;

    • loyihalash elementlari bo`lgan ijodiy grafik masalalar;

    • mashinasozlik chizmalari;

    • qurilish chizmalari;

    • sxemalar;

    • kompyuter yordamida oddiy chizmalar yasash.

    III. O`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablar
    Chizmalarni taxt qilish qoidalari
    Chizma buyumlar, asboblar va o`quv qurollari. Ish o`rnini tashkil etish. Chizmalarni taxt qilishga qo`yilgan talablar. Chizma qog`ozlarning o`lchamlari, bichimlar (formatlar), uning hoshiyasi va asosiy yozuvi. Masshtablar. Chiziq turlari. O`lcham qo`yish qoidalari.
    Chizma shriftlar
    Shrift o`lchamlari. Bosh harflar hamda raqamlarning tuzilishi va yozilishi. Yozma harflarning yozilishi.
    Geometrik yasashlar
    Parallel va perpendikulyar to`g`ri chiziqlarni o`tkazish. To`g`ri chiziq kesmasini teng bo`laklarga bo`lish. Burchak yasash va ularni teng bo`laklarga bo`lish. Aylanani teng bo`laklarga bo`lish. Girix (naqsh) hosil qilish. Qiyaliklar va konusliklar. Mustaqil ko`p burchaklar yasash. Tutashmalar yasash. Ikki to`g`ri o`tmas va o`tkir burchak tomonlarini tutashtirish. Aylana va to`g`ri chiziqni tutashtirish. Ikki aylanani to`g`ri chiziq va yoy yordamida tutashtirish. Shuningdek, ikki aylanani yoy yordamida tashqi, ichki va aralash tutashtirish. Sirkul va lekalo yordamida bajariladigan ovallar va ellips egri chiziqlar.
    Proeksion chizmachilik
    Proyeksiyalash usullari. Markaziy va parallel proyeksiyalash. To`g`ri burchakli proyeksiyalar. Oktant va epyur haqida umumiy tushuncha ( Nuqta, to`g`ri chiziq va tekis shakllarning proyeksiyalari). Narsaning o`zaro perpendikulyar uchta proyeksiyalar tekisliklariga (1-oktant) proyeksiyalash va tekis chizma (epyur) hosil qilish. Geometrik jismlar va ularning proyeksiyalari.
    Ko`rinishlar va chizmalarni o`qish
    Bosh va asosiy ko`rinishlar. Mahalliy va qo`shimcha ko`rinishlar. Modelning o`ziga qarab uning ko`rinishlarini chizish.
    Oddiy detal chizmalarini tahlil qilish, geometrik jismlarga ajratish va chizmalarni o`qish tartibi, qoidalari. Detalning berilgan ikki proyeksiyasi bo`yicha uchinchi proyeksiyasini yasash.
    Aksonometrik proyeksiyalar
    Aksonometrik proyeksiyalar haqida umumiy ma`lumotlar va ularni hosil qilish. Aksonometrik o`qlar va ularni yasash. Yassi shakllar va aylananing aksonometriyasini yasash. To`g`ri burchakli izometrik proyeksiyalar. Qiyshiq burchakli dimetrik proyeksiyalar. Texnik rasm.
    Detalning eskizi va texnik rasmini bajarish
    Eskiz va texnik rasm haqida tushuncha va uni chizish bosqichlari. O`quv modellarning eskizlarini bajarish. Detallarning eskizi va texnik rasmlarni bajarish.
    Kesimlar va qirqimlar
    Kesimlar ustiga chizilgan va chiqarilgan kesimlar. Kesimlarni belgilash va joylashtirish. Oddiy qirqimlar (frontal, gorizontal, profil va og`ma), mahalliy va qo`shimcha qirqimlar. Ko`rinishning bir qismi bilan qirqimning bir qismini birlashtirish. Shartliliklar va soddalashtirishlar. Loyihalash elementlariga oid ijodiy masalalar.
    Tasvirlari kesim va qirqimlar talab qiluvchi detallarning eskizi va texnik rasmlarni bajarish.
    Chizmalarda shartlilik va soddalashtirishlar
    Chizmalarda shartlilik va soddalashtirishlardan foydalanish.
    Tarkibida loyihalash elementlari bo`lgan ijodiy grafik masalalar yechish
    Detalning shakli va fazoviy holatini o`zgartirishga oid mashqlarni bajarish.
    Mashinasozlik chizmalari
    Mashinasozlik chizmalari haqida umumiy ma`lumotlar. Buyumlarning turlari. Konstruktorlik hujjatlarining turlari. Yig`ish chizmalari. Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar. Rezbalar va ularning turlari. Chizmalarda rezbalarni tasvirlash. Rezbali brikmalarni chizish. Oddiy yig`ish chizmalarini o`qish.
    Sxema va qurilish chizmalari
    Sxemalar va ularning turlari haqida ma`lumotlar. Oddiy elektr va radio sxemalar. Qurilish chizmalari haqida umumiy ma`lumot. Binoning fasadi, plani va qirqimi. Qurilish chizmalariga o`lcham qo`yishning o`ziga xosligi.
    Kompyuter yordamida oddiy chizmalarni yasash
    Chizma yozuvlarni yozish. Tekis va hajmli shakl tasvirlarini yasash. Oddiy geometrik shaklni yasash. Berilgan jismning fazoviy holatini hamda shaklini o`zgartirish.
    O`quvchilarning o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar VIII sinf
    Bilimlar

    • chizmalarning ahamiyati, tarixi, ishlab chiqarishdagi o`rni va vazifalari;

    • chizmachilik asboblari, materiallari, o`quv qurollari va ulardan foydalanish;

    • chizmalarni taxt qilish qoidalari, chizma qog`ozlarining o`lchamlari formatlari, asosiy yozuv va hoshiyalar;

    • kichraytirish va kattalashtirish masshtablari;

    • chizmalar bajarishda asosiy tutash chiziq, ingichka tutash chiziq, to`lqinsimon tutash chiziq, shtrix chiziq hamda shtrix-punktir chiziqlarning yo`g`onligi, qo`llanishi va ularning vazifalari;

    • standart shriftlarning 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14 o`lchamlari, 5 va 7 shriftlarda lotin alfaviti bo`yicha bosh va yozma harflar, raqamlar tuzilishni bilish;

    • o`lcham qo`yish qoidalari;

    • burchaklar yasash va teng bo`laklarga bo`lish;

    • qiyaliklar va konusliklarni yasash;

    • sirkul va lekalo yordamida ovallar, ellipslar egri chiziqlarni bajarish;

    • markaziy va parallel proyeksiyalash;

    • oktant va epyur haqidagi umumiy tushunchalar;

    • nuqta, to`g`ri chiziq va tekis shakllarning bitta ikkita, uchta o`zaro perpendikulyar tekisliklarda proyeksiyalarini yasash;

    • detal chizmalarni tahlil qilib, ularni fikran geometrik jismlarga ajratish;

    • chizmalarni o`qish tartib qoidalari;

    • modelning berilgan ikki proyeksiyasi bo`yicha uchinchi ko`rinishini yasash;

    • asosiy ko`rinishlar va ularni joylashtirish tartibi;

    • mahalliy va qo`shimcha ko`rinishlar haqidagi ma`lumotlar; - aksonometrik proyeksiyalarni hosil qilish va ularning turlari.

    Ko`nikmalar

    • chizmachilik asboblari, materiallaridan foydalanish va chizmalarni taxt qilish qoidalari;

    • chizmalar bajarishda asosiy tutash chiziq, ingichka tutash chiziq, to`lqinsimon tutash chiziq, shtrix chiziq xamda shtrix-punktir chiziqlarning yo`g`onligi, qo`llanishi va ularning vazifalari;

    • standart shriftlarning 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14 o`lchamlari, 5 va 7 shriftlarda lotin alfaviti bo`yicha bosh va yozma harflar, raqamlar tuzilishni yoza olish;

    • parallel va perpendikulyar to`g`ri chiziqlarni o`tkazish va to`g`ri chiziq kesmasi va aylanani teng bo`laklarga bo`lish;

    • burchaklar yasash va teng bo`laklarga bo`lish;

    • qiyaliklar va konusliklarni yasash;

    • to`g`ri, o`tmas va o`tkir burchaklarni hamda aylana va to`g`ri chiziqlarni o`zaro tutashtirish;

    • ikki aylanaga urinmalar o`tkazish; ikki aylanani ichki, tashqi va aralash tutashtirish;

    • sirkul va lekalo yordamida ovallar, ellipslar egri chiziqlarni bajarish;

    • nuqta, to`g`ri chiziq va tekis shakllarning bitta ikkita, uchta o`zaro perpendikulyar tekisliklarda proyeksiyalarini yasash;

    • geometrik jismlar silindr, konus, piramida va prizmalarning proyeksiyalarini qurish;

    • modelning asliga qarab kerakli ko`rinishni va modelning yaqqol tasviriga asosan uning ko`rinishlarini yasash; - aylananing aksonometriyasini yasash.

    Malakalar

    • chizmalarni taxt qilish qoidalari, chizma qog`ozlarining o`lchamlari formatlari, asosiy yozuv va hoshiyalar;

    • standart shriftlarning 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14 o`lchamlari, 5 va 7 shriftlarda lotin alfaviti bo`yicha bosh va yozma harflar, raqamlar tuzilishni yoza olish;

    • parallel va peprendikulyar to`g`ri chiziqlarni, to`g`ri chiziq kesmasi va aylanani teng bo`laklarga bo`lishni, to`g`ri, o`tmas va o`tkir burchaklarni hamda aylana va to`g`ri chiziqlarni o`zaro tutashtirish;

    • sirkul va lekalo yordamida ovallar, ellipslar egri chiziqlarni bajarish;

    • nuqta, to`g`ri chiziq va tekis shakllarning bitta ikkita, uchta o`zaro perpendikulyar tekisliklarda proyeksiyalarini yasash;

    • geometrik jismlar silindr, konus, yordamida va prizmalarning proyeksiyalarini qurish;

    • bosh va zaruriy ko`rinishlar sonini aniqlash, modelning yaqqol tasviriga asosan uning ko`rinishlarini va modelning ikki ko`rinishiga asosan uchinchi ko`rinishini yasash;

    • aksonometrik proyeksiyalarni hosil qilish va ularning turlari va aylananing aksonometriyasini yasash;

    • to`g`ri burchakli izometrik va qiyshiq burchakli diametrik proyeksiyalarni bajarish.

    IX sinf
    Bilimlar

    • kesim va uning turlarini bilish va qo`llay olish;

    • chizmada metall, nometall, yog`och va shisha materiallarning grafik belgilanishi;

    • qirqimlarni haqida tasavvurga ega bo`lish;

    • chizmalarga mahalliy qirqim qo`llay olish;

    • chizmalarda ko`rinishning yarmi (bir qismi) bilan qirqimning yarmi (bir qismini) birlashtirishni bilish;

    • chizmalarda shartlilik va soddalashtirishlardan foydalanish;

    • aksonometrik proyeksiyalarda qirqim bajarish;

    • sodda detallarning eskizi va texnik rasmlarda qirqimlar, kesimlarni qo`llash;

    • mashinasozlik chizmalariga oid umumiy ma`lumotlar ;

    • konstruktorlik hujjatlarining turlari;

    • ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar haqida bilish;

    • yig`ish chizmalari haqida bilish, ularni o`qiy olish;

    • rezbalar va ularning turlarini ajrata olish;

    • elektr va radio sxemalarning turlari;

    • qurilish chizmachiligiga oid umumiy ma`lumotlarga ega bo`lish;

    • chizmani kompyuterda tasvirlash usullari haqida bilimga ega bo`lish;

    Ko`nikmalar

    • kesim va uning turlarini bilish va qo`llay olish;

    • chizmalarda frontal, gorizontal, profil, og`ma va mahalliy qirqimni qo`llash;

    • chizmalarda ko`rinishning yarmi (bir qismi) bilan qirqimning yarmi (bir qismini) birlashtirish qo`llash;

    • chizmalarda chiqarilgan va ustiga chizilgan kesimlarni qo`llash;

    • chizmalarda shartlilik va soddalashtirishlardan foydalanish;

    • sodda detallarning eskizi va texnik rasmlarda qirqimlar, kesimlarni qo`llash;

    • loyihalash elementlariga oid ijodiy masalalarni bajarish;

    • yig`ish chizmalari haqida bilish, ularni o`qiy olish;

    • rezbali detallardan bolt, shpilka, shpilka uyasi va vint chizmalarini bajarish;

    • kompyuter yordamida oddiy detal chizmasini yasash.

    Malakalar

    • kesim va uning turlarini chizmada qo`llash;

    • chizmalarda ko`rinishning yarmi (bir qismi) bilan qirqimning yarmi (bir qismini) birlashtirish;

    • murakkab qirqimlarni chizmalarda qo`llash;

    • chizmalarda shartlilik va soddalashtirishlardan foydalanish;

    • sodda detallarning eskizi va texnik rasmlarda qirqimlar, kesimlarni qo`llash;

    • loyixalash elementlariga oid ijodiy masalalarni bajarish;

    • soddalashtirilgan boltli va shpilkali birikmalar chizmalarini bajarish.

    VIII sinf
    O`quvchilar ushbu tushunchalarning ta`rifini bilishi kerak:
    · chizma
    · GOST (Davlat standarti)
    · chizma chiziqlari
    · formatlar
    · masshtablar
    · grafik ish
    · qiyalik va konuslik
    · tutashmalar
    · proyeksiya tekisligi
    · proyeksiya
    · aksonometriya
    · o`lcham
    · ko`rinishlar
    · eskiz
    · texnik rasm.
    O`quvchilarning grafik malakalariga qo`yiladigan talablar:

    1. Chizma asboblaridan maqbul foydalanish.

    2. Standart chizma chiziqlarini chiza olish.

    3. Oddiy tutashmalarni bajara olish (dastur doirasida).

    4. Oddiy o`quv modellari chizmalarini chiza olish.

    5. Narsalarni to`g`ri burchakli proyeksiyalay olish.

    6. Narsalarni qiyshiq burchakli proyeksiyalay olish.

    7. Oddiy narsalarni izometrik va dimetrik proyeksiyalarda tasvirlay olish.

    8. Narsalarning chizmasiga o`lcham qo`ya bilish.

    9. Chizmada masshtabdan foydalana bilish.

    10 .Oddiy detallarning eskiz va texnik rasmini bajara olish.
    IX sinf
    O`quvchilar quyidagi tushunchalarning ta`rifini bilishi kerak:
    · Kesim
    · Kesuvchi tekislik
    · Kesim chizig`i
    · Qirqim
    · Oddiy va murakkab qirqim
    · Mahalliy qirqim
    · Birikma chizma
    · Ajraluvchi va ajralmas birikma
    · Rezba
    · Bolt, gayka va shpilka
    · Yig`ish chizmalari
    · Spesifikatsiya
    · Pozitsiya raqami
    · Chiqarish elementi
    · Qurilish chizmachiligi (fasad, plan, qirqim)
    · Sxema chizmalari (kinematik, elektrosxemali)
    O`quvchilarning grafik malakalariga qo`yiladigan talablar:
    1. Detallarning chizmalarida kesimni tasvirlay olish; 2. Kesimni shaklini tasvirlash, belgilash va joylashtirish;
    3. Detallarning chizmalarida qirqimni tasvirlay olish:

    • oddiy qirqim;

    • murakkab qirqim;

    • og`ma qirqim;

    • mahalliy qirqim;

    • qirqimlarni belgilash va joylashtirish.

    1. Detallarning birikmalarini o`qiy olish.

    2. Chizmalarda rezbani tasvirlay olish.

    3. Bolt, gayka, shpilkalarning chizmalarini bajara olish.

    4. Yig`ish chizmalarini o`qiy olish.

    5. Yig`ish chizmalarini detallarga ajrata olish.

    6. Oddiy va murakkab almashtirishlarni bajara olish.

    10 .Qurilish chizmalarini o`qiy olish.
    11 .O`z yashash joyining plani, fasadi, qirqimini bajara olish.
    12 .Elektr va kinematik sxemalarni o`qiy olish.
    CHIZMACHILIK FANIDAN O`QUV
    DASTURI
    Uqtirish xati
    Mazkur chizmachilik dasturi O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablariga muvofiq umumiy o`rta ta`lim tizimida o`quv dasturlariga qo`yilgan talablar asosida yaratildi.
    Umumiy o`rta ta`lim maktablarining amaldagi o`quv rejasiga binoan grafik ta`lim 8-9 sinflarda berilib, bunda oliy o`quv yurtlarida o`tiladigan "Chizmachilik" kursi dasturining soddalashtirilgan shaklidan foydalanildi, ya`ni chizmachilik fani bo`yicha ta`lim konsentrik dastur asosida olib borildi. Amalda qo`llanilayotgan bunday dastur chizmachilik kursining barcha bo`limlarini o`z tarkibiga olgan bo`lib, unda o`quvchilar o`quv rejada belgilangan 68 soat hisobiga geometrik, proeksion, mashinasozlik va qurilish chizmachiligi o`quv materiallarini o`zlashtirish ko`zda tutilgan. Dasturni qayta ishlash jarayonida chizmalarni taxt qilish, chizmachilik shriftlarini o`rganish, geometrik yasashlar sohasidagi mavzularning mazmuni takomillashtirildi.
    Bulardan tashqari proyeksiyalash asoslari va aksonometrik proyeksiyalar bo`yicha nazariy qismi grafik ishlarning mazmuni bilan boyitildi va kompyuterda chizma bajarishga alohida e`tibor qaratildi.
    O`quvchilarning fazoviy tasavvurini, ya`ni, xotira, tasavvur hayolini va grafik tafakkurini rivojlantirish butun kursning asosiy o`zagini tashkil qiladi.
    Respublikamiz ta`lim tizimida uzliksiz ta`limning tashkil etilishi barcha fanlar qatori grafik ta`lim mazmuniga ham yangicha yondoshish va mazkur sohada izchillik tamoyillarini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Shu nuqtai nazardan mazkur dastur umumiy o`rta ta`lim maktablarining 8-9 sinflariga mo`ljallangan.
    "Chizmachilik" o`quv dasturining maqsadi o`quvchilarni murakkab bo`lmagan texnik chizmalarni bajarishga, o`qishga va o`z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda etishga, shuningdek, kompyuter yordamida oddiy chizmalarni yasashga o`rgatishdan iborat.
    Dastur "Chizma geometriya elementlari bilan chizmachilikni integratsiyalash" bo`yicha yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan.
    Chizmachilik dasturi quyidagi o`quv vazifalarni bajarishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi:

    1. O`quvchilarga konstruktorlik yagona tizim (YeSKD) qoidalari to`g`risida umumiy tushuncha berish.

    2. Geometrik yasashlar bo`yicha ko`nikmalar hosil qilish.

    3. Proyeksiyalash asoslarini o`rgatish bo`yicha bilimlarni shakllantirish. Geometrik modellar va sodda detallarning to`g`ri burchakli hamda aksonometrik proyeksiyalarini yasash malakalariga erishish.

    4. Chizmalarni o`qish malakalarini hosil qilish.

    5. Bolalarning fazoviy tasavvurlari hamda grafik tafakkurini rivojlantirish.

    6. Chizmalarda qirqim, kesim, shartliliklar va soddalashtirishlardan to`g`ri foydalanishga o`rgatish.

    7. Mashinasozlik chizmalari bo`yicha va sxemalar haqida umumiy tushunchalar berish.

    8. Loyihalash elementlari bo`yicha ilk ko`nikmalarni shakllantirish.

    9. Qurilish chizmalarining asoslari bilan tanishtirish.

    10. Kompyuter yordamida oddiy chizmalar yasash ko`nikmalarini shakllantirish.

    Chizmachilik dasturining vazifalari nazariy va amaliy bilimlarni integratsiya asosida mashqlar, grafik hamda amaliy ishlar majburiy minimumini bajarish yo`li bilan amalga oshiriladi va unga o`quv vaqtining 60-70 foizi ajratilishi lozim. Bu ishlarning mazmuni chizmalar, eskizlar, aksonometrik proyeksiyalash, texnik rasmlarni bajarish va ularni o`qiy olishdan iborat bo`lish kerak.
    Mazkur o`quv dastur tarkibidan o`rin olgan mavzularning ketmaketlik tartibi saqlangan holda o`quv materiallar va ular uchun ajratilgan soatlar hajmi o`zgartirilmasligi tavsiya etiladi.
    Dasturning 8-sinflar uchun belgilangan o`quv materiallari sakkizta bo`limdan iborat bo`lib, "Kirish" qismi ma`ruza shaklida tashkil etilishi nazarda tutiladi.
    "Chizmalarni taxt qilish qoidalari"ni ifoda etuvchi ikkinchi bo`lim o`quv materiallari o`quvchilar tomonidan yoddan bilishlariga mo`ljallangan.
    "Chizma shriftlari" o`quv materiallari yordamida o`quvchilar standart shriftlarda harflar hamda raqamlarning yozilishi bo`yicha maksimal bilim, ko`nikmalarga ega bo`lishi ko`zda tutilgan. Mazkur materiallar yuzasidan egallanishi zarur bo`lgan malakalar kurs davomida hosil qilinadi.
    "Chizma shriftlari" mavzusi dasturda ilova qilingan "Taqvimiy-mavzuiy reja" asosida o`lcham qo`yish qoidalaridan oldin o`rganilishi maqsadga muvofiq.
    To`rtinchi bo`limdagi "Geometrik yasashlar" samarali o`rganilishi uchun o`quvchilar chizma asboblar bilan to`la qurollangan bo`lishlari zarur.
    "Proyeksiyalash asoslari". "To`g`ri burchakli proyeksiyalar" va "Ko`rinishlar" dasturning asosiy negizini tashkil etadi. Mazkur bo`limlar mazmuniga murakkablashtirilmagan holda, chizma geometriya elementlari singdirilishi hamda oktant va epyur haqidagi umumiy tushunchalarning kiritilishi, nuqta, to`g`ri chiziq va tekis shakllarning proyeksiyalarini tushuntirilishida ko`proq o`quv plakatlaridan foydalanishi nazarda tutiladi.
    "Aksonometrik proyeksiyalar" bo`limidagi o`quv materiallarni to`g`ri burchakli proyeksiyalar bilan parallel o`rganilishi o`quvchilarning fazoviy tasavvurini o`stirish imkonini yaratadi.
    "Chizmalarni o`qish" bo`limida aksonometrik va to`g`ri burchakli proyeksiyalarni taqqoslash va tahlil qilish ishlariga alohida e`tibor berilishi kerak.
    9- sinf dasturi sakkizta bo`limdan iborat. "Kesimlar va qirqimlar" deb nomlangan bo`limda kesimlar va qirqimlar yuzasidan o`quvchilarga kengroq bilim, ko`nikma berishni nazarda tutib ko`proq vaqt ajratiladi. Og`ma qirqim geometrik jism yoki oddiy detal misolida bajarilishi kerak.
    "Chizmalarda shartlilik va soddalashtirishlar" bo`limida belgilangan ko`rinishlar hamda qirqimlardan foydalaniladi.
    "Tasvirlari kesimlar va qirqimlar talab qiluvchi detallarning eskizi va texnik rasmini bajarish" mavzusidagi bo`limda oddiy detal va chizmalardan foydalanish nazarda tutiladi.
    "Tarkibida loyihalash elementlari bo`lgan ijodiy grafik masalalar yechish" deb nomlangan bo`lim mazmunida detallarning shakl va fazoviy holatini o`zgartirishga oid mashqlarning bajarilishi ko`zda tutilgan.
    "Mashinasozlik chizmalari", hamda "Sxemalar va qurilish chizmalari" bo`limlari mazmunida mazkur mavzular yuzasidan umumiy ma`lumotlar berilishi ko`zda tutiladi. Mashinasozlik chizmalari yuzasidan nazariy bilimlar bilan chegaralanib qolmay, o`quvchilar rezbalarni chizmalarda tasvirlay olish ko`nikmalariga ega bo`lishlari zarur.
    Sxemalar tushuntirilganda dastur mazmunida belgilangan soatni inobatga olib, murakkablashtirilmagan holda ko`proq o`quv plakatlaridan foydalanish lozim. Qurilish chizmalari bo`yicha esa binoning fasadi, plani, qirqimi va chizmalarga o`lcham qo`yish yuzasidan ko`nikma va malakalar berish nazarda tutiladi.
    "Kompyuter" yordamida oddiy chizmalarni yasash bo`limi o`quv materiallarini kompyuter texnikasi yordamida o`rganishga mo`ljallangan bo`lib, unda o`quvchilar tekis va hajmli shakl tasvirlarini yasashga, shuningdek, berilgan jismning fazoviy holatini va shaklini o`zgartirishga o`rgatilishi nazarda tutiladi. Kompyuter texnikasi bilan ta`minlanmagan maktablarda mazkur bo`lim uchun ajratilgan soatlardan 9-sinf dasturi tarkibidan o`rin olgan o`quv materiallarni kengaytirish va chuqurlashtirish uchun foydalanish tavsiya etiladi.
    8- sinf
    Kirish (1 soat)
    Chizmachilik o`quv fani, uning maqsadi va vazifalari. Chizmalarning inson amaliy faoliyatidagi ahamiyati. Chizma taraqqiyoti tarixidan. Markaziy Osiyoda chizmalar taraqqiyotidan ma`lumotlar. Grafik tasvirlar va ular haqida umumiy ma`lumotlar. Standartlashtirish haqida tushuncha. Chizma buyumlar, asboblar va o`quv qurollari. Ish o`rnini tashkil etish.
    Chizmalarni taxt qilish qoidalari (2 soat)
    Chizmalarni taxt qilishga qo`yilgan talablar. Chizma qog`ozlarning o`lchamlari, bichimi (formatlar), uning hoshiyasi va asosiy yozuvi. Masshtablar. Chiziq turlari. O`lcham qo`yish qoidalari.
    Chizma shriftlar (2 soat)
    Shrift o`lchamlari. Bosh va yozma harflar hamda raqamlarning tuzilishi va yozilishi.
    Geometrik yasashlar (7 soat )
    Parallel va perpendikulyar to`g`ri chiziqlarni o`tkazish. To`g`ri chiziq kesmasini teng bo`laklarga bo`lish. Burchak yasash. Qiyaliklar va konusliklar. Muntazam ko`pburchaklarni yasash. To`g`ri, o`tmas va o`tkir burchak tomonlarini tutashtirish. Aylana va to`g`ri chiziqni tutashtirish.
    Ikki aylanani to`g`ri chiziq va yoy yordamida o`zaro tutashtirish.
    Proeksion chizmachilik (14 soat)
    Proyeksiyalash usullari. Markaziy va parallel proyeksiyalash. Oktant va epyur haqida umumiy tushuncha (nuqta, to`g`ri chiziq va tekis shakllarning proyeksiyalari). Narsani o`zaro perpendikulyar ikki tekisliklarga proyeksiyalash. Narsani o`zaro perpendikulyar uchta proyeksiyalar tekisliklarga (1-oktant) proyeksiyalash va tekis chizma ( epyur) hosil qilish. Geometrik jismlar va ularning proyeksiyalari.
    Ko`rinishlar va chizmalarni o`qish. Bosh va asosiy ko`rinishlar. Mahalliy ko`rinishlar. Modelning asliga qarab uning ko`rinishlarini chizish. Oddiy model chizmalarini tahlil qilish, geometrik jismlarga ajratish va chizmalarni o`qish tartibi, qoidalari. Modelning berilgan ikki proyeksiya bo`yicha uchinchi ko`rinishini yasash.
    Aksonometrik proyeksiyalar (5 soat)
    Aksonometrik proyeksiyalar haqida umumiy ma`lumot va ularni hosil qilish. Aksonometrik o`qlar va ularni yasash. Yassi shakllar va aylananing aksonometriyasini yasash. To`g`ri burchakli izometrik proyeksiyalar. Qiyshiq burchakli dimetrik proyeksiyalar.
    Detalning eskizi va texnik rasmini bajarish (3 soat)
    Eskizlar haqida tushuncha va uni chizish bosqichlari. O`quv modellarining eskizlarini bajarish. Detallarning eskizi va texnik rasmini bajarish.
    9- sinf
    Sakkizinchi sinfda o`tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish (1 soat ).
    Kesimlar va qirqimlar ( 16 soat)
    Chizmalarda materiallarning grafik belgilanishi va kesim yuzasini shtrixlash. Kesimlar haqida tushuncha. Chiqarilgan va ustiga qo`yilgan kesimlar hamda ularning chizmada belgilanishi. Qirqimlar haqida umumiy ma`lumotlar va ularning chizmalarda belgilanishi hamda joylashishi. Oddiy qirqim va uning turlari. Mahalliy qirqim. Og`ma qirqim. Ko`rinishning yarmi (qismi) bilan qirqimning yarim (qismi) birlashtirish. Murakkab ( pog`onali va siniq) qirqim. Aksonometrik proyeksiyalarda qirqim bajarish. Tasvirlarda kesim va qirqimlar talab qiluvchi detallarning eskizi va texnik rasmini bajarish.
    Chizmalarda shartlilik va soddalashtirishlar (1 soat)
    Ko`rinish, qirqimni tasvirlashda shartlilik va soddalashtirishlardan foydalanish.
    Loyihalash elementlari (3 soat)
    Detalning shakli va fazoviy holatini o`zgartirishga oid mashqlarni bajarish. Tarkibida loyihalash elementlari bo`lgan ijodiy grafik masalalar yechish
    Mashinasozlik chizmalari (7 soat)
    Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar. Rezbalar va ularning turlari. Chizmalarda rezbalarni tasvirlash. Rezbali birikmalarni chizish. Oddiy yig`ish chizmalarini o`qish. Payvand va mixparchinli birikmalar.
    Sxema va qurilish chizmalari (3 soat)
    Sxemalar va ularning turlari haqida ma`lumot. Oddiy kinematik, elektr va radio sxemalar. Qurilish chizmalari haqida umumiy ma`lumot. Binoning fasadi, plani va qirqimi. Qurilish chizmalariga o`lcham qo`yishning o`ziga xosligi.
    Kompyuterda chizma bajarish (3 soat)
    Tekis va hajmli shakl tasvirini yasash. Oddiy geometrik shakllardan tuzilgan sodda detallarning proyeksiyalarini yasash. Berilgan jismning fazoviy holatini hamda uning shaklini o`zgartirish.
    Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 8-9- sinflarida Chizmachilik o`quv dasturidan foydalanish yuzasidan tavsiyalar
    Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 8-9 sinflarida chizmachilik darslarini olib boruvchi o`qituvchilar mazkur o`quv dasturi tarkibidan o`rin olgan mavzular mazmuni va ular yuzasidan berilgan tavsiyalar bilan tanishib chiqishlari zarur. Dastur mazmunida aks ettirilgan mavzularni ketma-ketlik tartibi va ular uchun belgilangan soatlar hajmi imkon qadar o`zgartirilmasdan ilova qilingan taqvimiy-mavzuiy reja asosida darslar olib borilishi tavsiya etiladi.
    Sakkizinchi sinf dasturining kirish qismida chizmalar tarixiga alohida e`tibor berib, O`rta Osiyoda chizmalarning shakllanishiga asos solgan buyuk mutafakkir olimlardan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar kabi buyuk ajdodlarimiz haqida ma`ruza qilinadi.
    Chizma asboblari va o`quv qurollarning ro`yhati mashq daftariga yozib qo`yiladi. Chizma chiziqlarning asosiy beshta turi haqida keng ma`lumot berib, ularning bir-biridan farqi va vazifalari to`la bayon etiladi. O`lcham qo`yish qoidalari va chizma shriftlarning yozilishi ko`rsatib beriladi. Bu harflar va raqamlarning o`lchamlari (5,7,10) haqida to`la ma`lumot berilib, ularning yozilishi, konsruktiv tuzilishi bo`yicha guruhlarga ajratilib tushuntiriladi.
    Dasturda geometrik yasashlar uchun ajratilgan soatlardan unumli foydalanilgan holda har bir mavzu yuzasidan o`quvchilarning mashq bajarishlariga imkoniyat yaratiladi. Mazkur mavzular bo`yicha amaliy ishlar ko`proq mashq daftarida bajariladi.
    Proyeksiyalash usullari mavzusini bayon etishda ko`rgazmali qurollar, maketlar, geometrik jismlar, modellar, detallar va o`quv plakatlardan keng foydalanish zarur. Oktant va epyur haqida ma`lumot berilgandan so`ng, nuqta, to`g`ri chiziq va tekis shakllarning birinchi oktantdagi va epyurdagi proyeksiyalari ko`rsatib beriladi. Geometrik jismlarning proyeksiyalari haqida ma`lumot berilganda ularning modellaridan ko`proq foydalaniladi. Geometrik jismlarga detallarning tarkibiy elementi sifatida qaraladi.
    Ko`rinishlar mavzusini bayon etishda proyeksiyalash usullari takrorlanib, mustahkamlanadi. O`quvchilar har bir ko`rinish nomlarini xotirada chuqur saqlab qolish uchun qisqa muddatli mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Oddiy detallarning asliga qarab uning ko`rinishlari bajarilishi zarur. Detalning bosh ko`rinishi bo`yicha va zaruriy ko`rinishlar sonini aniqlash yuzasidan ko`nikmalar hosil qilinadi.
    Chizmalarni o`qish mavzusida dastlab oddiy modellarning, ya`ni ishlov berilmagan detallar chizmalari tahlil qilinadi va geometrik jismlarga ajratiladi. Bunda o`quv detallarda foydalaniladi. O`quvchilar chizmalarni o`qish tartibi va qoidalarini yod olishlari lozim.
    Aksonometrik proyeksiyalar haqida umumiy ma`lumotlar berilib, ularning o`qlarini hosil qilish va ellipslarini qurish ko`rsatib beriladi. Izometrik va dimetrik proyeksiyalar yasash tushuntirilgandan so`ng, texnik rasm bajarish tartib-qoidalari bayon etiladi. O`qituvchi tomonidan sinf doskasida bajarilgan chizmalar mashq daftariga ko`chirilishi bilan barobar o`quvchilar mavzu mazmunidan kelib chiqib qisqa muddatli mashqlar bajarishi va o`tilgan materiallarni mustahkamlab borishlari lozim.
    Sakkizinchi sinf o`quvchilarining dastur o`quv materiallari yuzasidan egallangan bilimlari baholanadi va nazariy bilimlar test savollari orqali, amaliy bilimlar esa grafik torshiriq yordamida sinaladi.
    Dastur mazmunida sakkizinchi sinflar uchun 8 ta grafik ish bajarilishi mo`ljallangan bo`lib, har chorakka 2 tadan to`g`ri keladi. Grafik ishlarning bajarilishi majburiy bo`lib, ularning mazmuni quyidagilardan iborat:

    1. Grafik ishda chizma chiziqlarning 5 ta asosiy turlari aks ettirilib, ularning qalinligi, o`lchamlari ko`rsatiladi. Detal chizmasi misolida ularning vazifasi ifodalanadi va yozuvlari chizma shriftda (5,7) bajariladi.

    2. Grafik chizmachilik shriftlari yuzasidan bajarilib, A4 format chizma qog`oziga hoshiya, asosiy yozuv bilan birga 10 shriftda bosh va yozma harflar hamda raqamlar yoziladi.

    3. Grafik ish mazmunida tutashmalar bajariladi va o`lcham qo`yish qoidalari aks ettiriladi. Bunda oddiy tekis shakllardan foydalaniladi. Mazkur format qog`ozda qiyaliklar va konusliklar ham chiziladi.

    4. Grafik ishda lekalo va sirkul yordamida egri chiziqlar bajarilib, bunda oval va ellips chiziladi. Mazkur grafik ishlarning 2 tasi bajarilib, qabul qilingandan so`ng, o`quvchilarning bitta chorakdagi grafik faoliyatiga yakun yasaladi va hulosa qilinadi.

    Ikkinchi yarim yil davomida ham 4 ta grafik ish bajariladi va dastlab 5- grafik ish geometrik jismlarning proyeksiyalariga bag`ishlanadi. Bunda ko`pyoqli va aylanish sirtli geometrik jismlarning (bittadan) uch ko`rinishi chiziladi. Geometrik jismlar proyeksiyalarining birida o`qituvchi tomonidan belgilangan nuqtaning yetishmaydigan proyeksiyalari topiladi.
    6- grafik ishda o`quvchilar chizma tarkibidan mahsus olib tashlangan chiziqlarni to`ldiradilar. Mazkur ish oddiy simmetrik detal chizmalari yordamida bajarilib, to`g`ri burchakli proyeksiyalarning yetishmaydigan chiziqlari to`ldiriladi.
    7- grafik ish modelning asliga qarab eskizini bajarishga mo`ljallangan bo`lib, bunda katak daftar yoki millimetrovkalarga bo`lingan qog`ozga ( A4 format ) oddiy detalning ko`rinishlarini chizish tavsiya etiladi.
    8- grafik ishda detalning uch ko`rinishiga asosan izometrik yoki dimetrik proyeksiyalari yasaladi.
    O`lcham qo`yish tartib qoidalari 5-7 grafik ishlar mazmunida o`z ifodasini topishi lozim. O`quvchilar tomonidan bajarilgan barcha grafik ishlar o`qituvchi tomonidan ball qo`yib qabul qilinadi va amaliy bilimlarni o`zlashtirilishi yuzasidan hulosa yasaladi. Har chorak davomida o`tilgan materiallar yuzasidan o`quvchilarning egallagan nazariy bilimlari test savollari yordamida sinab ko`riladi.
    9- sinf dasturi mazmunidan o`rin olgan o`quv materiallarini bayon etishdan oldin 8-sinfda o`tilgan o`quv materiallar takrorlab umumlashtiriladi.
    Kesimlar va qirqimlar mavzusiga ajratilagan soatlar sonidan unumli foydalanilgan holda chizmalarda materiallarning grafik belgilanishi kesim yuzasining shtrixlanishi tushuntirib o`tiladi. Kesim va qirqim turlari to`la tushuntiriladi. Qiya qirqim hamda uning kesilgan yuzasini haqiqiy kattaligi yasaladi. Aksonometriyada qirqim bajariladi.
    Chizmalardagi shartliliklar va soddalashtirishlar haqida ma`lumot berilib, mazkur mavzu yuzasidan daftarga mashqlar bajariladi. Buning davomida eskiz bajarish qoidalari o`rganiladi va texnik rasm bajarish mustahkamlanadi.
    Loyihalash elementlari haqida tushuncha berilgandan so`ng, mashq daftariga mazkur mavzu yuzasidan detalning shaklini va fazoviy holatini o`zgartirishga oid torshiriqlar bajariladi. Kompyuter imkoniyatlaridan, foydalanib o`quvchilar format rom chizig`i shtampi va oddiy geometrik modelning chizmasini bajaradilar.
    Mashinasozlik chizmalari haqida umumiy ma`lumotlar berib, buyumlarning hamda hujjatlarning turlari bo`yicha tushuncha beriladi. Yig`ish chizmalari yuzasidan ma`ruza qilinib, ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar bilan tanishtirib, ularning vazifalari bo`yicha ma`lumot beriladi. Rezba turlari bayon etiladi va ularni chizmalarda belgilanishi ko`rsatiladi. Rezbali detallar va ularning birikmalari mashq daftariga chiziladi.
    Qurilish chizmachiligi va sxemalar haqida umumiy ma`lumot berilib, mavzu yuzasidan chizmalar mashq daftariga bajariladi hamda chizmalarni o`qish yuzasidan torshiriqlar beriladi. Dastur mazmunida 9- sinflar uchun 8 ta grafik ish bajarish nazarda tutilgan bo`lib, ularning mazmuni quyidagilardan iborat:
    1-2 grafik ishda kesimlar va qirqimlar talab qiluvchi detallar zaruriy ko`rinishlarda chizmalar bajarilishiga mo`ljallangan bo`lib, bunda tanlab olingan detal oddiy bo`lishi lozim. Har ikki grafik ish mazmunida ham o`lchamlar qo`yish bo`yicha ko`nikmalar hosil qilish nazarda tutilishi kerak. 3- grafik ishning bundan oldingi 1-2 grafik ishlardan farqi, mazkur ish mazmunida yuqoridagilarni mustahkamlash bilan birga ko`rinishning yarmi (qismi) bilan qirqimning yarmi (qismi)ni birlashtirib tasvirlaydi.
    4- grafik ishda sodda detallarning eskizi va texnik rasmi qirqim qo`llangan holda bajarilib, mazkur mavzu bo`yicha 8-sinfda egallangan bilimlar yuzasidan ko`nikma va malakalar hosil qilinadi.
    5- grafik ishda boltli birikma uchta ko`rinishda va shpilkali birikma bitta ko`rinishda bajariladi. Unda o`quvchilarga variantlar sonini ko`paytirish maqsadga muvofiqdir.
    6- grafik ish loyihalash elementlariga oid torshiriqlarga bag`ishlanadi. Bunda berilgan vazifaga muvofiq narsaning shaklini va fazoviy holatini o`zgartirib tasvirlash bo`yicha topshiriqlar bajariladi. Topshiriqlar mazmunini murakkablashtirib yubormaslik tavsiya etiladi.
    7- grafik ishda qurilish chizmachiligi bo`yicha bir qavatli uyning plani, fasadi va qirqimi bajariladi.
    8- grafik ish kompyuterda loyihalash, fazoviy holatini va detalning reja bo`yicha qismini qisman o`zgartirishga oid ish bajariladi va natijasi chop etiladi.
    1-2- grafik ishlar bajarilgandan so`ng, birinchi chorakka, 3 va 4 grafik ishlarning bajarilishiga qarab o`quvchilarning yarim yillik faoliyatiga yakun yasalib hulosa chiqariladi.
    5 va 6- grafik ishlar bajarilgandan so`ng uchinchi chorakka, 7 va 8grafik ishlaning bajarilishiga qarab ikkinchi yarim yillik bo`yicha o`quvchilarning grafik faoliyatiga yakun yasaladi va hulosa qilinadi. Mazkur grafik ishlarning barchasi A4 format qog`oziga bajariladi va o`qituvchi tomonidan qabul qilinadi. O`quvchilarning o`tilgan materiallar yuzasidan nazariy bilimlari test sinovlari yordamida sinab ko`riladi.
    MUSIQA MADANIYATI FANIDAN DAVLAT TA`LIM STANDARTI
    O`quvchilar "Musiqa madaniyati" faniga oid quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlari shart:

    • har bir mahalliy uslubda o`ziga xos ijrochilik uslublari va cholg`u asboblarini bilish;

    • Farg`ona - Toshkent; Samarqand - Buxoro, Surxondaryo Qashqadaryo, Xorazm ijrochilik uslublari xususiyatlari, mashhur musiqa janrlari (doston, katta ashula, yallachilik) ni bilish;

    • maqom haqida tushuncha, o`zbek maqomlari va ularni asosiy turkumlari, Shashmaqom, uning cholg`u ashula yo`llari, Farg`ona Toshkent maqomlari, Xorazm maqomlari, cholg`u va aytish yo`llarini bilish;

    • O`zbekiston hududida mumtoz musiqaning ko`p tarmoqli va mahalliy an`analarga ega ekanligi, ularning o`xshashligi va o`ziga xosligi, mahalliy musiqiy an`analarning zamonaviy musiqa, bastakorlik va kompozitorlik ijodi sohasida namoyon bo`lishini bilish;

    • ikki ovozli qo`shiqlarni sof ohangda kuylash, major uch tovushligidan minor uch tovushligiga mustaqil kuylab o`ta olish;

    • kuylashda forte va piano dinamik tuslarini bajarish, o`zi va o`rtoqlari ijro etgan qo`shiqlarning ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay bilish;

    • mashhur qo`shiq va ashulalar, yor-yorlar hamda ushshoqlarning mahalliy uslub variantlarini tinglab ajrata olish;

    • kuylash va tinglash madaniyatiga ega bo`lish;

    • musiqa naqadar qadimiy san`at ekanligi, o`zbek xalq musiqasining ildizlari uzoq davrlarga taqalib, asarlar, yillar davomida sayqal topib, rivojlanib kelganligi, shu bois xalqimizning boy madaniyatini, milliy qadriyatlarimizni o`zida aks ettirishini va nihoyat, o`zbek milliy musiqamiz umumbashariy jahon musiqa madaniyatining ajralmas bir bo`lagi ekanligini tasavvur qila olish.

    Musiqa madaniyati fanining maqsadi va vazifalari
    O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari asosida ta`lim tizimida ro`y berayotgan o`zgarishlar umumiy o`rta ta`lim maktablaridagi boshqa o`quv fanlari qatori musiqa madaniyati fanining o`qitilishini ham tubdan yangilashni talab etmoqda.
    Musiqa madaniyati fanining maqsadi: o`quvchilarning ma`naviy, badiiy va ahloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g`urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o`stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati va san`at o`quv fani umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`qitiladigan barcha o`quv fanlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san`at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog`lanadi.
    Barcha o`quv fanlari qatori musiqiy ta`limda ham Davlat ta`lim standartining joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to`laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo`shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o`z aksini topdi. Musiqa san`atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalash, ularning barkamol bo`lib etishishlarida o`ziga xos va takrorlanmas manba bo`lib xizmat qiladi. Azaldan Sharq, jumladan, o`zbek musiqa ta`lim-tarbiyasi pedagogikasi va uning mukammal uslubiyatlari ustoz va shogird an`analari misolida takomillashib borgan.
    Davlat ta`lim standarti ommaviy xalq musiqa pedagogikasi, professional musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari (sozanda, xonandalar) asarlarining elementar asoslarini o`rgatishni me`yorlashtiradi.
    Musiqa madaniyati fanining vazifalari: Davlat ta`lim standarti asosida yangi ta`lim mazmuni o`quvchilarning musiqiy bilim, ko`nikma va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta`minlaydi. Shu bois, musiqa madaniyati ta`limining yangi mazmuni yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishni nazarda tutadi. Bunda o`quvchilar musiqa san`atini butun nafosati bilan o`rganishlari, ommaviy musiqa faoliyatlari: musiqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo`lib qo`shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi.
    Shuningdek, o`quvchilar musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san`atiga mehr va ishtiyoqni oshirish, musiqa san`atiga qiziquvchi o`quvchilarning iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish, ularning badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqa ta`limtarbiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda jahon xalqlarining nufuzli durdona asarlari bilan tanishtiriladi.
    II. O`quvchilar tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablar
    Musiqa madaniyati o`quv fanining mazmuniga bo`lgan talablar nazariy va amaliy faoliyatlar majmuasidan tashkil topib, ular quyidagi mavzularni belgilaydi.
    Boshlang`ich musiqa savodi, musiqiy asarlar ijodkorlari faoliyati, musiqa ijrochiligi, ashula, xor, ansambl, orkestr bastakorlar va kompozitorlar ijodini, o`zbek xalq cholg`u asboblarini bilish, mashhur o`zbek xalq sozanda va xonandalar ijodiy faoliyati, musiqiy atama va iboralari, musiqa janrlari, musiqada zamonaviylik va zamonaviy musiqa, milliy estrada musiqasi va uning ijrochilari kabi mavzular asosida milliy musiqa madaniyatimizni o`zlashtirishni nazarda tutadi.
    Bu mavzular dars jarayonida quyidagi o`quv faoliyatlarida nazariy va amaliy mashg`ulotlar vositasida bajariladi:

    1. Musiqa tinglash.

    2. Jamoa bo`lib kuylash.

    3. Musiqa savodi.

    4. Musiqa ijodkorligi.

    1. Musiqa tinglash ta`lim mazmunining asosini tashkil etadi. Ularni kuylash, tinglash faoliyatlari vositasida o`rganish bilan bir qatorda cholg`uchilik, musiqali harakatlar, ijodkorlik faoliyatlari bilan har tomonlama o`rganish va o`zlashtirish, musiqiy tavsiflarni ifodalash imkoniyati yaratiladi. O`zbek xalq musiqasi, o`zbek bastakorlari va kompozitorlarining musiqiy asarlaridan namunalar tinglanadi.

    2. Jamoa bo`lib kuylash faoliyati o`quvchilarning musiqiy qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo`lib kuylash jarayonida o`quvchi o`z ovoz ijrosini boshqarishni va ustozlari ijrosini eshitib, kuzatishni hamda ular bilan bahamjihat jo`rnavozlik qilishga intiladi.

    O`zbek xalq qo`shiqlari, o`zbek bastakorlari va kompozitorlari qo`shiqlari, jahon va qardosh xalqlar kompozitorlari qo`shiqlari, mahalliy musiqa uslublariga oid folklor qo`shiqlaridan namunalar kuylaydilar.

    1. Musiqa savodi barcha bilimlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsdan qaysi faoliyat mashg`uloti (tinglash, ijro etish, musiqiy harakatlar) bo`lmasin, berilgan mavzudagi asar o`rganiladi va uning xususiyatlari (janri, shakli, tuzilishi, ijrochiligi) haqida yangi tushunchalar hosil bo`ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota yozuvlarini o`rganishdan iborat bo`lmay, balki o`quvchilarning umumiy musiqiy bilim saviyasini tarkib toptiruvchi umumiy bilim, tushunchalar majmuasini (ijrochiligi, xalq va bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, mumtoz musiqa, nota savodi) tashkil etadi.

    Musiqa savodida musiqiy atamalar, an`analar, templar (sur`at), intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va janrlari, major va minor ladi haqida tushuncha beriladi.
    Musiqa tinglash yakkanavozlik va jo`rnavozlikni ajrata bilish, ansambl va orkestr ijrosini farqlay bilish, sozlar va sozlar tembrini ajrata olish, musiqiy did va idrokni rivojlantirish. O`zbek, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglash ta`lim mazmunini tashkil etadi.

    1. Musiqa ijodkorligi qo`shiq ijrochiligi, sozlar ijrochiligi, raqs ijrochiligi, yakka va jamoa bo`lib ijro etish, xalq va kasbiy musiqa, bolalar kuy va qo`shiqlari, ommaviy xalq kuy qo`shiqlari, maqom, dostonlar, zamonaviy musiqa ijodi, xalq sozanda va xonandalari ijodini bilish. Musiqaning ifodaviy tili: kuy, ritm-usul, sur`at, o`lchov, registr, dinamik belgilar bilan tanishish. Major va minor ladlarini farqlay bilish. Oddiy musiqa shakllari: bir qismli, ikki qismli va uch qismli musiqa shakllari. Kupletli, rondo, sonata, syuitalar haqida tushunchaga ega bo`lish. Musiqiy janrlar: ashula, raqs, vals, marsh kabi janrlarini farqlay olish. Asosiy musiqiy faoliyat turlari: bastakor, kompozitor, ijrochi sozandalar ijodi bilan tanishish. Ijrochilar: ansambl, orkestr, xalq va professional sozandalar ijrochiligi haqida tushunchaga ega bo`lish. Xor ijrochiligi: bolalar, ayollar, erkaklar bilan tanishish. Partiya ovozlari: soprano, alt, tenor, bas ovozlarini farqlay olish.

    Musiqa san`atining boshqa san`at turlari bilan bog`liqligi adabiyot, kino, teatr kabi san`atlar bilan bog`liqligi. Atoqli o`zbek bastakorlari va kompozitorlari, qardosh xalqlar kompozitorlari, atoqli o`zbek xalq sozanda va xonandalari, mashhur ansambllari, orkestrlari va xor jamoalari haqida tushunchaga ega bo`lishda ushbu san`at turlarini bilishning ahamiyati katta.
    Umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`tiladigan barcha fanlar qatorida o`quvchilar musiqa madaniyati fanidan ma`lum darajada bilim ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi lozim.
    1- sinf
    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
    - Shoir va bastakorlarni bir-biridan farqi haqida tushunchaga ega bo`lish;

    • musiqaning badiiy tavsifi (quvnoq, sho`x, g`amgin va v.b.)ni bilish;

    • musiqaning tasviriy tavsifi (tabiat, o`yin, ertak, hazil, o`yinchoqlar obrazlari, kundalik hayot) haqida tushunchaga ega bo`lish;

    • nota chizig`i, skripka kaliti, etti tovush haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish;

    • musiqiy ifoda tavsifiga qarab ijro tiplari sust, sekin, o`rta va tez suratlarda ijro etilishini bilish;

    • kuyga tavsif berish (sekin, tez, sakramali) va unda nima ifodalanganligini bilish; xalq cholg`u asboblaridan doira, rubob, nog`ora, karnay bilan

    tanishish; tovushlarni baland va pastligi, yuqorilashib va pastlashib borishi,
    uzun va qisqaligi haqida tushunchaga ega bo`lish.
    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

    • Asar ohangidan unda nima tavsiflanganligini, uning ifoda tavsifi ( quvnoq, sho`x, g`amgin, hazil va boshqalar ) orqali aniqlay olish;

    • chapakda va bolalar cholg`u asboblarida chalib musiqaga ritmik jo`r bo`lish;

    • dirijorning "Diqqat", "Nafas" va "Tugatish" kabi asosiy ish oralariga amal qila olish;

    • notalar uzunligi (butun, yarim, chorak va nimchorak) haqida tasavvurga ega bo`lish.

    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

    • Shoir va bastakorlarni bir-biridan farqlash;

    • asarlarni ifoda tavsiflari orqali farqlash;.

    • musiqa tovushlarini farqlash; - kuy va qo`shiqlarga tavsif berish;

    • dirijorning ishoralariga qarab kuylash.

    2- sinf
    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

    • Asarning nomi, ijodkorlari va badiiy mazmuni haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish;

    • musiqaning ifoda tili-kuy, registr va dinamik tuslari haqida tushunchaga ega bo`lish,

    • nota yo`lida yetti asosiy bosqichning joylashuvini bilish;

    • cholg`u asboblari, g`ijjak, qashqar rubobi, nog`ora bilan tanishish;

    • yakkanavoz, yakkaxon, cholg`uchilar va xonandalar ansambili haqida tushunchaga ega bo`lish; kuyning tuzilishi, uning ifoda vositalari haqidagi tushunchalarni bilish.

    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

    • Asarning musiqiy tavsiflari tahlilida qatnashish va o`z nuqtai nazarini bayon eta olish;

    • cholg`u asboblarini tovush tembridan ajrata olish;

    • tinglash orqali musiqaning ijro turlari yakkanavoz, yakkaxon dasta yoki orkestr ekanligini ajrata bilish;

    • dirijorlik ishoralari yordamida xor bo`lib kuylay olish.

    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

    • Asarning musiqiy tavsiflari tahlilida qatnashish va o`z nuqtai nazarini bayon etish;

    • cholg`u asboblarini tovush tembridan farqlash;

    • tinglash orqali musiqaning ijro turlari yakkanavoz, yakkaxon, ansambl ekanligini bir-biridan farqlash;

    • dirijorlik ishoralari yordamida xor bo`lib kuylash.

    3- sinf
    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

    • Ansambl, orkestr va xor haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish.

    • o`rganilgan qo`shiqlarning mazmuni va mualliflari haqida tushunchaga ega bo`lish;

    • musiqa savodiga doir kuy, usul, ritm, sur`at, o`lchov notalar shakli va pauzalar cho`zimi, nota yo`lidagi o`rni; major va minor lad ( tuzuk) lari xususiyatlari, ularning uch tovushliklari;

    • oddiy musiqa shakllari volta, repriza haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish;

    • tinglangan musiqa asarlarining mazmuni, janri (qo`shiq, marsh, raqs) va mualliflari haqida umumiy bilimlarga ega bo`lish.

    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
    - Qo`shiqlar kuylash va ularning janri, shakli, ifoda vositalari haqida fikr bildira olish;
    - mashq va qo`shiqlar kuylaganda o`qituvchining dirijorlik ishoralariga qarab ansambl bo`lib kuylay olish;

    • o`z o`rnida nafas olish, qo`shiq so`zlarini to`g`ri talaffuz qilish, dinamik belgilarga rioya etib kuylay olish;

    - musiqa asarini diqqat bilan tinglash, uning shakli, qismlari ( jumlalari), qaytarish va tugatish joylari, janr (qo`shiq, raqs, marsh ) undagi major yoki minor tavsifi, ijro turi va asboblar ishtirokini aniqlay olish;
    - oddiy nota yozuvlaridan o`rganilgan nota belgilarini topib aniqlay olish;
    - musiqa tavsifini raqs, turli harakatlarda ifodalab ko`rsata olish;
    - chapak va bolalar kichik urma cholg`u asboblarida chalib musiqaga ritmik jo`r bo`la olish;
    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
    - Qo`shiqlar kuylash va ularning janri, shakli, ifoda vositalari haqida fikr bildirish;
    - mashq va qo`shiqlar kuylaganda o`qituvchining dirijorlik ishoralariga qarab ansambl bo`lib kuylash, o`z o`rnida nafas olish, qo`shiq so`zlarini to`g`ri talaffuz qilish, dinamik belgilarga rioya etib kuylash;
    - musiqa asarini diqqat bilan tinglash, uning shakli, qismlarini ( jumlalari), qaytarish va tugatish joylari, janr (qo`shiq, raqs, marsh ) undagi major yoki minor tavsifi, ijro turi va asboblar ishtirokini aniqlash; - ijrochilik turlarini ijro sadolaridan farqlash;
    - chapak va bolalar kichik urma cholg`u asboblarida musiqaga ritmik jo`r bo`lish.

    • cholg`u asboblarini tembridan ajratish.

    4- sinf
    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

    • Xalq musiqa ijodi haqida tushunchaga ega bo`lish;

    • o`zbek xalq musiqasining ommaviy janrlari: qo`shiq, alla, lapar, yalla, terma, bolalar qo`shiqlari, ommaviy kuylar haqida tushunchaga ega bo`lish;

    • o`zbek musiqasida bastakorlik uslubi hamda kompozitorlik ijodi haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish;

    • rus, dunyo xalq musiqasi va O`zbekistonda yashovchi xalqlarining musiqasi haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish.

    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

    • Xalq musiqa janrlarini ohang va ifoda tavsiflariga ko`ra ajrata bilish;

    • bastakorlik va kompozitorlik uslubiga mansub asarlarning tuzilishi va ijro uslubidan ajrata olish:

    • ommaviy xalq musiqa janrlarini kasbiy musiqa (ashula, katta ashula ) dan farqlay olish;

    • mashq va qo`shiqlarni nota yozuviga qarab kuylay olish;

    • kichik cholg`u asboblarida chalib, musiqaga ritmik jo`r bo`la olish; - ma`lum she`r parchalariga kuy bastalay olish.

    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

    • Tinglash va kuylash orqali asarning major va minor ladini farqlash;

    • musiqa tinglash orqali damli, zarbli va torli cholg`u asboblarining ovoz tembridan farqlash;

    • nota yozuvlariga qarab kuylash;

    • musiqiy cholg`u asboblarida kuy va qo`shiqlar xarakteriga mos ritmik jo`r bo`lish.

    5- sinf
    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

    • Orkestr, ansambl va xor tuzilishini bilish;

    • xor turlari - bolalar xori, xotin-qizlar xori, erkaklar xori, aralash xor;

    • ovoz turlari - bolalar ovozi (alt, soprano, diskant), ayollar ovozi

    ( alt, soprano), erkaklar ovozi (tenor, bariton, bas)ni bilish;

    • simfonik orkestr;

    • vokal simfonik asarlar - syuita, kantata; raqs san`ati (xoreografiya), balet;

    • sahnaviy musiqa asarlari; xalq qo`g`irchoq teatri, musiqali drama va komediya;

    • opera san`ati, o`zbek musiqasida opera janri;

    • opera ijodkorlari - J. Verdi, V. A. Motsart, N. Rimskiy-Korsakov, A.Xachaturyan, P.I.Chaykovskiy va boshqalar;

    • o`zbek musiqasida opera va drama ijodkorlari - M.Ashrafiy, R. Gliyer,

    S.Vasilenko, T.Jalilov, Yu.Rajabiy, S.Yudakov, S.Jalil, S.Boboyev, M.Leviyev;

    • vokal-cholg`u syuita va kantata ijodkorlari - S.Yudakov, M.Nasimov; - drama musiqasi ijodkorlari - T.Jalilov, Yu.Rajabiy, S.Jalil;

    • atoqli o`zbek dirijorlari - M.Ashrafiy, D.Zokirov, M.Bafoyev,

    N.Xalilov, B.Umidjonov, A.Sultonov, A.Hamidov;

    • bolalar xor jamoasi dirijori - Sh.Yormatov;

    • musiqaning san`at turlari bilan o`zaro bog`liqligi (kino, tasviriy san`at, adabiyot va boshq).

    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
    Tinglash madaniyati:

    • Cholg`u ansambli va xalq cholg`u orkestrini audiokasseta, radio va televidenie orqali tinglab, ularni tembr va cholg`u tovushlari tarkibidan ajrata bilish;

    • simfonik orkestr, estrada simfonik orkestri va duxovoy orkestrlari cholg`ular tembrini tovushlaridan ajrata bilish;

    • xor va orkestr ijrosidagi asarlarni idrok etib, ulardagi obrazlarni anglab olish;

    • xor turlari (bolalar xori, xotin-qizlar xori, erkaklar xori, aralash xor)ni audio yozuvdan tinglab ajrata olish; Ijro madaniyati:

    • Bilgan cholg`u asbobida chalib o`qituvchi ijrosiga jo`r bo`lish;

    • mashq va ayrim qo`shiq parchalarini ikki ovozda mustaqil kuylay olish;

    • berilgan qo`shiqlarni mahorat bilan ijro eta olish.

    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
    Tinglash madaniyati:

    • Cholg`u ansambli va xalq cholg`u orkestrini audiokasseta, radio va televidenie orqali tinglab, ularni tembr va cholg`u tovushlari tarkibidan ajratish;

    • xor va orkestr ijrosidagi asarlarni idrok etib, ulardagi obrazlarni anglash;

    • xor turlari (bolalar xori, xotin-qizlar xori, erkaklar xori, aralash xor)ni audio yozuvdan tinglab ajratish; Ijro madaniyati:

    • Bilgan cholg`u asbobida chalib o`qituvchi ijrosiga jo`r bo`lish; - mashq va ayrim qo`shiq parchalarini ikki ovozda mustaqil kuylash; - berilgan qo`shiqlarni mahorat bilan ijro etish.

    6- sinf
    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

    • Xalq musiqa janrlarida mumtoz musiqani;

    • Sharq xalqlari mumtoz musiqasi bilan tanishish;

    • buyuk rus kompozitorlari M.Glinka, P.Chaykovskiy, Yevropa klassik musiqasi, simfoniya janri I.S.Bax, L.Betxoven, V.Motsart, F. Shubert,

    Y.Gaydn asarlarining klassikligi;

    • ushbu kompozitorlar ijodi bilan qisqacha tanishuv;

    • o`zbek zamonaviy musiqasida bastakor va kompozitor ijodini bilish; o`zbek xalq musiqasining Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari

    musiqasi bilan o`xshashligi va farqini bilish;

    • jiddiy va yengil musiqaning ifoda vositalari, mazmuni va kuyining ohangini ajratishni;

    • bastakorlik ijodida an`anaviylik va zamonaviy ijod uslublarining mujassamligini bilish;

    • estrada qo`shiqlarida milliylik va baynalminallik xususiyatlari tushunchasiga ega bo`lish;

    • milliy estrada qo`shiqlarini badiiy idrok etish va uning ijro mahoratini farqlay bilish;

    • rok, janri, uning asl vatani;

    • o`zbek musiqasida estrada janri, kino musiqasi, uning o`ziga xos xususiyatlarini;

    • mumtoz musiqani, ustozona (kasbiy) musiqani, xalq musiqa janrlarini ongli ravishda o`zlashtirib farqlashni bilish.

    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
    Tinglash madaniyati:

    • Xalq va ustozona mumtoz musiqani shakl, mazmun va ijro mahoratiga qarab ajrata olish;

    • zamonaviy milliy musiqada mumtozlikka xos badiiy yuksaklikni ajrata olish;

    • Sharq xalqlari milliy usulini ohanglaridan ajrata bilish;

    • Sharq xalqlari uchun mushtarak bo`lgan cholg`u asboblarida ijro etilgan asarlarni tinglab, ular qaysi millatga xosligini aniqlay olish.

    Ijro madaniyati:

    • Qo`shiqlarning so`z ma`nolarini jarangdor va ifodali kuylay olish;

    • ayrim qo`shiqlarni doira usullari boshqaruvida kuylay olish;

    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
    Tinglash madaniyati:

    • Xalq va ustozona mumtoz musiqani shakl, mazmun va ijro mahoratiga qarab ajratish;

    • Sharq xalqlari uchun mushtarak bo`lgan cholg`u asboblarida ijro etilgan asarlarni tinglab, ular qaysi millatga xosligini aniqlash.

    Ijro madaniyati:

    • Qo`shiqlarning so`z ma`nolarini jarangdor va ifodali kuylash;

    • ayrim qo`shiqlarni doira usullari boshqaruvida kuylash;

    7- sinf
    Musiqa madaniyati fanidan quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
    - Milliy musiqa amaliyotida mahalliy uslublar haqida tushunchaga ega bo`lish;
    - har bir vohaga mansub mahalliy musiqiy uslubga xos mashhur musiqa janrlari (doston, katta ashula, yallachilik va b.)ni bilish;
    - har bir mahalliy uslubning o`ziga xos ijrochilik uslublari va yetakchi cholg`u asboblarini bilish;
    Farg`ona-Toshkent, Samarqand-Buxoro, Surxondaryo-
    Qashqadaryo, Xorazm mahalliy uslublaridagi xususiyatlarini; ularning mashhur ijrochilari (ashulachilar, yallachilar, xalfalar va b.)ni bilish; - Shashmaqom, uning cholg`u va ashula yo`llarini bilish;
    - Farg`ona-Toshkent-Xorazm maqomlarining cholg`u va ashula yo`llari haqida tasavvurga ega bo`lish;
    - mahalliy musiqiy an`analarining zamonaviy musiqa ijodiyoti, xususan bastakorlik va kompozitorlik sohasida namoyon bo`lishini;
    - estrada va milliy estrada haqida tushunchaga ega bo`lish;
    - hozirgi badiiy jamoalar, ta`sis etilgan ko`rik-tanlovlari haqida bilish;
    - O`zbekiston Markaziy Osiyo, jahon musiqasi va hozirgi zamon musiqa san`atining o`ziga xos jihatlarini bilish, bu san`atning ayrim namoyondalarini hamda ularning mashhur asarlarini tinglab umumiy tasavvurga ega bo`lish.
    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
    Tinglash madaniyati:
    - Shashmaqom, Xorazm hamda Farg`ona-Toshkent maqomlarining
    ohang xususiyatlarini usul va uslublariga ko`ra ajrata bilish;
    - to`rt lokal mintaqada mavjud musiqiy mahalliy uslublarni ijro uslublariga ko`ra farqlay bilish;

    • Farg`ona - Toshkent, Samarqand - Buxoro, Surxondaryo Qashqadaryo va Xorazm vohalaridagi baxshilar ijrolarini cholg`u jo`rlari ( dombra, dutor, tanbur, tor) va ovoz ishlatish (bo`g`iq va ochiq ) uslublariga ko`ra ajrata bilish;

    - Sharq, mumtoz, estrada va jahon musiqalarini tinglab farqlay bilish; - Festivallar va ko`rik-tanlovlarni farqini aniqlay bilish.
    Ijro madaniyati:
    - Turli tuzilishdagi ikki ovozli qo`shiqlarni ansamblda kuylash;
    - major va minor ladlarini ifodali kuylash;
    - kuylashda forte va piano dinamik tuslarini bajarish :

    • o`zi va o`rtoqlari ijro etgan qo`shiqlarni ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay bilish;

    - bilgan cholg`u asboblarida chalish, sinf xoriga jo`rnavozlik qilish.
    Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
    Tinglash madaniyati:
    - Shashmaqom, Xorazm hamda Farg`ona-Toshkent maqomlarining
    ohang xususiyatlarini usul va uslublariga ko`ra ajratish;
    - Sharq, mumtoz, estrada va jahon musiqalarini tinglab farqlash; - Festivallar va ko`rik-tanlovlarni farqini aniqlash.
    Ijro madaniyati:
    - Turli tuzilishdagi ikki ovozli qo`shiqlarni ansamblda kuylash;
    - major va minor ladlarini ifodali kuylash;
    - kuylashda forte va piano dinamik tuslarini bajarish :
    - bilgan cholg`u asboblarida chalish, sinf xoriga jo`rnavozlik qilish.
    MUSIQA MADANIYATI FANIDAN O`QUV
    DASTURI
    Uqtirish xati
    Mazkur dasturning asosiy mohiyati quyidagilar bilan belgilanadi: avvalo, darslarning muayyan mavzulari har bir chorak uchun belgilangan bosh mavzulardan kelib chiqadi va saboq chog`ida musiqaning muayyan mohiyatini tushunishga yordam beradi. ikkinchidan, musiqa tinglash, qo`shiq kuylash va musiqa savodi mashg`ulotlari darsning mustaqil qismi emas, balki dars mavzusini ochib beruvchi musiqa faoliyati sifatida qabul etiladi. uchinchidan, dars mavzusining qiziqarli bo`lishi va ta`lim samaradorligini oshirish maqsadida raqs va musiqali ritmik harakatlar, chorak va bolalar cholg`u asboblari-shiqildoq, doiracha, qoshiq va boshqalarda musiqaga jo`r bo`lish hamda musiqa ijodkorligi kabi musiqa faoliyatlari qo`llaniladi. Ushbu faoliyatlar zamirida o`yin xususiyatlari mavjudligi tufayli ular o`quvchilarda katta qiziqish uyg`otadi. Mashg`ulotlarda qo`llaniladigan barcha musiqa faoliyatlari dars mavzusining ajralmas qismi va mantiqan uzviy bo`lagi sifatida amal qiladi. Bu jihatdan "Musiqa madaniyati" o`quv fani kompleks (integral-aralash) dars turiga kiradi va unda darsning umumiy mavzusiga bo`ysunuvchi, o`zaro mantiqan bog`lanuvchi quyidagi musiqa faoliyatlariga amal qilinadi; musiqa idroki ( tinglash), kuylash, musiqa savodi, raqs va ritmik harakatlar, chapak va cholg`u asboblarida chalish hamda musiqa ijodkorligi.
    Musiqa idroki dars mashg`ulotlarida yetakchi faoliyat sifatida muhim ro‘l o`ynaydi. U ikki holatda amalga oshadi: birinchi holatda ma`lum asar tinglanib, idrok etiladi va uning badiiy tavsiflari dars mavzuiga doir oddiy musiqiy-pedagogik tahlil etiladi. Eshitish orqali asarni tushunish va ongli idrok etish, asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda badiiy mazmuni haqida ma`lum bilimlarga ega bo`linadi. Ikkinchi holatda musiqa asarlari avval tinglanib ( idrok etilib), so`ng u yoki bu faoliyati ko`proq kuylash orqali o`rganiladi, uning badiiy mazmun xususiyatlari amaliy faoliyatda ifodalanadi. Masalan, o`rganiladigan qo`shiq avval o`qituvchi ijrosida ( tasma orqali ham) bir-ikki martta tinglanadi, asar xususiyati haqida suhbat qilinadi, so`ng o`rganishga kirishiladi; raqs musiqasi avval tinglanadi, kuy tavsiflari anglab olingandan so`ng, raqs harakatlari ifodasi o`rganiladi. Ko`pincha asar bir necha faoliyat uyg`unligida ( tinglash, kuylash, raqs harakati va boshq.) o`rganiladi. Bunday mashg`ulot usuli asarni puxta o`rganish va ayni holda kompleks malakalarning rivojlanishi uchun imkon yaratadi, "Musiqa madaniyati" darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu zamirida mantiqan o`zaro bog`lanadi, natijada darsning mantiqan bir butunligi vujudga keladi. Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg`uloti (tinglash, kuylash, raqs va h.k) qo`llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o`rganiladi va uning xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochiligi va h.k) haqida yangi tushunchalar hosil bo`ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo`lib qolmay, balki o`quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar majmuasini (musiqa shakllari, janrlari, cholg`uchilar ijrochiligi, xalq, bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi va boshq.) singdirib borishdan iborat.
    Shuni alohida e`tiborga olmoq zarurki, musiqa idroki (tinglash) va musiqa savodi faoliyati o`zaro uzviy bog`lanishi bilan qolgan barcha faoliyatlar amaliyotiga yetakchilik qiladi. Kuylash faoliyati o`quvchilarning musiqa -o`quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo`lib kuylash jarayonida o`quvchi o`z ovoz-ijrosini boshqaradi, o`rtoqlari ijrolarini eshitib kuzatadi va ular bilan birga jo`r bo`lib kuylashga intiladi.
    Zotan, tinglash va kuylash o`quv materiallari ta`lim mazmunini tashkil etadi. Ularni tinglash va kuylash faoliyatlari vositasida o`rganish bilan birga, musiqali harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari bilan ham har tomonlama o`zlashtirish va musiqiy tavsiflarni ushbu faoliyatlar vositasida ifodalash imkoniyatlarini yaratadi.
    Dasturda raqs va musiqali harakatlarga alohida o`rin berilgan. Bu faoliyatlar o`quvchilarning musiqiy qobiliyatlari, xususan, ritm-usul tuyg`usi va asar badiyatini ifodalash malakalarini rivojlantirish bilan birga, ularning jismoniy rivojlantirish uchun ham muhimdir. Bu ayniqsa, boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun nihoyatda zarur. Darsda o`rganiladigan raqs va harakatlar boshqa dars chog`ida (jismoniy tarbiyada, tanaffuslarda) keng qo`llanishi maqsadga muvofiqdir.
    Chapak va cholg`u asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari o`quvchilarning musiqa (o`quv qobiliyatlari) hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat boshlang`ich sinflarda milliy cholg`u asboblar bilan tanishish va ularning tovush tembrlarini anglab olish bilan uzviy bog`lanib amalga oshirilishi zarur. Bunda doiracha, qayroq, qoshiq, kichik sopol kabi urib chalinadigan cholg`u asboblaridan foydalanib, o`qituvchi ijrosi yoki CD va DVD disklar orqali taraladigan kuylarga jo`r bo`lish malakalari rivojlantiriladi.
    Musiqa ijodkorligi faoliyati bolalarda musiqiy tafakkur, izlanish va ijodkorlik malakasini o`stira borish uchun ahamiyatga egadir. Bu faoliyat o`qituvchi ijrosida doira chertib jo`rnavozlik qilish, sinf ijrosiga "Dirijorlik" qilish, kuy ohangiga mos harakatlar (xususan, raqs) topish, she`r parchasiga kuy "Bastalash" kabi ijodkorlik amaliyotlari bilan bajariladi. Musiqali harakatlar, cholg`uchilik va ijodkorlik faoliyatlarini amalga oshirishda o`yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan, ushbu faoliyatlar ko`proq o`yin xususiyatlari bilan bog`liq. Dasturda tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasidan ortiq berilgan. Bu o`qituvchiga asarlarni sinf imkoniyatlari va o`quv yilining muhim sanalariga muvofiq tarzda tanlab o`qitish imkoniyatini beradi. Ayni paytda, o`qituvchiga dasturga kiritilmagan, ammo badiiy yuksak, tarbiyaviy jihatidan muhim va o`quvchilar idrok-amaliyotiga mos bo`lgan yangi asarlardan keng foydalanish huquqini ham beradi.
    Unda chorak mavzulariga moslab asarlarni deyarli ikki hissa miqdorda tanlash va lozim bo`lganda dasturdan tashqari asarlardan ham foydalanish mumkin.
    Nota savodi, cholg`uchilik, raqs va harakatlar, shuningdek, musiqa ijodkorligi faoliyati mazmunida tavsif etilgan asarlar ham shartli ravishda beriladi. Dars sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin.
    Bu esa darslarni rejalashtirishda va darslarga tayyorgarlik ko`rishda ijodiy yondoshishni taqazo etadi. Bunda shu narsaga e`tiborni kuchaytirmoq lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg`ulotlar mazmuni har bir faoliyat turiga doir alohida-alohida ko`rsatilgan bo`lsada, ammo darslarni rejalashtirishda va ularni o`tishda musiqa faoliyatlari dars mazmunidan kelib chiqishi va uning mohiyatini ochib berishi lozim bo`ladi. Shunday qilib, darsda musiqa faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi.
    Dastur yakunida yil davomidagi musiqa ta`limi mazmunidan o`quvchilarning olishi zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarining aniq mezonlariga asoslanib ish tutishga imkon beradi.
    BIRINCHI SINF
    Yil mavzusi: "Biz musiqani sevamiz" (33 soat)
    1 -chorak
    Mavzu: "Biz yoqtirgan kuy va qo`shiqlar" (9 soat)
    Musiqa tinglash

    1. "O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi" A.Oripov she`ri, M.Burxonov musiqasi.

    2. " Andijon polkasi" O`zbek xalq kuyi.

    3. "Olma pishganda galing" Xorazm xalq qo`shig`i.

    4. "Yurish marshi" F.Nazarov musiqasi.

    5. "Do`loncha" O`zbek xalq kuyi.

    6. "Olmacha anor" O`zbek xalq kuyi.

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Salom maktab" P.Mo`min she`ri, Sh.Yormatov musiqasi.

    2. "Olma" P.Mo`min she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.

    3. "Anjir" P.Mo`min she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.

    4. "Xandalak" P.Mo`min she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.

    5. "Salom bergan bolalar" P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    6. "Qadim turon" P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi Musiqa savodi

    Musiqaning badiiy tavsifi (quvnoq, sho`x, g`amgin va x.k.). Tovushlar va ularning farqi (Musiqiy va shovqinli tovushlar )
    Cholg`uchilik, raqs va harakatlar
    Chapak chalib, musiqaga ritmik jo`r bo`lish ("Andijon polkasi", "Olma", "Do`lancha", "Olma pishganda galing" va boshqalar).
    Musiqa ijodkorligi
    Yangi raqs harakatlarini topish ("Do`loncha" va boshqalar). Sinf kontserti.
    2- chorak (7 soat )
    Mavzu: "Musiqali ritmik o`yinlar va qo`shiqlar".
    Musiqa tinglash
    1 . "Yangi tanovar" M.Mirzayev musiqasi 2 . "Asp bo`laman" O`zbek xalq kuyi.

    1. "Ufor" O`zbek xalq kuyi.

    2. "Oq terakmi, ko`k terak" Bolalar xalq qo`shig`i.

    3. "Jamalagim" O`zbek xalq kuyi. D.Zokirov fortepiano uchun moslashtirgan.

    4. "Fil" P.Mo`min she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Shamol" P.Mo`min she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.

    2. "Alifbo bayrami" P.Mo`min she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.

    3. "Qo`zichoq" P.Mo`min she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.

    4. "O`ynasangchi tipratikon" P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    5. "Yangi yil archasi" M. Abdushukurova she`ri, A.Berlin musiqasi. Musiqa savodi

    Musiqaning tasviriy tavsifi (tabiat, o`yin, ertak, xazil, o`yinchoqlar obrazlari, ...). Nota chizig`i, skripka kaliti, unung yozilishi va nota yo`lidagi joylashuvi.
    Cholg`uchilik, raqs va harakatlar
    Chapak va shiqildoqlar chalib, o`qituvchi ijrosiga ritmik jo`r bo`lish ( "Asp bo`laman" va boshqalar ).
    Musiqa ijodkorligi
    Baland va past tovushlar topib ovozda kuylash. Ularni uzun va qisqa tovushlarda kuylash. Musiqaga muvofiq raqs harakatlarini topish ("Ufor", "Asp bo`laman"). Chapak jo`rligida (1-guruh) raqs tushish (2-guruh). Guruhlarni almashtirib, chapak ijrosida raqs tushish. Sinf konserti.
    3- chorak (9 soat ) Mavzu: "Musiqa olamiga sayohat".
    Musiqa tinglash

    1. "Chertmak" O`zbek xalq kuyi (Dutor ).

    2. "Dutor bayoti" O`zbek xalq kuyi (Rubob ).

    3. "Doira usullari. Chamanda gul" O`zbek xalq kuyi.

    4. "Olmani otdim" O`zbek xalq kuyi.

    5. "Yallama yorim" O`zbek xalq kuyi.

    6. "Chitti gul" O`zbek xalq kuyi.

    7. "Bahor valsi" M.Mirzayev musiqasi (cholg`u ansambli ). 8 . "Ayiqcha" I.Akbarov musiqasi 9 . "Buxorcha" O`zbek xalq kuyi.

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Diloromning qo`shig`i" I.Donish she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.

    2. "Nevaralar qo`shig`i" S.Barnoyev she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi

    3. "Etikcham" Qambar Ota she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.

    4. "Gullola" I.Akbarov musiqasi.

    5. "Binafsha" A.Rahmatova she`ri, G`.Qodirov musiqasi.

    6. "Childirma" P.Mo`min she`ri, D.Omonullayeva musiqasi 7 . "Chitti gul" O`zbek xalq qo`shig`i.

    8 . "Ro`molcha" P.Mo`min she`ri, D.Omonullayeva musiqasi Musiqa savodi
    Musiqa asboblari bilan tanishish (fortepiano, doira, rubob, nog`ora, karnay).Takt chizig`i.
    Cholg`uchilik, raqs harakatlari, ijodkorlik
    Chapak, doirachalar, qoshiq, shiqildoq va qayroqchalarda chalib, kuyga ritmik jo`r bo`lish ("Chamanda gul", "Yallama yorim", "Olmani otdim").
    Raqs tushish. Musiqaga qadam tashlash ("Marsh").
    O`rganilgan asar ("Fil") badiiy qiyofasi (obrazi) ni tasvirlash. Sinf konserti.
    4- chorak (8 soat )
    Mavzu: "Xushnavo milliy cholg`ularimiz".
    Musiqa tinglash

    1. "Chamanda gul". O`zbek xalq kuyi (Cholg`u ansambli ).

    2. "Raqs" F.Nazarov musiqasi.

    3. "Kakligim" N.Norxo`jayev musiqasi.

    4. "Gulbahor" O`zbek xalq kuyi (nay ).

    5. "Choriy chambar" O`zbek xalq kuyi.

    6. "Olma atirjon" O`zbek xalq kuyi.

    7. "Gulyoraxon" O`zbek xalq kuyi (tanbur ).

    8. "Gulyoraxon" O`zbek xalq kuyi (dutor va tanbur ).

    9. "Chitti gul" O`zbek xalq kuyi.

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Kapalak" P.Mo`min she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.

    2. "Kakligim" N.Orifjonov she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    3. "Quvnoqlar qo`shig`i" P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    4. "Bolalar va g`ozlar" M.Qo`shoqov she`ri, J.Najmidinov musiqasi.

    Musiqa savodi
    Yetti tovush nomi, ularning ketma-ketligini bilish. Tovushlar balandpastligini zinachalar ifodasida tasvirlash, uni Do-major tovush qatorida kuylab ifodalash. Shoir, bastakor va kuy-qo`shiq farqini bilish.
    Cholg`uchilik, raqs harakatlar, ijodkorlik
    Chapak va cholg`ularda chalib, kuyga ritmik jo`r bo`lish ("Yallama yorim", "Duchava").
    Yil davomida musiqa savodidan bolalarning olgan taassurotlari yuzasidan suhbat.
    Sinf kontserti.
    IKKINCHI SINF (34 soat)
    Yil mavzusi. "Ijrochilik turlari, musiqaning ifoda vositalari"
    1 chorak (9 soat )
    Mavzu: "Yakkanavozlik va jo`rnavozlik"
    Musiqa tinglash

    1. "O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi" A.Oripov she`ri, M.Burxonov musiqasi.

    2. "Dutor bayoti"O`zbek xalq kuyi.

    3. "Qashqarcha" O`zbek xalq kuyi (dasta ).

    4. "Qari navo" O`zbek xalq kuyi ( cholg`u dastasi ).

    5. "Gulxan" D.Zokirov musiqasi.

    6. "Usmoniya" O`zbek xalq kuyi (cholg`u dastasi ).

    7. "Oromijon" O`zbek xalq kuyi ( rubob ).

    8. "Qo`shtor" O`zbek xalq kuyi (dutor ).

    9. "Chertmak" O`zbek xalq kuyi. (Yakka dutor yoki dutorchilar ansambli).

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi" A.Oripov she`ri, M.Burxonov musiqasi.

    2. "Salom maktab" F.Nazarov musiqasi, I.Muslimov she`ri.

    3. "Kuz" Ro`zimuhammedov musiqasi, S.Abramova musiqasi.

    4. "O`zbek elim-bek elim" D.Omonullayeva musiqasi.

    5. "Oy bo`lamiz- toy bo`lamiz" S.Barnoyev she`ri, H.Rahimov musiqasi.

    6. "Yomg`ir yog`aloq" o`zbek xalq qo`shig`i, A.Berlin musiqasi.

    Musiqa savodi.
    Musiqa savodi bo`yicha 1-sinfda o`tilganlarni takrorlash.
    Cholg`u asboblarida chalish va musiqali-ritmik harakatlar bajarish.
    Bir joyda turib musiqaga xos harakatlar bajarish, bir joyda turib: marshga qadam tashlash ("Usmoniya", "Qari navo", "Marsh") va raqs kuylariga xos ifodali harakatlar bajarish.
    Mazkur ohanglarga uchburchak, doirachalar va shiqildoqlar ijrosida ritmik jo`r bo`lish, qattiq va yo`mshoq urg`ularni belgilash.
    Musiqa ijodkorligi
    O`qituvchi ijrochiligiga jo`rnavozlik qilish. Kuy tavsifiga mos raqs harakatlarini bajarish.
    2- chorak (7 soat )
    Mavzu: "Yakkanavozlik va yakkaxonlik
    Cholg`uchilar va honandalar ansambli"
    Musiqa tinglash

    1. "Chamanda gul" O`zbek xalq qo`shig`i (dutorchi qizlar dastasi ).

    2. "Norim-norim" O`zbek xalq kuyi

    3. "Xorazm lazgisi" Xorazm xalq kuyi (dasta ).

    4. "Gullola" I.Akbarov musiqasi

    5. "Ufori ganji qorabog`" Xorazm xalq kuyi (afg`on rubobi )

    6. "Dilxiroj" (dutor )

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Xakkalar" N.Orifjonov she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi

    2. "Yangi yilim-yaxshi yilim" P.Mo`min she`ri, D.Zokirov musiqasi.

    3. "Kichkintoymiz - gijingtoymiz" P.Mo`min she`ri, K.Kenjayev musiqasi.

    4. "Archa qo`shig`i" Z.Diyor she`ri, X.Muhamedova musiqasi. Musiqa savodi

    Nota yo`lida "Mi-lya" tovushlarining joylashuvi. Sozanda va xonandaning ijrosini, yakkanavoz hamda yakkaxonning farqini bilish. Butun va yarim nota, ularning cho`zimini bilish.
    Cholg`u asboblarida ijro etish va musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish
    Chapakda va bolalar cholg`u asboblarida chalib, musiqa ohangiga ritmik jo`r bo`lish ("Oftob chiqdi olamga").
    Musiqa ijodkorligi
    "Mi, Fa, Sol, Lya" notalari ifodasida aytim mashqi yaratish va kuylash. Kuyga raqs harakatlarini topib, raqs tushish. Sinf konsertiga qatnashish.
    3- chorak (10 soat )
    Mavzu: "Ansambl va uning turlari. Kuy nima? Kuyda nimalar ifodalanadi?"
    Musiqa tinglash

    1. "Qor uyini" I.Akbarov musiqasi

    2. "Qashqarcha" O`zbek xalq kuyi.

    3. "Shohi so`zana" A.Muhamedov musiqasi.

    4. "Halinchak" (Bolalar hori va cholg`u dastasi ).

    5. "Farg`onacha" O`zbek xalq kuyi.

    6. "Shodmon" O`zbek xalq kuyi.

    7. "Bog`larga bahor keldi" O`zbek xalq kuyi.

    8 ."Olmani otdim" (2 janr) O`zbek xalq kuyi.
    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Navro`zim sho`x sozim" X.Raxmat she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    2. "Arg`imchoq" K.Rahim she`ri, J.Najimiddinov musiqasi.

    3. "Kapalak va kamalak" N.Narzullayev she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    4. "Uxlab turdim" F.Nazarov musiqasi, I.Muslimov she`ri.

    5. "Buvijonim" Y.Suyunov sheri, D.Omonullayeva musiqasi

    Musiqa savodi
    Do-Lya bosqichlarining nomlari va ularning nota yo`liga joylashuvini bilish. Shu oraliqdagi tovushlar notasiga qarab kuylash. Majorning asosiy bosqichlarini qo`l harakati ifodasida kuylash.
    Tonikasi tushirib qoldirilgan kuy parchalarining tonika tovushlarini topib, qo`shiq kuylash. Musiqaning ifoda tili-kuy, dinamik tuslar. Repriza. Naqorat va kupletning farqini bilish. Chorak, nimchorak nota, ularning cho`zimini bilish.
    Cholg`u asboblarida ijro etish va musiqaviy-ritmik harakatlarni bajarish Chapakda va bolalar cholg`u asboblarida chalib, musiqaga jo`r bo`lish. ( "Qashqarcha", "Olmani otdim", "Yulduzlar" ).
    Musiqa tavsiflariga mos raqs harakatlari ( "Olmani otdim", Fabrika"), musiqada kuy ifodalarini ( "Inoq o`ynaymiz") bajarish.
    Musiqa ijodkorligi
    Mashq so`zlarga kuy bastalash ("Yulduzlar"). Musiqa tavsiflariga mos raqs harakatlarini topish. O`qituvchi ijrosiga doira chertib jo`rnavozlik qilish. 4- chorak (8 soat )
    Mavzu: "Musiqaning ifoda vositalari"
    Musiqa tinglash
    1 ."Bahor" A.Rahmat she`ri, I.Akbarov musiqasi.

    1. "Lola raqsi" Sobir Karim-Xoji musiqasi.

    2. "Bahor valsi" M.Mirzayev musiqasi.

    3. "Boychechak" O`zbek xalq qo`shig`i.

    4. "Shodiyona" O`zbek xalq kuyi.(karnay,suray, doira, nog`ora )

    5. "Vatanjonim-Vatanim" D.Omonullayeva musiqasi.

    6. "Gulnoz". M.Mirzayev musiqasi.

    7. "Lazgi" Xorazm xalq kuyi.

    8. "Polka" M.Glinka musiqasi 10 . "Bolalar" U.Rahimov musiqasi.

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Qo`zichog`im-o`yinchoq" P.Mo`min she`ri, A.Mansurov musiqasi.

    2. "Dakang xo`roz" A.Mansurov musiqasi

    3. "O`ynasangchi tipratikon"

    4. "Muzqaymoq" O`.Qayumov she`ri, A.Mansurov musiqasi.

    5. "G`ildiragim" Q. Baxromov she`ri, Sh.Yormatov musiqasi.

    6. "Quyon" I.Muslim she`ri, Q.Mamirov musiqasi.

    7. "Sehrli ertak" I.Jalilov she`ri, X.Xasanova musiqasi.

    Musiqa savodi
    Major va minor tonalliklarida uchtovushlikni kuylash.
    Do major tovush qatorini 2/4 va 3/4 o`lchovlarida taktlab kuylash. Kuy-ohang orqali uning o`lchov birligini bilish
    Cholg`u asboblarida ijro etish va musiqaviy-ritmik harakatlar bajarish
    Chapakda va bolalar cholg`u asboblarida chalib musiqaga ritmik jo`r bo`lish ("G`ildiragim"). Doira chalishni qo`l harakati bilan imitatsiya qilish.
    UCHINCHI SINF (34 soat)
    Yil mavzusi: "Musiqada shakl va mazmun"
    1- chorak (9 soat )
    Mavzu: "Musiqaning tuzilishi" (Musiqa nutqi)
    Musiqa tinglash

    1. "O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi" A.Oripov sheri,

    M.Burxonov musiqasi.

    1. "Dilxiroj"O`zbek xalq kuyi 3 . "Jonon" M.Mirzayev musiqasi.

    1. "Raqs" G`.Qodirov musiqasi.

    2. "Rohat" O`zbek xalq kuyi, D.Zokirov fortepianoga moslashtirgan.

    3. "Boychechak" O`zbek xalq kuyi.

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi" A.Oripov she`ri, M.Burxonov musiqasi.

    2. "Qo`zichog`im" I.Sulaymon she`ri, P.Abdullayev musiqasi.

    3. "Oltin paxtam-oppog`im" P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    4. "Sho`x bolaman" S.Jabbor she`ri, H.Rahimov musiqasi.

    5. "Diyor madhi" Habib Raxmat she`ri N.Norxo`jayev musiqasi

    6. "Ochil paxtajon" P.Mo`min she`ri, M.Burxonov musiqasi.

    7. "Kakku" I.To`lqin she`ri, .Hamroyev musiqasi

    8 ."Aziz buston O`zbekiston" M.Mirzayev she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.
    9 . "Ochil paxtam" T.Yuldosh she`ri, M.Burxonov musiqasi. Musiqa savodi
    Aytim mashqlar va qo`shiqlarni o`qituvchi ovoziga ergashib kuylash ( "Yulduzlar", "Teplovoz") do- major va lya minor tovush qatorlarini 2 /4 o`lchovida dirijorlik qilib kuylash. Chorak va nim chorak pauzalarni bilish.
    Cholg`u asboblarida ijro etish va musiqaviy-ritmik harakatlar bajarish
    Doirachalar, shiqildoqlar, qo`shiq va boshqa urma cholg`u asboblarida chalib musiqaga ritmik jo`r bo`lish ("Olmani otdim", "Jonon"). Cholg`u asboblari tovushlarini ovozda taqlid qilib kuylash. Musiqa tavsifini raqs va turli harakatlarda ifodalab ko`rsata olish.
    2- chorak (7 soat )
    Mavzu: "Xor va orkestr"
    Musiqa tinglash

    1. "Boychechak" Sh.Yormatov (qayta ishlagan )

    2. "Maysa" Sh.Yormatov musiqasi.

    3. "Bayram marshi" D.Zokirov musiqasi.

    4. "Jazoir" X.Abdurasulov musiqasi.

    5. "Yoriltosh" S.Boboyev musiqasi.

    6. "Raqs" G.Qodirov musiqasi.

    7. "Hosil to`yi bayrami" S.Jalilov musiqasi. J.Jabborov she`ri.

    8. "Polvonman" M.Otajonov musiqasi, Qambar Ota she`ri.

    9. "Shodiyona" G`.Qo`chqorov musiqasi.

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Ochil paxtajon" P.Mo`min she`ri, M.Burxonov musiqasi.

    2. "Qo`shig`imiz avjida" G`Komilov she`ri, T.Azimov musiqasi. 3 . "Yangi yil qo`shig`i" V.Hikmat she`ri, K.Abdullayev musiqasi.

    1. "Oppoq qandim" P.Mo`min she`ri, F.Alimov musiqasi.

    2. "Archa qo`shig`i" Z.Diyor she`ri, X.Muhamedova musiqasi

    3. "Qor" Zulfiya she`ri, Sh.Yormatov musiqasi.

    4. "Yangi yilim-yaxshi yilim" P.Mo`min she`ri, D.Zokirov musiqasi. Musiqa savodi

    Major va minor ladi haqida tushuncha hosil etish, ularni asarlar tavsifidan ajratish. Musiqa tavsiflarining shakillanishida surat va usulning ahamiyati.Tinglanadigan asarlar tavsif xususiyatlarini usullar ifodasida aniqlash.
    3- chorak (10 soat )
    Mavzu: "Oddiy musiqaning shakllari. Band va naqorat."
    Musiqa tinglash
    1 . "Yosh askarlar qo`shig`i" S.Barnoyev she`ri, S.Jalil musiqasi 2 . "Men g`unchaman" N.Narzullayev she`ri, H.Rahimov musiqasi

    1. "Lazgi" Xorazm xalq kuyi.

    2. "G`ildiragim" Sh.Yormatov musiqasi.

    3. "Norim-norim" Xorazm xalq kuyi.

    4. "Lolacha" O`zbek xalq kuyi.

    5. "Bolalarning ko`zlari" Qambar Ota she`ri, M.Otajonov musiqasi.

    6. "Dilbar" O`zbek xalq laparlari, B. Gienko qayta ishlagan.

    9 ."Turkiston farzandimiz" T.Mullaboyev she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.
    10 "Charxpalagim" T.Mullaboyev she`ri, P.Abdullayev musiqasi 11 . "Diyor madhi" H.Rahmat she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.
    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Ay, ya-yay" M.Muhamedova she`ri, Sh.Yormatov musiqasi.

    2. "Men g`unchaman" N.Narzullayev she`ri, H.Rahimov musiqasi.

    3. "Sog`lom avlod qo`shig`i" S.Barnoyev she`ri, Sh.Yormatov musiqasi.

    4. "Buvijonim yaxshisiz" G`.Komilov she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    5. "Shirin-shirin" I.Jiyanov she`ri, X.Xasanova musiqasi.

    Musiqa savodi
    Alteratsiya belgilari (diez, bemol, bekar) haqida tushunchaga ega bo`lish.
    Major va minor ladlari va uning asosiy uch tovushliklarini qo`l harakati ishoralai bilan ifodali kuylash
    4- chorak (8 soat )
    Mavzu: "Musiqaning ifoda vositalari".
    Musiqa tinglash

    1. "Hoy, lola" O`zbek xalq kuyi. E.Shukrullayev qayta ishlagan.

    2. "Farg`onacha tanovar" O`zbek xalq kuyi.

    3. "Usmoniya" O`zbek xalq kuyi.

    4. "Navro`z" tojik xalq kuyi.

    5. "Bibigul" Qoraqalpoq xalq kuyi.

    6. "Raqs" O.Holmuhamedov musiqasi.

    7. "Humo qushim" B.Umidjonov musiqasi.

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Qo`zilarim" O.Qo`chqorbekov she`ri, F.Nazarov musiqasi.

    2. "Laylak" Uyg`un she`ri, G`.Qodirov musiqasi.

    3. "Gullar manim kulganim" P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    4. "Navbahor" Sh.Shoxismoilov she`i, P.Tursunov musiqasi.

    5. "Balig`im" P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    Qo`shimcha materiallar

    1. "Navro`z keldi" Y.Ho`jayev she`ri, L.Mujdabayeva musiqasi.

    2. "Salimjon-nimjon" P.Mo`min she`ri, A.Muhamedov musiqasi.

    3. "Kakligim" N.Orifjonov she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    4. "Piyoda askarlar qo`shig`i" Qambar Ota she`ri, A.Mansurov musiqasi.

    5. "Kamalak izlayman" P.Mo`min she`ri, Q.Komilov musiqasi. Musiqa savodi

    Major va minor uchtovushligi va tovush qatorini nota yozuviga qarab kuylash va ularni lad ohangiga qarab ajratish. Uchtovushliklarni bosh pardasiga tayanib kuylash. Kuylanadigan qo`shiqlarning ohangiga qarab ladini aniqlash. Qaytariq (repriza) haqida tushuncha hosil qilish ( "Qo`shig`imiz avjida" ).
    Alteratsiya belgilari: diez, bemol, bekar. 2/4 va 3/4 o`lchovlarida belgilangan qisqa kuy mashqlarini o`lchoviga muvofiq takt chiziqlarini qo`yib chiqish.
    Dinamik belgilaridan forte va pianoni bilish.
    TO`RTINCHI SINF (34 soat)
    Yil mavzusi: " O`zbek xalq musiqa ijodi"
    1- chorak (9 soat )
    Mavzu: " Xalq aytimlari va cholg`ulari"
    Musiqa tinglash

    1. " Oh, layli" O`zbek xalq qo`shig`i.

    2. "Bilakuzuk" O`zbek xalq qo`shiqlari.

    3. "Hur Respublikam" A.Mansurov musiqasi, H.Qayumov she`ri.

    4. "Yallama yorim" O`zbek xalq yallasi, 5 . " Fabrika" O`zbek xalq qo`shig`i, 6 . "Qalbimda" S.Jalil musiqasi.

    7 . "Ajam taronalari" an`anaviy cholg`u kuylari
    Jamoa bo`lib kuylash
    1. "O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi" A.Oripov she`ri, M.Burxonov musiqasi.
    2."Aziz ustozlar" To`lqin she`ri, S.Babayev musiqasi.
    3."Oq paxta terdik" P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.
    4."Oy Vatanim" P.Qambar she`ri, Sh.Yormatov musiqasi.
    5. "Shaftoliga savolim" P.Mo`min she`ri, N.Norho`jayev musiqasi. Musiqa savodi
    Quyi sinfda olingan bilim va ko‘nikmalarga asoslanib, aytim mashqlari va qo`shiqlarini nota bilan kuylash Ton va yarim ton haqida o`quvchilar bilimini mustahkamlash. Lad haqidagi bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash. Major va minor uchtovushliklar va tovushqatorlarini jo`rlik va jo`rsiz eshitish hamda taqqoslab aniqlash, so`ng kuylash.4/4 o`lchovini aytim mashqlari va asarlar misolida o`rganish.
    3 /4 va 4/4 o`lchovlarini kuchli va kuchsiz hissalarga taqqoslash yo`li bilan farqini ajratish. Chorak, yarim va butun notalarni hamda shu o`lchovdagi pauzalarni bilish.
    2 /4,3/4,4/4 o`lchovli mashq va qo`shiqlarni tinglash va kuylash.
    Musiqa tavsiflarini raqs harakatlarida ifodalash ("Yali-yali", "Qashqarcha", "Ufori", "Andijon polkasi").
    Urma cholg`u asboblarida, chapakda yoki barmoq uchi bilan chertib, musiqa usuliga ritmik jo`r bo`lish.
    2- chorak (7 soat )
    Mavzu. "Bayram va marosim qo`shiqlari"
    Musiqa tinglash

    1. "Shodiyona" Cholg`u kuylari turkumidan namunalar.

    2. "Surnay navosi" An`anaviy cholg`u kuyi.

    3. "Dilxiroj" O`zbek xalq kuyi.

    4. "Norim-norim" An`anaviy cholg`u kuyi.

    5. "Duchava" An`anaviy cholg`u kuyi.

    6. "Ramazon" Aytimlardan namunalar.

    7. "Yangi tanovar" M.Mirzayev musiqasi.

    8. "Alla" lardan namunalar.

    9. "Yor-yor" lardan namunalar.

    10 "Dorbozi" An`anaviy cholg`u kuyi.
    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "O`zbekistonim" Q.Ota she`ri, L.Mujdaboyeva musiqasi.

    2. " Kitobim qo`limda" P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    3. "Dakang xo`roz" A.Mansurov musiqasi.

    4. "Men oftobning qiziman" A.Nosirov she`ri, Sh.Yormatov musiqasi.

    5. "Yaxshi bola" P.Mo`min she`ri, I.Hamroyev musiqasi.

    6. "Archa qo`shig`i" A.Bo`riboyev she`ri, A.Muhamedov musiqasi. Musiqa savodi

    Do major-Sol major va lya minor-mi minor tonliklarini qiyoslab tinglash va kuylash misolida tonlik haqida umumiy tushuncha hosil qilish. Ularni turli ritmik tuzilishda (tovush cho`zimlarining almashishi, punkti ritm va turli o`lchovlarda) kuylash. Mazkur tonliklarda vokal mashqlarda hamda qo`shiq va kuylarning notaga qarb taktlab kuylash.
    Qo`shiqlar misolida 6/8 o`lchovi bilan tanishish. Mazku o`lchovda mashq va qo`shiq ("Chamanda gul") kuylash.
    3- chorak (10 soat )
    Mavzu: "Mavsum qo`shiqlari"
    Musiqa tinglash

    1. "Gul diyorim" E.Vohidov she`ri, M.Burxonov musiqasi.

    2. "Qorbo`ron" A.Mansurov musiqasi.

    3. "Mirzadavlat" An`anaviy cholg`u kuyi.

    4. "Shoh moylar" Halq qo`shig`i.

    5. "Nasrullo" An`anaviy cholg`u kuyi.

    6. "Boychechak" (turli namunalarni tinglash ).

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Biz askarmiz" I.Rahmon she`ri, N.Norho`jayev musiqasi.

    2. "Oyim hursandlar doim" T.Ilhomov she`ri, Y.Shvars musiqasi.

    3. "Kovushim" O`zbek xalq hazil qo`shig`i.

    4. "Bahor keldi" O`zbek xalq qo`shig`i.

    5. "Sariq jo`ja" F.Alimov musiqasi.

    6. "Navro`zim" Sh.Qurbonov she`ri, D.Omonullayeva musiqasi. Musiqa savodi

    Major va minor tovush qatorini nota bilan kuylash. Major tovush qatorini avval choraktalik (notalarda 2 /4 do-do, re-re, mi-i va boshqalar), so`ng punktir ritmlar (, , , va hakozo) taktlab kuylash. O`qituvchi ovoziga jo`r bo`lib hamda mustaqil tarzda 4/4 o`lchovidagi aytim mashqlar, kuy va qo`shiqlardan parchalarni notalarga qarab kuylash. Sol major tonligining tuzilishin nota yozuvida o`rganib kuylash.
    4- chorak (8 soat )
    Mavzu: "Bahor fasli qo`shiqlari"
    Musiqa tinglash

    1. "Navro`zi Ajam" An`anaviy cholg`u kuyi.

    2. "Bahor" O.Orifjonov she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.

    3. "Sarbozcha" An`anviy cholg`u kuyi.

    4. "Bulbulcha" M.Qo`shoqov she`ri, M.Nasimov musiqasi.

    5. "Arg`amchi" O`zbek xalq kuyi.

    6. "Lola" haqida qo`shiqlardan namunalar.

    7. "Yomg`ir yog`aloq" O`zbek xalq qo`shig`i.

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Gul terdi gullar" P.Mo`min she`ri, N.Norho`jayev musiqasi.

    2. "Sho`x bolaman" S.Jabborov she`ri, X.Raximov musiqasi.

    3. "Chaqqon bola" P.Mo`min she`ri, F.Alimov musiqasi.

    4. "Antiqa musobaqa" P.Mo`min she`ri, N.Norho`jayev musiqasi.

    5. "Hey lola" O`zbek xalq qo`shig`i.

    Musiqa savodi
    Fa major-re minor tonliklari turg`un tovushlarni navbatma-navbat kuylash. Ularni turli ritmik tuzilishda kuylash. Mazkur tonliklarni 6/8 o`lchamida kuylash.
    BESHINCHI SINF (34 soat)
    Yil mavzusi: "Kompozitorlik musiqa janrlari"
    1 chorak (9 soat )
    Mavzu: "O`zbek xalq cholg`ulari orkestri. Xor san`ati"
    Musiqa tinglash
    1 . " Qalbimda" S. Jalil musiqasi, O`zbek xalq cholg`ulari orkestri.
    2 ."Poema" M. Bafoyev musiqasi. O`zbrk xalq cholg`ulari orkestri.
    3 . "Sevinch" T. Qurbonov musiqasi. 4 . "Shodiyona" F. Alimov musiqasi.

    1. "O`zgancha" B. Umidjonov musiqasi.

    2. "Boychechak" O`zbek xalq qo`shig`i. Bolalar xori uchun Sh. Yormatov moslashtirgan.

    3. "Childirma chalay" G`.Komilov she`ri, D.Omonullayev musiqasi.

    4. "Oq kaptar" Bolalar xori uchun B. Umidjonov musiqasi.

    5. "Go`zal qizga" Aralash xor uchun M. Burxonov musiqasi.

    6. "Alla" Xotin-qizlar xori uchun B. Umidjonov musiqasi.

    7. "Naqshlar" Dutor va orkestrlar uchun M.Bafoyev musiqasi.

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi" A. Oripov she`ri, M. Burxonov musiqasi.

    2. "Aziz ustozlar" To`lqin she`ri, S. Boboyev musiqasi.

    3. "Paxta qo`shig`i" P. Mo`min she`ri, M. Leviyev musiqasi.

    4. "Boychechak" Xalq qo`shig`i, bolalar xori uchun Sh.Yormatov moslashtirgan.

    5. "Qari chumchuq chaqimchi" O`zbek xalq musiqasi. Sh.Yormatov qayta ishlagan.

    Musiqa savodi
    Boshlang`ich maktabda olingan bilim va malakalarni mustahkamlash. Major va minorning uchtovushliklarini kuylash; garmonik major va minor uchtovushliklarni cholg`u asbobida chalingan tovushdan ladini aniqlash.
    Kuylanadigan aytim mashqlari va qo`shiqlarni nota yozuviga qarab kuylash. Notaga qarab jo`rsiz kuylashni mashq qilish.
    2- chorak (7 soat )
    Mavzu: "Simfonik orkestr. Musiqada vokal-simfonik janrlar"
    Musiqa tinglash

    1. "To`yona" To`lqin Qurbonov musiqasi.

    2. "Muxammas va ufor" M.Mahmudov musiqasi.

    3- Simfoniyadan parcha M.Tojiyev musiqasi.

    1. L.Betxoven 5-simfoniya

    2. "Alisher Navoiyga qasida" A.Oripov she`riy librettosi, M.Burxonov musiqasi.

    3. "Navro`z bayramiga" A.Mansurov musiqasi (uvertyura ).

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Chumoli" P. Isxoqov she`ri, A.Rasulov musiqasi.

    2. "O`zbekistonim" F.Shohismoil she`ri, Sh.Ramazonov musiqasi.

    3. "Chaqqon bola" P.Mo`min she`ri, F.Alimov musiqasi.

    4. "Bolalarning ko`zlari" Qambar Ota she`ri, M.Otajonov musiqasi. Musiqa savodi

    Tinglanadigan va kuylanadigan asarlar tahlilida ularning major va minor ladlarini mustaqil aniqlash va lad uchtovushligini asar tonligida kuylash.
    Ushbu uchtovushlikni mashq sifatida yuqoriga va pastga qarab kuylash. Kuylanadigan mashq va qo`shiqlarning o`lchovlarini aniqlab, dirijorlik qilib kuylash. Bunda asar usullarini doira chertib kuylashni keng qo`llash.
    3- chorak (10 soat )
    Mavzu: "Sahnaviy musiqa asarlari. Balet va raqs san`ati. Musiqali drama va komediya, bolalar uchun musiqali ertak-tomoshalar"
    Musiqa tinglash

    1. "Oqqush ko`li" P.Chaykovskiyning "Oqqush ko`li" baletidan parchalar.

    2. "To`maris" U.Musayev musiqasi.

    3. "Sharq afsonasi" baletidan parcha. A.Mansurov musiqasi.

    4. "Bahor valsi" Raqs kuylari. A.Mirzayev musiqasi.

    5. "Tohir va Zuhra" Musiqali drama. T.Jalilov musiqasi.

    6. "To`ylar muborak" va "Otmagay tong" qo`shiqlari, "Toshbolta oshiq" musiqali komediyasidan parchalar.

    7. "Arshin mol-olon" kuy-qo`shiqlaridan lavha U.Xojibekov musiqasi.

    8. "Fotimaning sarguzashtlari" Musiqali ertak. A.Nabiyev musiqasi.

    9. "Fotima va Zuhra" F.Alimov musiqasi

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Sumalak" T.Bahromov she`ri, Sh.Yormatov musiqasi

    2. "Oppoq qish-ey, oppoq qish" P.Mo`min she`ri, A.Varelas musiqasi.

    3. "Ona qo`llari" T.Ilhomov she`ri G‘.Qodirov musiqasi

    4. "Quyosh bilan suhbat" H.Qayumov she`ri, A.Mansurov musiqasi, G`..

    5. "Chamandagi gullarmiz" P.Mo`min she`ri. N.Norxo`jayev musiqasi. Musiqa savodi

    2 /4, 3/4, 4/4 o`lchovlarga doir mashq va qo`shiqlarni ritm usullaridan o`lchovlarni aniqlash va dirijorlik qilib kuylash. Mazkur o`lchovlardagi hamda 6/8 o`lchovidagi asarlarning doira usullarini barmoq bilan chertib yoki og`izda "Bum-bak", "Bum-bak-ka", "Baka-bum" bo`g`inlarida kuylab jo`r bo`lish.
    4- chorak (8 soat )
    Mavzu: "Opera san`ati. O`zbek musiqasida opera janri"
    Musiqa tinglash

    1. "Ruslan va Lyudmila" operasidan parchalar. M.Glinka musiqasi.

    2. "Sehrli nay" operasidan "Qayerdan taralmoqda bu totli navo" qo`shig`i. V.A.Motsart musiqasi.

    3. "Dilorom" operasidan ariya va duetlar.

    4. "Maysaraning ishi" operasidan parchalar.

    5. "Hayvonlar sultoni" operasi A.Mansurov musiqasi.

    6. "Aida" va "Rigoletto" operalaridan parcha J.Verdi.

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Parvozdagi qushchalar" M.Mirzo she`ri, P.Abdullayev musiqasi.

    2. "Oymomajon rom bo`ldi" Q.Muhammadiy she`ri, Sh.Yormatov musiqasi.

    3. "Zavqing soch, qaldirg`och" P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    4. "Xayr, maktabjon" H.Qayumov she`ri. A.Mansurov musiqasi. Musiqa savodi

    Oldingi chorakda olingan bilim ko‘nikma va malakalarni amaliy mashg`ulotlarda mustahkamlash. Major-minor hamda ladlarning asarlarda yangrashini aniqlash.
    OLTINCHI SINF (34 soat)
    Yil mavzusi: "Mumtoz (mustanad) musiqa"
    1- chorak (9 soat )
    Mavzu: "Mumtoz musiqa haqida tushuncha"
    Musiqa tinglash

    1. "Guluzorim" (Hoji Abdulaziz musiqasi ).

    2. "Feruz 1"

    3. "Savti suvora"

    4. "Nasrullo 1"

    5. "Ushshoqi Samarqand"

    6. "Garduni Buzruk"

    7. "Sayqal" O`zbek xalq kuyi

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi" A.Oripov she`ri, M.Burxonov musiqasi.

    2. "Bolalar" H.Rahmonov musiqasi, J.Jabborov she`ri.

    3. "Munajjim bobo" N.Norxo`jayev musiqasi, P.Mo`min she`ri.

    4. "Istiqlol haqida qo`shiq" Q.Mamirov musiqasi, L.Qo`ldoshev she`ri. Musiqa savodi

    Major va minor gammalarining turg`un tovushlarini kuylash. Metr va ritm, ritm va usul, chorak, nim chorak, nuqtali notalar va ularga mutanosibli pauzalar haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish. Olingan bilimlarni amalda qo`llay olish.
    2- chorak (7 soat )
    Mavzu: "Sharq xalqlari mumtoz musiqasi"
    Musiqa tinglash

    1. "Sharq taronalari" Xalqaro musiqa festivalining madhiyasi. D.Omonullayeva musiqasi, U.Azimov she`ri.

    2. Turk xalq kuylari.

    3. "Zabul tesnisi" Ozarbayjon xalq qo`shig`i.

    4. "Quvnoq qizlar qo`shig`i" Qirg`iz xalq qo`shig`i.

    5. "Atush" Uyg`ur qo`shig`i.

    6. "Vaqt o`tganda" Hind qo`shig`i.

    7. "Tongi shafaq" Arab qo`shig`i.

    8. "Oltin baliqchalar" Yapon xalq qo`shig`i.

    7 . "Nayrez" Tojik xalq qo`shig`i.
    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Yoshlar ramziy qo`shig`i", Avaz Mansurov musiqasi.

    2. "Gushlar" (Turkmancha qo`shiq). V. Ahmedov musiqasi, Sh.Yormatov qayta ishlagan.

    3. "Sevgili o`rgetmenim" D.Ushaklidil she`ri va musiqasi

    4. "Ey Tojikistonim" X.Jo`rayev she`ri, N.Qurbonasayev musiqasi. 5 . "Ona yer taronasi" N.Norho`jayev musiqasi, J.Jabborov she`ri. 6 . "Sharq taronalari" Xalqaro musiqa festivalining madhiyasi. U.Azimov she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.

    Musiqa savodi
    Sharq xalqlari mumtoz musiqasi bilan tanishish. Sharq xalqlari milliy uslubini ohanglardan ajrata bilish. Tinglangan asarlar orqali ulardagi cholg`u asboboni qaysi millatga hosligini aniqlay olish.
    3- chorak (10 soat )
    Mavzu: "Zamonaviy musiqa va uning asosiy xususiyatlari"
    Musiqa tinglash

    1. G.Qodirov. "Maktabjon va oftobjon" vokal simfonik syuitasi.

    2. 1-Simfoniyadan parcha. S.Jalil musiqasi.

    3. "Ra`no" I.Akbarov musiqasi, S.Akbariy she`ri.

    4. "Majnuntol" Xalq musiqasi, E.Shiryayev qayta ishlagan.

    5. "Yomg`ir yog`di" U.Azimov she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.

    6. "Yalla" vokal-cholg`u ansambli qo`shiqlaridan tinglash.

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "O`zbegimdan aylanay" D.A`zamova she`ri, G.Qo`chqorova musiqasi.

    2. "Eh, orzular" P.Tolib she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    3. "Turkiston farzandimiz" T.Mullaboyev she`ri. D.Omonullayeva musiqasi.

    4. "Gulshan diyor - O`zbekiston" Sh.Ramazonov musiqasi, F.Shohismoil she`ri.

    5. "Muchal qo`shig`i" S.Barnoyev she`ri, H.Rahimov musiqasi.

    6. "Gunafsha" M.Qoriev she`ri, Q. Mamirov musiqasi.

    7. "Ozod Vatan - obod Vatan" N.Narzullayev she`ri, T.Olimov musiqasi.

    Musiqa savodi
    Lad haqida bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash. Kalit oldidagi alteratsiya belgilari bilan tanishish va belgilarning ahamiyati haqida bilish. Intervallar haqidagi ma`lumotni mustahkamlash. Estrada musiqasining janr va yo`nalishlari haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish. Estrada yo`nalishidagi asarlardan kichik parchalarni solfedjio etib kuylash.
    4- chorak (8 soat )
    Mavzu: "Yevropa mumtoz musiqasi bilan tanishuv"
    Musiqa tinglash

    1. V.A.Motsart. "Figaroning uylanishi" operasidan parcha.

    2. V.A.Motsart. "Sehirli fleyta" operasidan parcha.

    3. L.Betxoven. "Qahramonlik" ( 3-simfoniyasi ).

    4. F.Shopen. "Mazurka"

    5. J.Bize. "Karmen" operasidan parcha.

    6. V.A.Motsart, "40-simfoniya"dan parcha.

    7. M.Glinka. "Kamarinskaya"

    8. V.A.Motsart. "Bahor sog`inchi"

    9. P.Chaykovskiy "Pikovaya dama" operasidan parcha.

    10. P.Chaykovskiy "Oqqush ko`li" baletidan parcha.

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "Yurtim kamoli" N.Norxo`jayev musiqasi. P.Tolib she`ri.

    2. "Biz tinchlikni istaymiz" K.Kenjayev musiqasi, B.Isroilov she`ri.

    3. "Kelajak bizniki" K.Kenjayev musiqasi, M.A`zam she`ri.

    4. "O`zbekiston Ona-onajon"y. A.Mansurov musiqasi, A.Ko`chimov she`ri.

    5. "Yoshligim" H.Rahimov musiqasi, S.Barnoyev she`ri.

    Musiqa savodi
    Olingan bilim ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash. Ovoz diapazoniga mos mashq va qo`shiqlarni nota yozuviga qarab kuylash, oddiy kuylarni solfedjio qilib kuylash. Nota cho`zimlarini turli mashqlarda butundan o`n oltitalikkacha bilish va nota yozuvlariga qarab kuylash. Xor va orkestr ijrosidagi asarlarni idrok etib, ulardagi badiiy obrazlarni anglab olish.
    YETTINCHI SINF (34 soat)
    1- chorak (9 soat )
    Mavzu: "Xalq musiqasining mahalliy uslublari"
    Musiqa tinglash

    1. "Alpomish" dostonidan qo`shiqlar.

    2. "Go`ro`g`li" dostonidan qo`shiqlar.

    3. "Samarqand ufori"

    4. "Yor-yor"lardan namunalar 5 . "Buxorocha mavrigi"

    1. "Tanavor" (turli variantlar )

    2. "Qo`shchinor" 1, 2

    3. "Oyijon" (lapar )

    4. "Qari navo"

    5. "Lazgi" xalq kuyi

    6. "Yuz bir" xalq kuyi

    7. "Ovozing sani". "Oshiq G`arib va Shohsanam" dostonidan

    Jamoa bo`lib kuylash

    1. "O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi" A.Oripov she`ri, M Burxonov musiqasi.

    2. "Mustaqillik lolalarimiz" P Abdullayev musiqasi, N. Narzullayev she`ri.

    3. "O`zbekiston-onajon" M.Otajonov musiqasi, Qambar-Ota she`ri.

    4. "Yoshlik sening parvozingdir" P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

    5. "Ey, nozanin" Muqimiy g`azali

    6. "Baxtimizga sog` bo`ling" Azamat Suyunov she`ri. D.Omonullayeva musiqasi.

    Musiqiy savodxonlik
    5- va 6-sinflarda olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash. Ovoz diapazoniga mos mashq va qo`shiqlarni nota yozuviga qarab kuylash. Major va minor uchtovushliklarini kuylash. Intervallar haqida tushunchaga ega bo`lish. Qashqadaryo-Surxondaryo va SamarqandBuxoro, Farg`ona-Toshkent hamda Xorazm vohalari mahalliy ijro uslublari haqida tassavurga ega bo`lish. Har bir vohaning o`ziga xos janrlarini bilish.
    2- chorak (7 soat )
    Mavzu: "Maqomlar haqida umumiy tushuncha". Musiqa tinglash
    Maqom cholg`u yo`llari.
    Buxoro "Shashmaqom"idan:

    1. Tasnifi Buzruk

    2. Garduni Buzruk

    3. Tarjei Navo

    4. Samoi Dugoh

    5. Tasnifi Rost

    Farg`ona-Toshkent maqom yo`llari:

    1. Munojot (1-4)

    2. Segoh (cholg`u yo`li )

    3. Cho`li Iroq

    4. Abdurahmonbegi

    5. Nasrulloi 1

    Xorazm maqomlaridan:

    1. Peshravi Gardun

    2. Foxti-zarb - Dugoh maqomidan

    3. Peshrav-Segoh maqomidan ( Tanlab olgan holda ) Ashula yo`llari:

    1. "Nasrulloyi"(Buzruk maqomidan)

    2. "Mog`ulchai Buzruk"

    3. "Qashqarchai Mo`g`ulchai Buzruk"

    4. "Soqiynomai Mo`g`ulchai Buzruk"

    5. "Mo`g`ulchai Dugoh"

    6. Dugoh Husayniy

    7. Segoh (ashula yo`li)

    8. Toshkent Iroqi

    9. Ushshoq ("Qora ko`zim")

    10 .Maqomi Navo, tarona
    11 .Suvora -Dugoh maqomidan
    12 .Suvorai Segoh - Segoh maqomidan
    13 .Panjgohi Buzruk - Buzruk maqomidan
    14 .Muhammasi Bayot - Navo maqomidan (Tanlab olgan holda ) Jamoa bo`lib kuylash
    1 . "Yoshlik zavqi" Q.Saidmurodov she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi. 2 . "Ona tilim, o`zbek tilim" P.Mo`min she`ri, F.Alimov musiqasi.

      1. "Soqiynomai Savti Kalon" Bobur g`azali.

      2. "O`zbegimdan aylanay" H.Rahmat she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

      3. "Toshkent shahrim" H.Rahmat she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

      4. "Yoshlik qo`shig`i" K.Yashin she`ri, (Savti munojot kuyi ).

    Musiqiy savodxonlik
    Intervallar, lad va tonallik haqidagi bilim va malakalarni amaliy mashg`ulotlarda mustahkamlash. Maqom san`ati haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish. Buxoro shashmaqomi, Farg`ona - Toshkent maqom yo`llarining o`ziga hosligini bilish.
    Xorazm vohasidagi maqomlarning usullari va kuy, ohanglari, ularning mahalliy uslubida ijro etilishi, maqomlardan farqlanishini bilish.
    3- chorak (10 soat )
    Mavzu: "O`zbek musiqasi san`atining jahon musiqa san`ati rivojida tutgan o`rni"
    Musiqa tinglash

      1. "Tokkata va fuga" I.S.Bax asarlaridan parchalar

      2. "Yil fasllari" Vivaldi asarlaridan parchalar

      3. I.Gaydn yaratgan sonatalardan parchalar

      4. V.A.Motsartning "Figaroning uylanishi" operasidan parcha

    ( Uvertyura, ariya va Figaro kavatinasi) va boshqalar 5 . L.Betxoven 14-sonatasi, 9-simfoniya (parchalar ) 6 F.Shubert "Ave Mariya", "Serenada".

      1. "Karmen" operasidan parchalar, J.Bize musiqasi (parchalar )

      2. M.Ashrafiyning "Dilorom" operasidan parchalar

      3. S.Yudakovning "Maysaraning ishi" operasidan parchalar

      4. T.Jalilov, B.Brovsinlarning "Tohir va Zuhra" operasidan parchalar

      5. T.Sodiqov, B.Zeydman, Yu.Rajabiy va D.Zokirovlarning "Zaynab va Omon" operasidan parchalar

      6. A.Xachaturyanning "Gayane" baletidan parchalar

    Jamoa bo`lib kuylash
    1 ."Onajonim" Sh.Sa`diy she`ri, Q. Mamirov musiqasi.
    2 . "Yoshligim" O`zbek xalq qo`shig`i. Sh.Yormatov va
    D.Omonullayev qayta ishlagan
    3 ."O`lkamga bahor keldi" T.Niyoz she`ri, Q.Mamirov musiqasi.
    4 ."Bahor sarvinoz" Q.Mamirov musiqasi, M.Turobova she`ri.
    5 ."Keng Turkiston" N.Norxo`jayev musiqasi, P.Mo`min she`ri.

      1. "Terimda" F.Nazarov musiqasi, U.Rashid she`ri.

      2. "Yoshlik yo`llari chaman" K.Kenjayev musiqasi, X.Muhammad she`ri

      3. "Ergash qo`shig`i", "Zaynab va Omon" operasi (parchalar )

    Musiqiy savodxonlik
    Musiqiy tahlil; musiqaning ifoda vositalari; musiqa janrlari, turlari va usullari; musiqa asboblari tarixi va ularning ijrochilari; turli musiqiy usullarga qaysi kuylar mos tushishiga doir topishmoqli-mashg`ulotlar o`tkazish. Olingan bilim va ko`nikmalarni mustahkamlash.
    4- chorak (8 soat )
    Mavzu: "O`zbekistonning musiqa madaniyati"
    Musiqa tinglash
    O`zbek xalq musiqalaridan, o`zbek bastakor va kompozitorlarining mustaqillik yillarida yaratgan asarlaridan, jiddiy va yengil zamonaviy musiqa namunalaridan, teatr, kino va TV musiqasidan o`qituvchi va o`quvchi ixtiyoriga ko`ra asarlar tinglash.
    Jamoa bo`lib kuylash
    1 ."O`z yurtingni sayr etsang" F.Alimov musiqasi
    2 ."Yurtga sadoqat" H.Rahimov musiqasi, S.Barnoyev she`ri
    3 . "Navro`z qo`shig`i" P.Abdullayev musiqasi.
    4 ."Yoshlik deydi" N.Norxo`jayev musiqasi, P. Mo`min she`ri

    1. "Bahor madhi" N. Norxo`jayev musiqasi, P.Tolib she`ri

    2. "Vatanginam" A. Mansurov musiqasi, P. Mo`min she`ri

    3. "To`ylaring muborak" H.Inog`omov musiqasi, N.Narzullayev she`ri

    Musiqiy savodxonlik
    O`zbekitonda hozirgi kunda musiqiy jarayon haqidagi umumiy tushunchalarga ega bo`lish. Yil davomida olingan bilim va ko`nikmalarni mustahkamlash.
    JISMONIY TARBIYA FANIDAN DAVLAT TA`LIM STANDARTI
    O`quvchilar sog`lomlashtirish va jismoniy tarbiyaga oid quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlari shart:

    • ovqatlanish gigiyenasini bilish va unga rioya qilish;

    • o`zini o`zi tibbiy nazorat qila olish;

    • jismoniy mashqlarni bajarish qoidalarini bilish;

    • asosiy turkum harakatlar ko`nikmalariga ega bo`lish;

    • gimnastika mashqlarini bajara olish;

    • saflanish, yugurish, uzunlikka va balandlikka sakrash, muvozanat saqlash, osilish va tayanish mashqlarini bajara olish;

    • harakatli o`yinlarni va sport o`yinlaridan biror turini o`ynay olish;

    • jismoniy tarbiya bo`yicha mustaqil mashg`ulotlar o`tkazish uchun zaruriy bilimga ega bo`lish;

    • o`zini o`zi jismoniy jihatdan nazorat qilishning asosiy ko`nikmalariga ega bo`lish;

    • organizmning asosiy sistemalariga jismoniy mashg`ulotlarni ta`sirini bilish;

    • uzoq davom etadigan yugurishda o`zini o`zi nazorat qilish usullaridan foydalana olish;

    • chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlarni mustaqil bajarish qoidalarini bilish va ularga amal qilish;

    • saflanish mashqlarini bajara olish;

    • 100 metrgacha bo`lgan masofaga yugurish, 60-100 metr masofaga bosqich bilan estafetali yugurish, 2 km masofaga noteks joylar bo`ylab, bir me`yorda sekin yugurish mashqlarini bajara olish;

    • yugurib kelib uzunlikka "Oyoq bukish" usulida sakrash mashqini bajara olish;

    • gimnastika, umumrivojlantiruvchi mashqlar va sodda akrobatika mashqlarini bajara olish.

    I. Jismoniy tarbiya ta`limining maqsadi va vazifalari
    O`zbekiston Respublikasining "Ta’lim to`g`risida"gi qonuniga ko`ra (7- modda) davlat ta`lim standarti davlatning ta`lim sohasida o`z fuqarolari oldidagi va har bir fuqaroning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlarini aks ettiradigan asosiy hujjatlardan biridir.
    Ta`lim-tarbiya muassasalarida ta`lim uzluksizligi davomida tegishli saviyani ta`minlovchi Davlat ta`lim standarti har bir shaxsga ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy va shaxsiy muammolarni hal etishga to`laqonli kirishish imkoniyatini beradi.
    Ta`lim muassasasida jismoniy tarbiya fanining maqsadio`quvchilarning sog`ligini saqlash va mustahkamlash, jismoniy sifatlar va imkoniyatlarini rivojlantirish, ularda jismoniy madaniyat asoslarini shakllantirishni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratib berishga majburdir.
    Umumiy o`rta ta`lim uchun jismoniy tarbiya fani bo`yicha Davlat ta`lim standarti Jismoniy tarbiya fani mazmuniga, o`quv yuklamasi hajmiga (o`quv rejasidagi o`quv soatlari), majburiy jismoniy tayyorgarlik darajasiga (jismoniy sifatlarning rivojlanishi, harakat, malaka va ko`nikmalarning shakllanishi), kun, hafta, yil davomidagi harakat tartibining majburiy hajmiga; o`quvchilarning nazariy tayyorgarligiga (jismoniy tarbiya, gigiyena, shifokor nazorati, sport tibbiyoti, o`zo`zini nazorat va boshqalar) qo`yiladigan talablar yig`indisini belgilab beradi.
    Mazkur standart o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari, shuningdek, shaxsning asosiy ma`naviy, axloqiy va jismoniy sifatlari doirasini tartibga soladi; o`quv tarbiya jarayonida miqdoriy va sifat jihatdan baho berish tartibi va usullarini ko`rsatadi.
    Jismoniy tarbiya ta`limining asosiy vazifalari:

    • jismoniy madaniyat ta`limning darajasiga mosligi va barcha uchun barobarligini ta`minlash;

    • jismoniy tarbiya mazmunining xalqaro mezonlarga mosligini ta`minlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida o`quvchilarni jismoniy imkoniyatlari va bilimlariga ko`ra jahon darajasiga olib chiqish;

    • jismoniy tarbiya va ta`lim jarayonini ijtimoiy-davlat yo`li bilan tartibga solish;

    • turli yo`nalishlarda jismoniy tarbiya va ta`lim jarayonini nazorat qilish va boshqarish;

    • ta`limni insonparvarlashtirish;

    • jismoniy tarbiya ta`limi sifatini oshirish.

    Jismoniy tarbiya o`quvchilar sog`ligini saqlash va mustahkamlash, asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish, hayotiy zarur harakatlar, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish, o`z-o`zini jismoniy takomillashtirish, istak va ehtiyojlarini shakllantirish, jismoniy madaniyat sohasida ijobiy qiziqishlarni o`stirish faoliyatida asosiy bo`g`in hisoblanadi.
    II. Jismoniy tarbiya fanining tarkibi
    Jismoniy tarbiya fani umumiy o`rta ta`limda quyidagilardan tarkib topadi:
    1. Jismoniy tarbiya darslari:
    - maktabda jismoniy tarbiya va ta`limning asosiy shakli. Ularning miqdori tayanch o`quv jismoniy rejasida haftasiga 2 o`quv soati hisobidan belgilangan.
    2 . Harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari :
    - darsdan oldin o`tkaziladigan gimnastika, umumiy o`rta ta`lim darslarida jismoniy tarbiya daqiqalari va pauzalar, uzaytirilgan tanaffuslardagi dinamik pauzalar, ko`ngilochar harakatli o`yinlar.
    3 . Jismoniy mashg`ulotlarining sinfdan tashqari shakllari :
    - sport to`garaklari, fakultativlar, o`quvchilar qiziqishiga qarab ochilgan to`garaklar va boshqalar.
    4. Umummaktab tadbirlari:
    - bayramlar, sport turlari bo`yicha musobaqalar, spartakiadalar, viktorinalar va boshqalar;
    5 . Mustaqil mashg`ulotlar :
    - ko`pincha uy vazifalarini bajarish tarzida, bolalar va o`smirlar sport maktabi sport sho`balaridagi mashg`ulotlar. Safarlar, o`yinlar va boshqalar.
    Mashg`ulotlarning barcha shakllari haftasiga boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun 8-10 soat, 5-9 sinf o`quvchilari uchun 10-12 soat harakat tartibini ta`minlab berish kerak.
    Belgilangan hajm o`quvchilarning ko`rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir. Nosog`lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o`quvchilar uchun maxsus ( individual-differensial) rejim o`rnatiladi.
    III. O`quvchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini belgilovchi bilim, ko`nikma malakalar
    1- sinf Bilimlar:

    • ertalabki oddiy gimnastik mashqlari elementlarini bilish; - yakkama-yakka, bittadan, juft-juft, ikkitadan bo`lib qisqa masofaga yurish va yugurishlarni bilish;

    • kalta arqonlar, arg`amchilardan sakrash, baland bo`lmagan gimnastik to`siqlardan "Chuqurcha"ga sakrash, aniq nishonga uloqtira olish;

    • turli to`siqlardan, gimnastik o`rindiqdan va shuningdek, gimnastik devorlarga tirmashish (yuqoriga, pastga) mashq elementlarini bilish;

    • qomatni to`g`ri tutib yurish, oyoq uchida yurish, signal bo`yicha to`xtash bilan yurish, sekin va tez yurish mashqlarini bajara olish;

    • milliy raqs harakatlarini o`rganish va raqsga tushishni bilish;

    • gimnastik narvonda qo`llarda osilib turishni, shu holatda tizzalarni ko`tarib tushirishni, past turnikda bir va ikki qo`lda osilib turishlarni bajarishni bilish;

    • quvnoq harakatli o`yinlarni gimnastik gardishlar, to`ldirma to`p va boshqa sport anjomlari bilan bajarishni bilish;

    • milliy raqs harakat elementlarini bajarishni bilish;

    • "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus test sinovlarini topshirish.

    Ko`nikmalar:

    • buyruq va signal bo`yicha to`xtash, to`xtab oyoq uchida, tovonda yurish mashqlarini bajarish;

    • arg`amchidan sakrash, 30-40 sm balandlikdan pastga sakrash bilan yumshoq qo`nish mashqlarini bajarish;

    • gimnastik narvon qiya qo`yilgan gimnastik o`rindiq ustidan yuqoriga tirmashib chiqish va pastga tushishni, gimnastik devorga tirmashib chiqish va gimnastik narvonningg 3 ushlagich tayoqchasidan yengil pastga sakrab tushish mashqlarini bajarish;

    • 30 metr masofaga juft-juft, guruh bo`lib tez yugurish mashqlarini bajarish;

    • turgan joyidan va yugurib kelib uzunlikka sakrashni, 2 daqiqa davomida asta-sekin yugurish, yurishni-yugurish bilan almashlab yugurish hamda yugurish elementlari bilan o`yin mashqlari, "Kim kuchli?", "Kim chaqqon?" quvnoq harakatli o`yinlarni bajarishni bilish;

    • harakatli o`yinlar orqali chaqqonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, o`yin mazmunini anglab olishni bilish va bajarish.

    Malaka:

    • shaxsiy gigiyena va ovqatlanish tartibiga rioya qilish, kun tartibini talab darajasida bajara olish;

    • gimnastika mashqlarini buyumlar bilan mustaqil bajara olish;

    • safga ketma-ket qatorga saflanish, asosiy tik turish, doira shaklida saflanish, turgan joyida qo`llarni yon tomonga ochib oraliq masofani saqlash, burilishlar, safda yurish va to`xtash mashqlarini bajara olish;

    • saf mashqlari: "Saflaning!", "Tekislaning!", "Rostlaning!", "Erkin turing!", "Buriling!", "Tartib bilan sanang!" buyruqlarini bajarish;

    • 150 metrga yurish, 30 metrga juft-juft bo`lib yugurish, 3x 10 metrga mokisimon yugurish mashqlarini bajara olish.

    2- sinf Bilimlar:

    • jismoniy mashqlarni bajarish qoidalarini bilish;

    • jismoniy mashqlarning salomatlikni mustahkamlashda, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda, qaddi-qomatni to`g`ri shakllantirishga bo`lgan ijobiy ta`sirini bilish;

    • maktabda va uyda jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida shikastlanishni oldini olish qoidalarini bilish va gimnastik saflanish, qayta saflanish, bir kishilik qatordan ikki, uch, to`rt kishilik qatorga saflanish mashqlarini bajarishni bilish.

    Ko`nikmalar:

    • har-xil dastlabki holatlardan (tizzaga tayanib, tayanib o`tirib, orqaga o`girilib turgan holatda) buyruq va signallar orqali yugurishlarni bajarish;

    • tennis yoki kichik hajmdagi to`pni 6 metr masofadagi, balandligi 3 metr to`siqdan oshirib uloqtirish mashq usullarini bajarish;

    • 6 metr masofadan to`pni aniq nishonga uloqtirish mashqlarini bajarish;

    • arg`amchida turli sakrash mashqlarini bajarish;

    • joyidan turib ikki oyoqlab depsinib sakrashni va yugurib kelib 30 sm rezinkali to`siq ustidan sakrab o`tish;

    • futbolchining harakatlanishi, to`g`riga yugurish, signal bo`yicha to`xtash, qarama-qarshi tomonga yugurish, ilon izi bo`lib yugurish mashqlarini bajarish;

    • erkin suzish usuli mashq elementlarini bajarish.

    Malakalar:

    • "Chapga, o`ngga, orqaga buriling!", "Turgan joyida yuring!", "To`g`riga yuring!", "Tartib bilan sanang!", "Bir (ikki, uch, to`rt) qatorga saflaning!" buyruqlarini bajarish;

    • umumrivojlantiruvchi mashqlarni buyumlar (gimnastik tayoqchalar, arg`amchilar, kichik to`plar) va buyumsiz bajara olish;

    • g`ujanak bo`lib o`tirish, oldinga o`mboloq oshish, kuraklarda tik turish, yon tomonga o`mboloq oshish, "Ko`prik" turish, cxalqancha yotgan holda ikki oyoq uchini qo`l bilan ushlash mashqlarini bajara olish;

    • bir oyoqda turib, qo`llarni yonga uzatib muvozanat saqlash "Qaldirg`och" holatida turish mashq usullarini bajara olish;

    • 30 metrga tez yugurish va 3x10 metrga mokisimon yugurish mashqlarini bajara olish;

    • kichik to`pni 6 metr masofadan baland to`siq orqali oshirib uloqtirish, 6-8 metrdan to`pni nishonga uloqtirish mashq usullarini bajara olish;

    • yugurish, sakrash, to`pni aniq va uzoqqa uloqtirish bilan beriladigan o`yin mashqlarini bajara olish;

    • harakatli o`yinlarni qoidalari bilan aniq bajara olish; - 25 metrga erkin usulda suzishni bajara olish.

    3- sinf Bilimlar:

    • asta va o`rta tezlikda yugurish, 200 metr masofali bo`limlarni (100-200 metr yurib-yugurib) 2-3 marta bajarishni bilish;

    • sakrash chuqurchasiga yugurib kelib uzunlikka depsinib sakrash;

    • tepalikdan (50-60 sm) sakrab tushishlar;

    • to`pni uzoqqa va aniq nishonga joyidan turib uloqtirish;

    • arg`amchida 60-80 marta sakrash; harakatli o`yinlarda qatnashish;

    • o`yin qoidalarini bilish;

    • erkin holatda 25-30 metrga suzish;

    • "Gulnoz", "Sho`x qizlar", "Lazgi", "Yalla" va "Paxtaoy" kabi milliy raqslarning asosiy harakatlarini bilish;

    • har-xil nojo`yaa harakatlardan shikastlanishning oldini olish qoidalarini bilish;

    • jismoniy mashqlarning inson salomatligini mustahkamlanishida va qomatning to`g`ri shakllanishiga ijobiy ta`sirini bilish;

    • saf mashqlari: keng qadamlab yurish, tez va sekin qadamlab yurish, ikki qator bo`lib saflanish, ikki qatordan bir qatorga saflanish, "ilon izi" bo`lib yurishlarni bilish, boshni chap va o`ng tomonlarga aylantirish, gavdani (chapga, oldinga, orqaga, o`ngga) egish mashqlarini bajara olish.

    Ko`nikmalar:

    • qomatni rostlaydigan ertalabki badantarbiya mashqlari majmuasini bajarish, to`ldirma to`plar bilan (1,5-2 kg) mashq bajarish;

    • qiya joylashtirilgan gimnastika o`rindig`i ustidan qo`llarga tortilib tirmashib chiqishni bajarish;

    • gimnastik narvonda orqa bilan qo`llarga osilib 30 soniya mobaynida turish, shu holatda tizzalarni yuqoriga ko`tarib tushirishlarni bajarish;

    • signal bo`yicha to`xtash bilan yurish, tizzani baland ko`tarib sekin yugurish, yuqori startdan yugurish usullarini bajarish;

    • turgan joyidan to`pni uloqtirish (nishonga va uzoqqa) mashqlarini bajarish;

    • basketbol o`yinida turish, siljish, harakatlanish, ikki qo`l bilan to`pni ko`krakdan sherigiga uzatish, joyida turib to`pni o`ng va chap qo`llarda polga (yerga) urib turish mashq usullarini bajarish;

    • harakatli o`yinlarda, yugurish, sakrash, va turli to`siqlardan o`tishda turli estafetalar o`tkazilishida shikastlanishning oldini olish qoidalariga amal etib bajarish;

    • futbolchilarning harakatlanishini (yugurish, sakrash, juftlama va chalishtirma qadam tashlab yugurish) bajarish;

    • futbolchilarning o`yinda o`zini tutishi va xavfsizlik qoidalariga rioya etish, darvozobon harakatlarini bajarish.

    Malakalar:

    • dastlabki holat asosiy turish, ikki marta oldinga o`mboloq oshishni, orqaga dumalash bilan kuraklarda tik turish, shu holatda oyoqlarni bukish, birdaniga "Ko`prik" hosil qilish va bir qo`lda tayanib yondan orqaga burilish, cho`qqayib tayanishga o`tish hamda gavdani to`g`irlab yuqoriga sakrab, yumshoq qo`nish mashqlarini bajara olish;

    • baland turnikda tortilish (o`g`il bolalar), gimnastika o`rindig`ida tayanib qo`llarni bukish va yozish (qiz bolalar) mashqlarini bajara olish;

    • balandligi 90 sm "Xari"(kozyol) ustiga sakrab chiqish va yuqoriga kerilib oyoqlarni yozib yumshoq sakrab tushish (o`g`il bolalar);

    • balandligi 80 sm "Ot" (kon) tutqichini ushlab ustiga chiqish va yuqoriga kerilib sakrab tushish (qiz bolalar);

    • yugurib kelib handak chetidan uzunlikka sakrashni bajara olish;

    • joyida turib va qadam tashlab to`p bilan to`g`riga harakatlanish, to`p bilan ikki qadam yurib to`xtash, to`pni 2-3 metr masofadan ikki qo`llab ko`krakdan basketbol savatiga tashlash mashqlarini bajara olish;

    • "To`plarni qatordan uzatish", "Man etilgan mashq", "Doira bo`ylab to`p uzatish", "Hamma o`z bayroqchasiga", "Bolalarda tartib qat`iy", "Kun va tun", "Oq ayiqlar" kabi harakatli o`yinlarni bajara olish;

    • turgan to`pni oyoq yuzasining ichki yoni bilan tepish, dumalab kelayotgan to`pni oyoqning ichki yoni bilan to`xtatish mashqlarini bajara olish.

    4- sinf Bilimlar:

    • mashg`ulot vaqtida birinchi tibbiy yordam ko`rsatishni bilish;

    • guruh bilan birga 60 metr masofaga past startdan chiqib yugurish;

    • asta-sekin yugurib 200 metr masofani 3-4 marta (dam olib) o`rta tezlikda yugurish;

    • to`pni uzoq masofaga aniq nishonga 3-4 qadam tashlab uloqtirish, maksimal yugurishga berilgan topshiriqlarni bajarish;

    • futbol va sport o`yinlari elementlarini almashtirib bajarish; - harakatli o`yinlarni jamoa ishtirokida sardor sifatida bajarish.

    Ko`nikmalar:

    • buyumlarsiz umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish;

    • "Yarim shpagat" va "Shpagat" bajarish uchun maxsus mashqlarni bajarish;

    • tik turib qo`llar yonda, o`ng va chap oyoqlarda "Qaldirg`och" hosil qilish, ikki marta kema-ket oldinga o`mboloq oshib, yuqoriga kerilib sakrash mashqlarini bajarish;

    • tik arqonga (2-3 metr) ko`rsatilgan usulda tirmashib chiqish mashqlarini bajarish;

    • yakka cho`p ustida oddiy yurish, oyoq uchida, yonlarga, oldinga va orqaga juftlama qadam bilan harakatlanishlarni bajarish;

    • 50-100 metr masofaga har xil tezlik bilan sportcha yurish, 30-40 metrga past startdan yugurish, 50 metrga yuqori startdan yugurish mashqlarini bajarish;

    • yuqori startdan chiqib har-xil tezlik bilan yugurishlarni bajarish; - basketbolda himoya va hujum harakatlarini bajarib yurish, to`pni ilib olish va ikkala qo`l bilan joyida turib va joyni almashtirib harakatlanish, to`pni bir qo`l bilan to`g`ri chiziq bo`ylab olib yurish usullarini bajarish;

    • futbolchilarning o`yin usullarini bajarish vaqtida xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda bajarish;

    • harakatli o`yinlarni tashkil etishda o`qituvchiga ko`maklashish;

    • "Oq terakmi ko`k terak", "Raqam bilan chaqirish", "Kim chaqqon", "To`pni tushirib yuborma", "To`pni uzatib yugurish estafetasi", "To`pni savatga tashla" o`yinlarni bajarish; - erkin usulda suzishni bajarish.

    Malakalar:

    • saf mashqlari: o`qituvchilarga raport topshirish, turgan joyidan orqaga burilish, tartib bo`yicha sanash, bir qatordan uch qatorga tekis saflanish, yurish davomida burilish, 3, 4, 5 qator bo`lib ketma-ket saflanish usullarini bajara olish;

    • gimnastika mashqlarini katta tanaffus va dars pauzalarida bajara olish;

    • buyumlar bilan (gimnastika tayoqchalar, gantellar, gardishlar, kichik to`plar, arg`amchi) bajara olish;

    • umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajara olish;

    • dastlabki holat oyoqlar kerilgan, qo`llar yuqoriga, orqaga engashib "Ko`prik" tushishni bajara olish;

    • 4x10 metr masofaga mokisimon yugurish, 1000 metrgacha yurishni (80-100 metr) almashlab yugurish, yugurib kelib "Oyoqlarni bukib" sakrash usullarini bajara olish;

    • to`g`ridan va yon tomondan yugurib kelib "Xatlab o`tish" usuli bilan balandlikka sakrash, to`pni 1 qadamdan 10-12 metr masofadagi

    1 x1 hajmdagi tik nishonga aniq uloqtirish usullarini bajara olish;

    • arqonga 3 usulda tirmashib chiqish usullarini bajara olish;

    • yengil atletika bo`yicha mezonlarni topshirish;

    • basketbol shit oldida burchak hosil qilib to`pni yelkadan bir qo`l bilan o`ngdan, chapdan savatga tashlash (2,5 metr masofadan 3 urinishda) usullarini bajara olish;

    • juft-juft bo`lib 2,5 metr masofadan 20 soniya mobaynida sherigiga uzatish va qabul qilish mashqlarini bajara olish;

    • voleybol o`yinidagi qoidalar to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`lish;

    • futbol bo`yicha o`yin usullari va mezon talablarini bajarish; - harakatli o`yinlar qoidasini, mazmunini, tashkiliy tomonlarini bilish, tartib-intizom qoidalariga rioya qilish hamda harakat belgisisakrash, uloqtirish, tortilish, yugurish me`yorlarini bajara olish; - 50 metr masofaga erkin suzish.

    5- sinf Bilimlar:
    Jismoniy mashqlarning gigiyenik qoidalari asoslarini, badantarbiya mashqlarini, uyga berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishni, o`z-o`zini tibbiy nazorat qila olishni bilish;

    • 4x10 metrga mokisimon yugurish, 30, 60, 100, 400, 1000 metr masofalarga yugurishlar;

    • uzunlikka yugurib kelib oyoqlarni bukish usulida sakrash;

    • himoya va hujumchi holatlarida harakatlarni bajarib to`pni qabul qilish, uloqtirish, uzatish va tashlashlar (basketbol savatiga)ni bilish;

    • milliy kurashning kelib chiqish tarixi, uning turkumi to`g`risida ma`lumotga ega bo`lish;

    • kurashchilarning turish va harakatlarda siljib yurishlarni, o`zini himoya qilish va yugurish, tashlash usullarini bilish;

    • suzishda krol, ko`krakda yotgan holda va cxalqanchasiga orqa bilan suzish usullari (basseyn, suv havzalari bo`lganda)ni bilish;

    • improvizatsiyalashtirilgan (o`xshash) holda milliy raqslarga "Barigal", "Namanganning olmasi", "Sho`x qizlar", "Yalla" raqsga tusha bilish;

    • ritmik gimnastika va badiiy gimnastika mashqlarini bajarish. (qizlar uchun)

    Ko`nikmalar:

    • buyumlar va buyumlarsiz bajariladigan mashqlarni bajarish;

    • 6-8 ta mustaqil tuzilgan gimnastik mashqlarni bajarish;

    • saf mashqlarini bajarish, safda har-xil tezlikda yurish hamda burilishlarni bajarish;

    • turnikda tortilish;

    • past startdan yugurishni o`rganish, 200-300 metrga 4-5 marta yugurish. 150 metrgacha yugurish bilan almashlab yugurishni birga qo`shib olib borish, tepalikka va tepalikdan pastga yugurib tushish mashqlarini bajarish;

    • himoya vazifasini har tomondan bajarish, to`pni ilib olish, ko`krakdan uloqtirish, joy almashtirib har tomonlama harakat qilish, to`pni o`ng va chap qo`llarda yerga urib olib yugurish usullarini bajarish;

    • basketbolda himoya vazifasini turli tomonlardan bajarish, to`pni ilib olish, ko`krakdan uloqtirish, joy almashtirib har tomonlama harakat qilish, to`pni o`ng va chap qo`llarda yerga urib olib yurish usullarini bajarish;

    • voleybol to`pini ikki qo`llab pastdan qabul qilish, uzatish usullarini bajarish;

    • voleybol to`pini ikki qo`lda yuqoridan bir-birlariga uzatishda joylarni o`zgartirib mashq bajarish, pastdan bir qo`llab uzatish usulini bajarish;

    • qo`l to`pida 20 metr masofaga to`pni yerga urib olib yugurish ( tezlikda) usullarini bajarish;

    • futbol o`yinida, harakatlanish texnikasini to`g`ri bajarish, yugurish, sakrash, yonlanma va chalishtirma qadamlab yugurish mashqlarini bajarish;

    • milliy kurash usuli: kurashchilarning turish va siljish holatlari, milliy kurashda ta`qiqlangan harakatlar bo`yicha ma`lumotga ega bo`lish;

    • epchillik, chaqqonlik muvozanat saqlash, sakrovchanlik va egiluvchanlik sifatlarini harakatli o`yinlar orqali bajarish;

    • suvda va sport inshoatlarida munosabat qoidalarini bilish, suvda burilish va qutidan sakrash mashq usullarini bajarish.

    Malakalar:

    • bir oyoqda (chap yoki o`ng) "Qaldirg`och" bo`lib turish mashqini bajara olish;

    • oldinga, orqaga o`mbaloq oshish, orqa tomonga oyoqlarni yuqoriga ko`tarib kuraklarda tik turish, cxalqancha yotgan holda ko`prik hosil qila olish;

    • muvozanat saqlash mashqlarini bajara olish;

    • gimnastik o`rindiqqa tayanib qo`llarni bukish va yozish, qizlar uchun -4-6 marta;

    • yakka cho`p ustidan sakrab burilish mashqlarini bajara olish;

    • 1 metr balandlikdagi "Ot" (kon) ustidan yumshoq sakrab tushish mashqlarini bajara olish;

    • yugurib kelib "Oyoq bukish" usulida uzunlikka sakrashni o`rganish, yugurib kelib "Hatlab o`tish" usulida balandlikka sakrashni bajarish, to`pni 1-3 qadamdan yugurib kelib uloqtirishni (shuningdek, nishonga, doira chambarak ichiga tushirish bilan) bajarish;

    • yengil atletika bo`yicha mezon talablarini bajara olish;

    • to`pni xalqaga bir qo`l bilan yelkada (boshka qo`l yordamida) ikki qadam yurib tashlash usulini bajara olish;

    • mini basketbol o`yinini turli elementlar yordamida o`ynash;

    • voleybol to`pini barmoq uchlarida qabul qilish va uzatish usullarini bajarish;

    • voleybol o`yini va musobaqa qoidalari, hakamlik bo`yicha ma`lumotga ega bo`lish;

    • pastki va yuqoridan kelgan to`pni qaytarish usullarini bajara olish; - qo`l to`pida to`pni zarb bilan darvozaga otish usulini bajara olish;

    • futbolda oyoq yuzasining ichki yoni, o`rta qismi bilan to`p tepish usulini bajara olish;

    • futbol bo`yicha o`yin mashqlarini va mezon talablarini bajarish;

    • kurash usuli: "Yiqilishdan saqlan" usuli, yiqilish usuli, yon tomonlarga yiqilish usullarini bajara olish;

    • "Olib qochar", "To`pni aylana ichiga tushirma", "Qo`riqchi", "To`p o`rtaga", "Arg`amchi bilan estafeta", "Kuchlilar va chaqqonlar", "Kim uzoqqa otadi" kabi harakatli o`yinlarni bajara olish.

    6- sinf Bilimlar:

    • sport gimnastik anjomlarida bajariladigan mashqlar kompleks bajarilishini bilish;

    • tikkasiga qo`yilgan to`siqlardan tayanch hosil qilib, tayanchsiz holatlarga (40-50 sm balandlikda) o`tishni o`rganish;

    • yugurib kelib, uzunlikka va balandlikka sakrashlar;

    • 10 minut davomida bir me`yorda yugurish;

    • 1 minut davomida gardishni belda aylantirish hamda arg`amchida sakrash;

    • basketbol to`pini yerga urib yurishda balandligi va tezligini o`zgartirib olib yurishlar;

    • basketbol, qo`l to`pini bir va ikki qo`llab sherigiga uzatishlar;

    • basketbol to`pini bir va ikki qo`llarda savatga tushirishlar;

    • qo`l to`pini (past, balanddan va yondan) sherigiga uzatishlar: ikki tomonlama o`yinlarda qatnashish;

    • kurashchining turli harakatlarini (ushlashlar, chalishlar, himoyalanishlar, qarshi hujum) bajarish;

    • suzishning brass usulini burilish bilan bajara olish.

    Ko`nikmalar:

    • mashg`ulotda kiyiladigan sport kiyimlarining gigiyenik talablarini bilish;

    • saf mashqlari: turgan joyida orani ochish va yaqinlashtirish, chalish, qadamlar bilan sakrab-sakrab, juft qadamlar bilan orani ochish va yaqinlashtirish mashqlarini bajarish;

    • 30-40 sm balandlikdagi to`siq ustidan o`mboloq oshish;

    • past turnikdan osilib turgan holatda, bir oyoq bilan depsinib, ikkinchi oyoqda siltanib, to`ntarilib tayanchga ko`tarilish mashqlarini bajarish;

    • balandligi 100-110 sm uzunasiga qo`yilgan xari (kozyol) ustidan oyoqlarni kerib sakrash (o`g`il bolalar);

    • yugurib kelib xari ustiga tayanib tizzalarda turish va cho`qqaygan holda qo`llar bilan siltanib kerishib sakrab tushish (qiz bolalar);

    • muvozanat saqlash mashqlarini bajarish;

    • 10-13 minut davomida asta-sekin bir maromda yugurishni bajarish;

    • yugurib kelib "Xatlab o`tish" usulida balandlikka sakrashda depsinish usullarini bajarish;

    • basketbolda: to`pni yerga urib yo`nalishini o`zgartirib, tezlik bilan olib yugurish, to`pni joyida turib bir qo`l bilan yelkadan sherigiga uzatish, shuningdek, joyni o`zgartirib, harakatlanib uzatish texnik usullarini bajarish;

    • voleybolda: o`yinda turish holatini va joylarini o`zgartirish qoidalarini, katta qadamlab chapga, o`ngga, orqaga, oldingga tezlik bilan yurish usullarini bajarish;

    • qo`l to`pida: to`pni qo`l panjalari orqali uloqtirish, yumalab kelayotgan va yerdan sakrab otilgan to`pni ushlash usullarini bajarish;

    • futbolda yurakning qisqarish tezligini mustaqil o`lchashni, to`pni tepish texnik usullarini bajarish;

    • harakatli o`yinlarda: yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg`itish mashqlarini to`g`ri va aniq bajarish;

    • kurashda: o`quvchilarda diqqat e`tibor, harakatchanlikni, kuchni, egiluvchanlikni, chaqqonlikni va statik chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni bajarish;

    • suzishda: ko`krakda cxalqancha yotib krol usulida suzish vaqtida burilishlarni bajarish.

    Malakalar:

    • saf yurishlar: turgan joyida qo`llarni saf yurishdagidek harakatlantirish, safda oyoq va qo`l harakatlarini muvofiqlashtirib olib borgan holda mashqlarni bajara olish;

    • yakka cho`p ustida qo`llarni har xil holatda tutib, "Qaldirg`och" hosil qilish;

    • 200-300 metr 5 martada 100 metrdan yurib yugurish, yugurib kelib "Oyoqni bukish" usulida uzunlikka sakrashni bajara olish;

    • yengil atletika bo`yicha mezonlarni topshirish;

    • basketbolda: to`pni ikki qo`l bilan ko`krakdan, bir qo`l bilan ikkinchi qo`l yordamida joydan turib 3 metr masofadan xalqaga otishni bajarish, o`rganilgan basketbol elementlarini qo`llab ikki tomonlama mini- basketbol o`ynash;

    • pastdan kelgan to`pni ikki qo`lda qaytarish, voleybol to`ri ustidan 4-6 metr masofada turib, pastdan to`g`riga to`pni bir qo`lda ushlab, ikkinchi qo`l bilan urib o`tkazish texnik usullarini bajara olish;

    • qo`l to`pida: to`pni darvozaga pastdan, yuqoridan uloqtirishda to`siq hosil qilishni bajara olish;

    • harakatli o`yinlarda: o`yinlarni mustaqil ravishda tashkil etish va o`tkazishda ishtirok eta olish;

    • futbolda: o`rtacha me`yorda to`g`riga va doira bo`ylab oyoq yuzasining tashqi va ichki tomoni bilan to`pni olib yurish, "Bo`sh o`rinni tanlash" taktik harakatini bajara olish;

    • belbog`li kurash usulidagi turish holatlari, siljish va ushlash, kift urish (kiftlashish), himoyalanish, qoqib tashlash (qoqma), qarshi harakat mashqlarini bajara olish.

    7- sinf Bilimlar:

    • jismoniy mashqlarni bajarishda o`z-o`zini nazorat va muhofaza qilish qoidalarining asoslarini bilish;

    • 60 metr masofaga past startdan chiqib yugurish;

    • 3-4 minut davomida o`rta tezlikda asta-sekin yugurish;

    • 800-1000 metr masofaga yugurish;

    • 4x100 metrga estafetali yugurish;

    • uzunlikka va balandlikka to`liq yugurib kelib sakrashlar, to`p uloqtirishlar;

    • mo`ljallangan (basketbol, qo`l to`pi voleybol) usullarni bajarish;

    • to`pni tezlik bilan yerga urib olib yurish (basketbol, qo`l to`pi);

    • jarima to`pini xalqaga tashlash: ikki tomonlama o`yinda qatnashish;

    • kurashda ushlashni, tashlashni, himoyalanishni va qarshi usullarni qo`llashni bilish;

    • suzishda 50 metrli masofani vaqtga suzib o`tish usullarini bilish.

    Ko`nikmalar:

    • past startdan chiqib yugurish, masofa bo`ylab yugurish, 10-15 minut davomida bo`sh notekis joylardan bir me`yordagi tezlik bilan yugurishlarni bajarish;

    • basketbolda: to`pni yerga urib olib yurish va to`xtash, to`xtashdan keyin to`p bilan aylanishlar, to`pni joyida turib hamda harakatlanishda to`pni uzatish mashqlarini bajarish;

    • voleybolda: pastdan kelayotgan to`pni ikki qo`llab qabul qilish va qaytarish, to`pni musht bilan urib qaytarish usullarini bajarish;

    • qo`l to`pida: yugurib kelib ikkala oyoqda to`xtash, oldinga, orqaga, chapga, o`ngga harakat qilib siljish mashqlarini bajarish;

    • kurashda: harakat sifatlarini rivojlantirish uchun beriladigan mashqlarni bajarish;

    • futbolda: to`pni oyoqning ichki yoni va yuzasi bilan yo`nalish hamda tezlikni o`zgartirib olib yurish usullarini bajarish;

    • to`pni oyoqda va boshda jangler usulida bajarish;

    • sport o`yinlari elementlari bor harakatli o`yinlarni bajarish.

    Malakalar:

    • 3-4 metrli arqonga tirmashib chiqish (qiz bolalar);

    • 5 metrli arqonga tirmashib chiqish usullarini bajara olish (o`g`il bolalar);

    • muvozanat saqlash mashqlarini bajara olish;

    • yengil atletika bo`yicha mezonlarni topshirish;

    • basketbolda: to`pni bir qo`lda yelkadan joyida turib va harakatda, ikkala qo`llarda jarima chizig`idan xalqaga otish usullarini bajara olish;

    • turli basketbol elementlarini qo`llab, ikki tomonlama o`ynash usullarini bajara olish;

    • voleybolda: turgan joyida har-xil usulda ikki qo`l bilan yuqoridan va pastdan tushgan to`pni yuqoriga chiqarib o`ynash usullarini bajara olish;

    • 3 urinish qoidasiga rioya qilgan holda bir-birlariga to`pni uzatib o`ynash usullarini bajara olish;

    • qo`l to`pida: qarama-qarshi yugurish harakatida to`pni sherigiga uzatish, 7 metrli jarima to`pini otish usullarini bajara olish;

    • kurashda: kurash usulidagi oyoq oldidan chalish usulini, qarshi usulini, ichkaridan boldir bilan ilib orqaga tashlash texnik usullarini bajara olish;

    • belbog`li kurash usulidagi kurashda, to`shga tizza urib yonga tashlash, tashqaridan to`sib tashlash, taktik va texnik tayyorgarlik usullarini bajara olish;

    • dumalab kelayotgan to`pni oyoq yuzasining tashqi tomoni bilan tepish, havoda uchib kelayotgan to`pni bosh bilan urib qaytarish, yon chiziqdan to`pni o`yinga kiritish usul qoidalarini bajara olish;

    • harakatli o`yin qoidalarini, vaqt belgilari, uslublarini bilish, shuningdek, o`yinni o`tkazishda yordamchi hakam vazifasini bajara olish.

    8- sinf Bilimlar:

    • jismoniy tarbiyada inson salomatligi, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik hamda tezkorlik jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni va uyga berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishda xavfsizlikni ta`minlash qoidalarini bilish:

    • maydon va maysazorlarda o`rta me`yorda 15 minutgacha yugurishlar;

    • jarima to`plarini bajarish va o`yinda o`rganilgan usullarni qo`llab o`ynash;

    • pastdan to`pni to`g`riga va aniq uzatish, hujumga o`tib to`pni zarba bilan urish (voleybol);

    • qo`l to`pida sherigi tomonidan uzatilgan to`pni ushlash va sakrab darvozaga zarb bilan otish;

    • qo`l to`pida ikki tomonlama o`yinda qatnashish va o`yin qoidasini bilish;

    • kurashda o`quv-mashq bellashuvlarida qatnashish;

    • 100 metr masofaga tezlikda har xil usullarda suzishni bilish; - ritmik va badiiy gimnastika elementlarini 20 minut davomida bajarish ( qizlar uchun ).

    Ko`nikmalar:

    • o`qituvchining yordami bilan cho`qqayib tayanish holatidan qo`llarda tik turish holatiga o`tish bilan orqaga o`mboloq oshish mashqini bajarish;

    • past startdan yugurish, 60 metrgacha tez yugurish, 50 metrgacha bosqichlar bo`yicha estafetali yugurish mashqlarini bajarish;

    • yugurib kelib "Oyoqni bukish" usulida uzunlikka sakrash, 10-20 metr masofadan yugurib kelib to`pni (vertikal, gorizontal 2x2 metr hajmdagi to`rtburchakka) uzoqqa va nishonga uloqtirish texnik usullarini bajarish;

    • baketbolda: joyida turib to`p bilan burilishlar, to`pni qabul qilish, uzatish, to`pni yerga urib olib yurish, sakrab to`pni bosh ustidan xalqaga tashlash usullarini bajarish;

    • voleybolda: katta qadam bilan o`ngga (chapga) yurib kelib to`xtash, darhol orqaga qaytish, baland kelgan to`pni bir-birlariga turgan joyda sakrab to`r orqali oshirish mashqlarini bajarish;

    • qo`l to`pida: to`pni yashirish, sherik bo`lib uchlikda va o`yin davomida uzatish hamda to`pni qabul qilib olish mashqlarini bajarish;

    • futbolda: dumalab kelayotgan to`pni oyoq yuzasining o`rtasi hamda ichki va tashqi tomonlari bilan tepish, to`pni oyoqning ichki tomoni bilan to`xtatish, to`pni bosh bilan va ko`krakda to`xtatish texnik usullarini bajarish;

    • kurashda: umumrivojlantiruvchi, kuch, egiluvchanlik, chidamlilik sifatlarini rivojlantiruvchi mashqlarini bajarish;

    • suzishda: 150 metr masofaga turli tezlikda har xil usullar bilan suzish mashqlarini bajarish.

    Malakalar:

    • umumrivojlantiruvchi mashqlarni buyumlar (arg`amchi, gantel, to`ldirma to`plar, tayoqcha, gardishlar) bilan va buyumlarsiz bajara olish;

    • to`ldirma to`p ustidan yoki 40-60 sm balandlikdagi to`siq ustidan yugurib kelib oldinga o`mboloq oshish mashqlarini bajara olish;

    • gimnastika narvoniga osilgan holatda oyoqlarni ko`tarib tushirish ( burchak hosil qilish);

    • 4-5 metr arqonga qo`llar bilan 3 usulda (vaqtga qarab) tirmashib chiqish (o`g`il bolalar);

    • 110 sm li xari (kozyol)dan yugurib kelib oyoqlarni kerib sakrab o`tish (qizlar uchun);

    • muvozanat saqlash mashqlarini bajara olish;

    • 100 metrga masofa bo`ylab yugurish, marraga yetib kelish texnik usullarini bajara olish;

    • qo`l to`pida: to`pni darvozaga 3 qadamdan tayanch hosil qilib, darvozaga zarb bilan otish hamda chalg`itish mashqlarini bajara olish;

    • futbolda: aldamchi harakat (fint), guruhli taktika bilan harakatlanish texnik usullarini bajara olish;

    • futbol bo`yicha o`yin mashqlarini va mezon talablarini bajarish;

    • milliy kurash usulida oyoqlar yordamida, oyoqlar ichidan ko`tarib tashlash, himoyalanish, yonboshdan tashlash, texnik tayyorgarlik mashqlarini bajara olish;

    • belbog`li kurash usulida sondan oshirib tashlash, himoyalanish, qarshi usul, musobaqa qoidalari va taktik tayyorgarlik mashqlarini bajara olish.

    9- sinf Bilimlar:

    • maktab dasturi bo`yicha o`tkaziladigan musobaqa qoidalarini, hakamlikni bilish;

    • estafeta bosqichlarida bir tekis tezlikda yugurish, 60, 100 va 1000,

    1500 metr masofalarga yugurishni bilish;

    • kurash bo`yicha o`quv-mashq bellashuvlarida ishtirok etish;

    • basketbolda: himoyaning zona va shaxsiy harakatlanish turlarini bilish (2x3, 3x2, 2x1x2 1x2x2);

    • suzishda 50-100 metr masofaga qatnashib, o`quv me`yorlarining natijasini topshirish;

    • guruh bo`lib turnik va badiy gimnastikadan chiqishlar uyushtirish. Ko`nikmalar:

    • saf mashqlarida: ketma-ket qatorda turgan joyida yurishdan oldinga yurishga o`tish, shuning o`zini guruh bo`lib bajarish, bo`lib-bo`lib (10 kishi) bajarish;

    • 30-100 metrgacha bo`laklarda qisqa masofadan yugurish, burilib turib yugurish usullarini bajarish;

    • to`g`riga harakatlanib va burilish bo`yicha yugurishda estafeta tayoqchasini uzatish usullarini bajarish;

    • basketbolda: himoyada faol harakat qilish, to`pni yaqin va o`rta masofadan sakrab savatga tashlash (o`g`il bolalar);

    • joyida turib hamda o`rta masofadan to`pni xalqaga tashlash texnikasini bajarish (qiz bolalar);

    • qo`l to`pida: joyni almashtirib to`pni uzatish, "8" bo`lib hujumda harakat qilish, zona bo`lib himoya qilish texnikalarini bajarish;

    • voleybolda: to`r ustida sakrab yon tomondan orqa bilan uzatishlarni, to`rga tegib qaytgan to`pni qabul qilish va uzatish, to`pni sakrab turib uzatish mashq usullarini bajarish;

    • kurashda: harakat sifatlarini rivojlantirish uchun beriladigan mashqlarni bajarish;

    • suzishda: 200 metrli masofaga har xil tezlikda va turli usullarda suzib o`tish.

    Malakalar:

    • 5 metrli arqonga qo`llar yordamida tirmashib chiqish (vaqtga qarab), mashqni 90° burchak hosil qilib bajara olish;

    • muvozanat saqlash mashqlarini bajara olish;

    • qo`shpoyada (brus) tayanch holatda tebranishdan, orqaga tebranish bilan o`ng va chap tomondan sakrab qo`nish (tushish) usullarini bajara olish;

    • qo`shpoyada tayangan holatda qo`llarda siljish, qo`llarni bukibyozish;

    • 4 x100 metrga bosqichli estafeta yugurishni, 600-800 metr masofaga uch martadan (100 metr oralig`ida) yurish va yugurish bilan almashib harakat mashqlarini bajara olish;

    • 10 metr kenglikdagi yo`lakcha bo`ylab to`liq yugurib kelib, to`pni uzoqqa uloqtira olish;

    • yengil atletika bo`yicha mezonlarni topshirish;

    • basketbolda: o`yin elementlariga xos har xil mashq usullarini bajara olish;

    • qo`l to`pida: aralash himoya, asta-sekin hujum qilish, o`yin texnik va taktik usullarini bajara olish;

    • voleybolda: maydonning 4 va 2-zonasidan hujumga o`tib to`pni zarb bilan urish, to`pni yuqoridan raqib tomonga uloqtirish, to`r yonida tepadan kelayotgan to`pga to`siq qo`yish texnik usullarini bajara olish;

    • o`rganilgan mashqlarni o`yin davomida qo`llay olish va o`yinga hakamlik qila olish;

    • futbol bo`yicha o`yin mashqlarini va mezon talablarini bajarish;

    • kurashda: milliy kurash usulida qo`llar bilan qo`lidan ushlab yelkadan tashlash, himoyalanish, qarshi usul, ikki oyog`ining oldidan oyoq yordamida ko`tarib tashlash, yenglaridan ushlab, yelkadan oshirib tashlash texnik usullarini bajara olish;

    • belbog`li kurash usulida yonbosh, himoyalanish, qarshi harakat va taktik tayyorgarlik usullarini bajara olish;

    • raqs elementlarida: tasma, (uzunligi 5 metr) har xil yo`nalishda, yuqoriga pastga, orqaga, chapga, o`ngga, ilon izi, tik va yonbosh, turli balandlikda va burama (spiral) usullarni bajara olish; - 50-100 metr masofaga suzish.

    JISMONIY TARBIYA FANIDAN O`QUV
    DASTURI
    Uqtirish xati
    Ushbu o`quv dasturi hozirgacha amalda qo`llanilib kelgan dasturlarga tanqidiy yondashilib, ularning eng yaxshi jihatlari, ilg`or maktab o`qituvchilarining va boshqa mutaxassislarning ijobiy ish tajribalari e`tiborga olingan holda qayta ishlab chiqildi.
    Maktabda haftasiga 2 soat o`tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi bola organizmiga to`laqonli jismoniy yuklama berish uchun yetarli emasligini hamda ilmiy tadqiqotlarga ko`ra o`quvchilarning kundalik harakatga bo`lgan fiziologik 45 daqiqali jismoniy tarbiya darsi faqatgina 11 % ni hisobga olgan holda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi 1-4 sinf o`quvchilari bilan qo`shimcha mashg`ulot darslarni o`tkazish uchun maktab ixtiyoridagi soatdan foydalanishga, haftasiga 3 soatgacha, agarda imkoniyat bo`lsa, 4-5 soatli jismoniy tarbiya soatlarini o`tishga ruxsat etildi.
    Respublikamizning urf-odati va milliy an`analariga ko`ra, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, o`quvchilarning jinsiga qarab sinfni ikki guruhga bo`lish masalasi hal etildi. Qiz bolalar bilan (8-9 sinflarda) darsni ayol o`qituvchi olib borishi ma`qul deb topildi.
    Jismoniy tarbiya darslarini o`tkazishdan maqsad - bolalarning salomatligini saqlash, ularning jismonan yetuk bo`lib yetishishlari uchun shart-sharoitlar yaratish va mashg`ulotlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish ko`nikmalarini shakllantirish. Qanday holatda bo`lmasin, barcha imkoniyatlardan foydalanib, jismoniy tarbiya darslarini muntazam tashkil etish, ularda o`quvchilarning faol qatnashishini ta`minlash, organizmiga foydali yuklamalar berish juda muhim.
    Shunday qilib, 1-sinfdan 4-sinfgacha maktab dasturidagi bo`limlar bo`yicha o`quv yiliga tavsiya qilinadigan o`quv soatlari quyidagicha bo`ladi.

    T/r

    Dastur bo`limlari

    Sinflar

    1

    2

    3

    4

    1.

    Nazariy bilim asoslari



    Dar s jarayordda


    2

    Gimnastika

    16

    16

    16

    14

    3.

    Yengil atletika

    13

    16

    16

    18

    4.

    Harakatli va sport o`yinlari elementlari

    37

    36

    36

    12

    5.

    Sport o`yinlari (basketbol, voleybol, qo`l to`pi)

    -

    -

    -

    12

    6.

    Futbol o`yini

    -

    -

    -

    12

    7.

    Kurash

    -

    -

    -

    -

    8

    Suzish

    -

    -

    -

    -


    Jami

    66

    68

    68

    68

    1- sinflar uchun Jismoniy tarbiya dasturi bo`yicha yillik soatlar taqsimoti


    Download 0.98 Mb.

  • Top Articles
    Latest Posts
    Article information

    Author: Nathanael Baumbach

    Last Updated: 28/04/2023

    Views: 5983

    Rating: 4.4 / 5 (55 voted)

    Reviews: 86% of readers found this page helpful

    Author information

    Name: Nathanael Baumbach

    Birthday: 1998-12-02

    Address: Apt. 829 751 Glover View, West Orlando, IN 22436

    Phone: +901025288581

    Job: Internal IT Coordinator

    Hobby: Gunsmithing, Motor sports, Flying, Skiing, Hooping, Lego building, Ice skating

    Introduction: My name is Nathanael Baumbach, I am a fantastic, nice, victorious, brave, healthy, cute, glorious person who loves writing and wants to share my knowledge and understanding with you.